Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Protsessual majburlov choralari, protsessual majburiyatlar


Download 4.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/53
Sana23.09.2017
Hajmi4.02 Mb.
#16303
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   53

 

8.7. Protsessual majburlov choralari, protsessual majburiyatlar 

va sud majlisida tartibni buzganlik uchun javobgarlik 

(Muallif – yuridik fanlar doktori, dotsent G.Z.To‘laganova) 

 

302 

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksi  to‘rtinchi 



bo‘limining  32-bobi  271-274-moddalarida  ko‘rsatilgan  eng  so‘nggi 

protsessual majburlov choralari - protsessual majburiyatlar va sud majlisida 

tartibni  buzganlik  uchun  javobgarlikdir.  Protsessual  majburiyatlarni 

buzganlik  uchun  javobgarlik  jinoyat  protsessining  har  qanday  bosqichida 

amal  qilib,  chora  qo‘llangan  shaxsni  jinoiy  javobgarlikka  tortishga  qadar 

jiddiy oqibatlarga olib keladi. 



Surishtiruv, dastlabki tergov va sudda protsessual majburiyatlarni 

hamda  tartibni  buzganlik  uchun  javobgarlik.  Jinoyat  protsessual 

huquqbuzarlik uchun javobgarlik qonunga rioya etmaslikda aybdor bo‘lgan 

shaxs  xulqining  uning  o‘ziga  nisbatan  noqulay  oqibatlarga  olib  keladigan 

rasmiy salbiy baholanishidir. Protsessual huquqbuzarlik uchun javobgarlik 

hamma  vaqt  faqat  jarima  xususiyatidagi  sanksiyaning  tatbiq  etilishidir. 

Javobgarlik asosi – protsessual huquqbuzarlik deb ataladigan jamiyat uchun 

xavfli  bo‘lgan  hamda  shuning  uchun  qonun  bilan  taqiqlangan  qilmish 

(harakat  yoki  harakatsizlik)dir.  Jinoyat  protsessida  javobgarlik  qonunning 

ayb bilan bog‘liq buzilishi uchungina (qasddan yoki ehtiyotsizlik) yuzaga 

keladi.  Protsessual  huquqbuzarlik  ko‘pincha  jinoyat  tarkibini  (masalan, 

guvohning  sud  chaqiruviga  ko‘ra  kelishdan  ataylab  bosh  tortgani)  yoki 

intizomiy qilmish tarkibini tashkil etadi.  

Sud  majlisida  tartibni  buzgan,  raislik  qiluvchining  farmoyishlariga 

bo‘ysunmagan  yoki  sudni  behurmat  qilgan  taqdirda  tartibbuzar  bunday 

harakatlarning  takrorlanishi  uni  sud  majlisi  zalidan  chiqarib  yuborishga 

sabab  bo‘lishi  haqida,  tartibbuzar  esa,  bundan  tashqari,  ma’muriy 

javobgarlikka  tortilishi  ham  mumkinligi  xususida  ogohlantiriladi.  Bu 

ogohlantirish ta’sir qilmasa, protsess ishtirokchisi sudning ajrimiga, boshqa 

shaxslar esa, raislik qiluvchining farmoyishiga muvofiq sud majlisi zalidan 

chiqarib  yuboriladi.  Ishni  ko‘rish  chiqarib  yuborilgan  shaxslarsiz  davom 

ettiriladi. Sud majlisida tartibni buzganlik uchun javobgarlik esa faqat ishni 

sudda  ko‘rish  bosqichiga  mansub  bo‘lib,  u  asosan  pul  undirish,  jarima 

solish,  eng  jiddiy  hollarda  esa  ma’muriy  javobgarlikni  keltirib  chiqaradi. 

Demak,  ushbu  ikki  mustaqil  protsessual  majburlov  chorasi  bir-biridan 

tubdan  farq  qiladi.  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual 

kodeksining  271-moddasiga  ko‘ra  jinoyat  ishini  yuritish  chog‘ida  Jinoyat 

kodeksining  230-241-moddalarida  nazarda  tutilgan  odil  sudlovga  qarshi 

qaratilgan  jinoyatni  sodir  etgan  protsess  ishtirokchilari  O‘zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  umumiy  qoidalariga  binoan 

javobgarlikka tortiladilar. 



303 

 

 Mazkur 



protsessual 

majburlov 

chorasi 

jinoyat 


protsessi 

ishtirokchilarining juda keng doirasiga nisbatan qo‘llanilishi mumkin:  

Surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror  yoki  sudning  guvohlantirishdan, 

ekspertizadan  o‘tish,  ekspert  tekshiruvi  uchun  namunalar  taqdim  etish 

to‘g‘risidagi  qonuniy  talablarini  bajarishdan  bosh  tortganliklari  uchun  - 

jabrlanuvchi va guvohlar;  

Surishtiruvchi,  tergovchi,  prokurorning  talabi  bilan  izlanayotgan 

ashyolarni  berishdan  bosh  tortganlik  uchun  -  uyida  olib  qo‘yish,  tintuv 

o‘tkazilayotgan shaxslar, shuningdek mol-mulki xatlangan shaxslar (gumon 

qilinuvchi, ayblanuvchi va ularning yaqin qarindoshlaridan tashqari);  

Surishtiruvchi,  tergovchi,  prokurorning  pochta-telegraf  jo‘natmalarini 

xatlash  to‘g‘risidagi  qarorini  bajarmaganlik  yoki  yetarli  darajada 

bajarmaganlik uchun - aloqa muassasalarining xodimlari;  

Hodisa  sodir  bo‘lgan  joyni  ko‘zdan  kechirish,  tergov  eksperimenti 

o‘tkazish, murdani eksgumatsiya qilish, olib qo‘yish va tintuv o‘tkazishga 

to‘sqinlik qilayotgan mansabdor shaxslar va fuqarolar;  

Surishtiruv  yoki  dastlabki  tergov  ma’lumotlarini  oshkor  qilganlik 

uchun,  agar  ular  ma’lumotlarni  oshkor  qilishga  yo‘l  qo‘yilmasligi  haqida 

surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror  tomonidan  ogohlantirilgan  bo‘lsalar  - 

protsess ishtirokchilari;  

Korxonalar,  muassasalar,  tashkilotlarning  rahbarlari  -  surishtiruvchi, 

tergovchi,  prokuror  va  sudning  chaqiruviga  binoan  gumon  qilinuvchi, 

ayblanuvchi, 

sudlanuvchi, 

guvoh, 

mutaxassis, 



ekspert, 

tarjimon, 

shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar, ularning 

vakillari, jamoat ayblovchisi, jamoat himoyachisi, xalq maslahatchilarining 

kelishiga  to‘sqinlik  qilganlik,  jinoyatning  sabablariga  va  uning  sodir 

etilishiga  imkon  bergan  shart-sharoitlarga  barham  berish  to‘g‘risidagi 

surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning taqdimnomasi yoki sudning xususiy 

ajrimini  bajarmaganlik  yoxud  talab  darajasida  bajarmaganlik  uchun 

qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortilishlari mumkin.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  272-

moddasiga  ko‘ra  sud  majlisida  tartibni  buzgan,  raislik  qiluvchining 

farmoyishlariga  bo‘ysunmagan  yoki  sudni  behurmat  qilgan  tartibbuzar 

bunday  harakatlarning  takrorlanishi  uni  sud  majlisi  zalidan  chiqarib 

yuborishga  sabab  bo‘lishi,  ma’muriy  javobgarlikka  tortilishi  ham 

mumkinligi  xususida  ogohlantiriladi.  Ogohlantirish  kor  qilmasa,  protsess 

ishtirokchisi sud majlisi zalidan chiqarib yuboriladi va ishni ko‘rish chiqarib 

yuborilgan  shaxslarsiz  davom  ettiriladi.  Mazkur  protsessual  majburlov 

chorasi  sud  majlisi  vaqtida  tartibni  buzgan  prokuror  yoki  advokatga 



304 

 

nisbatan  ham  qo‘llanilishi  mumkin.  Ular  tartibni  buzganligi  uchun  sud 



majlisi zalidan chiqarib yuborilmay, ishni eshitish keyinga qoldiriladi, bir 

shaxsni bir necha ayblovchi ayblayotgan yoki bir necha himoyachi himoya 

qilayotgan  hollar  bundan  mustasno.  Ayblovchi  yoki  himoyachining 

nomunosib  xulq-atvori  to‘g‘risida  sud  xususiy  ajrim  chiqarib,  uni 

tegishliligiga  qarab,  yuqori  turuvchi  prokuror  yoki  advokatlar  malaka 

komissiyasiga  yuboradi.  Sud  zalidan  sudlanuvchi  chiqarib  yuborilgan 

bo‘lsa,  ishni  ko‘rish  davom  ettiriladi,  lekin  hukm  sudlanuvchi  ishtirokida 

e’lon  qilinishi  yoki  e’lon  qilinganidan  keyin  unga  darhol  ma’lum  qilinib, 

tilxat olinishi lozim. 

Sudlanuvchi, prokuror va advokatdan tashqari boshqa sud majlisi 

zalida  tartibni  buzgan  shaxslar  raislik  qiluvchining  chiqargan  ajrimiga 

asosan ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin.  

Sud  muhokamasi  vaqtida  yoki  ish  apellyatsiya,  kassatsiya  yoxud 

nazorat tartibida ko‘rib chiqilayotganida muayyan protsess ishtirokchisining 

odil  sudlovga  qarshi  jinoyat  sodir  etganlik  uchun  jinoiy  javobgarlikka 

tortilishiga  asoslar  aniqlangan  bo‘lsa,  sud  bu  protsess  ishtirokchisiga 

nisbatan  jinoyat  ishi  qo‘zg‘atish  to‘g‘risidagi  masalani  hal  qilish  uchun 

tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qiladi.  

 O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  274-

moddasida  pul  undirish  va  jarima  solish  to‘g‘risidagi  masalani  sud 

tomonidan  hal  qilish  tartibi  ko‘rsatib  o‘tilgan.  O‘zbekiston  Respublikasi 

jinoyat-protsessual qonunchiligi bo‘yicha jarima solish tarzidagi protsessual 

majburlov  chorasining  faqat  sudda  tartibni  buzgan  shaxslarga  nisbatan 

qo‘llash  mumkinligi  nazarda  tutiladi  va  boshqa  bironta  moddada  jarima 

jazosi qayd etilmagan.  

Boshqa  mamlakatlarda  jarima  tariqasidagi  jazo  jinoyat  protsessining 

turli  bosqichlarida  qo‘llanadi.  Masalan:  gumon  qilinuvchi  yoki 

ayblanuvchining  munosib  xulq-atvorini  ta’minlay  olmagan  shaxsiy  kafil 

(Rossiya  Federatsiyasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  103-moddasi  4-

qismi, Belarus Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 121-moddasi 

2-qismi,  Qozog‘iston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  145-

moddasi 

5-qismi, 

Qirg‘iziston 

Respublikasi 

Jinoyat-protsessual 

kodeksining  106-moddasi  4-qismi,  Tojikiston  Respublikasi  Jinoyat-

protsessual  kodeksining  87-moddasi  ikkinchi  qismi);  voyaga  yetmagan 

gumon  qilinuvchi  yoki  ayblanuvchining  munosib  xulq-atvorini  ta’minlay 

olmagan ularni kuzatuv ostiga olgan shaxs (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat-

protsessual  kodeksining  105-moddasi  3-qismi,  Ukraina  Respublikasi 

Jinoyat-protsessual kodeksining 164-moddasi, ikkinchi qismi, 436-moddasi 


305 

 

uchinchi  qismi);  jabrlanuvchi,  guvoh,  fuqaroviy  da’vogar,  fuqaroviy 



javobgar,  ekspert,  mutaxassis,  tarjimon  (Rossiya  Federatsiyasi  Jinoyat-

protsessual  kodeksining  111-moddasi  2-qismi,  Ukraina  Respublikasi 

Jinoyat-protsessual  kodeksining  70-moddasi  uchinchi  qismi,  Qozog‘iston 

Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  160-moddasi,  Qirg‘iziston 

Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  120-moddasi,  Tojikiston 

Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 327-moddasi ikkinchi qismi) 

kabi  ishtirokchilardan  o‘z  protsessual  majburiyatlarini  bajarmaganligi 

uchun  pul  jarimasi  undiriladi.  Ya’ni,  MDH  davlatlarining  ko‘pchiligida 

jarima  tarzidagi  chora  sud  muhokamasidan  tashqari  protsessning  boshqa 

bosqichlarida ham keng qo‘llaniladi.  

Deyarli barcha  MDH davlatlari qonunchiligidagi ekspert,  mutaxassis, 

guvoh, 


tarjimonning 

majburiyatlari, 

shuningdek 

shaxsiy 


kafillik 

to‘g‘risidagi moddalarda mazkur ishtirokchilarga yuklatilgan majburiyatlar 

bajarilmagan  taqdirda,  ularga  nisbatan  pul  jarimasi  qo‘llanishi  hamda 

jarimaning minimal va ba’zi davlatlarda maksimal miqdorlari ham belgilab 

qo‘yilgan.  

 

8.8. Jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash.  



(Muallif – yuridik fanlar doktori, dotsent G.Z.To‘laganova) 

 

Protsess ishtirokchilariga g‘ayrihuquqiy tahdid o‘tkazish jinoyat sudlov 

ishlari  samaradorligini  pasayishiga  olib  keluvchi  omillardan  biri  bo‘lib, 

jinoyatchilikka qarshi kurashning bugungi kundagi ahvoli ushbu masalaga 

alohida 

e’tibor  qaratish  lozimligini  taqozo  etmoqda.  Protsess 

ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlashda “Inson huquqlar umumjahon 

deklaratsiya”si  (8-modda),  “Fuqarolik  va  siyosiy  huquqlar  to‘g‘risidagi 

Xalqaro Pakt” (14-modda), BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1985-yil 

29-noyabrda  qabul  qilingan  «Jinoyat  va  mansab  suiiste’molligidan 

jabrlanganlar  uchun  odil  sudlovning  asosiy  prinsiplari  to‘g‘risidagi 

deklaratsiya», BMTning 2000-yil 15-noyabrda qabul qilingan «Transmilliy 

uyushgan jinoyatchilikka qarshi Konvensiya» (24-modda), BMTning 2000 

yilda  qabul  qilingan  «Jinoyatchilik  va  odil  sudlov  to‘g‘risida:  XXI  asr 

chaqirig‘iga  javoblar»  nomli  Vena  deklaratsiyasi,  BMTning  2005-yil  22-

iyulda  qabul  qilingan  Rahbariy  prinsiplari  (27-modda)  va  boshqa  xalqaro 

hujjatlardagi qoidalar huquqiy asos sifatida e’tirof etiladi.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  22-,  43-,  44-

moddalarida  mustahkamlangan  qoidalar  ham  barcha  fuqarolarning 

huquq  va  erkinliklarini  muhofaza  qilishga  xizmat  qiladi.  Jinoyat-

protsessual  kodeksining 

bir 

qancha 


moddalarida 

ham 


protsess 

306 

 

ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risidagi qoidalar o‘z aksini 



topgan.  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  270-

moddasiga ko‘ra, jabrlanuvchi, guvoh yoki ishda ishtirok etayotgan boshqa 

shaxslarga,  shuningdek  ularning  oila  a’zolari  yoki  yaqin  qarindoshlariga 

o‘ldirish,  kuch  ishlatish,  mol-mulkini  yo‘q  qilib  tashlash  yoxud  mol-

mulkiga  shikast  yetkazish  bilan  yoki  o‘zga  g‘ayriqonuniy  xatti-harakatlar 

bilan  tahdid  qilinayotganligi  haqida  yetarli  ma’lumotlar  mavjud  bo‘lgan 

taqdirda  surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror  sud  bu  shaxslarning  hayoti, 

salomatligi,  sha’ni,  qadr-qimmati  va  mol-mulkini  muhofaza  qilish, 

shuningdek  aybdorlarni  aniqlash  hamda  ularni  javobgarlikka  tortish 

choralarini ko‘rishlari shart.  

Protsess 

ishtirokchilari 

xavfsizligining 

kafolatlariga 

jabrlanuvchilarning,  guvohlarning,  xolislarning  yoki  protsessning  boshqa 

ishtirokchilarini, 

shuningdek 

ularning 

oila 

a’zolari  yoki  yaqin 



qarindoshlarining  xavfsizligini  ta’minlash  taqozo  etgan  hollarda  sudning 

yopiq  sud  majlisi  o‘tkazish  huquqi  ham  taalluqlidir  (O‘zbekiston 

Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi). 

Jabrlanuvchilar, 

guvohlar, 

xolislar 

va 

protsess 



boshqa 

ishtirokchilarining  xavfsizligini  ta’minlash  maqsadida  tergov  harakatlari 

bayonnomasining kirish qismlari tanishib chiqish uchun taqdim qilinmasligi 

mumkin.  Bunday  hollarda  bayonnomalarning  ko‘rsatib  o‘tilgan  protsess 

ishtirokchilari to‘g‘risidagi  ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan kirish qismlari 

muhrlangan holda saqlanadi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual 

kodeksining 375-moddasi).  

Bundan tashqari, sud majlisiga chaqirilishi lozim bo‘lgan shaxslarning 

ro‘yxatida  protsess  ishtirokchilari  xavfsizligini  ta’minlash  maqsadida 

ularning  taxalluslari  ko‘rsatilishi  mumkin.  Xavfsizligi  ta’minlanishiga 

muhtoj bo‘lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar ular ishtirokida o‘tkazilgan 

tergov harakatlari bayonnomalarining kirish qismi bilan birga muhrlangan 

holda sudga taqdim etiladi. Ular bilan faqat ayblov xulosasini tasdiqlovchi 

prokuror va ishni ko‘rib chiquvchi sudya tanishishlari mumkin (O‘zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  380-moddasi).  Bunday 

shaxslarni  tanib  olish  xavfsizligini  ta’minlash  maqsadida  ularning 

fotosuratidan  foydalaniladi  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual 

kodeksining 127-moddasi). 

Ishtirokchilarga  nisbatan  o‘tkaziladigan  g‘ayrihuquqiy  tahdid  turli 

ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi mumkin. Masalan, telefon orqali suhbatda 

yoki shaxsiy uchrashuvda tahdidli so‘zlarni aytish, ko‘chalarda shaxsning 

orqasidan indamay kuzatib yurish, mol-mulkka shikast yetkazish yoki uni 



307 

 

yo‘q  qilishga  intilish,  oila  a’zolarini  ta’qib  ostiga  olish,  turli  uydirma  va 



bo‘htonlar tarqatish, zo‘ravonlik yoki o‘ldirish bilan qo‘rqitish v.h.  

  

Ishtirokchilarga  nisbatan  g‘ayrihuquqiy  tahdid  solinishi  mumkinligi 



to‘g‘risida  yetarli  ma’lumotlar  mavjudligi  xavfsizlikni  ta’minlash 

choralari ko‘rilishiga asos bo‘la oladi. 

Odil  sudlovga  ko‘maklashishni  istagan  shaxslarga  o‘tkazilayotgan 

tahdid  to‘g‘risidagi  har  qanday  ma’lumotlar  (shaxsning  arizasi,  huquqni 

muhofaza qilish organlari tomonidan tahdid solish faktining aniqlanganligi, 

boshqa  manbalardan  olingan  xabarlar)  xavfsizlikni  ta’minlash  choralarini 

qo‘llash  uchun  asos  bo‘ladi.  Vakolatli  organlar  tomonidan  protsess 

ishtirokchisiga  xavf  solinayotganligi  to‘g‘risida  protsessual  yoki  boshqa 

manbalardan  olingan  ma’lumotlar,  shaxslarning  xavfsizlik  choralarini 

qo‘llash to‘g‘risidagi arizalari ushbu choralarni qo‘llash uchun asos bo‘ladi.  

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Jinoyat-protsessual 

kodeksi 

270-


moddasining 2-qismida:  «Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud ichki 

ishlar organlariga ishda ishtirok etayotgan shaxslarning hayoti, salomatligi, 

sha’ni,  qadr-qimmati  va  mol-mulki  muhofaza  qilinishini  ta’minlovchi 

barcha zarur choralarni ko‘rish xususida yozma ravishda topshiriq berishga 

haqlidir», 

deyiladi. 

Barcha 

zarur 


choralar 

nimalardan 

iborat, 

ishtirokchilarga nisbatan qanday xavfsizlik choralari qo‘llanishi to‘g‘risida 

qonun  hech  qanday  sharh  bermaydi.  Fikrimizcha,  aynan  shaxslarning 

hayoti,  salomatligi,  sha’ni,  qadr-qimmati  va  mol-mulki  muhofaza 

qilinishiga  doir  qanday  choralar  qo‘llanilishi  qonunda  aniq  ko‘rsatilishi 

maqsadga muvofiqdir. 

Jinoyat-protsessual qonunchilikda protsess ishtirokchilari xavfsizligini 

ta’minlashga  qaratilgan  kafolatlar  tizimi  ham  nazarda  tutilgan  bo‘lib, 

jabrlanuvchi,  guvoh  yoki  ishda  ishtirok  etayotgan  boshqa  shaxslarga, 

shuningdek ularning oila a’zolari yoki yaqin qarindoshlariga o‘ldirish, kuch 

ishlatish,  mol-mulkini  yo‘q  qilib  tashlash  yoxud  mol-mulkiga  shikast 

yetkazish  bilan  yoki  o‘zga  g‘ayriqonuniy  xatti-harakatlar  bilan  tahdid 

qilinmoqda  deyish  uchun  yetarli  ma’lumotlar  mavjud  bo‘lgan  taqdirda, 

surishtiruvchi, tergovchi, prokuror sud bu shaxslarning hayoti, salomatligi, 

sha’ni,  qadr-qimmati  va  mol-mulkini  muhofaza  qilish,  shuningdek 

aybdorlarni  aniqlash  hamda  ularni  javobgarlikka  tortish  choralarini 

ko‘rishlari shart. 

Protsess  ishtirokchilari  xavfsizligining  kafolatlariga  jabrlanuvchi, 

guvoh,  xolis  yoki  protsessning  boshqa  ishtirokchilarining,  shuningdek 

ularning oila a’zolari yoki yaqin qarindoshlarining xavfsizligini ta’minlash 



308 

 

taqozo  etgan  hollarda  sudning  yopiq  sud  majlisini  o‘tkazish  huquqi  va 



boshqalar taalluqlidir.  

 

                          



 MAVZU BO‘YICHA XULOSALAR 

 

Mazkur  mavzuni  o‘rganishda  talabalar  protsessual  majburlov 

choralarining barcha turlari va o‘ziga xos xususiyatlariga oid masalalarni 

xorijiy davlatlar qonunchiligida va tarmoq qonunlarda mustahkamlanishi 

holatini  qiyosiy-huquqiy  tahlil  qilib,  jinoyat  ishlarini  yurituvida  ularning 

ahamiyatini aniqlashlari lozim. 

 

      MUAMMOLI SAVOLLAR VA KAZUSLAR 

1. Jinoyat-protsessual majburlov choralari jinoyat protsessida ishtirok 

etuvchi  shaxslar  xulq-atvoriga  ta’sir  etish  usullari  sifatida  qo‘llaniladigan 

jinoyat  protsessual  tusdagi  choralar  hisoblanadi.  Jinoyat  protsessual 

majburlov choralarini o‘zaro qiyoslab tahlil qiling.

  

 2.  O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarosi  va  davlat  o‘zaro  huquq  va 

burchlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Fuqarolarning huquq va erkinliklari 

daxlsizdir,  ulardan  sud  qarorisiz  mahrum  etishga  yoki  cheklab  qo‘yishga 

hech  kim  haqli  emas.  Shu  bilan  birgalikda  fuqarolar  o‘z  huquq  va 

erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning 

qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasliklari shart. Jinoyat ishlarini ko‘rib 

chiqadigan  davlat  organlarining  faoliyatida  bu  masalalar  o‘ta  muhim 

ahamiyat  kasb  etadi,  chunki  shaxs  jamiyat  oldidagi  protsessual 

majburiyatlarini ixtiyoriy ravishda bajarmasa, uning erkinligini majburlov 

choralari  orqali  cheklashga  to‘g‘ri  keladi.  Shaxsni  konstitutsiyaviy 

huquqlarini cheklaydigan protsessual majburlov choralarini tavsiflab 

tahlil qiling. 

 

1-kazus 

 

Ichki  ishlar  xodimi,  tergovchi  Qosimov  Yakkasaroy  ko‘chasidan 



ketayotganida  qarama-qarshi  tomonidan  kelayotgan  fuqaro  Nodirovning 

kiyimlaridagi qon dog‘lari va izlarini ko‘rib qoladi va uni to‘xtatib, jinoyat 

sodir  etganlikda  gumon  qilinib  ushlanganligini  ma’lum  qiladi  va  unga 

uzoqda bo‘lmagan militsiya uchastkasiga borishini talab qiladi. Ayni vaqtda 

uning yonida jinoyat sodir etish quroli mavjud degan gumon asosida fuqaro 

Nodirovni  shaxsiy  tintuv  qiladi  va  uning  yonidan  topilgan  pichoqni  olib 

qo‘yib,  bu  haqda  bayonnoma  tuzadi.  Keyinchalik  uning  haqiqatdan  ham 


309 

 

jinoyat  sodir  etganligi  aniqlanib,  unga  nisbatan  jinoiy  ish  qo‘zg‘atiladi. 



Dastlabki  tergov  jarayonida  ayblanuvchi  Nodirov  yuqori  turuvchi 

prokurorga  tergovchi  Qosimovning  prokuror  sanksiyasisiz  tergov 

harakatlari  olib  borganligi  va  majburlov  chorasi  sifatida  ushlab  turish 

chorasini qo‘llaganligi ustidan shikoyat qiladi. 



Tergov  harakatlarini  amalga  oshirish  jarayonida  protsessual 

xatoliklarga yo‘l qo‘yilganmi?  

2-kazus 

Ashurov sodir qilgan jinoyati uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat 

kodeksining  169-moddasi  bilan  ayblanuvchi  tariqasida  jinoyat  ishiga  jalb 

qilingan. 

Prokuror 

ayblanuvchi 

Ashurovga 

nisbatan 

lavozimdan 

chetlashtirish  to‘g‘risida  iltimosnoma  bilan  sudga  murojaat  qilib,  sud  bu 

borada  prokurorni  iltimosnomasini  qanoatlantirdi  va  lavozimdan 

chetlashtirish to‘g‘risidagi ajrim Ashurov ishlaydigan tashkilotga yuborildi. 

Lekin tashkilot rahbari Ashurovni juda qimmatli xodim ekanligini va uning 

vazifasini bajarishga muqobil kadr yo‘qligini vaj keltirib ajrimni ijro etishni 

rad etdi. 

Vaziyatga  huquqiy  baho  bering.  Tashkilot  rahbarining  vaji 

o‘rinlimi?  

 

       



 MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR 

1.  Jinoyat  protsessida  protsessual  majburlov  choralarini  qo‘llash 

asoslari va shartlari. Ish shakli – nazorat ishi (esse). 

2. Xorijiy davlatlarda protsessual majburlov choralari tizimi. Ish shakli 

– nazorat ishi (esse). 

3. Ushlab turish asoslari, tartibi va  xususiyatlari.  Ish shakli  – nazorat 

ishi (esse). 


310 

 


Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling