Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


 Ashyoviy dalillar va ularning tasniflanishi


Download 4.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/53
Sana23.09.2017
Hajmi4.02 Mb.
#16303
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   53

7.16. Ashyoviy dalillar va ularning tasniflanishi 

(Muallif – yu.f.n., dotsent A.Sh.Umarxonov) 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ashyoviy  dalillarni  eng  umumiy  ma’noda  jinoyatning  moddiy  izlari 

(oqibatlari)  deb  ta’riflash  mumkin.  Ashyoviy  dalillarning  isbotlash 

jarayonida bilish vositalari sifatida tutgan o‘rni ularning tergov qilinayotgan 

voqea  «ishtirokchilari»  ekanligi  bilan,  buning  natijasida  ko‘rinishi,  o‘rni 

o‘zgarganligi yoki jinoiy harakat oqibatida vujudga kelganligi bilan bog‘liq. 

Daliliy ahamiyatga ularning tabiiy xususiyatlari (masalan, izning o‘lchami 

va shakli), joylashgan o‘rni (masalan, ayblanuvchidan topilgan o‘g‘irlangan 

ashyo)  yoki  ularning  yaratilishi  (tayyorlanishi)  yoxud  ko‘rinishining 

o‘zgarishi (masalan, qalbaki pul, soxta hujjat va shok.) ega. Shunday qilib, 

ashyoviy dalillar, boshqa barcha dalillar kabi, daliliy axborot manbalaridir, 

faqat bu axborot ularda tabiiy (kodlashmagan) shaklida bo‘ladi. 

Jinoyat-protsessual  qonunda  ashyoviy  dalillarning  quyidagi  turlari 

ajratilgan: 

1) 

 

jinoyat  quroli  bo‘lgan  narsalar.  Ularga,  masalan  qotillik  qurollari 



(pichoq, to‘poncha va boshqalar) yoki o‘g‘rilik sodir etishda foydalanilgan 

narsalar (seyf buzishda ishlatilgan ochqich, lom va shok.) kiradi; 

2) 

 

o‘zida jinoyat izlarini saqlab qolgan narsalar. Ularga, masalan, qon 



izlari bo‘lgan yoki yirtilgan kiyimlar, o‘qdan zararlangan narsalar, buzilgan 

seyf kabilar kiradi; 

3) 

 

jinoiy harakatlar obyekti bo‘lgan narsalar. Jinoiy tajovuz qaratilgan 



narsalar, masalan, o‘g‘irlangan pul va buyumlar

4) 


 

jinoiy yo‘l bilan topilgan pul va boshqa boyliklar. Bu o‘rinda jinoiy 

tajovuz  qaratilgan  (masalan,  o‘g‘irlangan)  pul  va  boyliklar  emas,  balki 

jinoyat sodir etish (masalan, noqonuniy tadbirkorlik) natijasida egallangan 

pul va boyliklar nazarda tutiladi

5) 

 

jinoyatni  ochish,  ishning  haqiqiy  holatlarini  aniqlash,  aybdorlarni 



topish,  ayblovni  rad  etish  yoki  javobgarlikni  yengillashtirish  vositalari 

O‘zida  jinoyatning  izlarini  aks  ettiruvchi  moddiy  olamning 

obyektlari  jinoyat  ishi  bo‘yicha  ashyoviy  dalil  deb  e’tirof  etilishi 

mumkin.  Ashyoviy  dalillar  deganda  kelib  chiqishini,  kimga 

tegishliligini,  ma’lum  maqsadlarda  foydalanilganligini  yoki  joyi 

o‘zgarganligini,  u  yoki  bu  moddalar,  narsa,  jarayon,  hodisalar  ta’sir 

etganligini aniqlash mumkin bo‘lgan fizikaviy alomatlar va belgilarga 

ega bo‘lgan narsalar tushuniladi. 



268 

 

bo‘lib  xizmat  qilishi  mumkin  bo‘lgan  barcha  boshqa  narsalar.  Ularga, 

masalan,  jinoyat  sodir  etilgan  joyda  jinoyatchi  tushirib  qoldirgan  narsalar 

kiradi. 


Demak, ashyoviy dalillar turlarining qonunda keltirilgan ro‘yxati ochiq 

bo‘lib, oxirgi turi qandaydir daliliy ahamiyatga ega bo‘lgan va avvalgilariga 

kirmaydigan barcha narsalarni qamrab oladi.  

Ashyoviy dalillarning protsessual shakli uch jihatni o‘z ichiga oladi. 



Birinchidan,  tergovchi  (sud)ning  predmetni  aniqlash  yoki  olish  fakti 

protsessual  jihatdan  rasmiylashtirilishi  kerak.  Odatda  ashyolar  muayyan 

tergov  harakati  (ko‘zdan  kechirish,  tintuv,  olib  qo‘yish  va  boshqalar) 

davomida  olib  qo‘yiladi  va  ushbu  olib  qo‘yish  fakti  mazkur  harakat 

bayonnomasida qayd etiladi. Ashyolarni ayblanuvchi, jabrlanuvchi, jinoyat-

protsessining  boshqa  ishtirokchilari  va  fuqarolar  ham  taqdim  etishlari 

mumkin  bo‘lib,  bu  tegishli  bayonnomalar  bilan  rasmiylashtirilishi  lozim. 

Nihoyat, ashyolarni korxonalar, muassasalar va idoralar ham tergovchi yoki 

sudga  yuborishlari  mumkin.  Bu  ham  rasmiy  hujjat  (yo‘llanma  xat)dan 

ko‘rinib turishi kerak. 



Ikkinchidan, ashyoviy dalillar ko‘zdan kechirilishi, to‘liq tavsiflanishi 

va  imkon  qadar  suratga  tushirilishi  kerak.  Ashyoviy  dalilni  ko‘zdan 

kechirish uni olib qo‘yish bajarilgan tergov harakati (masalan, voqea joyini 

ko‘zdan  kechirish)  davomida  (bunda  uning  natijalari  bayonnomada  qayd 

etiladi)  yoxud  alohida  tergov  harakati  –  ashyoviy  dalil  (narsa)ni  ko‘zdan 

kechirish  davomida  amalga  oshirilishi  mumkin  (bu  jarayon  mustaqil 

bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi). 

Uchinchidan,  ashyoviy  dalil  jinoyat  ishiga  tergovchining  maxsus 

qarori  yoki  sudning  ajrimi  bilan  qo‘shib  qo‘yiladi.  Faqat  shunday  qaror 

(ajrim)  chiqarilganidan  so‘nggina  narsaga  nisbatan  ashyoviy  dalil  rejimi 

qo‘llanilishi mumkin. Narsani jinoyat ishiga ashyoviy dalil sifatida qo‘shib 

qo‘yish haqidagi qaror ajrim tergovchi (sud)ning ushbu narsa ishga taalluqli 

ekanligi  haqidagi  qarorini  ifodalaydi  va  uning  faqat  tergovchi  yoki  sud 

ixtiyoriga o‘tishini bildiradi. Narsani jinoyat ishiga ashyoviy dalil sifatida 

qo‘shib qo‘yish faktini protsessual jihatdan aniq qayd etish bunday narsalar 

ko‘pincha muayyan moddiy yoki  ma’naviy qadriyat bo‘lishi bilan bog‘liq 

bo‘lganligi sababli zarur. 

Shunday  qilib,  ashyoviy  dalil  bo‘lib  xizmat  qilishi  mumkin  bo‘lgan 

moddiy narsalar doirasi faqat ularni olish va ashyoviy dalil sifatida saqlash 

imkoniyati bilan bog‘liq (murdalar, albatta, bundan mustasno). Bu masalada 

protsessual  xususiyatga  ega  bo‘lgan  hech  bir  cheklov  yo‘q.  Yuqorida 

aytilganidek,  qonunda,  umuman  olganda,  ashyoviy  dalil  sifatida  moddiy 


269 

 

olamning  har  qanday  narsasini  ishga  qo‘shib  qo‘yishga  ruxsat  berilgan. 



Ajratib olish usuli – obyektni bo‘lib yoki butunlay olish – masalasi esa aniq 

vaziyatga bog‘liq, ya’ni bu masala protsessual emas, balki tashkiliy texnik 

masaladir. Holbuki, odatda, bunday ajratishni (zarralarni ajratish, kiyimdan 

qandaydir yopishgan narsalarni olish va shok.) odatda, tergovchi emas, balki 

ekspert bajarishi tavsiya etiladi, chunki u bu ishni malakaliroq bajaradi. Shu 

bois  qayerda  imkoni  bo‘lsa,  bunday  obyektlarni  yaxshisi  butunligicha 

ajratib olgan ma’qul.  

Ashyoviy  dalillar  birlamchi  (asosiy)  va  ikkilamchi  (hosila)  bo‘lishi 

mumkin. Birlamchi ashyoviy dalillar – asl narsalar, originallardir (masalan, 

qotillik  sodir  etilgan  qurol,  qon  izi  bo‘lgan  kiyim-kechak).  Biroq  bunday 

predmetni har doim ham aslicha olish va tekshirish mumkin va maqsadga 

muvofiq bo‘lmaydi (masalan,  yerdagi yoki qordagi iz,  mebeldagi barmoq 

izi).  Bunday  hollarda  ularning  turli  xil  moddiy  modellari,  ya’ni  hosila 

ashyoviy dalillardan foydalaniladi. Ularning quyidagi turlari mavjud: 

1) ashyoviy dalillarning ko‘chirilgan nusxalari (masalan, turli izlarning 

qoliplari; 

2)  turdosh  narsalar  (analog  predmetlar).  Odatda  ulardan  asl  ashyoviy 

dalil topilmaganda uning o‘rnida foydalaniladi (masalan, topilmagan pichoq 

–  qotillik  quroli  –  o‘rniga  ekspertizaga  shunday  turdagi  boshqa  pichoq 

jo‘natiladi).  Tabiiyki,  bunday  turdagi  narsalar  asl  nusxaning  hech  qanday 

individual belgisini aks ettirmaydi va individual identifikatsiyalash uchun 

foydalanilishi  mumkin  emas.  Ammo  ular  umumiy  tur  yoki  guruhiy 

mansubligini aniqlash uchun bemalol yaraydi. Masalan, ekspert tan jarohati 

aynan  shu  turdagi  pichoq  bilan  yetkazilganligi  haqida  xulosa  berishi 

mumkin; 

3) qiyoslab tekshirish uchun namunalar.  

Ashyoviy  dalillar  doimo  boshqa  dalillar  va,  avvalo,  ularni  olish 

holatlari  hamda  tekshirish  natijalari  qayd  etilgan  hujjatlar  bilan  birga 

baholanadi. Masalan, o‘g‘irlangan ashyo uning ayblanuvchidan olinganligi 

fakti qayd etilgan bayonnoma, u ilgari jabrlanuvchiga tegishli bo‘lganligini 

tasdiqlovchi  shaxslarni  so‘roq  qilish  bayonnomalari,  jabrlanuvchining  uni 

tanib olganligi to‘g‘risidagi bayonnoma kabi hujjatlar bilan birgagina dalil 

bo‘lib  hisoblanadi.  Xuddi  shuningdek,  barmoq  yoki  poyafzal  izi  faqat 

ekspertning uni tekshirish natijalari qayd etilgan xulosasi bilan birga daliliy 

ahamiyatga ega bo‘ladi. 

Ashyoviy dalillar jinoyat ishida hukm qonuniy kuchga kirguniga qadar 

yoki jinoyat ishini tugatish haqidagi qaror yoxud ajrim yuzasidan shikoyat 

qilish  muddati  o‘tguniga  qadar  saqlanadi.  Hajmi  yoki  boshqa  sabablarga 



270 

 

ko‘ra  jinoyat  ishida  saqlanishi  mumkin  bo‘lmagan  narsalargina  bundan 



mustasno hisoblanadi. Bunday narsalarning fotosurati olinishi, imkon qadar 

muhrlanishi kerak, shundan so‘ng tergovchi yoki sud belgilab bergan joyga 

saqlash uchun joylashtirilishi mumkin. Bu to‘g‘rida jinoyat ishida tegishli 

ma’lumotnoma bo‘lishi kerak.  

Ayblanuvchiga  tegishli  bo‘lgan  jinoyat  qurollari  musodara  qilinadi 

hamda  tegishli  muassasalarga  topshiriladi  yoki  yo‘q  qilinadi;  muomalada 

bo‘lishi taqiqlangan ashyolar tegishli muassasalarga topshirilishi yoki yo‘q 

qilinishi  lozim;  hech  qanday  ahamiyatga  ega  bo‘lmagan  ashyolar  yo‘q 

qilinadi; qolgan narsalar egalariga qaytariladi. Jinoiy yo‘l bilan topilgan pul 

va  boshqa  boyliklar  sud  hukmi  bilan  davlat  hisobiga  musodara  qilinadi. 

Ashyoviy  dalil  bo‘lgan  hujjatlar  jinoyat  ishi  saqlanadigan  to‘liq  muddat 

davomida  uning  tarkibida  qoladi  yoxud  manfaatdor  muassasalarga 

jo‘natiladi. 

 

7.17. Narsa va hujjatlarni taqdim qilish 

(Muallif – yu.fn., dotsent B.N.Rashidov) 

 

 

 

 

 

 

 

Ayrim  jinoyat  ishlari  bo‘yicha  fuqarolar  tomonidan  muayyan  narsa, 

ashyo, buyum va hujjatlar ish uchun ahamiyatga ega deb baholanib, ishga 

qo‘shib qo‘yish uchun surishtiruvchi, tergovchi va sudga taqdim etiladi. Shu 

bilan birga surishtiruvchi, tergovchi va sud ham ayrim narsa va hujjatlarni 

fuqarolardan,  korxona,  muassasa,  tashkilotlar  va  mansabdor  shaxslardan 

talab qilib oladilar. 

Taqdim etish harakati ikki xususiyatiga ko‘ra turlarga ajratiladi: 

1. Taqdim etiladigan obyektga ko‘ra; 

2. Tashabbus subyektiga ko‘ra. 

Taqdim etiladigan obyektga ko‘ra ikki turga bo‘linadi: 

1. Narsalarni taqdim etish; 

2. Hujjatlarni taqdim etish. 

Tashabbus subyektiga ko‘ra ham o‘z o‘rnida ikkiga bo‘linadi: 

1. Narsa va hujjat egasining tashabbusiga ko‘ra taqdim etish; 

2. Surishtiruvchi, tergovchi yoki sudning talabiga ko‘ra taqdim etish. 

Narsa  va  hujjatlarni  taqdim  qilish  deganda,  ish  uchun 

ahamiyatga  molik  bo‘lgan  yoki  ahamiyatga  ega  bo‘lishi  mumkin 

bo‘lgan  narsa  va  hujjatlarni  ishga  qo‘shib  qo‘yish  maqsadida,  uning 

egasi tashabbusi bilan yoki ishni yuritayotgan surishtiruvchi, tergovchi 

yoki sudning talabiga ko‘ra taqdim etilishi tushuniladi. 


271 

 

Taqdim  etish  harakati  ham  dalillarni  to‘plashga,  ham  kelgusi  tergov 



harakatlarini  o‘tkazish  uchun  sharoit  yaratishga  xizmat  qiladi.  Dalillarni 

to‘plash  maqsadida  o‘tkazilgan  taqdim  etish  natijasida  olingan  narsa  va 

hujjatlar belgilangan tartibda ishga qo‘shib qo‘yiladi. 

Narsa  egasining  tashabbusiga  ko‘ra  taqdim  etish  harakati  dalillarni 

to‘plashga  xizmat  qiladi.  Surishtiruvchi,  tergovchi  yoki  sud  ish  uchun 

ahamiyatli bo‘lishi va dalil deb e’tirof etish mumkin bo‘lgan narsalar kimda 

va qayerdaligini bilsalar, taqdim etish tergov harakatini emas, olib qo‘yish 

yoki tintuv tergov harakatini o‘tkazadilar. Faqat hujjatlarni taqdim etishni 

talab qilish yoki vaziyatga ko‘ra olib qo‘yish yoxud tintuv tergov harakatini 

o‘tkazish orqali olishlari ham mumkin. Ammo jinoyat ishi qo‘zg‘atishdan 

avval  tergovga  qadar  tekshiruv  o‘tkazish  paytida  ish  uchun  ahamiyatli 

bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan  hujjatlar  faqat  taqdim  etish  orqali  talab  qilib 

olinadi. 

Tergov  harakatlarini  o‘tkazishga  sharoit  yaratish  maqsadida 

surishtiruvchi,  tergovchi  va  sudning  talabiga  ko‘ra  taqdim  etish  quyidagi 

holatlarda o‘tkaziladi: 

1)  eksperiment  o‘tkazishda  tekshirilayotgan  hodisaning  holatini  va 

sharoitini  qayta  tiklash  uchun  foydalaniladigan  o‘xshash  narsalar  yoki 

maketlar; 

2)  tanib  olish  uchun  ko‘rsatilayotgan  narsa  bilan  turdosh  bo‘lgan 

narsalar; 

3)  tergov  yoki  sud  harakatlarini  yuritish  yoxud  ekspert  tekshiruvini 

o‘tkazish  uchun  zarur  bo‘lgan  moslamalar,  asbob-uskunalar,  anjomlar, 

materiallar, agar bunday narsalar surishtiruvchi, tergovchi yoki sudda yoxud 

ularning  topshirig‘i  bo‘yicha  harakat  qilayotgan  mutaxassis,  ekspert  yoki 

ekspertiza muassasasida bo‘lmasa, zarurat qolmagach, bu narsalar egasiga 

qaytariladi. 

Narsa  va  hujjatlarni  taqdim  etish  jinoyat  ishi  bo‘yicha  haqiqatni 

aniqlash va odil sudlovni amalga oshirishda jamoatchilikning faol ishtiroki 

bilan birga isbotlash jarayonlarining samaradorliligini ta’minlashga xizmat 

qiladi. Chunki ushbu harakat jarayonida jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi 

organlar  kuchlari  bilan  jamoatchilikning  bir  maqsad  sari  intilishi  ko‘zga 

tashlanadi. 

Faqat ashyoviy dalil sifatida ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan 

narsa  va  hujjatlarni  taqdim  etish  natijalari  belgilangan  tartibda 

bayonnomada  qayd  etiladi.  Bayonnomada  umumiy  rekvizitlar  bilan  birga 

narsa yoki hujjatni taqdim etgan shaxs haqida ma’lumotlar, ushbu shaxsning 

taqdim etgan narsa va hujjatni ishga qo‘shib qo‘yish haqidagi iltimosi, narsa 



272 

 

va  hujjatni  ko‘zdan  kechirish  jarayoni  va  natijalari,  narsa  va  hujjatni  ish 



uchun  ahamiyatli  yoki  ahamiyatli  bo‘lishi  mumkin  deb  topilganda,  u 

olinganligi,  aksincha  holatda  esa,  u  taqdim  etgan  shaxsga  qaytarib 

berilganligi ko‘rsatiladi. Narsa va hujjat olinganda uni taqdim etgan shaxsga 

bayonnoma  nusxasi  beriladi.  Narsa  va  hujjat  egasiga  qaytarib  berilganida 

esa,  uni  ishga  qo‘shib  qo‘yish  haqidagi  iltimosni  rad  etish  haqida  qaror 

chiqariladi. 

Muayyan  tergov  harakatlarini  o‘tkazishga  sharoit  yaratish  maqsadida 

vaqtincha  foydalanish  uchun  talab  qilingan  narsalarning  olinganligi  va 

qaytarib berilganligi tilxat orqali rasmiylashtiriladi. 

Jinoyat ishi bo‘yicha, shuningdek tergovga qadar tekshiruv davomida 

(O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksi  329-modda) 

surishtiruvchi, tergovchi korxona, muassasa, tashkilotlarning rahbarlari va 

boshqa  mansabdor  shaxslardan,  fuqarolardan  hujjatlar  va  yozma 

tushuntirish  berishni  talab  qilishga  haqli.  Shu  bilan  birga,  korxona, 

muassasa,  tashkilot  rahbarlaridan  o‘z  vakolatlari  doirasida  hujjatli  taftish 

yoki  xizmat  tekshiruvi  o‘tkazib  taftish  yoki  tekshiruv  dalolatnomasini 

taqdim etishlarini ham talab qilishlari mumkin. Bunda hujjat yoki ma’lumot 

taqdim etish so‘rovnomalar, yozma topshiriqlar orqali talab qilinadi. Ushbu 

tartibda taqdim etilgan tushuntirishlar, hujjatli taftish dalolatnomasi, xizmat 

tekshiruvi 

xulosasi 

yoki 


boshqa 

hujjatlar 

ishga 

maxsus 


rasmiylashtirilmasdan qo‘shib qo‘yiladi. 

 

7.18. Narsa va hujjatlarni ashyoviy va yozma dalil 

 sifatida ishga qo‘shib qo‘yish 

(Muallif – yu.fn., dotsent B.N.Rashidov) 

 

 

 

 

 

 

Narsa  va  hujjatlarni  ashyoviy  va  yozma  dalil  sifatida  ishga  qo‘shib 

qo‘yish  haqida  so‘z  yuritishdan  avval  dalillar  haqida  qisqacha  to‘xtalish 

maqsadga muvofiq. 

Dalil  deganda  ijtimoiy  xavfli  qilmishning  yuz  bergan-yuz 

bermaganligini, shu qilmishni kim sodir etganligini va uning sodir etilishida 

kimlar aybliligini hamda ishni haqqoniy hal etish uchun ahamiyatli bo‘lgan 

boshqa holatlarni aniqlashga asos bo‘ladigan, qonunda belgilangan tartibda 



Narsa  va  hujjatlarni  ashyoviy  va  yozma  dalil  sifatida  ishga 

qo‘shib qo‘yish deganda ish uchun ahamiyatli bo‘lgan ma’lumotga ega 

narsalar,  hujjatlar  yoki  boshqa  yozuvlarning  ish  uchun  ahamiyatliligini 

aniqlash  va  belgilangan  tartibda  ishga  qo‘shib  qo‘yishdan  iborat 

jarayonlar tushuniladi. 

 


273 

 

to‘plangan ma’lumotlar tushuniladi. Dalillar ashyoviy yoki yozma bo‘lishi 



mumkin. 

Yozma  dalillar  deganda  so‘z,  raqam,  chizma  yoki  boshqa  shaklda 

yozilgan va ish uchun ahamiyatli bo‘lishi  mumkin bo‘lgan  ma’lumotlarni 

saqlash,  o‘zgartirish,  berish  uchun  mo‘ljallangan  hujjat  yoki  boshqa 

yozuvlar  tushuniladi.  Shuningdek,  tergov  harakatining  bayonnomasi,  sud 

majlisi  bayonnomasi  va  ularning  ilovalari  ham  yozma  dalil  hisoblanadi. 

Hujjatlar va boshqa yozuvlar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual 

kodeksi  205-moddasida  belgilangan  tartibda  olinishi  bilan  maxsus 

rasmiylashtirilmasdan  yozma  dalil  sifatida  ishga  qo‘shiladi  (O‘zbekiston 

Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 202-modda). 

Narsa  va  hujjatlarni  ashyoviy  va  yozma  dalil  sifatida  ishga  qo‘shib 

qo‘yish ikki usulda amalga oshiriladi: 

1. Ashyoviy dalil sifatida ishga qo‘shish; 

2. Yozma dalil sifatida ishga qo‘shish. 

Narsa  va  hujjatlarni  ashyoviy  va  yozma  dalil  sifatida  ishga  qo‘shib 

qo‘yish  alohida  tergov  harakati  sifatida  e’tirof  etilmaydi,  ammo  ko‘pgina 

tergov harakatlari  natijalarini ifodalaydigan va ularga  baho berish amalga 

oshiriladigan harakat hisoblanadi. 

Ashyoviy dalil sifatida ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsa 

va  hujjatlar  olinganda  ko‘zdan  kechiriladi  va  tegishli  tergov  harakati 

bayonnomasida  ko‘zdan  kechirish  jarayoni  va  natijalari  qayd  etiladi. 

Ko‘zdan  kechirishda  narsa  yoki  hujjatning  ish  uchun  ahamiyatli, 

shuningdek uni boshqa narsa va hujjatlardan farqlovchi o‘ziga xos belgilari 

aniqlanadi.  Ko‘zdan  kechirish  natijasida  ish  uchun  ahamiyatli  belgilarga 

(ma’lumotlarga) ega ekanligi aniqlangan narsa va hujjatlarni ashyoviy dalil 

deb  e’tirof  etish  va  uni  ishga  qo‘shib  qo‘yish  haqida  qaror  chiqariladi. 

Ushbu qarorda ashyoviy dalilni ishda qoldirish yoki uni saqlab turish uchun 

topshirish masalasi hal qilinadi. Ashyoviy dalillar O‘zbekiston Respublikasi 

Jinoyat-protsessual kodeksi 210-moddasiga asosan egasiga qaytariladi yoki 

ashyoviy  dalillar  masalasi  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual 

kodeksi  211-moddasi  talablari  asosida  hal  etilgunga  qadar  belgilangan 

tartibda saqlab turish uchun topshiriladi.  

Ishga ashyoviy dalil sifatida qo‘shib qo‘yilgan pul, qimmatli qog‘ozlar, 

valyuta  boyliklari,  zargarlik  buyumlari  va  qimmatbaho  metallardan, 

qimmatbaho  toshlardan  yasalgan  boshqa  buyumlar,  shuningdek  bunday 

buyumlarning  rezgilari  mutaxassis  ishtirokida  ko‘zdan  kechirilib,  saqlash 

uchun  surishtiruv,  dastlabki  tergov  organi  yoki  sudning  depozit  hisobiga 

topshiriladi.  Boshqa  narsalar  surishtiruv,  dastlabki  tergov  organining 



274 

 

ashyoviy  dalillarni  saqlash  xonalarida,  tegishli  moddiy  javobgar  shaxs 



mas’ulligida saqlanadi. Tez buziladigan narsalar, uy hayvonlari, parrandalar 

va boshqa hayvonlarni egasiga qaytarib berish mumkin bo‘lmaganda, ular 

qarab turish yoki belgilangan maqsadga muvofiq foydalanish uchun tegishli 

korxona, muassasa, tashkilotlarga topshiriladi. 

Jinoyat  ishi  bo‘yicha  saqlash  uchun  topshirilgan  ashyoviy  dalillar 

masalasi  hukmda,  jinoyat  ishini  tugatish  to‘g‘risidagi  qaror  yoki  ajrimda 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksi  211-moddasida 

belgilangan qoidalar asosida hal etiladi. 

Jinoyat  ishi  boshqa  tergov  organiga  o‘tkazilayotganda,  prokuror  yoki 

sudga  yuborilayotganda  ashyoviy  dalillar  ro‘yxat  qilinib,  birma-bir  sanab 

ko‘rsatiladi,  har  bir  ashyoviy  dalilning  qayerda  ekanligi  qayd  etiladi  va 

ushbu ro‘yxat ishga ilova qilinadi. 

Ashyoviy  dalillar  yo‘qolganda  yoki  shikastlanganda kelib  chiqadigan 

masalalar  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksi  212-

moddasiga asosan hal etiladi. 

                 

 MAVZU BO‘YICHA XULOSALAR 

Mazkur  mavzuni  o‘rganishda  talabalar  jinoyat  ishlari  bo‘yicha  ish 

yurituvini  amalga  oshirish  jarayonida  dalillarni  to‘plashning  usullari 

bo‘lgan  tergov  va  sud  harakatlarining  jinoyat-protsessual  qonunida, 

tarmoq 

qonun 

hujjatlarida, 

xorijiy 

davlatlar 

qonunchiligida 

mustahkamlanishiga oid masalalarni o‘zlashtirish va qiyosiy-huquqiy tahlil 

orqali  tergov  va  sud  harakatlarini  o‘tkazishning  asoslari  va  protsessual 

tartibini  va  natijalari  bo‘yicha  tuziladigan  protsessual  hujjatlarni 

o‘rganishlari lozim. 

 

 

MUAMMOLI SAVOLLAR VA KAZUSLAR 

 

1.  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksi  87-

moddasiga  binoan,  dalillar  tergov  va  sud  harakatlarini  yuritish:  gumon 

qilinuvchini,  ayblanuvchini,  sudlanuvchini,  guvohni,  jabrlanuvchini, 

ekspertni  so‘roq  qilish;  yuzlashtirish;  tanib  olish  uchun  ko‘rsatish; 

ko‘rsatuvni  hodisa  ro‘y  bergan  joyda  tekshirish;  olib  qo‘yish;  tintuv; 

ko‘zdan  kechirish;  guvohlantirish;  murdani  eksgumatsiya  qilish; 

eksperiment o‘tkazish; ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazish uchun namunalar 

olish; ekspertiza va taftish tayinlash; taqdim etilgan ashyolar va hujjatlarni 

qabul qilish; telefonlar va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib borilgan 



275 

 

so‘zlashuvlarni  eshitish  yo‘li  bilan  to‘planadi.  Mazkur  tergov 



Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling