Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Download 4.02 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Olib qo’yish
- Olib qo‘yish va tintuv o‘tkazish tartibi.
- Shaxsiy tintuv va olib qo‘yish
- Olib qo‘yish yoki tintuvning natijalarini rasmiylashtirish
- Diplomatiya vakolatxonalarining binolaridan va diplomatiya vakillaridan olib qo‘yish yoki ularda tintuv o‘tkazish.
- Pochta-telegraf jo’natmalarini yoki ularning ayrimlarini xatlab qo’yish
7.11. Olib qo‘yish va tintuv (Muallif – U.T.Turg‘unov)
Tintuv o‘tkazishning maqsadi (tor ma’noda) – jinoyatdan qolgan qurollar, predmetlar, jinoyat yo‘li bilan topilgan qimmatbaho narsalar, ish bo‘yicha ahamiyatga ega boshqa predmet va hujjatlar, jinoyat yo‘li bilan topilgan qimmatbaho narsalar, ish bo‘yicha ahamiyatga ega boshqa predmet va hujjatlar, shuningdek qidiruvda bo‘lgan shaxslar, murda yoki uning qismlarini, garovga olingan va olib qochilgan shaxsni topishdan iboratdir. Tintuvning maqsadi (keng ma’noda) 1) ish yuzasidan ashyoviy dalil ahamiyatiga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsa va hujjatlarni topish va olib qo‘yish; 2) jinoyat sodir etganlikda gumon qilinuvchi va ayblanuvchi shaxslarni topish va ushlash; 3) berkitilgan murda yoki uning bo‘laklarini topish va ularni topilgan joydan olib qo‘yish; 4) jinoiy yo‘l bilan orttirilgan yoki xatlanishi lozim bo‘lgan mol-mulk va qimmatbaho narsalarni topish va olib qo‘yish, jinoyat tufayli yetkazilgan zararning qoplanishini ta’minlash.
ahamiyatli bo’lgan ashyo va hujjatlarning aynan kimda va qayerda ekanligi ma’lum holatdagina surishtiruvchi, tergovchi, sudya va sud tomonidan o’tkazilishi mumkin.
249
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 157- moddasiga muvofiq olib qo‘yish ish uchun ahamiyatli bo‘lgan ashyo va hujjatlarning aniq saqlanish joyi va aynan qaysi shaxsnikida ushbu ashyo va hujjatlar saqlayotganligi aniqlangandan so‘ng o‘tkaziladi. Olib qo‘yish harakatini jinoyat ishi qo‘zg‘atilganidan so‘ng amalga oshirish mumkin. Odatda olib qo‘yish ixtiyoriy ravishda o‘tkaziladi, lekin agar zarur bo‘lib qolsa bu tergov harakati majburiy ravishda ham o‘tkazilishi mumkin. Olib qo‘yish ko‘pincha muassasalar va tashkilotlarda ashyo va hujjatlarni olib qo‘yishda o‘tkaziladi. Olib qo‘yiladigan hujjatni olishdan avval aynan shu hujjat bilan bo‘lgan boshqa hujjatlar ham ko‘zdan kechirilib olib qo‘yilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 158- moddasiga muvofiq jinoyat ish bo‘yicha ahamiyatga ega bo‘lgan jinoyat qurollari, jinoiy yo‘l bilan topilgan predmetlar va hujjatlar, qimmatbaho narsalar biron shaxsda yoki biron joyda saqlanishi ma’lum bo‘lsa yoki bu to‘g‘rida biror gumon paydo bo‘lsa, bu tintuv harakatini o‘tkazish uchun asos bo‘la oladi. Tintuv asosan ish bo‘yicha daliliy ahamiyatga ega bo‘lgan predmetlarni, hujjatlarni aniqlash (topish) va olish; qidiruvda bo‘lgan shaxslarning topib ularni ushlab olish yoki shu shaxslarni qayerda yashirinib yurishini ko‘rsatuvchi materiallarni aniqlab topish va olish; ahamiyatli bo‘lgan moddiy mablag‘larni (pullar, qimmatbaho narsalar, aksiyalar, qimmatbaho metallar va toshlarni) aniqlab topish va olish; kelgusida musodarani ta’minlovchi yoki jinoyatdan ko‘rilgan zararni qoplovchi mulkni topish va uni xatlab qo‘yish maqsadida o‘tkaziladi. Tintuv o‘tkazish uchun qidiriladigan obyektning aniq saqlanayotgan joyini bilish talab qilinmaydi va bu holat uni olib qo‘yishdan ajratadi. Tintuv o‘tkazishdan avval, u haqda qaror qabul qilishdan avval, ish bo‘yicha yig‘ilgan faktik ma’lumotlar baholanishi va tahlil etilishi lozim. Tintuv murdani qidirishda ham o‘tkazilishi mumkin. Tintuv o‘tkazish uchun surishtiruvchi, tergovchi tintuv to‘g‘risida qaror chiqaradi va bu qarorga prokuror o‘z ruxsatini qayd etadi, yoki prokuror muovini uning o‘rniga ruxsat berishi mumkin. Tintuv kechiktirib bo‘lmas tergov harakati bo‘lib jinoyat ishi qo‘zg‘atilganidan so‘ng tegishli tergov holati taqozo etadigan bo‘lsa, vaqtning har qanday jarayonida o‘tkazilishi mumkin. Olib qo‘yish va tintuv o‘tkazish tartibi. Olib qo‘yish yoki tintuv o‘tkazishdan avval dastlabki tayyorgarlik harakatlarini o‘tkazish lozim. Bu 250
harakatlar qatoriga ushbu tergov harakatlari xavfsiz va kutilgan natijali bo‘lishi uchun tegishli rejali chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va har bir bu tergov harakatida ishtirok etuvchi xodimning huquq va majburiyatlari aniqlashtirilishi va asosiy maqsad barcha uchun to‘g‘ri o‘zlashtirilgan bo‘lishini talab qiladi. Tegishli texnik-kriminalistik vositalar ham tayyor holatga keltirilib qo‘yilishi talab qilinadi. Agar tintuv to‘g‘risida ogohlantirilgan shaxs qaror bilan tanishib chiqqandan so‘ng tegishli qarorda qayd etilgan predmet va ashyolarni taqdim etib ixtiyoriy ravishda ularni tergovchiga berish hohishini izhor qilsa, tintuv olib qo‘yishga aylanadi va tergovchi shu vaziyatda tintuv qilish bayonnomasi o‘rniga olib qo‘yish bayonnomasini qayd etishi kerak. Tintuv yoki olib qo‘yishning ijobiy o‘tishi tintuv yoki olib qo‘yish o‘tkaziladigan shaxslar to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlarni to‘liq ravishda yig‘ilishiga asosan bog‘langan (bu shaxslarning yoshi, oilaviy holati, qanday kasb bilan shug‘ullanishi, ayblanuvchi yoki gumon qilinuvchi bilan bo‘lgan munosabati, u bilan birga istiqomat qiluvchi shaxslar to‘g‘risida bo‘lgan axborot, ular bilan bo‘lgan munosabatlari, ishda va oilada bo‘lgan xatti-harakatlari va qanday ko‘nikma va mahoratlarga egaligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, nimaga moyillik ko‘rsatishi to‘g‘risidagi axborotlar, qurol va transportga ega bo‘lishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar v.h.). Tintuv o‘tkazishdan avval tintuv o‘tkaziladigan bino va xonadon to‘g‘risidagi mukammal axborotlarni to‘plab olish zarur. Agar tergovchi tintuv qilinayotgan shaxsdan uni ixtiyoriga ko‘ra tegishli obyektlar olgan bo‘lsa-da, ammo bu shaxsda ish bo‘yicha yana boshqa muhim predmetlar mavjudligiga shubha qilsa, u holda olib qo‘yish emas, balki tintuv o‘tkaziladi. Amaliyotdan misol:
Avtomobillarning yopiq to‘xtash joyida qasddan yong‘in chiqarish oqibatida 12 ta avtobus, 7 ta yengil avtomashina, 9 ta yuk mashina yonib ketishi fakti bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi prokuratura tergovchisining ish yurituviga topshirildi. Yonib ketgan avtomashinalarning hujjatlarini tekshirish uchun tergovchi avtokorxonaga keladi va uning boshlig‘i Mirzayevdan voqea tafsilotlari bo‘yicha tushuntirish berishini talab qiladi. Shundan so‘ng Mirzayev tungi soat 23:00 atrofida, ya’ni yong‘in boshlanishidan chamasi bir soat oldin avtomobillarning yopiq to‘xtash joyidagi xonalarning birida ushbu yong‘inni sodir etishda gumon qilinayotgan chilangar Nizomovni ko‘rganligi haqida ma’lumotni haydovchilardan olganligini aytadi. Tergovchi darhol Nizamovning xonadonida tintuv o‘tkazish to‘g‘risida qaror chiqaradi va o‘zi bilan hodisa joyini ko‘zdan kechirishda qasddan yong‘in chiqarish uchun foydalanilgan qopning yonib ulgurmagan qoldiqlarini oladi. Nizamovning uyida avtokolonna boshlig‘i va mexanik ishtirokida tintuv o‘tkazilishi natijasida uning uyidagi yordamchi xonalarning birida o‘tinlar ostidan qopning qoldiqlari va mazut solingan kichkina chelak va unda maxsus tayyorlangan og‘irligi 4 kg. yog‘langan lattalar topildi. Tergovchi ularni qog‘ozga o‘rab olib ketishga tayyorlaydi. O‘tkazilgan tergov harakati haqida tergovchi 2 nusxada bayonnoma tuzdi, ammo Nizamovning uyida uning 14 yoshli qizidan boshqa hech kim bo‘lmaganligi sababli, tintuv bayonnomasining nusxasini qoldirmadi hamda o‘zi bilan olib ketdi.
251
Tintuv qilinayotgan shaxsning oila a’zosi ham ko‘pincha uyda mavjud bo‘lgan barcha ashyo, predmet va hujjatlar to‘g‘risida to‘liq xabardor bo‘lmasligi mumkin. Agar tintuv qilinadigan shaxs biron xonani yoki obyektni ochishga to‘sqinlik qilsa va kalitini bermasa va uni sindirib kirish zaruriyati tug‘ilsa tergovchi quyidagi harakatlarni amalga oshirishi zarur: a) O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 161- moddasi 9-bandi tintuv qilinayotgan shaxsga tushuntirilishi uning g‘ayriqonuniy harakatlarini ta’riflab, unga shu band to‘la o‘qib berilishi lozim va kalitni berishini talab qilish kerak hamda bu bayonnomada qayd etilishi lozim; b) ushbu xonalarni ochishda tegishli mutaxassislarni taklif qilib, eshiklarni sindirmasdan ochish harakatlari amalga oshiriladi, agar bu harakatlar natija bermasa, u holda eshiklar buzib ochilishi kerak, eshiklarga imkon qadar kam zarar etkazilib bu xonalar ochilishi lozim. Agar tintuv qilinadigan shaxs qo‘shnilari bilan birga hovlining ma’lum joyidan foydalanib kelgan bo‘lsa, u holda ushbu fuqaroning turar joyi, hovlisidagi umumiy ravishda foydalanadigan joylari ham tintuvdan o‘tkazilishi lozim. Bunday harakatlar bu fuqaro bilan birga yashaydigan shaxslarga unga g‘ayriqonuniy yordam berish hollarini bartaraf etishga imkon yaratadi. Tintuv o‘tkazishdan avval tintuvda ishtirok etuvchi barcha shaxslarning protsessual huquq va majburiyatlari tushuntiriladi va bu haqda bayonnomada ularning imzolari qo‘yiladi. Tintuv
harakatlari o‘tkazilgandan so‘ng yoki tintuv o‘tkazish jarayonida tergovchi, surishtiruvchi tegishli bayonnomani qayd etadi va u tintuv yoki olib qo‘yishni o‘tkazish bayonnomasiga qo‘yilgan barcha talablarga rioya qilishi kerak.
1) shaxsiy tintuv; 2) xonalarda tintuv qilish; 3) ochiq joyni tintuv qilish; 4) transport vositalarini tintuv qilish.
1) bir vaqtda bir necha joyda tintuv o‘tkazish; 2) turli vaqtlarda tintuv qilish.
shaxsning o‘zini, uning ustida bo‘lgan ustki va ichki kiyimlarni, ba’zi holatlarda zarur bo‘lsa, uning badanini tintuv qilish harakatlaridan iborat.
252
Shaxsiy tintuv va olib qo‘yish O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat- protsessual kodeksining 157-161 moddalarda nazarda tutilgan qoidalarga asosan o‘tkazilishi kerak, ammo O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat- protsessual kodeksining 162-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan vaziyatlarda maxsus qaror (maxsus ajrim) chiqarmasdan ham shaxsiy tintuv va olib qo‘yish o‘tkazish mumkin. Shaxsiy tintuv dastlabki va qayta tintuv tarzida bo‘lishi mumkin. Dastlabki shaxsiy tintuv xavfsizlik choralarini amalga oshirish uchun o‘tkaziladi va shaxsdan o‘qotar, sovuq qurol yoki boshqa o‘tkir va qirrali predmetlarni, giyohvan moddalarni ishga talluqli bo‘lgan hujjatlar, shaxsiy guvohnomalar va boshqa predmetlarni olib qo‘yish maqsadida o‘tkaziladi. Qimmatbaho narsalarni aniqlash uchun ham shu maqsadda shaxsiy tintuv o‘tkaziladi. Shaxsni tegishli joyga so‘roq uchun olib kelganda ham uni qaytadan shaxsiy tintuv qilish mumkin va bu harakat mukammal bo‘lishi lozim. Tintuv qilingan shaxsning o‘zida bo‘lgan hujjatlari va narsalari ham ko‘zdan kechirilishi shart. Shaxsiy tintuv o‘tkazish vaqtida tintilayotgan shaxsning o‘zini tutishiga va harakatlariga e’tibor bermoq zarur, aks holda u o‘zida bo‘lgan jinoyatga aloqador yoki g‘ayriqonuniy narsa va hujjatlarni tashlab yuborishi mumkin. Shaxsiy tintuv va olib qo‘yish o‘tkazayotgan vaqtda shu harakat o‘tkazilayotgan shaxsning xavfsizligi va sog‘lig‘iga zarar etmasligi uchun tegishli choralar ko‘rish zarur.
a) pochta-telegraf jo‘natmalarini olib qo‘yish; b) davlat siri bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjatlarni olib qo‘yish. Tergovchining jo‘natmalarini xatlab qo‘yish va pochta-telegraf muasasalarida ularni olib qo‘yish haqidagi qarori prokuror sanksiyasi talab qilinadi. (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 186- modda).
vositasi – bayonnomadir. Olib qo‘yish yoki tintuv o‘tkazishni qayd etib, bayonnoma tuzganda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 90 va 91-moddalarning talabiga to‘la rioya qilinishi lozim. Bayonnoma tintuv yoki olib qo‘yish harakatlarini tugatgandan so‘ng aynan shu tergov harakatini o‘tkazish joyida tuzilishi kerak. Agar tintuv bayonnomasiga tintuv qilingan shaxs o‘z imzosini qo‘yishdan bosh tortsa, u holda xolislar va tergovchi ushbu faktni bayonnomada qayd etib, tasdiqlaydilar.
253
Bayonnomaning yakunlovchi qismida, shuningdek bayonnomaga qanday sxemalar, qoliplar ilova qilinganligi, tintuv qatnashchilarining qanday ariza, shikoyat yoki e’tirozlari tushganligi, xolislarning takliflari, mutaxassislarning bergan tushuntirishlari qayd etilishi kerak. Olib qo‘yish bayonnomasida esa tergovchi, surishtiruvchi qachon, qayerda, qaysi shaxslar ishtirokida olib qo‘yishni o‘tkazganligi, qanday obyektlar olib qo‘yilganligi qayd etiladi. Bayonnomada qanday obyektlar olinganligi, ularning to‘liq ro‘yxati va alohida belgilari, xususiyatlari qayd etiladi. Olib qo‘yishda ishtirok etuvchi shaxslarga avvalambor ularning protsessual huquq va majburiyatlari tushuntirilishi lozim. Bayonnoma ushbu shaxslarning imzosi bilan voqelikda bo‘lgan harakatlarni shu hujjatda to‘liq qayd etilganligi to‘g‘risida tasdiqlovchi belgi bo‘lib xizmat qiladi. Agar shaxslar olib qo‘yish paytida tergovchining harakatlari ustidan tegishli e’tirozlar, shikoyatlar bildirsalar ushbu e’tiroz va shikoyatlar majburiy ravishda bayonnomada qayd etilishi kerak. Olib qo‘yishda qimmatbaho narsalar olinadigan bo‘lsa, ushbu qimmatbaho narsalar uchun moddiy javobgarlik shaxsning ishtirokini ta’minlab berish kerak. Olib qo‘yish, tintuvning tarkibiy qismi emas va o‘zi mustaqil harakat sifatida ifodalanadi.
Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 165-moddasiga muvofiq diplomatiya vakolatxonalarining binolaridan va diplomatiya vakillardan olib
qo‘yish yoki
ularda tintuv
o‘tkazish ushbu diplomatik vakolatxonalarining rahbarlari va diplomatiya vakillarining roziligiga binoan o‘tkazilishi zarur, aks holda bu joylarda olib qo‘yish yoki tintuv o‘tkazish mumkin emas. Agar xorijiy shaxs diplomatiya daxlsizligiga ega bo‘lmasa, u holda uning turar joyida tintuv yoki olib qo‘yish o‘tkazish tergov harakatlari uning roziligisiz ham o‘tkazilishi mumkin, ammo bu to‘g‘risida 24 soat ichida diplomatiya vakolatxonaning rahbariga (tegishli xorijiy mamlakatning favqulodda va muxtor elchisiga) xabar berish kerak. Diplomatiya vakolatxonalarining binolarida va diplomatiya vakillarida tintuv yoki olib qo‘yish harakatlarini o‘tkazish vakolatxonalarda istiqomat qiluvchi va diplomatiya daxlsizligiga ega bo‘lgan shaxslarning roziligiga asosan o‘tkaziladi va bu rozilik O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali so‘raladi. Diplomatik vakolatxonalarining binolarida va diplomatik vakillarda tintuv yoki olib qo‘yish o‘tkazishda surishtiruvchi, tergovchidan va
254
xolislardan tashqari ushbu vakolatxonaning rahbari (Favqulodda va muxtor elchi) va O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori hamda O‘zbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vaziri yoki uning o‘rinbosari ishtirok etishi shart.
Pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risida surishtiruvchi va tergovchi prokurorning sanksiyasi olingan qaror, sud esa ajrim chiqaradi.
Pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risidagi qaror yoki ajrimda: jo‘natmalari ushlab turilishi lozim bo‘lgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi; bu shaxsning aniq manzili; xatlanayotgan pochta-telegraf jo‘natmalarining turi; xatlash chorasining muddati; jo‘natmalarni ushlab turish va bu haqda surishtiruvchi yoki tergovchiga ma’lum qilish qaysi aloqa muassasasiga yuklatilganligi ko‘rsatilishi lozim. Sud ajrimida pochta-telegraf jo‘natmalarini sudga etkazib berish haqida aloqa muassasasiga ko‘rsatma berilishi lozim. Pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash haqidagi qaror yoki ajrim tegishli aloqa muassasasining boshlig‘i nomiga yuboriladi va uni bajarish mazkur boshliq uchun majburiydir. Bu qarorni yoki ajrimni bajarmaslik yoki uning oshkor etilishi qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi. Xatlab qo‘yilishi mumkin bo‘lgan pochta-telegraf jo‘natmalariga quyidagilar kiritiladi: -
barcha turdagi xatlar; -
telegrammalar; -
radiogrammalar; -
banderollar; -
posilkalar; -
pochta konteynerlari. Aloqa muassasasining boshlig‘i surishtiruvchi, tergovchining qarorida yoki sudning ajrimida ko‘rsatilgan xat-xabarlar va boshqa jo‘natmalarni
yuborgan yoxud boshqa shaxslar gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga yuborgan pochta-telegraf jo’natmalarida sodir etilgan jinoyatga doir ma’lumotlar yoki ish uchun ahamiyatga molik hujjatlar va buyumlar bor deb gumon qilish uchun yetarlicha asoslar bo’lganda o’tkaziladigan tergov harakatidir. 255
ushlab turadi hamda bu haqda surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga darhol ma’lum qiladi. Pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab qo‘yish to‘g‘risidagi qaror yoki ajrim chiqarilgandan so‘ng u bevosita ijro etilishi kerak, buning uchun pochta-telegraf jo‘natmalari ko‘zdan kechirilib olib qo‘yiladi. Pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab qo‘yish bu jo‘natmalarni ularni olish huquqiga ega bo‘lgan shaxsga yuborilishini taqiqlaydi. Pochta-telegraf muassasasining tashabbusiga ko‘ra bu hujjatlar ularni xatlab qo‘ygan organning ruxsatisiz bu hujjatlarni oluvchi shaxsga yuborilishi hollarida javobgarlik ularni yuborgan xodimga yuklatiladi.
a) ko‘zdan kechirish; b) olib qo‘yish; v) manfaatdor shaxslarning o‘zaro xabarlashuvlariga chek qo‘yish; g) jinoyat sodir etishda qatnashgan shaxslarni aniqlash; d) jinoyat sodir qilgan va qidiruvda bo‘lgan shaxslarning yashiringan joylarini aniqlash; e) jinoyat qurollari va o‘g‘irlangan narsalarni topish maqsadlarida o‘tkaziladi. Jo‘natmalarni xatlash faqat gumon qilinuvchi va ayblanuvchi hamda ular bilan bog‘liq shaxslarga nisbatangina qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 167-moddasiga muvofiq surishtiruvchi yoki tergovchi aloqa muassasasiga borib, ushlangan pochta-telegraf jo‘natmalarini xolislar ishtirokida, zarurat bo‘lganda esa, tegishli mutaxassis ishtirokida ochib, ko‘zdan kechiradi. Ish uchun ahamiyatga molik ma’lumotlar, hujjatlar, narsalar topilgan taqdirda, surishtiruvchi, tergovchi pochta-telegraf jo‘natmalarini olib qo‘yadi yoxud ulardan nusxa ko‘chirish bilan chegaralanadi. Agar ko‘zdan kechirilgan jo‘natmalarda ish uchun ahamiyatga molik ma’lumotlar, hujjatlar, narsalar bo‘lmasa, surishtiruvchi, tergovchi ularni egalariga yetkazish yoki o‘zi belgilagan muddatgacha ushlab turish haqida ko‘rsatma beradi. Ushlangan jo‘natmalar ko‘zdan kechirilgan har bir holda bayonnoma tuzilib, unda qaysi pochta-telegraf jo‘natmalari ko‘zdan kechirilganligi, nimalar olinganligi va nimalar egalariga yuborilishi, nimalar esa vaqtincha ushlab qolinishi kerakligi, qaysi jo‘natmalardan nusxalar olinganligi ko‘rsatilishi lozim. Bayonnoma O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat- protsessual kodeksining 90-92-moddalarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda tuziladi. 256
– oddiy, qimmatbaho, buyurtma xatlar, telegrammalar, banderollar, posilkalar, otkritkalar xatlab qo‘yishligi, ko‘zdan kechirilishi va olib qo‘yilishi mumkin. Pochta-telegraf xat-xabarlari va jo‘natmalari chiqib ketayotgan hamda kirib kelayotgani ham xatlanishi kerak. Xatlab qo‘yish muddati dastlabki tergov muddatidan oshmasligi lozim. Ish uchun ahamiyatli bo‘lgan ma’lumotlar, hujjatlar, ashyolar topilgan taqdirda surishtiruvchi, tergovchi pochta-telegraf jo‘natmalarini olib qo‘yadi yoxud ulardan nusxa ko‘chirish bilan chegaralanadi. Nusxa ko‘chirish kseroks orqali amalga oshirilishi zarur, chunki hujjatning asl nusxasi kseroksda nusxalashtirilganda uning nusxasi ushbu hujjatning kriminalistik aynanligiga mansub bo‘lgan belgilarini yo‘qotmaydi. Kseroksda olingan nusxa to‘la ravishda daliliy ahamiyatga ega bo‘ladi. Kseroks ishlatilganligi to‘g‘risida ko‘zdan kechirish va olib qo‘yish bayonnomasida qayd etish kerak va uning texnik parametrlari ham qayd etilishi kerak. Jo‘natmalarni olib qo‘yish va ko‘zdan kechirishda tergovchi ularning mazmunini sir saqlash choralarini ko‘rishi lozim. Aks holda fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish prinsipi buzilgan hisoblanadi. Pochta-telegraf jo‘natmalarini olib qo‘yish va ko‘zdan kechirish ikki kishidan kam bo‘lmagan, shu muassasada ishlovchi xolislar ishtirokida o‘tkazilishi lozim. Bu esa jo‘natmalarning mazmuni sir saqlanishining kafolati hisoblanadi. Ishga aloqador bo‘lmagan pochta-telegraf jo‘natmalarini tergovchi, surishtiruvchi ko‘zdan kechirgach va nusxasini olgach, egalariga yetkazishi yoki o‘zi belgilangan muddatgacha ushlab turish haqida ko‘rsatma berishi mumkin.
Pochta-telegraf jo‘natmalarini ko‘zdan kechirish va olib qo‘yish bayonnomasi tuzilishi kerak va u O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat- protsessual kodeksining 90-92-moddalarning talablariga to‘la rioya qilishi lozim. Ushbu bayonnomada ko‘zdan kechirilgan va olib qo‘yilgan obyektlar to‘liq tavsif etilishi tasdiqlanishi lozim.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling