Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


(muallif –yuridik fanlar nomzodi T.N.Tillaev)


Download 4.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/53
Sana23.09.2017
Hajmi4.02 Mb.
#16303
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   53

(muallif –yuridik fanlar nomzodi T.N.Tillaev

 

Annotatsiya:  Talabalar  tomonidan  mazkur  mavzuning  o‘rganilishi 



jinoyat protsessida fuqaroviy da’vo va jinoyat natijasida yetkazilgan zarar 

tushunchasi  va  turlari,  uni  qoplashning  protsessual  tartibi  va  shartlari, 

fuqaroviy  da’vo  qo‘zg‘atishning  huquqiy  oqibatlari,  mulkiy  ziyon 

subyektlari  va  predmeti  to‘g‘risida  zaruriy  bilim  va  ko‘nikmalar 

shakllantirishga xizmat qiladi. 

 

10.1. Jinoyat protsessida fuqaroviy da’vo tushunchasi va predmeti 

 

Mamlakatimizda  so‘nggi  yillarda  jinoyat  protsessida  shaxs  huquqlarini 

har tomonlama e’tirof etish va himoya qilishga qaratilgan, inson huquqlarini 

oliy qadriyat sifatida e’tirof etishga asoslangan keng ko‘lamli islohotlar olib 

borilmoqda.  Konstitutsiyaning  53-moddasiga  binoan  xususiy  mulk  boshqa 

mulk  shakllari  kabi  daxlsiz  va  davlat  himoyasida  ekanligi,  mulkdor  faqat 

qonunda  nazarda  tutilgan  hollarda  va  tartibdagina  mulkdan  mahrum  etilishi 

mumkinligi  huquqiy  tartibga  solingan.  Yuqoridagi  konstitutsiyaviy  qoida 

jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan jinoiy jazolar tizimidan 

mol-mulkni musodara qilishning chiqarilganida ham namoyon bo‘ldi

28

.  


Shu bilan birga, sodir etilgan jinoyat nafaqat qonun bilan qo‘riqlanadigan 

munosabatlarga,  shu  jumladan,  inson  manfaatlariga  ham  ma’lum  darajada 

zarar yetkazadi. Zarar moddiy, jismoniy yoki ma’naviy shakllarda namoyon 

bo‘ladi. Umume’tirof etilgan prinsiplarga asosan yetkazilgan zarar qoplanishi 

yoki  bartaraf  etilishi  lozim.  Bu  vazifa  fuqarolik  huquqidagi  zarar  instituti, 

jinoyat  protsessida  jinoyat  natijasida  yetkazilgan  zararni  qoplash  instituti 

orqali amalga oshiriladi. Jinoyat-protsessual kodeksining beshinchi bo‘limida 

tartibga  solingan  jinoyat  natijasida  yetkazilgan  moddiy  zararni  qoplash 

mexanizmida  fuqaroviy  da’vo  instituti  muhim  o‘rin  egallaydi.  O‘zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  275-moddasida  qayd 

etilganidek,  jinoyat  protsessida  jinoyat  tufayli  yoki  aqli  noraso  shaxsning 

ijtimoiy  xavfli  qilmishi  natijasida  fuqarolarga  va  yuridik  shaxslarga 

yetkazilgan mulkiy zararni qoplash, shuningdek jabrlanuvchini dafn etish yoki 

                                                           

28

 O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining 



Jinoyat,  Jinoyat-protsessual  kodekslari  hamda  Ma'muriy  javobgarlik  to‘g‘risidagi  kodeksiga  o‘zgartishlar  va 

qo‘shimchalar  kiritish  haqida”gi  254-II-sonli  2001-yil  29-avgustdagi  Qonuni  //  O‘zbekiston  Respublikasining  Oliy 

Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, 9-10 (1305-1306)-son. – 165-modda.  


352 

 

uning  statsionarda  davolanish  xarajatlarini  hamda  sug‘urta  tariqasida  unga 



to‘langan  pul,  nafaqa  yoki  pensiya  pulini  undirish  to‘g‘risidagi  fuqaroviy 

da’volar ko‘riladi. 

Moddiy zararni undirishning eng oddiy va shu bilan birga samarali usuli 

restitutsiya hisoblanadi. “Restitutsiya” so‘zi lotin tilidan (Restitutio) tarjima 

qilinganda, “tiklash”, “avvalgi, dastlabki holatga qaytish” degan ma’nolarni 

anglatadi.  Mazkur  atamadan  asosan  fuqarolik  va  xalqaro  huquqda  keng 

foydalaniladi, ammo u jinoyat-protsessual munosabatlarda ham qo‘llanilishi 

mumkin. Restitutsiya jinoyat protsessida jinoyatdan moddiy zarar ko‘rgan 

jabrlanuvchining  jinoyat  sodir  bo‘lguniga  qadar  mavjud  bo‘lgan  mulkiy 

holatining  qayta  tiklanishini  ifodalaydi.  Masalan,  shaxs  O‘zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat  kodeksining  169-moddasida  qayd  etilgan  o‘g‘irlik 

jinoyatini sodir etib, boshqa fuqaroning uyidan qimmatbaho taqinchoqlarni 

o‘g‘irlab ketganligi va ushbu jinoyatning ochilishi natijasida qimmatbaho 

taqinchoqlar  qonuniy  egasiga  qaytarilganligi  restitutsiyaga  yaqqol  misol 

bo‘la oladi. 

Lekin,  o‘g‘irlangan  buyum  o‘z  egasiga  qaytarilishining  imkoni 

bo‘lmagan  taqdirda,  qoidaga  ko‘ra,  moddiy  zararni  undirish  fuqaroviy 

da’voni qo‘zg‘atish shaklida amalga oshiriladi. Jinoyat protsessida fuqaroviy 

da’vo tushunchasini ta’riflashda jinoyat tufayli yetkazilgan mulkiy ziyon va 

jismoniy zararni undirish – buning uchun maxsus vakolat berilgan mansabdor 

shaxslar  va  organlarning  rasmiy  faoliyati  ekanligi  hisobga  olinishi  lozim. 

Yetkazilgan  mulkiy  ziyon  va  jismoniy  zararni  fuqaroviy  da’vo  qo‘zg‘atish 

yo‘li bilan undirish faoliyati bunday da’vo taqdim etish va qabul qilish, shaxsni 

fuqaroviy  da’vogar  deb  e’tirof  etish,  taqdim  etilgan  da’vodagi  talablarni 

asoslash, ularni ta’minlash bo‘yicha zarur choralar qabul qilish v.h.larni o‘z 

ichiga oladi. Ushbu faoliyat fuqaroviy da’vogarlar, fuqaroviy javobgarlar va 

ularning  vakillarining  jinoyat  ishi  bo‘yicha  dastlabki  tergov  va  sud 

muhokamalarida faol ishtirokini talab qiladi. 

Jinoyat protsessida fuqaroviy da’voning mohiyatini belgilab olish uchun, 

avval “da’vo” tushunchasining mohiyatini anglab olish zarur bo‘ladi. “Da’vo” 

asli arabcha so‘z bo‘lib, o‘z haq-huquqini himoya etish haqida sud orqali yoki 

boshqa  yo‘llar  bilan  qo‘yilgan  talab  tushuniladi.  Shuningdek,  zamonaviy 

huquqda da’vo (lot. “actio” – da’vo, “actionare” – sud muhofazasini izlash) 

barcha sud ish yurituvlari uchun xos bo‘lgan turdosh tushuncha hisoblanadi.  

 

 

 



Jinoyat protsessida fuqaroviy da’vo - bevosita jinoyat tufayli yoki aqli 

353 

 

noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi natijasida moddiy, jismoniy yoki 



ma’naviy  zarar  ko‘rgan  shaxsning,  uning  qonuniy  vakili  yoxud  uning 

manfaatlari asosida prokurorning aybdorga yoki moddiy javobgar shaxsga 

nisbatan yetkazilgan moddiy va jismoniy zararni qoplash uchun jinoyat ishi 

qo‘zg‘atilgan  paytdan  boshlab  to  sud  muhokamasi  jarayoni  tugaguniga 

qadar  bildiriladigan  va  jinoyat  ishini  yuritishga  mas’ul  bo‘lgan  davlat 

organlari  va  mansabdor  shaxslar  tomonidan  hal  qilinishi  lozim  bo‘lgan 

talabidir. 

Demak,  jinoyat  protsessida  fuqaroviy  da’vo  jinoyatdan  jabr  ko‘rgan 

shaxslarning subyektiv fuqarolik huquqlarini  muhofaza  qilishning  eng keng 

tarqalgan va asosiy usullaridan biri hisoblanadi. Jinoyat protsessida fuqaroviy 

da’vo  ma’naviy  zararni  undirish  uchun  ham  taqdim  etilishi  mumkinligi 

e’tiborga  loyiqdir.  Bu  masala  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi 

Plenumining  2000-yil  28-apreldagi  7–sonli  “Ma’naviy  zararni  qoplash 

haqidagi qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 

9–bandida tushuntirishlar bilan bayon etib berilgan. 

Jinoyat  protsessidagi  fuqaroviy  da’vo  ikki  jihat,  ya’ni  moddiy  va 

protsessual  huquqiy  tabiatga  ega.  Uning  moddiy  tabiati  –  keng  ma’noda 

fuqaroviylik hisoblansa, protsessual tabiati – jinoyat-protsessualdir. Uning 

moddiy tabiati da’vogar va javobgar o‘rtasida vujudga kelgan  munozarali 

moddiy-huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalarga ega moddiy 

huquq  sohasi  bilan  belgilanadi.  Bunda  da’vogar  javobgarga  nisbatan 

talabini protsessual shaklda, moddiy-huquqiy talab sifatida amalga oshiradi. 

Jinoyat tufayli yetkazilgan moddiy zararni undirish to‘g‘risidagi da’vo esa 

jinoyat  protsessida  qo‘zg‘atilib,  hal  etilganligi  bois,  tabiiyki,  uning 

protsessual tabiati faqat jinoyat-protsessual holatni ifodalaydi. 

Jinoyat  protsessida  fuqaroviy  da’vo  o‘z  mohiyatiga  ko‘ra  undirish 

to‘g‘risidagi  da’vo  hisoblanadi.  O‘z-o‘zidan  ma’lumki,  fuqaroviy  da’vo 

mohiyatiga ko‘ra fuqaroviy da’vogarning moddiy huquqlarini himoya qilish 

to‘g‘risidagi  talabi  bo‘lib,  u  javobgarga  emas,  balki  sudga  yo‘naltirilgan 

bo‘ladi, shu sababli da’vo ishini javobgarga nisbatan emas, balki javobgarga 

qarshi  qo‘zg‘atish  to‘g‘risida  va  undan  yetkazilgan  zararni  undirish 

to‘g‘risida bo‘ladi. 

 

 

 



 

 

 



354 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Jinoyat  protsessida  fuqaroviy  da’vo  boshqa  da’volar  singari  ikkita 

element  –  predmet  va  asosga  ega.  Ular  ish  bo‘yicha  isbot  qilinishi  kerak 

bo‘lgan faktlar doirasini belgilash va bu bilan tergov organlari hamda sudning 

muvaffaqiyatli faoliyatini ta’minlash, da’vo bo‘yicha qonuniy va asoslangan 

qaror chiqarishga yordam beradi.  

 

Fuqaroviy  da’voning  predmeti  –  bu  moddiy  (mulkiy),  jismoniy  va 

ma’naviy zararni undirish to‘g‘risida sudga taqdim etilgan moddiy-huquqiy 

talabdir.  

Zararni  undirish  to‘g‘risidagi  talab  sudga  qadar  bosqich,  shuningdek 

jinoyat  protsessining  boshqa  bosqichlari  bilan  cheklanmaydi,  balki  sud 



Jinoyat protsessida yetkazilgan zararni qoplash shakli 

Dastlabki tergov hamda sud muhokamasiga  jinoyat ishi yuzasidan 

fuqaroviy da’voni taqdim etish 

Da’vogarning  javobgarga  nisbatan  moddiy  huquqqa  asoslangan 

talabidan  iborat  bo‘lgan  moddiy-huquqiy  qism  hamda    moddiy-

huquqni  ro‘yobga  chiqarish  shakli  va  tartibidan  iborat  bo‘lgan 

protssesual qism

 

Da’vo – subyektiv huquqni ro‘yobga chiqarish shakli 



Huquqiy nizo xususiyatida  da’vogar talab etadigan sud himoyasining 

turiga kora da’voning turlari 

Kimningdir  foydasiga  hal  qilish,  ya’ni  buzilgan  huquqni  tiklash 

to‘g‘risidagi da’volar yoki ijro etish da’volari 

Da’vogarning  nizoga  sabab  bo‘lgan  huquqni  e’tirof  etish  yoki 

javobgarning huquqi yo‘qligini e’tirof etish to‘g‘risidagi da’volar, 

ya’ni aniqlovchi da’volar

 


355 

 

hukmining  fuqaroviy  da’voga  oid  qismi  ijro  etilishi  bilan  yakunlanadi. 



Jismoniy  zarar  shaxsning  hayotdan  mahrum  etilishida,  unga  tan  jarohati 

yetkazilishida  va  sog‘lig‘iga  zarar  yetishida  o‘z  ifodasini  topadi.  Jinoyat 

tufayli  fuqaroning,  korxonaning,  muassasaning  yoki  tashkilotning  mulkiy 

holatlariga zarar yetishi moddiy zararni keltirib chiqaradi. Ammo, shu bilan 

birga, moddiy zarar jinoyat tufayli mulkning o‘ziga moddiy zarar yetmagan 

holatlarda  ham,  masalan,  jismoniy  shikast  olgan  jabrlanuvchi  o‘z  mehnat 

qobiliyatini  qisman  yo‘qotishi  oqibatida  maoshining  ma’lum  ulushidan 

mahrum  bo‘lganida  yoki  uning  qonuniy  vakili  uning  davolanishi  uchun 

dori-darmonga  xarajat  qilganida,  protez  sotib  olganida,  ko‘mish 

marosimlari  va  boshqa  shu  kabilarga  sarflagan  xarajatida  ham  mavjud 

bo‘lishi mumkin. 

Jinoyat tufayli vafot etgan shaxsning mehnatga layoqatsiz oila a’zolari 

yoki voyaga yetmagan farzandlarini boqish uchun ketadigan xarajatlar ham 

fuqaroviy javobgardan undiriladi.  

Yuqorida  ta’kidlab  o‘tilganidek,  jinoyat  tufayli  yetkazilgan  zarar 

moddiy va nomoddiy shakllarda o‘z ifodasini topadi. Bunda shuni tan olish 

kerakki,  nomoddiy  zarar  oqibatlarini  son  (pul)  ekvivalentida  o‘lchash, 

belgilash  va  ularni  qoplashda  bir  qator  qiyinchiliklar  uchraydi.  Masalan, 

jinoiy  qilmish  tufayli  (bezorilik,  tuhmat,  haqorat  va  h.)  insonga 

etkaziladigan jismoniy va ma’naviy azoblarning miqdorini moddiy jihatdan 

qanday  belgilash  mumkin?  Bevosita  mulkiy  zarar  yetkazish  bilan  bog‘liq 

jinoyatlar  sodir  etilganda,  ya’ni  o‘g‘rilik,  bosqinchilik,  firibgarlik  kabi 

harakatlarda  tajovuz  obyekti  mavjud  bo‘lib,  bunda  yetkazilgan  mulkiy 

zararni  o‘lchash  va  baholash,  demakki,  qoplash  mumkin  bo‘ladi.  Ushbu 

jinoiy harakatlar birinchi navbatda mulkka  yo‘naltirilgan bo‘ladi, shuning 

uchun  ham  jinoyat  tufayli  yetkazilgan  mulkiy  zararning  qiymatini 

belgilashda qiyinchilik tug‘ilmaydi.  

Insonning hayoti va sog‘ligiga qarshi yo‘naltirilgan jinoyatlar jismoniy 

jihatdan  zarar  yetkazadi,  shuning  uchun  ham  ularni  bevosita  undirishning 

imkoniyati  mavjud  bo‘lmaydi.  Ammo  tan  olish  kerakki,  jabrlanuvchining 

sarf qilgan moddiy xarajatlarini hisoblab, ularning ham miqdorini aniqlash 

mumkin bo‘ladi.  

Jinoyat  tufayli  yetkazilgan  zararning  miqdori  va  xususiyatlarini 

belgilab berish sud, prokuror, tergovchi va surishtiruv organlarining vazifasi 

hisoblanadi.  Sud  tomonidan  nafaqat  yetkazilgan  zararning  miqdori  va 

xususiyatlari  belgilab  beriladi,  balki  zararning  to‘liq  hajmda  undirilishi 

uchun barcha choralar ko‘riladi. 

Da’voning  asosini  yuridik  faktlar  tashkil  etadi,  fuqaroviy  da’vogar  esa 



356 

 

ulardan  o‘zining  talablarini  shakllantiradi,  qonun  fuqaroviy  da’vogar  va 



ayblanuvchi  (fuqaroviy  javobgar)  o‘rtasida  huquqiy  munosabatlar  yuzaga 

kelishini  ular  bilan  bog‘laydi.  Bunday  faktlarga  quyidagilar  kiradi:  jinoyat 

sodir  bo‘lishi;  fuqaroviy  da’vogar  tomonidan  moddiy  zararning  mavjudligi; 

jinoyat va zarar o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish. 

Quyidagi  muayyan  protsessual  asoslarning  mavjudligi  da’voni  jinoyat 

ishi  bilan  birga  ko‘rib  chiqishning  zarur  sharti  hisoblanadi:  jinoyat  ishining 

mavjudligi;  jinoyat  ishiga  fuqaroviy  da’vo  taqdim  etish;  xuddi  shu  taraflar 

o‘rtasida, xuddi shu predmet va asoslar bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan sud 

qarorining  yoki  fuqaroviy  da’vogarning  da’vodan  voz  kechganligini  qabul 

qilish  yoki  kelishuv  bitimini  tasdiqlash  to‘g‘risida  sud  ajrimining  mavjud 

emasligi; fuqaroviy da’vogarning fuqaroviy protsessual muomala layoqatiga 

egaligi. 

Fuqaroviy da’vo bo‘yicha ishni yuritish jinoyat protsessining bir qismi 

hisoblanadi.  Shuning  uchun  jinoyat  ishini  qo‘zg‘atish  uchun  sabab  va 

asoslarning  mavjud  emasligi  jinoyat  protsessida  fuqaroviy  da’voni  ko‘rib 

chiqish va hal qilishga yo‘l qo‘ymaydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi 

Jinoyat-protsessual  kodeksining  276-moddasi  2-qismida  to‘g‘ridan  to‘g‘ri 

ko‘rsatilgan: fuqaroviy da’vo jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan paytdan boshlab to 

sud  tergovi  boshlangunga  qadar  taqdim  etiladi.  O‘zbekiston  Respublikasi 

Jinoyat-protsessual  kodeksining  277-moddasiga  asosan,  fuqaroviy  da’vo 

qo‘zg‘atilgan hollarda sodir etilgan qilmish oqibatida shaxsga mulkiy ziyon 

yetkazilgan  deb  hisoblasa,  uni  fuqaroviy  da’vogar  deb  e’tirof  etish 

to‘g‘risida  surishtiruvchi,  tergovchi  qaror,  sud  esa  ajrim  chiqaradi. 

Qarorning yoki ajrimning nusxasi da’voni qo‘zg‘atgan shaxsga yoki uning 

vakiliga  taqdim  etiladi.  Bunda  fuqaroviy  da’vogarga  O‘zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  57-moddasida  nazarda 

tutilgan  huquq  va  majburiyatlar,  fuqaroviy  da’vogar  deb  e’tirof  etish  rad 

qilingan shaxsga esa, qaror ustidan shikoyat qilish tartibi tushuntiriladi. 

Jinoyat protsessida fuqaroviy da’voni ko‘rib chiqish va hal qilish bilan 

bog‘liq jarayonni ikki bosqichga ajratish zarur: 

– sudga qadar ish yurituv davrida fuqaroviy da’voni ta’minlash;  

– sud muhokamasida fuqaroviy da’voni hal etish.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  276–278-

moddalari  mazmunidan  ko‘rinib  turibdiki,  fuqaroviy  da’vo  yuzasidan  ish 

yuritish  surishtiruvchi,  tergovchining  jinoyat  tufayli  yoki  aqli  noraso 

shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi natijasida o‘zini mulkiy zarar ko‘rgan deb 

hisoblovchi shaxsdan  da’vo arizasini olish bilan boshlanadi. Mulkiy zarar 

ko‘rgan  shaxs  o‘z  huquqlarini  amalga  oshirib,  fuqaroviy  da’voni 



357 

 

qo‘zg‘atadi.  Faqat  ana  shunday  holatda  fuqaroviy  da’vo  masalasida 



protsessual munosabatlar vujudga keladi. Surishtiruvchining, tergovchining 

shaxsni  fuqaroviy  da’vogar  sifatida  tan  olib  chiqargan  qarori  mazkur 

bosqichdan  keyingi  huquqiy  munosabatlar  uchun  huquqiy  asos  bo‘lib 

xizmat  qiladi.  Demak,  sudga  qadar  bo‘lgan  tergov  jarayonida  fuqaroviy 

da’voga xos asosiy holat jinoyat tufayli moddiy zarar ko‘rgan jabrlanuvchi 

yoki boshqa shaxs tomonidan da’vo qo‘zg‘atilgan vaqt hisoblanadi.  

“Jabrlanuvchi” va “fuqaroviy da’vogar” tushunchalarining protsessual 

ahamiyatini taqqoslab aytish mumkinki, yuridik shaxs ishda faqat fuqaroviy 

da’vogar sifatida ishtirok etishi mumkin, jismoniy shaxs esa ham fuqaroviy 

da’vogar,  ham  jabrlanuvchi  sifatida  ishtirok  etadi.  Jabrlanuvchi  moddiy 

(mulkiy),  jismoniy  yoki  ma’naviy  zararlarni  undirish  to‘g‘risida  ariza 

taqdim etar ekan, fuqaroviy da’vogarga aylanadi va har ikkala subyektning 

huquqlariga  ega  bo‘ladi.  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual 

kodeksi 56-moddasiga ko‘ra, fuqaroviy da’vogar deb e’tirof etilgan shaxs, 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  57-moddasi  3-

qismiga  ko‘ra,  ayni  vaqtda  jabrlanuvchining  barcha  huquqlaridan 

foydalanadi  va  uning  majburiyatlarini  bajaradi.  Shunday  qilib,  u  ikkita 

protsessual  funksiyani  bajaradi.  Ammo  shuni  nazardan  qochirmaslik 

lozimki,  jabrlanuvchi  va  da’vogar  ayblov  tomonning  vakillari  hisoblanib, 

jinoyat protsessida o‘z manfaatlarini himoya qilsalar-da, ularni tenglashtirib 

bo‘lmaydi.  Ularning  har  biri  jinoyat  protsessining  mustaqil  ishtirokchilari 

bo‘lib, o‘zlariga tegishli huquq va majburiyatlarga egadirlar, ammo bu ikki 

subyekt  ba’zan  bir  shaxs  sifatida  ham  ishda  ishtirok  etadi.  Ko‘pincha 

bunday  holat  jinoyat  protsessida  jismoniy  shaxslarning  da’volari  ko‘rib 

chiqilayotganida 

uchraydi. 

Shu 

sababli, 



jabrlanuvchi 

fuqaroviy 

da’vogarning aynan o‘zi emasmi, ularning bir-biridan asosiy farqi nimada 

degan  yoki  aksincha,  sudlanuvchi  bir  vaqtda  fuqaroviy  javobgar  sifatida 

ishga  jalb  qilinadimi  degan  haqli  savol  tug‘iladi?  Masalan,  shaxs 

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasida ko‘rsatilgan 

transport  vositasini  olib  qochish  jinoyatini  sodir  etib,  boshqa  fuqaroga 

tegishli  «Lasetti»  rusumli  avtotransport  vositasini  olib  qochgan  va  olib 

qochish jarayonida boshqaruvni eplay olmay, avtotransport vositasini yo‘l 

chetidagi  daraxtga  urib,  yo‘l  transport  hodisasini  sodir  etgan.  Sud 

jarayonida  ushbu  fuqaro  sudlanuvchi  hamda  fuqaroviy  javobgar  sifatida 

ishga jalb qilingan. Avtotransport egasi bo‘lgan fuqaro esa o‘z navbatida 

jabrlanuvchi hamda fuqaroviy da’vogar sifatida qatnashgan. 

Agar  fuqaroviy  da’voni  taqdim  etish  bilan  bog‘liq  protsessual  asos 

mavjud  bo‘lmasa,  jinoyat  protsessida  fuqaroviy  da’vo  bo‘yicha  ish  yuritish 


358 

 

boshlanmaydi.  Agar  jinoyat  ishida  da’vo  taqdim  etilmagan  bo‘lsa,  mulkiy 



ziyonni  undirish  masalasini  boshqa  ko‘rinishda  hal  qilishga  ruxsat  etiladi. 

Da’vo  talablari  og‘zaki  tarzda  ifodalanishi  va  jabrlanuvchini  so‘roq  qilish 

bayonnomasiga  qayd  etilishi  yoki  yozma  shaklda  bildirilishi  va  tergovchi 

tomonidan  ish  materiallariga  tikib  qo‘yilishi  mumkin.  Da’vo  talablarining 

yozma shaklda bildirilishi va da’vo arizasi taqdim etilishi maqsadga muvofiq. 

U  faqat  jabrlanuvchi  va  fuqaroviy  da’vogar  bitta  shaxs  bo‘lmagan 

holatlarda,  ya’ni  da’vo  voyaga  yetmaganlarning,  fuqaroviy  protsessual 

qonunchilikda  belgilangan  tartibda  protsessual  muomalaga  layoqatsiz  yoki 

layoqati  cheklangan  deb  tan  olingan  shaxslarning,  shuningdek  biror  sabab 

tufayli  o‘zining  huquqi  va  qonuniy  manfaatlarini  mustaqil  himoya  qila 

olmaydigan  shaxslarning  manfaatlarini  himoya  qilish  uchun  ishlatilishi 

mumkin.  Bunday  shaxslarning  manfaatlarini  himoya  qilish  bo‘yicha  da’vo 

ularning qonuniy vakili yoki prokuror tomonidan, davlat manfaatlarini himoya 

qilishda esa, prokuror tomonidan taqdim etilishi mumkin. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  279-

moddasiga  asosan,  prokuror  fuqaroviy  da’voni  qo‘zg‘atishi  yoki 

qo‘zg‘atilgan  fuqaroviy  da’voni  quvvatlashi  yoxud  basharti  davlat  yoki 

jamiyat  manfaatlarini,  yoxud  fuqarolarning  huquqlari  va  qonuniy 

manfaatlarini himoya qilish taqozo etilsa,  da’voga qarshi e’tiroz bildirishi 

shart.  


Jinoyat  ishini  yuritishda  fuqaroviy  da’voni  ko‘rib  chiqishning  yana  bir 

protsessual asosi - Jinoyat-protsessual kodeksida fuqaroviy da’voning jinoyat 

ishi bilan birga ko‘rib chiqilishi talab etilmasligi bilan bog‘liq. Jinoyat tufayli 

zarar  ko‘rgan  shaxsning  xohishiga  ko‘ra  da’vo  fuqarolik  sudi  ish  yuritish 

tartibida  ham  arz  qilinishi  mumkin.  Ammo,  agar  da’vo  fuqarolik  sudiga 

berilgan va sud uni qondirishni rad qilgan bo‘lsa, da’vogar ushbu da’vo bilan 

ikkinchi marta arz qilish huquqidan mahrum bo‘ladi. Dispozitivlik tamoyiliga 

muvofiq da’vogar da’vodan voz kechishi mumkin. Javobgar da’voni tan olish 

huquqiga ega. Taraflar ishni kelishuv bitimi bilan tugatishlari mumkin. Agar 

fuqarolik  ishida  da’vogar  o‘z  da’vosidan  voz  kechsa  yoki  javobgar  bilan 

kelishuv bitimi tuzsa va bu haqida qonuniy kuchga kirgan sud ajrimi mavjud 

bo‘lsa, u jinoyat protsessida yana da’vo bilan arz qilish huquqiga ega emas. 

Demak,  da’vogarning  da’vodan  voz  kechganligini  qabul  qilish  yoki 

taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risida qonuniy kuchga kirgan sud 

ajrimi  jinoyat  protsessida  fuqaroviy  da’voni  ko‘rib  chiqilishiga  yo‘l 

qo‘ymaydigan  holat  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Bu  da’voni  qondirish  to‘g‘risida 

qonuniy kuchga kirgan sud qaroriga ham taalluqlidir.  


359 

 

O‘z mohiyatiga ko‘ra, shaxsga yetkazilgan har qanday zarar undirilishi 



lozim.  Jinoyat  tufayli  yetkazilgan  moddiy  zararni  undirish  esa  jinoyat 

protsessida fuqaroviy da’vo ko‘rinishida amalga oshiriladi va u O‘zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  33-bobida  bevosita  ko‘zda 

tutilgan. 

Fuqaroviy da’vo bo‘yicha ish yuritishda zararni undirish asoslari, shart-

sharoiti, hajmi va usuli fuqaroviy, mehnat va boshqa soha qonun hujjatlari 

qoidalariga  muvofiq  aniqlanadi.  Boshqa  soha  qonun  hujjatlarida 

belgilangan da’vo muddati jinoyat protsessidagi fuqaroviy da’voga nisbatan 

qo‘llanilmaydi.  

Da’vodan voz kechishning qabul qilinishi da’vo bo‘yicha ish yuritishni 

tugatishga asos bo‘ladi va jinoyat protsessida ham, fuqaroviy sud ishlarini 

yuritish tartibida ham fuqaroviy  da’vogarni  o‘sha shaxsga xuddi shu asos 

bilan da’voni qayta qo‘zg‘atish huquqidan mahrum qiladi. 

Ayblov hukmini chiqarishda, shuningdek tibbiy yo‘sindagi majburlov 

chorasini  qo‘llash  yoki  sodir  etgan  qilmishning  xususiyatiga  va  o‘zining 

ruhiy  holatiga  ko‘ra  shaxs  ijtimoiy  xavfli  bo‘lmagan  hollarda  bunday 

chorani qo‘llamaslik haqida ajrim chiqarishda sud asoslarning isbotlanishi 

va  da’vo  hajmini  e’tiborga  olib,  uni  to‘liq  yoki  qisman  qanoatlantiradi 

yoxud uni qanoatlantirishni rad etadi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  283-

moddasiga asosan, sud oqlov hukmini chiqarayotganida, shuningdek tibbiy 

yo‘sindagi  majburlov  choralarini  qo‘llash  bo‘yicha  ishni  tugatish  haqida 

ajrim chiqarayotganida fuqaroviy da’voni qondirishni quyidagi hollarda rad 

etadi, basharti: 

1) jinoyat yoki ijtimoiy xavfli qilmish hodisasi yuz bermagan bo‘lsa; 

2) sudlanuvchining yoki tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash 

masalasi  hal  etilayotgan  shaxsning  sodir  etilgan  jinoyatga  yoki  ijtimoiy 

xavfli qilmishga daxli yo‘qligi aniqlangan bo‘lsa; 

3) sudlanuvchining yoki tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash 

masalasi hal etilayotgan shaxsning mulkiy ziyon keltirgan harakati zaruriy 

mudofaa chegarasidan chiqmagan holda sodir etilgan bo‘lsa. 

 

 



 

 

 



 

360 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Sudlanuvchi 

tomonidan 

sodir 


etilgan 

qilmish 


jinoyat 

deb 


topilmaganligi sababli u oqlangan taqdirda, shuningdek ushbu moddaning 

ikkinchi  qismida  ko‘rsatilgan  asoslardan  boshqa  asoslarga  ko‘ra  tibbiy 

yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash bo‘yicha ish yuritish tugatilganda 

sud da’voning isbotlanish darajasi va hajmini e’tiborga olib, uni to‘liq yoki 

qisman  qanoatlantiradi  yoki  qanoatlantirishni  rad  etadi.  Da’voning  hajmi 

jinoyat  tavsifiga  va  aybdorga  jazo  chorasi  tayinlashga  ta’sir  etmasa, 

fuqaroviy da’voni qanoatlantirishda sud da’vo talabi chegarasidan chiqishga 

haqlidir.  Biroq  jinoyat  protsessida  qo‘zg‘atilgan  fuqaroviy  da’vo 

qanoatlantirilmagan  taqdirda  da’vogar  shu  shaxsga  va  xuddi  shu  asoslar 

bo‘yicha  fuqaroviy  sud  ishlarini  yuritish  tartibida  da’vo  qo‘zg‘atish 

huquqidan mahrum bo‘ladi.  

Fuqaroviy da’voni ko‘rib chiqishda o‘zaro kelishuv bitimi tuzilishi ham 

mumkin.  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  282-

moddasida  ta’kidlanganidek,  ayblanuvchi,  sudlanuvchi  yoki  fuqaroviy 

javobgarning  da’voni  tan  olganligi,  shuningdek  fuqaroviy  da’vogar, 

ayblanuvchi, 

sudlanuvchi 

yoxud 


fuqaroviy 

javobgarning 

o‘zaro 

kelishganlik to‘g‘risidagi arizasi fuqaroviy da’vo bo‘yicha ish yuritishning 



tugatilishiga  olib  kelmaydi  va  surishtiruvchini,  tergovchini  fuqaroviy 

da’voga doir holatlarni sinchkovlik bilan, to‘la, har tomonlama va xolisona 



Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling