Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/53
Sana23.09.2017
Hajmi4.02 Mb.
#16303
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   53

Voyaga  yetmaganlar  deb,  davlat  Konstitutsiyasida  va  boshqa 

qonunlarida ko‘rsatilgan fuqarolarning burch, huquq va majburiyatlarini 

bajarish uchun belgilangan yoshga to‘lmagan shaxslar nazarda tutiladi.  

Voyaga  yetmaganlarni  jinoyatlari  haqidagi  ishlarni  ko‘rishda  ish 

bo‘yicha  isbotlanishi  lozim  bo‘lgan  holatlarni  sinchkovlik  bilan  har 

tomonlama  to‘la  va  xolisona  tekshirib  chiqilishi,  qilmishning  ijtimoiy 

xavflilik darajasini hamda sudlanuvchining shaxsini e’tiborga olgan holda 

aniqlangan  haqiqiy  holatlar  va  dalillar  majmuasiga  to‘g‘ri  baho  berilishi, 

odillik  va  insonparvarlik  tamoyillariga  amal  qilgan  holda  qonunda 

ko‘rsatilgan  imtiyozlardan  to‘la  foydalanishga  imkon  yaratilishi  lozim. 

Ushbu  chora  o‘z  mohiyatiga  ko‘ra  kafillikka  o‘xshaydi.  Masalan,  voyaga 

yetmaganning nomunosib xulq-atvori uchun uning ota-onasi vasiy v.h.miy, 

shaxsiy kafil singari mas’uldir.  

Voyaga  yetmaganlarni  kuzatuv  ostiga  olish  uchun  topshirishda  ota-

onasi,  vasiylar,  homiylar  yoki  bolalar  muassasasi  ma’muriyatidan  voyaga 

yetmagan ayblanuvchini tergovchi, prokuror huzuriga va sudga o‘z vaqtida 

kelishi, uni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 46-

moddasida  nazarda  tutilgan  barcha  majburiyatlarni  bajarishini  ta’minlashi 

haqida yozma ravishda tilxat olinadi. Bunday majburiyatni o‘z zimmasiga 

olayotgan  shaxslar  voyaga  yetmagan  ayblanuvchiga  e’lon  qilingan 

ayblovning mohiyati hamda ayblanuvchini tergov organlari yoki sudga o‘z 

vaqtida kelmasligi hollarida javobgarligi haqida ogohlantiriladi.  

Kuzatuv  ostiga  berish  chorasi  faqat  ota-onalar,  vasiylar,  homiylar 

roziligi  bilan  qo‘llanishi  mumkin,  aks  holda  voyaga  yetmaganlarni  qayta 

tarbiyalash haqida gapirish qiyin bo‘lar edi. Qonunda ota-onalar (vasiylar, 


343 

 

homiylar) tomonidan kuzatuv ostiga olish bo‘yicha majburiyat olishni rad 



etish  ko‘zda  tutilmagan  bo‘lsa-da,  bunday  hol  yuz  berishi  mumkin. 

Tergovchi va sud tomonidan kuzatuv ostiga berish chorasi tanlanayotganida 

yuqoridagi  holatlar  hamda  ushbu  shaxslar  o‘z  vazifalarini  qay  darajada 

bajarishlari,  voyaga  yetmagan  shaxsga  to‘g‘ri  tarbiyaviy  ta’sir  ko‘rsata 

olishlari  aniqlanishi  kerak.  Aks  holda,  voyaga  yetmagan  ayblanuvchini 

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 556-moddasida 

ko‘rsatilgan  shaxslarga  kuzatuv  ostiga  olish  uchun  topshirish  samara 

bermaydi.  

Voyaga yetmaganning munosib xulq-atvorini va uni chaqiruvga binoan 

kelishini  ta’minlash  bo‘yicha  o‘z  majburiyatlarini  bajarmagan  bolalar 

muassasasi  ma’muriyatining  javobgarligi  haqidagi  yozma  tilxat  ushbu 

muassasa  rahbari  yoki  u  tomonidan  vakolat  berilgan  ma’muriyatning 

boshqa  vakilidan  olinadi.  Bolalar  muassasasining  o‘z  zimmasiga  olgan 

majburiyatni buzganligi uchun javobgarligi qonunda hal qilinmay qolgan. 

Bu  esa  o‘z  navbatida,  kuzatuvga  olish  bo‘yicha  o‘z  majburiyatlarini 

bajarmagan bolalar muassasasining ma’muriyati javobgar bo‘lmaydi, degan 

xulosa chiqarishga olib keladi.  

Ma’muriyatning  kuzatuvga  olish  bo‘yicha  majburiyatni  bajarmagan 

shaxslarga nisbatan tergov organi taqdimnomasiga yoxud sudning xususiy 

ajrimiga  muvofiq  intizomiy  yoki  jamoat  ta’sir  choralari  qo‘llanilishi 

mumkin. Yopiq bolalar muassasasida tarbiyalanayotgan voyaga yetmagan 

tomonidan jinoyat sodir etilishi, uzluksiz tarbiya jarayonida yo‘l qo‘yilgan 

xatolar u bilan yetarli darajada individual tartibda shug‘ullanilmaganligidan 

dalolat beradi. Bu ko‘rsatilgan muassasa ma’muriyatini voyaga yetmaganga 

nisbatan  uni  munosib  xulq-atvorda  bo‘lishini  ta’minlaydigan  yanada 

samaraliroq ta’sir etish vositalarini qidirishga undashi lozim. Bunday ta’sir 

choralarini  ma’muriyat  kuzatuvi  ostiga  olishi  uchun  berilgan  voyaga 

yetmagan ayblanuvchiga nisbatan qo‘llash kerak.  

Agar voyaga yetmagan o‘z ota-onasi (vasiylari, homiylari) nazoratidan 

chetda bo‘lsa yoki ular uzrli sabablarga ko‘ra (kasalligi yoki uzoq xizmat 

safari)  kuzatuvga  ostiga  olish  bo‘yicha  majburiyatlarni  bajarish  uchun 

imkoniyati  bo‘lmasa,  bunday  ehtiyot  chorasini  tanlash  nafaqat  samarasiz, 

balki zararli hamdir. Shuningdek, agar voyaga yetmaganni kuzatuvga olgan 

shaxs  keyinchalik  o‘z  burchlarini  bajarolmaydigan  holatda  bo‘lsa,  uni 

boshqa shaxsning kuzatuviga berish kerak bo‘ladi.  

Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarliklarning 

sabablaridan  asosiysi  oilaviy  tarbiyaning  yetishmasligidir.  Olimlarning 

tadqiqotlariga ko‘ra, qayerda oilaviy nizolar va nikohni bekor qilishlar ko‘p 



344 

 

bo‘lsa, o‘sha joyda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi yuqoridir. Ularning 



fikricha,  bunday  hodisa  bilan  jinoyatchilik  o‘rtasida  to‘g‘ridan  to‘g‘ri 

bog‘lanish bor.  

Darhaqiqat, spirtli ichimlik iste’mol qilish, buzuq xulq-atvor, qo‘pollik, 

tekinxo‘rlik, o‘z farzandlarini jinoiy faoliyatga jalb qilish kabilar uchraydi. 

Tabiiyki,  bunday  hollarda  voyaga  yetmaganni  ota-onasi  (vasiylari, 

homiylari)ga  kuzatuv  ostiga  olish  uchun  topshirish  chorasini  qo‘llash 

mumkin  emas.  Ushbu  masala  bo‘yicha  to‘g‘ri  qaror  qabul  qilish  uchun 

dastlabki  tergov  organlari  ota-ona  (vasiy,  homiy)ning  shaxsini,  ularning 

ma’naviy  qiyofasini,  tarbiyaga  bo‘lgan  munosabatini  va  ko‘rsatilgan 

shaxslar  ayblanuvchining  munosib  xulq-atvorini  va  chaqiruv  bo‘yicha 

kelishini  ta’minlashlari  haqida  xulosa  chiqarishga  imkon  yaratadigan 

boshqa holatlarni aniqlashlari shart.  

Ota-ona,  vasiy,  homiy,  jamoat  tashkiloti  yoki  jamoa  dastlabki  tergov 

mobaynidayoq  ayblanuvchini  to‘g‘ri  yo‘lga  solish  va  qayta  tarbiyalash 

maqsadida  u  bilan  tarbiyaviy  ishlar  olib  borish  imkoniyatiga  ega  bo‘lishi 

lozim.  Ushbu  ehtiyot  chorasi  voyaga  yetmagan  ayblanuvchi  maktab, 

korxona, birlashma, jamoa bilan aloqasini yo‘qotmagan hamda sodir etgan 

jinoyati va uning shaxsini tavsiflovchi xususiyatlari qamoqqa olishni istisno 

qiladigan hollarda o‘zini oqlaydi.  

Qonunda  voyaga  yetmagan  ayblanuvchi  ota-onalardan  aynan  qaysi 

biriga,  bolalar  muassasasi  ma’muriyatidagi  qaysi  toifa  yoki  lavozimdagi 

shaxslarga kuzatuv ostiga olish uchun topshirilishi lozimligi ko‘rsatilmagan. 

Fikrimcha, ayblanuvchini kuzatuv ostiga olish bo‘yicha majburiyatlar ota-

onaning  biriga  yoki  ikkisiga  ham,  bolalar  muassasasi  ma’muriyatidagi 

tarbiyachi shaxslardan biriga topshirilishi mumkin.  

Qonunda  voyaga  yetmagan  ayblanuvchi  farzandlikka  oluvchiga 

kuzatuv ostiga olish uchun topshirilishi mumkin, deb maxsus ko‘rsatishga 

hojat  yo‘q.  Farzandlikka  oluvchi  o‘zining  huquqiy  holatiga  ko‘ra  ota-

onalarga to‘liq tenglashtiriladi.  

Voyaga  yetmaganlarni  boshqa  yaqin  qarindoshlariga  ham  o‘z 

zimmasiga  ayblanuvchini  munosib  xulq-atvorda  bo‘lishini  hamda  tergov 

organlari  va  sudning  chaqiruviga  binoan  kelishlarini  ta’minlash  bo‘yicha 

majburiyatlarni  olish  huquqini  berish  lozim.  Masalan,  ish  holatlarini 

hisobga olgan holda voyaga yetmagan ayblanuvchini kuzatuv ostiga olish 

uchun  uning  voyaga  etgan  akasi,  opasi,  bobosi,  buvisiga  topshirilishi 

mumkin. Ushbu ehtiyot chorasini tanlanishi voyaga yetmagan ayblanuvchi 

maktab,  korxona,  birlashma  jamoasi  bilan  aloqasini  yo‘qotgan  bo‘lsa-da, 


345 

 

sodir  etgan  jinoyati  va  uning  shaxsini  tavsiflovchi  xususiyatlari  qamoqqa 



olishni istisno qiladigan hollarda ham o‘zini oqlaydi.  

Shubhasiz,  voyaga  yetmaganlarni  ehtiyot  chorasi  sifatida  tarbiya-

mehnat  koloniyalari  ma’muriyati  kuzatuvi  ostiga  topshirib  bo‘lmaydi. 

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 556-moddasida 

voyaga  yetmagan  jazoni  o‘tayotgan  muassasa  haqida  emas,  balki  u 

tarbiyalanayotgan  bolalar  muassasasi  haqida  gap  ketadi.  Tarbiya-mehnat 

koloniyalari  esa,  sud  tomonidan  ozodlikdan  mahrum  etish  jazosiga  hukm 

qilingan va hukm kuchga kirgan voyaga yetmaganlar uchun mo‘ljallangan. 



Ushbu  ehtiyot  chorasini  tanlashning  majburiy  sharti  - 

ayblanuvchini  ota-onasi  (vasiy,  homiylari),  shuningdek  bolalar 

muassasasining ma’muriyati kuzatuv bo‘yicha majburiyatlarni bajarishga 

real imkoniyati borligini aniqlashdan iborat.

 

Jumladan,  bolalar  muassasasida  tarbiyalanayotgan  o‘smir  tomonidan 



jinoyat  sodir  etilishi  faktining  o‘zi  qandaydir  darajada  bu  muassasa 

ma’muriyatini  o‘z  ixtiyoridagi  tarbiyalanuvchilarni  qayta  tarbiyalash  va 

tuzatish  bo‘yicha  majburiyatlarini  yetarlicha  bajarmayotganidan  dalolat 

beradi.  

Voyaga  yetmaganni  kuzatuv  ostiga  olish  bo‘yicha  majburiyatlarni 

qabul  qilish  imkoniyati  haqidagi  masalani  bolalar  muassasasini  ilmiy-

tarbiyaviy  kengashi,  tarbiyalanuvchilar  yig‘ilishi  muhokama  qilishi  va 

tegishli  qaror  qabul  qilishi  shart.  Bunday  tartib  jinoyat  sodir  etgan 

o‘smirning  munosib  xulq-atvorini  ta’minlash  bo‘yicha  ma’muriyat, 

tarbiyachilar,  pedagoglarning  javobgarligini  oshiradi.  Bu  o‘z  navbatida 

nafaqat  ayblanuvchiga,  balki  bolalar  muassasasida  tarbiyalanayotgan, 

ma’naviyati  endi  shakllanayotgan  boshqa  voyaga  yetmaganlarga  ijobiy 

tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishi shubhasiz.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  556-

moddasiga  binoan,  voyaga  yetmaganni  qarovga  topshirish  tariqasidagi 

ehtiyot  chorasi  faqat  18  yoshga  to‘lmagan  ayblanuvchilarga  nisbatan 

tayinlanishi mumkin. Qarovga olingan shaxs voyaga yetishi bilan uni ota-

onalar  va  boshqa  qonuniy  vakillari  bilan  bo‘lgan  huquqiy  munosabatlari 

o‘zgaradi.  Chunki  bu  holda  u  to‘liq  muomala  layoqatiga  ega  bo‘ladi. 

Demak, ayblanuvchi 18 yoshga to‘lganda unga nisbatan tanlangan qarovga 

topshirish  chorasi  boshqa  ehtiyot  chorasiga  o‘zgartirilishi  kerak.  Agar  bu 

holatda  extiyot  chorasi  o‘zgartirilmagan  bo‘lsa,  ayblanuvchi  tomonidan 

majburiyatlar  bajarilmagan  taqdirda,  uning  ota-onasi,  vasiylari,  homiylari 

o‘z-o‘zidan javobgarlikdan ozod bo‘ladi.  



346 

 

Qonunda  voyaga  yetmagan  kuzatuv  ostiga  topshirilishi  mumkin 



bo‘lgan muassasalar ro‘yxati to‘liq ko‘rsatilgan. Qonun faqat ayblanuvchi 

tarbiyalanayotgan  bolalar  muassasalari  (maktab  internatlar,  bolalar  uyi, 

qabul  qilish,  topshirish  muassasalari,  maxsus  tarbiya  va  davolash 

muassasalari, tarbiya mehnat koloniyalari)ni nazarda tutadi.  

Ta’kidlash  kerakki,  qabul  qilish-taqsimlash  muassasalari  va  tarbiya 

mehnat koloniyalari, ma’muriyati voyaga yetmagan ayblanuvchini qarovga 

olishi  mumkin  bo‘lgan  bolalar  muassasalari  qatoriga  kirmasligi  kerak. 

Chunki 


qonunda 

(O‘zbekiston 

Respublikasi 

Jinoyat-protsessual 

kodeksining 557-moddasi) voyaga yetmagan o‘zi tarbiyalanayotgan bolalar 

muassasasi  ma’muriyatiga qarovga olish uchun topshirilishi  mumkin, deb 

bevosita ko‘rsatib qo‘yilgan.  

Umuman  olganda,  mazkur  ehtiyot  chorasining  qo‘llanilishi  bunday 

tartib  jinoyat  sodir  etgan  tarbiyalanuvchisining  munosib  xulq-atvorini 

ta’minlash 

bo‘yicha 

ma’muriyat, 

tarbiyachilar, 

pedagoglarning 

javobgarligini  oshiradi.  Bu  o‘z  navbatida  nafaqat  ayblanuvchiga,  balki 

bolalar muassasasida tarbiyalanayotgan, ma’naviyati endi shakllanayotgan 

boshqa  voyaga  yetmaganlarga  ijobiy  tarbiyaviy  ta’sir  o‘tkazishga  xizmat 

qiladi. 


 

 

9.7.  Harbiy xizmatchining xulq-atvori 



ustidan qo‘mondonlik kuzatuvi 

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  254-

moddasida  nazarda  tutilgan  harbiy  xizmatchining  xulq-atvori  ustidan 

qo‘mondonlik  kuzatuvi  ehtiyot  chorasi  -  hozirgi  zamon  talablariga  javob 

beruvchi samarali chora bo‘lib, jinoyat sodir etgan askarning o‘z jamoasida 

qolishiga  imkon  beradi  va  profilaktik  ahamiyatga  ega.  Huquqiy  mohiyati 

jihatidan bu ehtiyot chorasi kafillikning o‘ziga xos turi bo‘lib, ayblanuvchi, 

sudlanuvchi  munosib  xulq-atvorda  bo‘lishini  harbiy  qism  qo‘mondonligi 

harbiy 

nizomlarda 



belgilangan 

choralar 

vositasida 

ta’minlaydi. 

Qo‘mondonlik kuzatuvi o‘z mazmuniga ko‘ra biror lavozimni egallamagan 

oddiy  harbiy  xizmatchiga  qo‘llanishi  mumkin.  U  muddatli  harbiy 

garnizonda xizmatni o‘tayotgan yoxud harbiy o‘quv yig‘iniga chaqirilgan 

harbiy  xizmat  o‘tashga  majbur  shaxs  bo‘lishi  ko‘zda  tutiladi  va  bunday 

shaxs  ayblanuvchi  tariqasida  ishda  ishtirok  etishga  jalb  qilingan  bo‘lishi 

lozim.  Aniqrog‘i,  kattami-kichikmi,  harbiy  qo‘mondonlarga  va  gumon 

qilingan shaxsga bu chora qo‘llanishi mumkin emas.  


347 

 

Qo‘mondonlik kuzatuvi ayblanayotgan harbiy xizmatchi kelgusida 

sodir  etishi  ehtimol  qilingan  jinoiy  faoliyatining  oldini  olish,  tergovga 

to‘sqinlik  qilmasligini  ta’minlash  maqsadida  tergovchining  qarori  yoki 

sudning ajrimi asosida qo‘llanadi.  

Buning  uchun  ayblanuvchining  kuzatuvni  amalga  oshiruvchi 

qo‘mondonidan  rozilik  olish  talab  qilinmaydi.  Aksincha,  ba’zi 

mamlakatlarda ushbu ehtiyot chorasini qo‘llanishi uchun ayblanuvchi, hatto 

gumon  qilingan  shaxsdan  rozilik  olish  shart  deb  hisoblanadi  (Rossiya 

Federatsiyasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  104-moddasi).  Bunday 

shartni  nazarda  tutish  uchun  ehtiyoj  yo‘q.  Ba’zi  bir  mamlakatlarda 

ayblanuvchini harbiy qo‘mondonlik kuzatuviga berish uchun prokurordan 

ruxsat olinishi talab qilinadi (Moldova Jinoyat-protsessual kodeksining 183-

moddasi).  Bunga  ham  zaruriyat  yo‘q.  Chunki  ayblanuvchining  huquq  va 

erkinliklari  harbiy  nizomlarda  ko‘rsatilgan  hajmda  saqlanib  qoladi.  Ayni 

vaqtda  shuni  ta’kidlash  joizki,  qo‘mondonlik  kuzatuvi  qo‘llangan  shaxs, 

tegishli harbiy nizomlarda ko‘rsatilganidek, qurol va o‘q-dori olib yurishi, 

yakka tartibda harbiy qism hududidan tashqarida bo‘lishi, mas’uliyat bilan 

bog‘liq  qorovullik  va  navbatchilik  vazifalarini  bajarishi  taqiqlanadi.  Bu 

talab  ba’zi  mamlakatlarning  qonunlarida  qisman  aks  ettirilgan  (masalan, 

Moldova Jinoyat-protsessual kodeksining 183-moddasi). Bundan tashqari, 

ayblanuvchi  o‘q  otish,  harbiy  texnika  ishlatish  bilan  bog‘liq 

mashg‘ulotlarda  ishtirok  etish,  harbiy  qism  hududidan  qisqa  muddatga 

chiqish,  qisqa  muddatli  ta’tillar  olish  kabi  huquqlardan  ham  mahrum 

bo‘ladi.  

Agar  harbiy  xizmatchi  og‘ir  yoki  o‘ta  og‘ir  jinoyat  sodir  etishda 

ayblanayotgan bo‘lsa, uni qismning maxsus tartibli xonasiga joylashtirilib, 

doimiy  nazorat  o‘rnatiladi.  Qo‘mondonlik  kuzatuvi  ostidagi  harbiy 

xizmatchini tergov, prokuratura, sud idoralariga qurollangan soqchilar olib 

boradi  va  olib  keladi.  Agar  harbiy  xizmatchining  sog‘lig‘iga  shikast 

yetkazilgan bo‘lsa,  navbatchi uni darhol  meditsina shifokoriga olib borib, 

tibbiy  ko‘rikdan  o‘tkazadi  va  shifokorning  yozma  xulosasi  bilan  qism 

komandiriga xabar beradi.  

Qo‘mondonlik kuzatuvi ostidagi harbiy xizmatchining ota-onalari, 

qarindoshlari  yoki  boshqa  shaxslar  bilan  ko‘rishishi  kuzatuvni 

qo‘llagan  tergovchi  yoxud  sudning  ruxsati  bilan  amalga  oshiriladi

Harbiy  qism  qo‘mondoni  kuzatuv  qoidalarini  buzgani  holda  O‘zbekiston 

Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ustaviga asosan javobgarlikka tortiladi. 

Jinoyat  sodir  etishda  ayblanayotgan  muddatli  harbiy  xizmatchi  yoki 

o‘quv  yig‘iniga  chaqirilgan  harbiy  xizmatga  majbur  shaxs  surishtiruvchi, 


348 

 

tergovchi,  prokurorning  qarori  yoki  sudning  ajrimi  bo‘yicha  harbiy  qism, 



qo‘shilma,  harbiy  muassasa,  harbiy  o‘quv  yurti  qo‘mondonligining 

kuzatuviga berilishi mumkin. Ushbu ehtiyot chorasi kafillikning o‘ziga xos 

turi bo‘lib, ayblanuvchi, sudlanuvchi munosib xulq-atvorda bo‘lishi harbiy 

qism  qo‘mondonligi  tomonidan  harbiy  nizomlarda  belgilangan  choralar 

vositasida ta’minlanadi.  

Qo‘mondonlik  kuzatuvi  biror  lavozimni  egallamagan  oddiy  harbiy 

xizmatchiga nisbatan qo‘llanilib, mazkur ehtiyot chorasini tanlanishi uchun 

u ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan bo‘lishi lozim.  

Qo‘mondonlik  kuzatuvi  ayblanayotgan  harbiy  xizmatchi  kelgusida 

sodir  etishi  ehtimol  bo‘lgan  jinoiy  faoliyatining  oldini  olish,  tergovga 

to‘sqinlik  qilmasligini  ta’minlash  maqsadida  qo‘llanadi.  Buning  uchun 

ayblanuvchining  xulq-atvori  ustidan  kuzatuvni  amalga  oshiruvchi 

qo‘mondonlikdan  rozilik  olish  talab  qilinmaydi.  Ushbu  ehtiyot  chorasini 

qo‘llash,  bekor  qilish  yoki  o‘zgartirish  to‘g‘risidagi  surishtiruvchi, 

tergovchi,  prokurorning  qarori  yoki  sudning  ajrimi  qo‘mondonlik  uchun 

majburiydir,  unga  harbiy  xizmatchi  ustidan  kuzatuv  o‘rnatish  zaruratini 

keltirib chiqargan ayblovning mohiyati tushuntirilishi lozim. 

Agar  harbiy  xizmatchi  og‘ir  yoki  o‘ta  og‘ir  jinoyat  sodir  etishda 

ayblanayotgan  bo‘lsa,  uni  qismning  doimiy  nazorat  o‘rnatilgan  maxsus 

tartibli  xonasiga  joylashtiriladi.  Qo‘mondonlik  kuzatuvi  ostidagi  harbiy 

xizmatchini tergov, prokuratura, sud idoralariga qurollangan soqchilar olib 

boradi va olib keladi. 

Qo‘mondonlik  kuzatuvi  ostidagi  harbiy  xizmatchining  ota-onalari, 

qarindoshlari  yoki  boshqa  shaxslar  bilan  ko‘rishishi  kuzatuvni  qo‘llagan 

tergovchi yoxud sudning ruxsati bilan amalga oshiriladi.  

Harbiy  qism  qo‘mondoni  kuzatuv  qoidalarini  buzgani  holda 

O‘zbekiston  Respublikasi  Qurolli  Kuchlarining  Ustaviga  asosan 

javobgarlikka tortiladi. 

Kuzatuv ostidagi harbiy xizmatchi o‘z majburiyatlarini bajarmagan va 

oldini  olish  maqsadida  mazkur  ehtiyot  chorasi  qo‘llanilgan  harakatlarni 

sodir etgan taqdirda, bu haqda harbiy qo‘mondonlik shu ehtiyot chorasini 

qo‘llagan  surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror  yoki  sudga  xabar  berishi 

lozim. 

 

 MAVZU BO‘YICHA XULOSALAR 



Mazkur  mavzuni  o‘rganishda  talabalar  ehtiyot  choralarining  barcha 

turlari va har birining o‘ziga xos xususiyatlariga oid masalalarni tegishli 

349 

 

Oliy  sud  plenumi  qarorlari  va  tarmoq  qonunlar  asosida  qiyosiy-huquqiy 



tahlil qilib, jinoyat ishlarini yuritishda ularning rolini aniqlashlari lozim. 

 

MUAMMOLI SAVOLLAR VA KAZUSLAR 

 

1.  Ehtiyot  chorasi  ayblanuvchi,  sudlanuvchi  surishtiruvdan,  dastlabki 

tergovdan va suddan bo‘yin tovlashining oldini olish; uning bundan buyongi 

jinoiy  faoliyatining  oldini  olish;  uning  ish  bo‘yicha  haqiqatni  aniqlashga 

xalal  beradigan  urinishlariga  yo‘l  qo‘ymaslik;  hukmning  ijro  etilishini 

ta’minlash  maqsadida  qo‘llaniladi.  Ehtiyot  choralarini  qo‘llash  uchun 

asoslarni  tavsiflang  va  ehtiyot  choralariga  oid  milliy  normativ 

hujjatlarni tahlil qiling. 

2. Ehtiyot choralarining quyidagi turlari mavjud: munosib xulq-atvorda 

bo‘lish  to‘g‘risidagi  tilxat;  shaxsiy  kafillik;  jamoat  birlashmasi  yoki 

jamoaning  kafilligi;  garov;  qamoqqa  olish  va  uy  qamog‘i;  voyaga 

yetmaganlarni kuzatuv ostiga olish uchun topshirish; harbiy xizmatchining 

xulq-atvori  ustidan  qo‘mondonlik  kuzatuvi.  Ehtiyot  choralarini  qo‘llash 



to‘g‘risidagi masalani hal qilishda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, 

sudning pozitsiyasi nimaga asoslanadi? 

1-kazus 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat  kodeksining  106-moddasi  bilan 

ayblangan Rustamovga munosib  xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risidagi ehtiyot 

chorasi qo‘llanilgan. Rustamovga tergovdan yashirinishga urinib, chaqiruv 

qog‘ozi  yuborilishiga  qaramay,  u  tergovchining  talabini  bajarmagan. 

Tergovchi Rustamovga nisbatan qo‘shimcha ehtiyot chorasi sifatida shaxsiy 

kafillik qo‘llashni lozim deb topgan. 

 Bu  holatda  tergovchi  va  prokurorning  harakatiga  huquqiy  baho 



bering. 

2-kazus 

Voyaga  yetmagan  K.  Anvarov  ukasi  S.Anvarov  bilan  zargarlik 

do‘koniga o‘g‘irlik maqsadida kiradi va o‘zlarining yaqin tanishlari bo‘lgan 

sotuvchi  Ilxomovni  o‘ldiradilar  hamda  umumiy  qiymati  3.400  AQSH 

dollarini  tashkil  etadigan  tilla  buyumlarni  olib  chiqib  ketadilar.  Tezkor 

qidiruv  tadbiri  natijasida  ayblanuvchilar  qo‘lga  olinadilar  va  dastlabki 

tergov  jarayonida  prokuror  ish  materiallari  bilan  tanishib  chiqib 

ayblanuvchilarning 

shaxsini 

tavsiflovchi 

holatlarni 

hisobga 


olib 

tergovchining  qamoqqa  olish  to‘g‘risidagi  iltimosnoma  qo‘zg‘atish 

to‘g‘risidagi  qaroriga  rozi  bo‘ladi.  Voyaga  yetmaganlarga  nisbatan 

qamoqqa  olish  ehtiyot  chorasini  qo‘llash  asoslarini  ko‘rib  chiqing. 


350 

 

Voyaga  yetmaganlarga  nisbatan  yana  qanday  ehtiyot  choralari 



qo‘llanilishi mumkin? 

           

 MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR 

1. Jinoyat protsessida ehtiyot choralarini qo‘llash asoslari va shartlari. 

Ish shakli – nazorat ishi (esse). 

2. Ehtiyot choralari tizimi. Ish shakli – nazorat ishi (esse). 

3. Qamoq va uy qamog‘i asoslari, tartibi va xususiyatlari. Ish shakli – 

nazorat ishi (esse). 



351 

 

X BOB. JINOYAT NATIJASIDA 



YETKAZILGAN MULKIY ZIYONNI QOPLASH  

Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling