Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


JINOYAT-PROTSESSUAL  KODEKSI


Download 4.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/53
Sana23.09.2017
Hajmi4.02 Mb.
#16303
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53

JINOYAT-PROTSESSUAL  KODEKSI  –  jinoyat  ishi  yurituvida  sud, 

dastlabki  tergov  organlari  va  prokuratura  faoliyatini,  shuningdek  jinoyat 

protsessida  ishtirok  etuvchi  shaxslarning  huquq  va  majburiyatlarini 

tartibga soluvchi protsessual normalar majmuyi. 



JINOYAT-PROTSESSUAL 

NORMA 

– 

jinoyat-protsessual 



munosobatlarni tartibga soluvchi, qonun bilan belgilangan huquqiy norma. 

JINOYATCHILIKNING  OLDINI  OLISH  (PROFILAKTIKASI)  – 

jinoyatchilik  sabablari  va  uni  vujudga  keltiruvchi  shart-sharoitlarni 



437 

 

bartaraf  qilish  yoki  ularning  ta’sirini  susaytirish,  jinoyat  sodir  etishdan 



ushlab  turish  va  huquqbuzarlarning  xulq-atvorini  tuzatishga  qaratilgan 

davlat  va  jamoatchilik  tomonidan  amalga  oshiriladigan  choralar  tizimi 

tushuniladi. 

JINOYATCHILIKNING  OLDINI  OLISH  SUBYEKTLARI  – 

jinoyatchilik,  uning  alohida  turlari  va  muayyan  jinoyatlarning  mavjud 

bo‘lishi  va  tarqalishiga  yordam  beruvchi  sabablar  va  shart-sharoitlarni 

aniqlash,  bartaraf  etish,  kuchsizlantirish  va  neytrallashtirish,  xuddi 

shuningdek  jinoyatlar  sodir  etishga  (retsidivga)  moyil  shaxslarni  jinoyat 

yo‘liga  kirishidan  saqlash  va  ularni  resotsializatsiya  qilishni  ta’minlash 

vazifalari  va  funksiyalari  qonun  bilan  zimmasiga  yuklangan  organlar, 

muassasalar,  tashkilotlar,  shuningdek  mansabdor  shaxslar  (xizmatchilar) 

va alohida fuqarolar jinoyatchilik (jinoyatlar)ning oldini olish subyektlari 

hisoblanadi. 



JINOYAT  HAQIDAGI  ARIZA  YOKI  XABAR  YUZASIDAN 

QABUL  QILINADIGAN  QARORLAR:  1)  jinoyat  ishini  qo‘zg‘atish 

to‘g‘risida;  2)  jinoyat  ishini  qo‘zg‘atishni  rad  etish  to‘g‘risida;  3)  ariza 

yoki xabarni tergovga tegishliligiga qarab jo‘natish to‘g‘risida. 

JINOYATNING  TURIGA  KO‘RA  (PREDMETLI)  TERGOVGA 

TEGISHLILIK – Jinoyat kodeksi Maxsus qismining moddalari ularning 

tartib  raqamlaridan  kelib  chiqqan  holda  dastlabki  tergovni  amalga 

oshirishga  vakolatli  organlar  –  prokuratura,  ichki  ishlar  va  milliy 

xavfsizlik  xizmatining  tergovchilari  tomonidan  tergov  qilinishining 

taqsimlanishi qoidalari. 

 

 



 

KAZUS – shaxsning xohish–irodasidan qat’i nazar, yuz beradigan va shu 

sababli muayyan sharoitda ko‘zda tutilishi mumkin bo‘lmagan voqea. 



KASSATSIYA – fransuzcha so‘zdan olingan bo‘lib, “buzish” ma’nosini 

anglatadi. Qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari kassatsiya tartibida yuqori 

instansiyalarda  qayta  tekshiriladi.  Qonuniy  kuchga  kirgan,  apellyatsiya 

tartibida ko‘rilmagan hal qiluv qarorlari ustidan sudning hal qiluv qarori 

chiqqan kundan e’tiboran bir yil ichida taraflar va ishda ishtirok etishga 

jalb qilingan shaxslar tomonidan kassatsiya shikoyati berilishi va prokuror 

tomonidan protest keltirilishi mumkin. 

KASSATSIYA  INSTANSIYASI  –  kassatsiya  tartibida  birinchi 

instansiya  sudlarining  qonuniy  kuchga  kirgan  hukmlari,  ajrimlari  va 



438 

 

qarorlari  ustidan  kiritilgan  shikoyat  yoki  protestlar  yuzasidan  jinoyat 



ishini ko‘rib chiquvchi sud. 

KASSATSIYA  INSTANSIYASI  SUDINING  AJRIMI  –  kassatsiya 

instansiyasi sudi ishni ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqaradi, mazkur 

ajrim  sudyalarning  ko‘pchilik  ovozi  bilan  qabul  qilinadi  va  barcha 

sudyalar  tomonidan  imzolanadi.  Ovoz  berishda  ozchilikni  tashkil  etgan 

sudya ajrimga imzo qo‘yib, o‘zining alohida fikrini yozma ravishda bayon 

qilishga haqlidir. Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan nazorat 

tartibida shikoyat qilinishi va protest bildirilishi mumkin. 

KASSATSIYA 

INSTANSIYASIDA 

ISH 

KO‘RISHDA 

SUD 

TARKIBI – yuqori turuvchi sud ishni kassatsiya tartibida kollegial tarzda 

uchta malakali sudyadan iborat tarkibda ko‘radi. 



KASSATSIYA INSTANSIYASINING VAKOLATLARI – sud jinoyat 

ishini  kassatsiya  tartibida  ko‘rib,  hukmni  yoki  ajrimni  (qarorini) 

o‘zgartirishsiz qoldirishi; hukm yoki ajrimni (qarorni) bekor qilib, ishni 

qo‘shimcha  tergovga  yoki  yangitdan  sudda  ko‘rish  uchun  qaytaradi; 

jinoyat ishini tugatadi. 

KASSATSIYA  TARTIBIDA  ISH  YURITISH  –  birinchi  instansiya 

sudlarining qonuniy kuchga kirgan hukmlari, ajrimlari va qarorlari ustidan 

kiritilgan  shikoyat  yoki  protestlar  yuzasidan  jinoyat  ishining  kassatsiya 

instansiyasi sudi tomonidan ko‘rib chiqilishi. 



KASSATSIYA SHIKOYATI VA PROTESTI – ishning hal qilinishidan 

manfaatdor  bo‘lgan  shaxslarning  birinchi  instansiya  sudning  qonuniy 

kuchga kirgan qarorlari ustidan kassatsiya tartibida bildirilgan protsessual 

murojaatidir. 



KECHIKTIRIB  BO‘LMAYDIGAN  TERGOV  HARAKATLAR  - 

muayyan  jinoyat  ishi  yuzasidan  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-

protsessual  kodeksida  nazarda  tutilgan  ayrim  tergov  harakatlarini 

kechiktirmay amalga oshirilishi. 



KORXONALAR,  MUASSASALAR,  TASHKILOTLAR,  JAMOAT 

BIRLASHMALARI  VA  MANSABDOR  SHAXSLAR  BERGAN 

XABARLAR – yuridik shaxslarning jinoyat to‘g‘risidagi yozma (xizmat 

xati,  tasdiqlangan  telefonogramma,  telegramma,  radiogramma  shaklida) 

bayon etilgan murojaati. 

KOMPLEKS EKSPERTIZA – ish uchun ahamiyatga molik holatlarni 

turli  ilm  sohalaridan  foydalangan  holda  bir  necha  ekspert  tekshiruvini 

o‘tkazish yo‘li bilangina aniqlash mumkin bo‘lgan hollarda tayinlanadi. 

Kompleks  ekspertizani  o‘tkazishda  ekspertlarning  har  biri  o‘z  vakolati 

doirasida ekspert tekshiruvlarini olib boradi. 


439 

 

KOMISSIYAVIY  EKSPERTIZA  –  ekspertizada  qatnashayotgan 

ekspertlarning har biri ekspert tekshiruvlarini to‘liq hajmda o‘tkazadi va 

ular olingan natijalarni birgalikda tahlil qiladi. Ekspertlar umumiy fikrga 

kelganidan  so‘ng  birgalikdagi  xulosani  yoki  xulosa  berishning  iloji 

yo‘qligi  to‘g‘risidagi  hujjatni  tuzadi  va  imzolaydi.  Ekspertlar  o‘rtasida 

kelishmovchiliklar 

kelib 


chiqqan 

taqdirda, 

ularning 

har 


biri 

kelishmovchiliklar  kelib  chiqqan  barcha  yoki  ayrim  masalalar  bo‘yicha 

alohida xulosa beradi. 

KO‘ZDAN  KECHIRISH  –  jinoyat  izlari,  ashyoviy  dalillarni  topish, 

hodisa  sodir  bo‘lgan  vaziyatni  va  ish  uchun  ahamiyatli  bo‘lgan  boshqa 

holatlarni  aniqlashtirish  maqsadida  surishtiruvchi,  tergovchi  yoki  sud 

hodisa  sodir  bo‘lgan  joyni,  murdani,  hayvonlarni,  tevarak-atrofni, 

binolarni,  narsalar  va  hujjatlarni  ko‘zdan  kechirishdan  iborat  tergov 

harakati. 



KO‘RSATUVLAR  –  asosiy  dalil  manbalaridan  hisoblanib,  protsessual 

tartibda  rasmiylashtirilgan  guvoh,  jabrlanuvchi,  gumon  qilinuvchi  va 

ayblanuvchining jinoyat hodisasi yuzasidan bergan ma’lumotlaridir. 

KO‘RSATUVLARNI 

HODISA 

SODIR 

BO‘LGAN 

JOYDA 

TEKSHIRISH  –  surishtiruvchi,  tergovchi,  sud  gumon  qilinuvchilar, 

ayblanuvchilar,  sudlanuvchilar,  guvohlar  hamda  jabrlanuvchilarning 

ko‘rsatuvlarini  tekshirilayotgan  hodisa  sodir  bo‘lgan  joyda  holatlarni 

qayta tiklash yo‘li bilan tekshirib ko‘rishga qaratilgan tergov harakati. 



KO‘CHAR  NARSALARNI  TANIB  OLISH  -  jinoyatga  aloqador 

bo‘lgan narsalar, ularning bo‘laklari, hayvonlar va tergov harakatlari olib 

borilayotgan joyga yoki sudga olib borish imkoniyati bo‘lgan har qanday 

narsalar tanib olish uchun olib kelinishi kerak. 



KO‘CHMAS  OBYEKTNI  TANIB  OLISH  -  haqiqatni  aniqlash  va 

jinoyat  haqida  to‘g‘ri  va  aniq  ma’lumotlar  olish  maqsadida  ko‘chmas 

mulklarni,  buyum  va  predmetlarni,  joy,  bino,  inshoot,  binoning  ma’lum 

bir  xonasini  jabrlanuvchi,  guvoh,  gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchi  yoki 

sudlanuvchi  tomonidan  nomini  aytib  va  tasvirlab  bersa-da,  biroq  uning 

joylashgan  o‘rnini  aniq  aytib  bera  olmasa,  shu  joyga  borish  yo‘lini 

ko‘rsatishga istak bildirsa, unga shu joyni ko‘rsatishga imkon beriladi.  

 

 



 

LAVOZIMDAN CHETLASHTIRISH – protsessual majburlov chorasi 

bo‘lib, basharti ayblanuvchi, sudlanuvchi o‘z ish joyida qolsa, u jinoyat ishi 



440 

 

bo‘yicha  haqiqatni  aniqlashga,  jinoyat  oqibatida  yetkazilgan  zararni 



qoplashga  to‘sqinlik  qiladi  yoki  jinoiy  faoliyatini  davom  ettiradi  deb 

hisoblashga yetarli asoslar bo‘lsa, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki 

sud unga nisbatan mazkur chorani qo‘llaydi. 

 



MAHKUM – sudning ayblov hukmi bilan jinoyat sodir etishda aybdor deb 

topilgan shaxs. 



MAXSUS  TERGOVGA  TEGISHLILIK  –  jinoyat  subyektining 

xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lib, u jinoyat ishlarining harbiy prokuratura 

organlarining tergoviga tegishlilikni belgilaydi. 

MA’NAVIY ZARAR – shaxslarga qarshi jinoyat sodir etilishi tufayli ular 

his qiladigan jismoniy va ruhiy azoblanishlar tushuniladi. 



MAXSUS  BILIM  –  bu  ko‘pchilik  ega  bo‘lmagan  va  aniq  bir  fan  yoki 

texnika,  kasb-hunardan  foydalangan  holda  olingan  nazariy  va  amaliy 

ko‘nikmalar shakli. 

MODDIY  ZARAR  –  shaxsning  mol-mulkiga  yetkazilgan  zarar,  uni  pul 

ekvivalentida o‘lchash mumkin. 



MUNOSIB  XULQ-ATVORDA  BO‘LISH  HAQIDAGI  TILXAT  -  

ayblanuvchining  yoki  sudlanuvchining  surishtiruvchiga,  tergovchiga, 

prokurorga  yoki  sudga  tergov  va  suddan  yashirinmaslik,  jinoyat  ishi 

bo‘yicha  haqiqatni  aniqlashga  to‘sqinlik  qilmaslik,  jinoiy  faoliyat  bilan 

shug‘ullanmaslik, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruvi 

bilan  etib  kelish  haqida  bergan  yozma  majburiyatidan  iboratdir.  Tilxat 

beruvchi  shaxs  bundan  tashqari  o‘z  zimmasiga  surishtiruvchining, 

tergovchining, prokurorning yoki sudning ijozatisiz ushbu aholi punktidan 

chiqib ketmaslik va shu aholi punkti doirasida istiqomat joyini o‘zgartirsa, 

bu  haqda  ularni  xabardor  qilish  majburiyatini  oladi.  Ayblanuvchi  yoki 

sudlanuvchi  o‘z  zimmasiga  olgan  majburiyatlarini  buzgan  taqdirda  unga 

nisbatan jiddiyroq ehtiyot chorasi qo‘llanilishi mumkin, bu haqda u tilxat 

olish chog‘ida ogohlantiriladi. 

MUQOBIL TERGOVGA TEGISHLILIK – muayyan turdagi jinoyatlar 

to‘g‘risidagi  ishlarni  jinoyat  ishini  qo‘zg‘atgan  organning  tergovchilari 

tomonidan tergov qilinishi. 

MURDANI  KO‘ZDAN  KECHIRISH  –  surishtiruvchi  yoki  tergovchi 

murdaning  tashqi  ko‘rinishini  u  topilgan  joyda  xolislar  va  sud-tibbiyot 

sohasidagi mutaxassis shifokor ishtirokida ko‘zdan kechirishga qaratilgan 


441 

 

tergov harakati.  



MURDANI  TANIB  OLISH  -  murdani  tanib  olish  tergov  harakatini 

o‘tkazishda  albatta,  uning  yonida  yana  ikkita  murda  bo‘lishi  talab 

etilmaydi. Odatda, yonida hujjati bo‘lmagan, shaxsi aniqlanmagan, kimligi 

noma’lum bo‘lgan shaxslarning murdalari tanib olish uchun taqdim etiladi. 



MURDANI  EKSGUMATSIYA  QILISH  –  ko‘zdan  kechirish,  tanib 

olish, tekshirish yoki ekspertizaga namunalar olish uchun murdani qabrdan 

chiqarib olish zarur bo‘lgan taqdirda o‘tkaziladigan tergov harakati. 

MUTAXASSIS  –  tergov  va  sud  muhokamasini  o‘tkazishda  dalillarni 

topish  va  mustahkamlashda  surishtiruvchiga,  tergovchiga,  prokurorga  va 

sudga yordam berish uchun chaqiriladigan, shifokor, pedagog hamda zarur 

bilim va malakaga ega bo‘lgan boshqa shaxslar. 



 



 

NAZORAT INSTANSIYASI – jinoyat ishi apellyatsiya yoki kassatsiya 

tartibida ko‘rilganidan so‘ng chiqarilgan sud qarorlariga nazorat tartibida 

kiritilgan shikoyat va protestlarni mazmunan ko‘rib chiqish vakolatiga ega 

yuqori turuvchi sud instansiyasi. 



NARSA  VA  HUJJATLARNI  KO‘ZDAN  KECHIRISH  –  texnik 

vositalardan  foydalanilgan  holda,  basharti  narsa  yoki  hujjatlarning 

yo‘qolishiga  yoxud  shikastlanishiga  olib  kelmasa,  o‘tkazilishi  mumkin 

bo‘lgan tergov harakati. 



 



 

OQLOV  HUKMI  –  jinoyat  ishini  sud  majlisida  mazmunan  ko‘rilishi 

natijasida  jinoiy  hodisa  yuz  bermaganligi,  sudlanuvchining  qilmishida 

jinoyat tarkibi yo‘qligi, jinoyat sodir etilishiga sudlanuvchi daxli yo‘qligi 

aniqlansa  yoki  sudlanuvchiga  qo‘yilgan  ayblov  ish  holatlari  batafsil 

tekshirilgandan  keyin  ishonarli  tarzda  o‘z  tasdig‘ini  topmasa,  sud 

tomonidan qabul qilinadigan hukm turi. 



OLIB  QO‘YISH  –  jinoyat  ishi  uchun  ahamiyatga  molik  narsa  va 

hujjatlarning  aynan  kimda  va  qayerda  ekanligi  ma’lum  bo‘lib,  ularni 

qidirishning  hojati  bo‘lmasa,  surishtiruvchi,  tergovchi  va  sud  ularni  olib 

qo‘yish tergov harakatini o‘tkazadi. 



OMMAVIY  AXBOROT  VOSITALARI  BERGAN  XABARLAR  – 

jinoyat  to‘g‘risida  matbuot,  radio  va  televideniye  orqali  e’lon  qilingan, 



442 

 

shuningdek  ommaviy  axborot  vositalariga  yo‘llangan,  lekin  e’lon 



qilinmagan, xatlardagi xabarlar. 

 



 

PROKUROR  –  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  118-

moddasiga ko‘ra, mamlakatimiz hududida qonunlarning aniq va bir xilda 

ijro  etilishi  ustidan  nazorat  qilish  vazifasi  yuklatilgan  davlat  organining 

mas’ul mansabdor xodimi. 



PROKUROR KO‘RSATMASI – nazorat qiluvchi yoki yuqori turuvchi 

prokurorning surishtiruv va dastlabki tergov organlariga bajarilishi lozim 

bo‘lgan topshiriqning bajarilish usuli, muddati va tartibi yuzasidan qilgan 

murojaati. 



PROKUROR  PROTESTI  –  prokuror  nazorati  hujjatlaridan  biri. 

Qonunga zid bo‘lgan hujjatga nisbatan protestni prokuror ana shu hujjatni 

qabul qilgan organga yoki yuqori turuvchi organga keltiradi. 

PROKUROR TAQDIMNOMASI – prokuror nazorati hujjatlaridan biri. 

Prokuror  qonun  buzilishi,  uning  kelib  chiqish  sabablari  va  bunga 

imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risidagi 

taqdimnomani  qonun  buzilishi  holatini  bartaraf  etish  vakolatiga  ega 

bo‘lgan organga yoki mansabdor shaxsga kiritadi. 

PROKUROR 

TALABLARINING 

BAJARILISHINI 

MAJBURIYLIGI  –  prokurorning  hujjatlar,  materiallar  va  boshqa 

ma’lumotlarni  taqdim  etish,  taftish,  tekshirishlar  o‘tkazish,  mutaxassis 

ajratish,  prokuraturaga  kelish  va  aniqlangan  qonunbuzarliklar  xususida 

tushuntirishlar berish, qonunbuzarliklarni, ularga imkoniyat yaratayotgan 

sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish, shuningdek qonunga rioya etish 

to‘g‘risidagi  o‘z  vakolatlari  doirasida  qo‘yayotgan  talablarini  bajarish 

barcha fuqarolar va yuridik shaxslar uchun majburiydir.  

PROKURORNING 

SUDDAGI 

ISHTIROKI 

  fuqarolarning, 

korxonalar,  muassasalar  va  tashkilotlarning  huquqlari  hamda  qonuniy 

manfaatlari  sud  yo‘li  bilan  samarali  himoya  qilinishini  ta’minlash 

maqsadida  barcha  instansiya  sudlarida  ishlar  ko‘rilayotganda  prokuror 

qonunda belgilangan tartibda ishtirok etadi. 

Prokuror  sudlarda  jinoyat  ishlari  ko‘rilayotganda  davlat  ayblovini 

quvvatlaydi. 

Prokuror sudda dalillarni tekshirishda ishtirok etadi, qonunning qo‘llanishi 

xususida o‘z fikrini bildiradi. 


443 

 

Ishlar  sudlarda  ko‘rilayotganda  ishtirok  etayotgan  prokurorning 



vakolatlari protsessual qonunlar bilan belgilanadi. 

Prokuror sud protsessining boshqa ishtirokchilari bilan teng huquqlardan 

foydalanib, sudyalarning mustaqilligi hamda protsessual qonun hujjatlari 

normalariga qat’iy rioya etish prinsipiga amal qilishi shart. 



PROTSESSUAL  MUDDATLAR  –  jinoyat  protsessida  protsessual 

harakat  yoki  qarorlarni  qabul  qilishning,  shuningdek  jinoyat  protsessi 

ishtirokchilarining  huquq  va  majburiyatlarini  amalga  oshirish  yoki 

bajarishdan  tiyilishning  jinoyat-protsessual  qonunchilikda  ko‘rsatilgan 

yoki  unga  asoslangan  holda  jinoyat  ishini  yuritishga  mas’ul  shaxslar 

tomonidan belgilangan muddatlari. 



PROTSESSUAL MUDDATLAR TURLARI – 1) qonunda belgilangan 

protsessual  muddatlar;  2)  sud  tomonidan  tayinlangan  protsessual 

muddatlar. 

PROTSESSUAL  MUDDATLARNI  HISOBLASH  –  muddatlar, 

qonunda nazarda tutilgan hollarda surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning 

qarori yoki sudning ajrimi bilan tayinlangan muddatlar soatlar, sutkalar va 

oylar bilan hisoblanadi.  



PROTSESSUAL  HARAKATLAR  VA  QARORLAR  USTIDAN 

SHIKOYAT 

QILISH 

–  protsess  ishtirokchilarining  qonunda 

mustahkamlangan  huquqlarini  va  jinoyat  ishlari  yurituvi  jarayonida 

buzilgan tiklash uchun yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga 

qilgan murojaat. 

PROTSESSUAL  HUQUQ  NORMALARINI  BUZISH  YOKI 

NOTO‘G‘RI  QO‘LLASH  –  protsessual  huquq  normalarining 

buzilganligi yoki noto‘g‘ri qo‘llanganligi ishning noto‘g‘ri hal etilishiga 

sabab bo‘lgan yoki sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan taqdirdagina hal qiluv 

qarori,  ajrim  yoki  qarorning  bekor  qilinishiga  asos  bo‘ladi.  Agar:  1)  ish 

sud  tomonidan  g‘ayriqonuniy  tarkibda  ko‘rilgan  bo‘lsa;  2)  ish  sud 

muhokamasida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan, ammo sud majlisining 

vaqti  va  joyi  to‘g‘risida  xabar  berilmagan  shaxslardan  birortasining 

yo‘qligida ko‘rilgan bo‘lsa; 3) ish ko‘rilayotganida ish yuritiladigan tilga 

doir qoidalar buzilgan bo‘lsa; 4) sud ishda qatnashishga jalb qilinmagan 

shaxslarning huquq va majburiyatlariga doir masalani hal qilgan bo‘lsa; 5) 

hal  qiluv  qarori,  ajrim,  qaror  chiqarishda  sud  maslahatining  sir 

saqlanishiga doir qoidalar buzilgan bo‘lsa; 6) hal qiluv qarori, ajrim, qaror 

sudyalardan  birortasi  (sudya)  tomonidan  imzolanmagan  yoki  hal  qiluv 

qarori  unda  ko‘rsatilmagan  sudyalar  (sudya)  tomonidan  imzolangan 

bo‘lsa;  7)  hal  qiluv  qarori,  ajrim,  qaror  ishni  ko‘rmagan  sudyalar 


444 

 

tomonidan chiqarilgan bo‘lsa; 8) ishda sud majlisi bayonnomasi mavjud 



bo‘lmasa  yoki  u  imzolanmagan  bo‘lsa,  hal  qiluv  qarori,  ajrim,  qaror 

majburiy tartibda bekor qilinishi shart. 



PROTSESSUAL  CHIQIMLAR  –  jinoyat  sud  ish  yurituvini  amalga 

oshirayotgan  subyektlar  (surishtiruv,  dastlabki  tergov,  sud)  va  boshqa 

protsess ishtirokchilarining jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan huquqiy 

munosabatlarni  jinoiy  buzilishi  va  uning  holatlarini  aniqlash  bo‘yicha 

jinoyat-protsessual faoliyatni amalga oshirishga oid hamda jinoyat sodir 

etishda aybdor deb topilgan shaxsdan va (yoki) jinoyat sud ishida ishtirok 

etayotgan  boshqa  shaxslardan,  alohida  hollarda  esa,  davlatdan 

undiriladigan xarajatlari. 



 



 

QAROR  –  bu  davlat  hokimiyati  organining  o‘z  vazifalarini  amalga 

oshirish  bo‘yicha  muayyan  maqsadga  erishishga  yo‘naltirilgan  va  shu 

maqsadni  amalga  oshirish  vositalari  va  yo‘llarini  nazarda  tutgan 

boshqaruv vaziyatini tahlil etish va baholashga oid erki ifodasidir. Q. ijro 

hokimiyati  tegishli  organi  kompetensiyasi  doirasida  qabul  qilinadigan 

me’yoriy  yoki  individual  (aniq  shaxs  yoki  vaziyatga  taalluqli)  huquqiy 

hujjat ko‘rinishida yuridik rasmiylashtirilishi natijasida huquqiy ahamiyat 

kasb  etadi.  Boshqaruv  faoliyatini  amalga  oshirish  jarayonida  uzoq 

muddatli  va  muayyan  soha  bilan  bog‘liq  faoliyat  (ishlar)ni  istiqbolli 

loyixalalash yuzasidan qarorlar, masalan, maqsadli dasturiy qarorlar, joriy 

asosiy  faoliyatni  amalga  oshirish  bo‘yicha  tezkor,  protsessual,  uslubiy, 

tavsiyaviy,  individual  va  shok.  qarorlar  qabul  qilinishi  mumkin.  Q.larni 

qabul qilish quyidagi bosqichlardan iborat bo‘lishi mumkin: qarorni qabul 

qilishning zarurligini asoslantirish; uning axborot ta’minoti; q. mazmunini, 

shu jumladan, ko‘zlangan maqsadga erishish uchun zarur chora-tadbirlar 

va harakatlar ro‘yxatini shakllantirish; talab qilinadigan resurslar (mablag‘ 

va vositalar) turlari va hajmini asoslash; q.ni amalga oshirish muddatlari 

va  ijrochilarning  aniq  manzillarini  belgilash;  q.  qabul  qilinishida 

manfaatdor  taraflarni  va  ular  bilan  q.  mazmuni  yuzasidan  kelishish 

shakllarini o‘rnatish; zarur hollarda tegishli idoralar va mutaxassislar bilan 

maslahatlar  tashkil  etish;  q.  loyihasini  tayyorlash,  muhokama  qilish  va 

uning samaradorligini dastlabki baholash; qarorni ifoda etuvchi hujjatning 

yuridik  shaklini  aniqlash.  Q.ni  tayyorlash  huquqiy  hujjat  loyihasini 

rasmiylashtirish va tegishli tartibda qabul qilinishi bilan yakunlanadi. 



445 

 

QAYTA  EKSPERTIZA  –  ekspert  (ekspertlar  komissiyasi)  xulosasi 

asoslantirilmaganda  yoki  uning  to‘g‘riligiga  shubha  tug‘ilganda  yoxud 

unga  asos  qilib  olingan  dalillar  ishonchli  emas  deb  topilganda  yoki 

ekspertizani  o‘tkazishning  protsessual  qoidalari  jiddiy  buzilganda 

o‘tkaziladigan ekspertiza turi. 



Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling