Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/53
Sana23.09.2017
Hajmi4.02 Mb.
#16303
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53

9.3. Garov 

 

Jinoyat  protsessida  garov  samarali  ehtiyot  choralaridan  biri  sanalib, 



boshqa  huquq  sohalarida  ham  keng  qo‘llanilib  kelayotgan  institut 

hisoblanadi. 

Jumladan, 

fuqaroviy 

huquqda 

garov 


shartnomaviy 

majburiyatlarning 

bajarilishini 

ta’minlashga  mo‘ljallangan  jiddiy 

vositalardan biridir. Shartnoma bajarilmagan taqdirda garov narsasi (deyarli 

barcha hollarda pul mablag‘i yoki qimmatlikka ega bo‘lgan muayyan mulk) 

talabgorning ixtiyoriga o‘tadi. Ko‘pincha shaxs birovdan, xususan, lombard 

(garovxona)dan pul qarz olganda yoki birovning mulkini ijaraga, vaqtincha 

foydalanishga olganda biror qimmatli buyumni garovga beradi. Qarz yoxud 

buyum  kelishilgan  muddatda  qaytarilsa,  garov  narsasi  ham  egasiga 



327 

 

qaytariladi,  aks  holda  u  kreditorning  tasarrufiga  o‘tadi  (O‘zbekiston 



Respublikasi Fuqarolik kodeksining 264-289-moddalari).  

Fuqaroviy  huquqdagi  bu  ixtiyoriy  garovdan  farqli  o‘laroq,  jinoyat 

huquqida  garov  tariqasida  shaxsni  tutqunlikda  ushlab  turish  –  og‘ir 

jinoyatlardan  biri  hisoblanadi  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat 

kodeksining  245-moddasi).  Keyingi  yillarda  bu  xil  jinoyatlar  terrorchi-

ekstremist  jinoiy  guruhlar  tomonidan 

o‘zlarining  g‘ayriqonuniy, 

insonparvarlikka  zid  talablarini  qondirish,  shu  jumladan,  yirik  miqdorda 

mablag‘  olish,  sheriklarini  mahbuslikdan  qonunsiz  ozod  etish,  havo 

kemasidan  foydalanish  kabi  qabih  niyatlariga  erishish  uchun  sodir 

etilmoqda. 

Jinoyatchilikka  qarshi  kurash  borasida  garov  mamlakatimizning  ko‘p 

asrlik huquqiy o‘tmishida qanday mazmun kasb etgani va qanchalik keng 

qo‘llangani to‘g‘risida aniq ma’lumotlar saqlanmagan.  

Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, 

Tojikiston, Moldova, Estoniya kabi yangi mustaqil davlatlarning amaldagi 

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksilarida garov instituti 

ehtiyot  choralari  sirasiga  kiritilgan.  O‘zbekiston  qonunchiligida  garov 

instituti  1994-yil  22-sentabrda  qabul  qilingan  amaldagi  O‘zbekiston 

Respublikasi 

Jinoyat-protsessual 

kodeksidan 

o‘rin  oldi.  Garov 

surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror  va  sud  tomonidan  ayblanuvchi  va 

sudlanuvchiga  nisbatan  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual 

kodeksining  236-moddasida  ko‘rsatilgan  maqsadlarda  qo‘llanadigan, 

iqtisodiy  xarakterdagi  ehtiyot  chorasidir.  Garov  sifatida  ayblanuvchi  yoki 

sudlanuvchining o‘zi, ularning qarindoshlari yoki yuridik shaxslar sudning 

depozit  hisob  varag‘iga  pul  mablag‘i  yoki  qimmatbaho  buyumlarni 

topshirishlari mumkin, shuningdek ko‘chmas mulk ham garov sifatida qabul 

qilinadi.  Uning  mazmuni  shundaki,  ayblanuvchi,  sudlanuvchi  garovga 

qo‘yilgan  pul  yoki  boshqa  qimmatbaho  narsalarni  qaytarib  olish,  ulardan 

ayrilib qolmaslik uchun tergov va sudda faol ishtirok etishga harakat qiladi.  

Garov summasi eng kam oylik ish haqining yigirma baravaridan 

oz bo‘lishi mumkin emas. 

Surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror  yoki  sud  tomonidan  garov 

summasini belgilashda: ayblovning og‘irligi; ayblanuvchi, sudlanuvchi va 

garovga  qo‘yuvchining  shaxsi;  garovga  qo‘yuvchining  mulkiy  ahvoli; 

garovga qo‘yuvchining ayblanuvchi bilan munosabatlari e’tiborga olinadi. 

Garovga  qo‘yuvchi  pul  mablag‘i  yoki  boshqa  qimmatliklarni 

dastlabki  tergov  organi  yoxud  sudning  depozit  hisob  varag‘iga 

o‘tkazilganligini  tasdiqlovchi  hujjatni  taqdim  qilgandan  keyin, 


328 

 

surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror  tomonidan  garovni  qabul  qilish 



haqida bayonnoma tuziladi

 

Sud  esa  ushbu  ma’lumotlarni  sud  majlisi  bayonnomasiga  tegishlicha 



yozib qo‘yadi. Bayonnomada: uning kim tomonidan tuzilganligi (mansabi, 

unvoni,  familiyasi,  ismi,  otasining  ismi);  jinoyat  ishining  tartib  raqami; 

garov 

tarzidagi 



ehtiyot 

chorasi 


qo‘llanilayotgan 

ayblanuvchi, 

sudlanuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, O‘zbekiston Respublikasi 

Jinoyat  kodeksining  qaysi  moddasida  ko‘rsatilgan  jinoyatni  sodir  etishda 

ayblanayotganligi; 

garovning 

kim 

tomonidan 



qo‘yilayotganligi; 

ayblanuvchi,  sudlanuvchiga  ayblovning  mohiyati,  uning  O‘zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  46-moddasida  ko‘rsatilgan 

huquq va majburiyatlari, qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jazo chorasi, o‘ziga 

yuklatilgan majburiyatlarni bajarmagan taqdirda garovning davlat hisobiga 

o‘tkazilishi  tushuntirilganligi;  ayblanuvchining  o‘ziga  yuklatilgan 

majburiyatlarni to‘liq bajarishga roziligi; garovga qo‘yuvchiga ayblanuvchi 

majburiyatlarini  bajarmagan  taqdirda  garovga  qo‘yilganlaridan  mahrum 

bo‘lishi  ma’lum  qilinganligi;  tergov  organi  yoki  sudning  depozit  hisob 

varag‘iga  o‘tkazilgan  garov  summasi  qayd  etiladi.  Garov  yuridik  shaxs 

tomonidan  qo‘yilgan  hollarda  esa,  yuridik  shaxsning  (korxona,  muassasa, 

tashkilot) nomi, uning manfaatlarini ifodalagan a’zosining familiyasi, ismi, 

otasining  ismi  bayonnomaga  qayd  etiladi.  Bayonnoma  ishtirokchilarga 

o‘qib eshittirilib, garovni qabul qilgan mansabdor shaxs, garovga qo‘yuvchi 

va ayblanuvchi, sudlanuvchi tomonidan imzolanadi.  

Garovni  qabul  qilish  haqidagi  bayonnoma  ikki  nusxada  tuzilib, 

birinchisi  jinoyat  ishiga  qo‘shib  qo‘yiladi,  ikkinchisi  esa  garovga 

qo‘yuvchiga  taqdim  etiladi.  Shu  paytdan  boshlab  garov  qabul  qilingan, 

garovga  qo‘yuvchi  zimmasiga  ayblanuvchi,  sudlanuvchining  chaqiruvga 

binoan hozir bo‘lishini ta’minlash majburiyati yuklatilgan hisoblanadi. 

Garovni topshirish vaqtida garovga qo‘yuvchini ushbu ehtiyot chorasi 

tanlangan  ishning,  ya’ni  sodir  etilgan  jinoyatning  mohiyati,  ayblanuvchi, 

sudlanuvchiga tayinlanishi mumkin bo‘lgan jazo va o‘zining javobgarligi, 

agar  chaqiruvga  binoan  ayblanuvchi,  sudlanuvchining  hozir  bo‘lishini 

ta’minlanmasa, garov summasi davlat foydasiga o‘tishi to‘g‘risida xabardor 

qilish  lozim.  Garovga  qo‘yuvchi  ayblanuvchi,  sudlanuvchining  xulq-

atvorini kuzatishga imkoni bo‘lmaganligini bahona qilishga haqli emas, u 

bartaraf  etib  bo‘lmaydigan  vaziyatning  ta’sirini  isbotlab  beradigan  hollar 

bundan mustasno. 

U  o‘zining  olgan  majburiyatidan  garovning  davlat  foydasiga  o‘tib 

ketishi uchun sabab bo‘ladigan asoslar kelib chiqqunga qadar voz kechishi 


329 

 

mumkin.  Garovga  qo‘yuvchi  o‘ziga  yuklatilgan  majburiyatlardan  voz 



kechgan  hollarda  ham  garov  boshqa  ehtiyot  chorasiga  almashtiriladi. 

Garovga  qo‘yuvchi  o‘ziga  yuklatilgan  majburiyatlardan,  masalan,  boshqa 

joyga doimiy yashash uchun ko‘chib ketishi munosabati bilan voz kechishi 

mumkin.  Garovga  qo‘yuvchi  o‘ziga  yuklatilgan  majburiyatlardan  voz 

kechishning  aniq  sabablari  ko‘rsatilgan  ariza  bilan  garovni  qabul  qilgan 

mansabdor shaxsga murojaat qiladi.  

Garovga  qo‘yuvchining  arizasi  qanoatlantirilsa,  ehtiyot  chorasini 

o‘zgartirish  uni  tanlash  shart-sharoitlari  buzilganligi  tufayli  ro‘y 

bermayotgan  bo‘lsa,  shuningdek  ish  bo‘yicha  ish  yuritish  tugatilgan 

hollarda  yoxud  sud  hukmi  kuchga  kirishi  munosabati  bilan  garovga 

qo‘yilgan  pul  mablag‘i  yoki  boshqa  qimmatliklar  garovga  qo‘yuvchiga 

qaytariladi. 



Ayblanuvchi,  sudlanuvchi  zimmasiga  olgan  majburiyatlarini 

buzgan taqdirda, garov sud ajrimi bilan davlat foydasiga o‘tkaziladi va 

ayblanuvchi,  sudlanuvchiga  nisbatan  garovdan  jiddiyroq  (masalan, 

qamoqqa olish) ehtiyot chorasi qo‘llaniladi.  

Bunday hollarda garovga qo‘yuvchi o‘ziga yetkazilgan ziyonni garovda 

bo‘lgan  shaxsdan  undirib  olishga  haqli.  Ushbu  masalani  sud  fuqarolik 

ishlarni yuritish tartibida hal qiladi  

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksi  249-moddasi 

xorijiy  davlat  Jinoyat-protsessual  kodekslaridan  ko‘p  jihatdan  farq  qiladi. 

Ana shu jihatdan quyidagi masalalar va muammolar alohida e’tiborga loyiq: 

1)  garov  milliy  qonunchilikka  ko‘ra,  faqat  ayblanuvchi  va 

sudlanuvchiga nisbatan qo‘llanishi mumkin. Rossiya Federatsiyasi, Belarus, 

Qozog‘iston,  Estoniya  va  ba’zi  davlatlar  qonunchiligida  bu  chora  gumon 

qilinuvchiga ham qo‘llanishi nazarda tutilgan.  

2) 


barcha 

mamlakatlardagidek, 

milliy 

jinoyat-protsessual 



qonunchiligida ham o‘ta og‘ir jinoyatni sodir etishda gumon qilingan yoki 

ayblangan shaxs, kimligidan qat’i nazar, albatta sudgacha qamoqqa olinishi 

va  hech  bir  holatda  qamoqdan  ozod  qilinmasligi  to‘g‘risida  qoida 

belgilanmagan. Amaliyotda ba’zi jinoyatlarni sodir etishda ayblanayotgan 

shaxsning  xulq-atvorini  e’tiborga  olib  qamoq  chorasini  qo‘llash  zarurligi 

ta’kidlanganidek,  qaysi  toifadagi  ayblanuvchilarni  garov  evaziga  ozod 

qilish  noo‘rin  ekanligi  ham  shubhasiz  o‘zini  oqlagan, shunga ko‘ra  garov 

tarzidagi ehtiyot chorasi ba’zi ayblanuvchilar toifasiga qo‘llanmasligi talab 

qilinadi, masalan: 

-  shaxsi  va  doimiy  istiqomat  joyi  aniq  bo‘lmagan  yoki  jinoyat 

protsessini yurituvchi organdan yashirinishga uringan ayblanuvchiga; og‘ir 


330 

 

va  o‘ta  og‘ir  jinoyatlarni  sodir  etishda  ayblanayotgan  shaxsga,  agar  uni 



qamoqdan  ozod  qilish  ochiqdan-ochiq  xatarli  bo‘lsa;  favqulodda  og‘ir 

jinoyat  sodir  etishda  ayblanayotgan  shaxsga  (MDH  ishtirokchisi  bo‘lgan 

davlatlarga  tavsiya  etilgan  Jinoyat-protsessual  kodeksi  Modelining  176-

moddasi);  

-  jinoyat  natijasida  yetkazilgan  mulkiy  zararni  to‘lamaganlarga 

(Belarus  Jinoyat-protsessual  kodeksining  124-moddasi,  Moldova  Jinoyat-

protsessual kodeksining 124-moddasi); 

-  o‘ta  og‘ir  jinoyat  sodir  etishda  ayblanayotganlarga  (Qirg‘iziston 

Jinoyat-protsessual  kodeksining  109-moddasi,  Qozog‘iston  Jinoyat-

protsessual  kodeksining  148-moddasi),  og‘ir  yoki  o‘ta  og‘ir  jinoyat  sodir 

etishda  gumon  qilingan  yoki  ayblanayotganlarga  (Belarus  Jinoyat-

protsessual kodeksining 124-moddasi);  

- qasddan sodir etilgan, 25 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum 

qilish  jazosi  nazarda  tutilgan  jinoyatda  ayblanayotganlarga  (Moldova 

Jinoyat-protsessual kodeksining 192-moddasi); 

- Penitetsiar kodeksda ko‘rsatilgan  11 nafar jinoyatlarni sodir etishda 

ayblanayotganlarga  (Estoniya  Jinoyat-protsessual  kodeksining  135-

moddasi) bu insonparvar ehtiyot chorasi qo‘llanmasligi ta’kidlangan. 

3) ko‘plab xorijiy davlat O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual 

kodeksilarida  shaxsni  dastlabki  tergov  bosqichida  garov  evaziga 

qamalmasligi  uchun  prokurorning  roziligi  (Rossiya  Federatsiyasi  Jinoyat-

protsessual  kodeksining  106-moddasi,  Qirg‘iziston  Jinoyat-protsessual 

kodeksining  109-moddasi,  Qozog‘iston  Jinoyat-protsessual  kodeksining 

148-moddasi  va  boshqalar)  yoxud  sudning  ruxsati  (Moldova  Jinoyat-

protsessual  kodeksining  192-moddasi,  Estoniya  Jinoyat-protsessual 

kodeksining  135-moddasi  va  boshqalar)  talab  qilinadi.  O‘zbekiston  va 

Belarus  Jinoyat-protsessual  kodeksilarida  esa,  shaxsni  garovga  berish 

masalasini tergovchi prokurordan rozilik olmay hal qiladi. 

 

Jinoyat  protsessining  bu  demokratiyalashtirish  va  erkinlashtirishga 



qaratilgan  qoidasi  aksariyat  Jinoyat-protsessual  kodekslarda  aks  ettirilgan 

(Rossiya  Federatsiyasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  125-moddasi, 

Belarus  Jinoyat-protsessual  kodeksining  143-moddasi,  Qozog‘iston 

Jinoyat-protsessual  kodeksining  109-110-moddalari,  Qirg‘iziston  Jinoyat-

protsessual  kodeksining  131-132-moddalari,  Moldova  Jinoyat-protsessual 

kodeksining  196-moddasi,  Estoniya  Jinoyat-protsessual  kodeksining  136-

137-moddalari).  

4) Ba’zi davlatlarning Jinoyat-protsessual kodekslarida garov predmeti 

faqat  pul  tarzida  belgilangan  (Estoniya  Jinoyat-protsessual  kodeksi  135-


331 

 

moddasi,  Moldova  Jinoyat-protsessual  kodeksi  192-moddasi,  Belarus 



Jinoyat-protsessual kodeksi 124-moddasi, Qirg‘iziston  Jinoyat-protsessual 

kodeksi  109-moddasi),  ba’zilarida  qimmatli  buyumlarni  garovga  olinishi, 

(Qozog‘iston  Jinoyat-protsessual  kodeksi  148-moddasi,  Ukraina  Jinoyat-

protsessual  kodeksi  1541-moddasi,  Rossiya  Federatsiyasi  Jinoyat-

protsessual kodeksi 106-moddasi), bir xillarida – hatto ko‘chmas mulk ham 

garovga  qabul  qilinishi  (Ozarbayjon  Jinoyat-protsessual  kodeksi  164-

moddasi),  bu  holda  prokurorning  ruxsati  zarurligi  (Qozog‘iston  Jinoyat-

protsessual kodeksi 148-moddasi) nazarda tutiladi.  

Ba’zi  xorijiy  mamlakatlarda  garovga  berilayotgan  shaxslarni  ular 

qanday  jinoyat  sodir  etganlikda  ayblanayotganini  e’tiborga  olib, 

differensiyalash  va  shu  asnoda  garov  summasining  minimal  miqdorini 

belgilash  Jinoyat-protsessual  kodeksining  o‘zida  ko‘rsatilgan.  Chunonchi, 

Qozog‘iston Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq uncha og‘ir bo‘lmagan 

jinoyatni sodir etishda ayblanayotganga oylik maosh ko‘rsatkichining 100 

baravaridan,  o‘rta  daraja  og‘ir  bo‘lgan  ehtiyotsizlik  bilan  sodir  etilgan 

jinoyatda ayblanayotganga – oylik maosh ko‘rsatkichining 300 baravaridan, 

o‘rta daraja og‘ir bo‘lgan qasddan sodir etilgan jinoyatda ayblanayotganga 

–  oylik  maosh  ko‘rsatkichining  500  baravaridan,  og‘ir  jinoyatni  sodir 

etishda ayblanayotganga – oylik maosh ko‘rsatkichining 1000 baravaridan 

kam bo‘lmasligi shart. 



 

9.4. Munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risidagi tilxat 

Ayblanuvchi 

(sudlanuvchi)dan 

munosib 


xulq-atvorda 

bo‘lish 


to‘g‘risida  tilxat  olish  ehtiyot  choralarining  eng  yengili  hisoblanadi,  lekin 

uni qo‘llashda ham jiddiy munosabat zarur. 



Munosib  xulq-atvorda  bo‘lish  ko‘proq  ruhiy  majburlovga  xos 

bo‘lib,  tilxat  olingan  vaqtda  ayblanuvchi  o‘ziga  nisbatan  jiddiyroq 

ehtiyot chorasi qo‘llanishi to‘g‘risida ogohlantiriladi.  

Bunday  ehtiyot  chorasi  qo‘llangan  shaxslar  barcha  konstitutsiyaviy 

huquq  va  erkinliklar  majmuasidan  foydalanadilar.  Bu  chora  bilan 

qo‘llanishi mumkin bo‘lgan boshqa cheklovchi choralar (kadrlar bo‘limini, 

uchastka nozirini jalb qilish v.b.) qonunda nazarda tutilmagan bo‘lib, ular 

fuqaroning shaxsiy erkinligini jiddiy va sezilarli ravishda cheklaydi. 

Tergovchi  va  prokuror  jinoyatni  tekshirish  jarayonida  hodisaning 

ahamiyatga  ega  bo‘lgan  barcha  holatlarini  o‘rganadi.  Ehtiyot  chorasi 

to‘g‘risidagi  masalani  hal  qilishda  u  qo‘llanadigan  shaxsning  kelgusidagi 

xulq-atvorini  ham  baholashga  to‘g‘ri  keladi.  Shaxsning  xulq-atvorini 

baholashga  boshlang‘ich  ma’lumotlar  bilan  birga  ish  bo‘yicha  to‘plangan 


332 

 

jinoyatning og‘irligini, ayblanuvchining shaxsi, uning ayb shakli kabilarni 



xarakterlovchi  dalillar  ham  xizmat  qiladi.  Ehtiyot  chorasini  tanlash 

masalasini to‘g‘ri va asosli hal qilish uchun ishning barcha faktik holatlariga 

baho  berish  hamda  shaxsning  ehtiyot  chorasi  qo‘llashni  taqozo  etuvchi 

ehtimoliy  xulq-atvori  to‘g‘risida  to‘plangan  ma’lumotlar  asosida  xulosa 

qilish lozim. 

Jinoiy  javobgarlikka  tortiladigan  shaxsning  xulq-atvorini  oldindan 

mutlaqo  aniq  ko‘ra  bilish  qiyin.  Shuning  uchun  ehtiyot  chorasi  haqidagi 

masalani  hal  qilishda  shaxsning  ehtimoliy  xulq-atvori  aniqlanadi.  Biroq 

bunday xulq-atvor haqidagi xulosa taxminlarga emas, balki shaxs tergovdan 

va  suddan  yashirinishi,  haqiqatni  aniqlashga  to‘sqinlik  qilishi,  jinoiy 

faoliyat  bilan  shug‘ullanishi,  hukmning  ijrosidan  bo‘yin  tovlashi  ehtimol 

ekani to‘g‘risida darak beruvchi obyektiv ma’lumotlarga asoslanishi lozim.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  250-

moddasi,  Qirg‘iziston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksi  105-

moddasida  tilxat  faqat  ayblanuvchi  va  sudlanuvchidan  olinishi  nazarda 

tutilgan,  gumon  qilingan  shaxs  haqida  hech  bir  ma’lumot  yo‘q.  Demak, 

mamlakatimizda  mazkur  ehtiyot  chorasi  gumon  qilinuvchiga  nisbatan 

qo‘llanmaydi. Rossiya Federatsiyasi  Jinoyat-protsessual kodeksining 102-

moddasi,  Armaniston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  144-

moddasi,  Qozog‘iston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksi  144-

moddasi,  Belarus  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksi  120-moddasi, 

Estoniya  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  96-moddasi, 

Tojikiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  86-moddalariga 

ko‘ra mazkur chora gumon qilinuvchiga nisbatan ham qo‘llaniladi.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  250-

moddasida  ayblanuvchi  yoki  sudlanuvchi  o‘z  zimmasiga  olgan 

majburiyatlarini  buzgan  taqdirda,  unga  nisbatan  jiddiy  ehtiyot  chorasi 

qo‘llanishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirilishi ta’kidlangan.  

Ehtiyot chorasini qo‘llash zarurati to‘g‘risidagi masalani hal qilishda, 

shuningdek  qaysidir  chorani  tanlashda  tergovchi,  prokuror,  sud  Jinoyat-

protsessual  kodeksining  238-moddasida  ko‘rsatilgan  holatlarni  e’tiborga 

olishi lozim. Bunday holatlarni hisobga olish va baholash ehtiyot chorasini 

qo‘llash  zarurati  va  asoslari  mavjudligi  to‘g‘risidagi  masalani  to‘g‘ri  hal 

qilishga, shuningdek ulardan ayblanuvchining, sudlanuvchining nomunosib 

xulq-atvorining oldini olishga yordam beradi.  

Munosib  xulq-atvorda  bo‘lish  to‘g‘risida  tilxat  asosan  ijtimoiy  o‘ta 

xavfli bo‘lmagan shaxslarga nisbatan, ya’ni uning erkinlikda qolishi jinoyat 


333 

 

sudlov  ishlarini  normal  yuritishga  jiddiy  xavf  tug‘dirmaydigan  holatlarda 



qo‘llaniladi. 

Ushbu ehtiyot chorasi ayblanuvchi, sudlanuvchining tergov va suddan 

yashirinmasligi  va  munosib  xulq-atvorda  bo‘lishini  ta’minlashi  mumkin, 

ammo uni kelajakda dastlabki tergov yoki suddan bo‘yin tovlaydigan, yana 

jinoyatlar sodir qiladigan yoki ish bo‘yicha tergov va sudda ishtirok etuvchi 

shaxslarga  nisbatan  g‘ayrihuquqiy  ta’sir  o‘tkazadigan  ayblanuvchiga  va 

sudlanuvchiga nisbatan qo‘llash man etiladi.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  250-

moddasida  tilxat  beruvchi  shaxs  o‘z  zimmasiga  surishtiruvchi,  tergovchi, 

prokuror yoki sudning ijozatisiz ushbu aholi punktidan chiqib ketmaslik va 

shu  aholi  punkti  doirasida  istiqomat  joyini  o‘zgartirsa,  bu  haqda  ularni 

xabardor qilish majburiyatini olishi ta’kidlanadi. 



Munosib  xulq-atvorda  bo‘lish  to‘g‘risidagi  tilxatda  ushbu  chora 

qo‘llanilayotgan shaxsning yashash manzili ko‘rsatilgan bo‘lishi shart. 

Agar shaxs ro‘yxatda turadigan va yashaydigan manzili muvofiq kelmasa, 

tilxatda  qaysi  manzil  ko‘rsatiladi.  Bunday  hollarda  ayblanuvchi  o‘zining 

doimiy  yoki  vaqtincha  turar  joyi  mavjudligini,  bu  joyda  o‘zi  ro‘yxatga 

olingan  yoki  olinmaganligidan  qat’i  nazar,  isbotlab  berishi  lozim,  deyish 

xato  nuqtayi  nazar  bo‘lib,  ayblanuvchi  zimmasiga  hatto  ayblovning 

mohiyati  bilan  bog‘liq  bo‘lmagan  holatlarni  ham  isbotlash  majburiyati 

yuklatilishi mumkin emas, bu O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual 

kodeksining  26-moddasidagi  aybsizlik  prezumpsiyasi  prinsipiga  mutlaqo 

ziddir.  Ayblanuvchi  har  qanday  dalillar  taqdim  etishga  majbur  emas, 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  46-moddasiga 

ko‘ra dalillar taqdim etish ularning huquqi, aslo majburiyati emas. 

Ayblanuvchi  yashaydigan  manzilni  tilxatda  ko‘rsatish  chog‘ida 

qiyinchiliklar  tug‘ilganda  (masalan,  ikki  yoki  undan  ortiq  uy-joyda 

istiqomat qilishi ehtimol bo‘lgan shaxslarga nisbatan) iltimosnomalar berish 

institutidan keng foydalanish mumkin, zero jinoyat protsessida juda ko‘plab 

ishtirokchilarga mazkur huquq berilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-

protsessual kodeksining 43, 46, 48, 53, 55, 57, 59-moddalari). Ayblanuvchi 

yoki  uning  himoyachisi  tomonidan  munosib  xulq-atvorda  bo‘lish 

to‘g‘risidagi tilxat amal qiladigan muddat ichida shaxsning qaysi manzilda 

istiqomat  qilishi  to‘g‘risida  iltimosnoma  berilishi  mumkin.  Agar 

iltimosnomada bir necha manzil ko‘rsatilgan bo‘lsa, tergovchi iltimosnoma 

bergan  shaxslarning  roziligi  bilan  ulardan  birini  tilxatda  ko‘rsatadi. 

Fikrimizcha,  tilxatda  bir  necha  manzilning  ko‘rsatilishi  ham  (masalan, 



334 

 

ayblanuvchi oilasi, ota-onasi yashaydigan manzillar) jinoyat sudlov ishlarini 



yuritishga to‘sqinlik qilmaydi.  

Ehtiyot  chorasi  sifatida  munosib  xulq-atvorda  bo‘lish  to‘g‘risidagi 

tilxatni  qo‘llash  masalasini  hal  etishda  ayblanuvchining  haqiqatdan  ham 

ko‘rsatilgan  manzilda  istiqomat  qilishini  aniqlash  yuzasidan  tekshiruv 

harakatlari  o‘tkazilishi  istisno  qilinmaydi.  Tergovchi  shaxsning  istiqomat 

joyi  noma’lum  bo‘lgan  holda  undan  tilxat  olish  chorasidan  boshqa  jiddiy 

chorani qo‘llashi mumkin.  

Xulosa  qilib  aytganda,  munosib  xulq-atvorda  bo‘lish  haqidagi  tilxat 

ham  ehtiyot  choralari  ichida  eng  yengili  hisoblangani  bilan,  ayblanuvchi 

zimmasiga ko‘plab majburiyatlarni yuklaydi, ularni bajarmaslik esa boshqa 

jiddiy choralar qo‘llanishiga olib keladi va u ham boshqa ehtiyot choralari 

singari  jinoyat  sudlov  ishlarining  muvaffaqiyatini  ta’minlashga  xizmat 

qiladi.  

 


Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling