Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
xohishiga ko‘ra so‘roq qilinadi
Download 4.02 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jiddiy qarama-qarshiliklar
- 1. Shaxsni tanib olish uchun ko‘rsatish .
- 2. Ko‘char narsalarni tanib olish uchun ko‘rsatish
- 3. Ko‘chmas obyektni tanib olish uchun ko‘rsatish
- Turdosh narsalar
- Tanib olish uchun ko‘rsatish chog‘ida tanib oluvchining ko‘rsatuvini qayd qilish.
- Tanib olish uchun ko‘rsatish holatini mustahkamlash.
xohishiga ko‘ra so‘roq qilinadi. Bular quyidagicha: 1. Har qanday “o‘ziga qarshi ko‘rsatuv bermaslik” huquqiga ega shaxs (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 66-moddasi 1-qismi); 2. Gumon
qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining yaqin
qarindoshlari gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga taalluqli bo‘lgan holatlar 213
haqida guvoh yoki jabrlanuvchi sifatida faqat o‘zlarining roziliklari bilan so‘roq qilinishlari mumkin (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 116-modda); Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yaqin qarindoshlari deganda, uning ota-onasi, aka-ukasi va opa-singillari, eri (xotini), farzandlari (farzandlikka olinganlar), nevaralari, shuningdek er (xotin)ining ota-onasi, aka-ukasi va opa-singillari nazarda tutiladi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003 yil 19 dekabrdagi “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan ta’minlashga oid qonunlarni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 17-sonli qarorining 27 11-bandi to‘rtinchi xatboshisi);
3. Diplomatik daxlsizlik huquqiga ega shaxslar toifasi mavjudki, ular ixtiyoriy guvohlik beradilar (Diplomatik aloqalar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi, 1963 yilgi Konsullik aloqalari to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi); Yana bir toifadagi shaxslar bo‘lib, ularni surishtiruv, tergov va sudda ishtirok etish uchun chaqirtirish va ularning tergov harakatlariga ishtiroki jumladan, ko‘rsatuv berishlari ixtiyoriylik kasb etadi. Bu toifadagi shaxslar fuqaroligidan qat’i nazar, xorijda bo‘lgan guvoh, jabrlanuvchi, ekspert, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar, ularning vakillari hisoblanadi (bu masala “Jinoyat sudlov ishlarini yuritishda xalqaro hamkorlik” mavzusida batafsil yoritiladi).
Yuridik adabiyotlarda shaxslarning ko‘rsatuv berish majburiyatidan to‘liq yoki qisman ozod qilinishi “guvohlik immuniteti” deb ham yuritiladi. O‘n olti yoshga to‘lgan guvoh yoki jabrlanuvchini so‘roq qilishda ularning shaxsi aniqlangandan va unga protsessual huquq hamda majburiyatlari tushuntirilgandan keyin u ko‘rsatuv berishdan bosh tortganlik va bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238 va 240-moddalari bilan javobgarlik haqida ogohlantiriladilar. Bunday ogohlantiruv haqida so‘roq bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasiga yozib qo‘yiladi. Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari ko‘rsatuv berishdan bosh tortganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirilmaydilar.
27 O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan ta'minlashga oid qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli Qarori//O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlari to‘plami 1991-2006. T.1. –T.: 2007. – B.147. 214
O‘n olti yoshga to‘lmagan guvoh yoki jabrlanuvchilar esa, ko‘rsatuv berishdan bosh tortganlik va bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berganlik uchun javobgarlik haqida ogohlantirilmaydilar va sudda ham guvohlik qasamyod qilmaydilar. Ulardan ko‘rsatuv berishda mas’uliyatlarini anglatish va oshirish maqsadida jinoyatni ochish maqsadida haqqoniy ko‘rsatuv berishlari ularning ma’naviy burchlari ekanligini tushuntiriladi. Guvoh va jabrlanuvchi guvohlik immunitetiga ega bo‘lmasa, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tomonidan aniqlanayotgan holatlar o‘zida davlat sirlarini yoki kasb sirini yoxud gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoxud boshqa shaxslar hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettirganligini bahona qilib, ko‘rsatuv berishdan bosh tortishga haqli emas, ish uchun ahamiyatli holatlar xususida bilganlarini ma’lum qilishlari shart.
Aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlar o‘zida davlat sirini yoki kasb sirini aks ettiradi yoxud shaxslar hayotining sir tutiladigan tomonlariga tegishli deb hisoblash uchun asos bo‘lganda, surishtiruvchi, tergovchi va sud guvoh yoki jabrlanuvchini so‘roq qilish chog‘ida bu holatlarning oshkor etilishiga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini (ya’ni tergovning sir tutilishi, ayrim ishtirokchilardan oshkor qilmaslik haqida tilxat olinishi, xolislarga qo‘yilgan talablarga rioya qilish, sudning yopiq yuritilishi v.h.) ko‘rishi shart.
Guvoh va jabrlanuvchi ko‘rsatuvlarni to‘g‘ri baholash uchun ularning boshqa ishtirokchilar bilan munosabatlari (aloqalari) haqida so‘raladi. Shu maqsadda, protsessual majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirilganidan keyin jabrlanuvchi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar bilan o‘zaro munosabatlari, guvoh to‘g‘risidagi savollarga javob beradi. Guvoh ham shunday savollar bilan birgalikda jabrlanuvchi bilan o‘zaro munosabatlari to‘g‘risidagi savollarga javob beradi. Ba'zida guvoh va jabrlanuvchini kechiktirmasdan so‘roq qilish talab qilinadi. Shuningdek, tergov harakatida ishtirok etish uchun chaqirtirilgan shaxsning ortiqcha vaqtini olmaslik uchun jinoyat–protsessual qonunchiligiga ko‘ra, tergov olib borilayotgan joyda yoki sudda bo‘lgan guvoh yoki jabrlanuvchi ko‘rsatuv berishga xohish bildirsa, ular qoida tariqasida o‘sha kunning o‘zida yoki keyingi kundan kechiktirmay so‘roq qilinishi kerak. Guvoh yoki jabrlanuvchining ko‘rsatuv berishga xohishi to‘g‘risidagi xabar tergovchi yoki sudga pochta orqali kelsa, unga so‘roq o‘tkaziladigan joy va vaqt to‘g‘risida darhol xabar qilinadi va u kelishi bilanoq so‘roq
215
o‘tkaziladi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 120- modda).
(muallif –A.R.Matmurotov) Yuzlashtirish bu - dalil to‘plash usullaridan biri bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 122-moddasida belgilanganidek, ilgari so‘roq qilingan ikki shaxs ko‘rsatuvlari o‘rtasida jiddiy qarama-qarshiliklar bo‘lganda, ushbu qarama-qarshiliklarning sababini aniqlash va bartaraf etish uchun o‘tkaziladi.
Bu qarama-qarshiliklarning sabablarini aniqlash uchun yuzlashtirishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvoh so‘roq qilinishi mumkin. Yuzlashtirish tergov harakati ko‘rsatuvlarni, ya’ni dalillarni tekshirishga qaratilgan tergov harakati hisoblanadi.
Yuzlashtirish tergov harakatini o‘tkazish uchun asoslari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 96-108, 122- 124-moddalarida ko‘rsatib o‘tilgan. Jinoyat-protsessual qonunchiligi faqat ikki shaxs o‘rtasida yuzlashtirish tergov harakatini o‘tkazib, so‘roq qilishga ruxsat beradi. Yuzlashtirish tergov harakati faqatgina so‘roq qilingan shaxslar o‘rtasida o‘tkaziladi. Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud yuzlashtirish tergov harakatini boshlamasdan oldin gumon qilinuvchiga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat- protsessual kodeksining 48-moddasida, ayblanuvchiga esa 46-moddasida belgilangan huquq va majburiyatlari tushuntiriladi. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi ko‘rsatuv berishdan bosh tortganlik va bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berganlik uchun O‘zbekiston Yuzlashtirish tergov harakatini o‘tkazish ilgari so‘roq qilingan shaxslarning ko‘rsatuvlarni yana takrorlash emas, balki surishtiruvchi, tergovchi, sud tomonidan shaxslar tomonidan berilgan ko‘rsatuvlardagi jiddiy qarama-qarshiliklarning sababini aniqlash uchun o‘tkazilishi lozim. Jiddiy qarama-qarshiliklar bu - isbot qilish predmetiga kiruvchi holatlar mazmuni yuzasidan ko‘rsatuvlarda mavjud bo‘ladigan nomutanosiblik, ma’lumotlarning bir-birini rad etishi hisoblanadi.
216
Respublikasi Jinoyat kodeksining 238 va 240-moddalari bilan jinoiy javob- garlikka tortilishi mumkinligi haqida ogohlantirilmaydi. Yuzlashtirish o‘tkazayotgan surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tomonidan yuzlashtirilayotgan guvoh va jabrlanuvchi yolg‘on ko‘rsatuv bersa, shuningdek ko‘rsatuv berishdan bo‘yin tovlasa, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238 va 240-moddalari bilan jinoiy javob- garlikka tortilishi mumkinligi haqida ogohlantiriladi. Yuzlashtirib so‘roq qilish oldidan surishtiruvchi, tergovchi yoki sud majlisida raislik qiluvchi har bir so‘roq qilinuvchidan navbat bilan ularning o‘zaro tanishligi yoki tanish emasligini, o‘zaro munosabatlari qanday ekanligini so‘raydi va javoblarini tinglaydi. Shundan so‘ng har bir so‘roq qilinuvchiga navbat bilan qarama-qarshilik kelib chiqqan holatlar to‘g‘risidagi savollarga javob berish taklif qilinadi. Agarda qarama- qarshilik bir nechta masalaga yoki holatga taalluqli bo‘lsa, yuzlashtirishda har ikki so‘roq qilinuvchi bir holat bo‘yicha ko‘rsatuv bergach, ularga keyingi masala yoki keyingi holat to‘g‘risidagi savollar berilishi mumkin. Yuzlashtirish chog‘ida so‘roq qilinayotgan shaxs surishtiruvchi, tergovchi yoki sud majlisida raislik qiluvchining ruxsati bilan boshqa so‘roq qilinuvchiga savol berishi mumkin. Sud majlisida so‘roq qilinuvchilarning har ikkalasiga xalq maslahatchilari, shuningdek taraflar savol berishlari mumkin. Surishtiruvchi, tergovchi va sud majlisida raislik qiluvchi ish uchun jiddiy
ahamiyatga ega
bo‘lmagan yoki
yuzlashtirishda aniqlashtirilayotgan qarama-qarshilikka taalluqli bo‘lmagan savollarni chetlatishga haqlidir. Amaliyotdan misol:
Tilla buyumlarini uydan olib chiqib ketganlik holati bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan ayblanuvchi tariqasida ishga jalb qilingan A.Qodirov va ishga jabrlanuvch sifatida e’tirof etilgan O.Jumayevning ko‘rsatmalarida jiddiy qarama-qarshiliklar yuzaga keldi. Ushbu holat bo‘yicha tergovchi ayblanuvchi A.Qodirovni o‘z xonasiga taklif qilib, ko‘rsatmalaridagi qarama-qarshiliklarni bartaraf etish maqsadida uni so‘roq qildi. Shundan so‘ng tergovchi jabrlanuvchi O.Jumayev bilan munozarali masalalar bo‘yicha telefon orqali suhbatlashdi va suhbat so‘ngida O.Jumayevga IIBga kelib so‘roq bayonnomasiga imzo chekib ketishini so‘radi. O.Jumayev bilan bo‘lgan suhbat mazmunini A.Qodirovga so‘zlab berdi. Suhbat mazmunini eshitgan ayblanuvchi A.Qodirov jinoyat sodir etganligiga iqror bo‘lib uni tan oldi. Ayblanuvchi A.Qodirov va jabrlanuvchi O.Jumayevning ko‘rsatmalari yuzlashtirish bayonnomasida rasmiylashtirildi.
Yuzlashtirish bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomada yuzlashtirish qachon, qayerda, kim tomonidan, kimlar o‘rtasida, soat nechadan boshlab, soat nechagacha davom ettirilganligi qayd etilishi shart. Shuningdek, yuzlashtirilayotgan shaxslarning kimlar
ekanligi aniqlashtirilishi, ya’ni familiyasi, ismi, otasining ismi to‘liq yozilishi kerak. Shuningdek, taraflarning o‘zaro munosabatlari haqidagi ularning javoblari, ko‘rsatuv berishdan avval ularning huquq va majburiyatlari tushuntirilishi, tegishli tartibda ogohlantirilishi lozim bo‘lgan shaxslar yolg‘on ko‘rsatuv
217
berganligi yoki ko‘rsatuv berishdan bo‘yin tovlaganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida
ogohlantirilganligi bayonnomada qayd etilishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 125-moddasiga ko‘ra tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakati guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining biror shaxs yoki narsa to‘g‘risidagi ko‘rsatuvini tekshirib ko‘rish maqsadida bu ko‘rsatuv muayyan bir shaxs yoki muayyan bir narsaga oid ekanligini aniqlash zarur bo‘lganda yoxud surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga ma’lum bo‘lgan ko‘plab shaxs yoki narsalar orasidan ko‘rsatuvda tasvirlab berilgan shaxs yoki narsani topish zarur bo‘lgan hollarda amalga oshiriladi. Tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakatida tanib oluvchi sifatida guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi ishtirok etishi mumkin. O‘z navbatida yuqorida ko‘rsatilgan shaxslar tanib olinuvchilar sifatida ham ishtirok etishlari mumkin. Guvoh va jabrlanuvchi tanib olishdan oldin yolg‘on ko‘rsatuv bersa, shuningdek ko‘rsatuv berishdan bo‘yin tovlasa, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238 va 240-moddalari bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida ogohlantiriladi. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchilar esa tanib olishdan oldin yolg‘on ko‘rsatuv bersa, shuningdek ko‘rsatuv berishdan bo‘yin tovlasa, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238 va 240-moddalari bilan jinoiy javob- garlikka tortilishi mumkinligi haqida ogohlantirilmaydi. Amaliyotdan misol: Fuqaro B.Fatxullayev, N.Giyosov va K.Latipovlar tomonidan Toshkent shahar chilonzor tumanida joylashgan “BUDUR” nomli kafeda bo‘la turib fuqaro T.Bo‘riyevga tegishli bo‘lgan “iPhone 5” rusumli uyali aloqa telefonini o‘g‘irlashadi. Ushbu holat yuzasidan T.Bo‘riyev Chilonzor IIBga shikoyat bilan murojaat qildi. Chilonzor IIB TB tergovchisi ushbu holat yuzasidan jinoyat ishini qo‘zg‘atib, gumon qilinuvchi B.Fatxullayev, N.Giyosov va K.Latipovlardan olingan “iPhone 5” rusumli uyali aloqa telefonini tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakatini o‘tkazish lozim degan xulosaga keldi. Oq rangli 3 ta “iPhone 5” rusumli uyali aloqa telefonini jabrlanuvchi T.Bo‘riyevga tanib olish uchun ko‘rsatildi. Chilonzor IIB TB tergovchisi xolislar ishtirokida tanib olish uchun ko‘rsatish bayonnomasini tuzib, tanib olinuvchilarning orasidan o‘ziga tegishli “iPhone 5” rusumli uyali aloqa telefonini ko‘rsatganligini qayd etiladi. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, jabrlanuvchi, guvoh, shunindek, jinoyat qurollari, jasadlar va ularning qismlari, hayvonlar, binolar va boshqa ko‘chmas obyektlar tanib olish uchun taqdim etilishi, ya’ni bular tanib olish
218
obyektlari bo‘lishi mumkin. Tanib olishning subyekti bo‘lib esa, tanib olishni amalga oshirayotgan shaxs, ayni paytda guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi ham ishtirok etadi. Shuni ham unutmaslik lozimki, tanib olish jarayonidan oldin tanib oluvchi shaxs ushbu obyekt, uning belgilari bo‘yicha to‘la ravishda, batafsil so‘roq qilinishi lozim.
moddasiga ko‘ra tanib oluvchi tanib olish lozim bo‘lgan shaxs yoki narsaning belgilari, alomatlari, xususiyatlari to‘g‘risida oldindan so‘roq qilinishi lozimligi belgilangan. Tanib oluvchi shaxs tergovchi tomonidan tanib olinishi lozim bo‘lgan shaxs yoki predmet haqida batafsil so‘roq qilingan bo‘lishi, ularning alohida belgilari haqida ko‘rsatuvlari olingan bo‘lishi kerak. Obyekt aynan ilgari bergan ko‘rsatuvlarida qayd etgan belgilari orqali tanib olinadi. Tanib oluvchi shaxs tanib olinishi kerak bo‘lgan shaxsning o‘ziga xos alohida belgilarini aniq ko‘rsatib berishi kerak. Tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakati tanib olish obyektiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: 1. Shaxsni tanib olish uchun ko‘rsatish. Shaxsni tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakati obyekti faqat tirik odam hisoblanadi. Shaxsni tanib olish uchun ko‘rsatish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat- protsessual kodeksining 127-moddasida belgilangan. Shaxsni tanib olish uchun tergov olib borilayotgan ishga aloqasi bo‘lmagan, tashqi belgilari bilan o‘ziga o‘xshaydigan shaxslar guruhi orasida xolislar huzurida ko‘rsatiladi. Tanib olish uchun ko‘rsatilayotgan shaxslarning umumiy soni uch nafardan kam bo‘lmasligi kerak. Jinoyat protsessi nazariyasida shaxsni tanib olish uchun ko‘rsatishda tanib olinuvchilar statistlar deb yuritiladi. Tanib olinuvchi kiyimi, soch qirqtirishi yoki tarashi yoxud boshqa belgilari bilan tanib olish uchun ko‘rsatiladigan o‘zga shaxslar orasida yaqqol ajralib turmasligi lozim. Tanib olinuvchiga tanib olish uchun ko‘rsatiladigan shaxslar guruhi orasida istagan joyni egallash taklif qilinadi. Shundan so‘ng tanib oluvchi chaqirtiriladi. Tanib oluvchi avval kim to‘g‘risida ko‘rsatuv bergan bo‘lsa o‘sha shaxsni ko‘rsatishi, tanib olingan shaxsni qaysi belgilar orqali taniganligini ham tushuntirib o‘tishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 127- moddasiga asosan shaxsni tanib olish uchun ko‘rsatishning iloji bo‘lmaganda yoxud xavfsizlikni ta’minlash maqsadida uning fotosuratidan 219
foydalanish mumkin. Tanib olish uchun jadval qog‘ozga yaxshilab yopishtirilib, muhrlangan va raqamlangan, lekin suratga olingan shaxslarning ismi va familiyalari ko‘rsatilmagan kamida uchta fotosurat ko‘rsatiladi.
tanib olish uchun ko‘rsatish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat- protsessual kodeksining 128-moddasida belgilangan. Tergov olib borilayotgan joyga, sudga yoki boshqa joyga olib borilishi mumkin bo‘lgan narsalar, narsalarning bo‘lagi va hayvonlar jinoyat ishiga aloqasi bo‘lmagan boshqa turdosh narsalar orasida tanib olish uchun ko‘rsatiladi.
Ko‘char narsalarni tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakati kamida ikki nafar xolislar ishtirokida amalga oshiriladi. Tanib olish uchun ko‘rsatilayotgan turdosh narsalarni joylashtirish tartibi surishtiruvchi, tergovchi tomonidan xolislar huzurida belgilanadi. Narsalarga tartib raqamlari qo‘yib chiqiladi. Ko‘char narsalarni tanib olish tergov harakati xolislarga va protsessning boshqa ishtirokchilariga ularning qonunda belgilangan huquq va majburiyatlarini tushuntirish bilan boshlanadi. Tanib oluvchi tanib olishi lozim bo‘lgan narsa to‘g‘risida tanib olish tergov harakatidan avval batafsil so‘roq qilingan bo‘lishi va tanib olinishi lozim bo‘lgan narsaning belgilari, alomatlari, o‘ziga xos xususiyatlarini bayon qilgan bo‘lishi lozim. Turdosh obyektlar orasidan tanib olish to‘g‘risidagi qoida murdani tanib olishda qo‘llanilmaydi. Murdani tanib olishda statistlar ishtirok etmaydi. Bu holda faqat murdaning o‘zigina taqdim etiladi. 3. Ko‘chmas obyektni tanib olish uchun ko‘rsatish. Ko‘chmas obyektni tanib olish uchun ko‘rsatish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 129-moddasida belgilangan. Jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi joy, bino, binodagi alohida xona yoki boshqa ko‘chmas obyekt nomini aytib va tasvirlab bersa-da, biroq uning joylashgan o‘rnini aniq aytib bera olmasa, biror aniq joydan obyektga borish yo‘lini ko‘rsatishga istak bildirsa, unga shu obyektni ko‘rsatishiga imkon beriladi. Turdosh narsalar bu - tanib oluvchi so‘roq qilinganda tasvirlaganidan tashqi belgilari, alomatlari, xususiyatlari bo‘yicha jiddiy farq qilmaydigan narsalar tushuniladi.
o‘tkazish uchun asos - bu isbotlash uchun zaruriyat bo‘lib, unda ilgari taassurot qoldirgan obyektni tanib olishga taqdim qilingan obyekt taqqoslanadi. Agar obyekt isbotlashning boshqa uslub yoki vositalar orqali aniqlanadigan bo‘lsa, tanib olish uchun ko‘rsatishni o‘tkazishning zarurati yo‘q. 220
Ko‘chmas obyektni tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakati xolislar ishtirokida o‘tkaziladi. Surishtiruvchi yoki tergovchi va xolislar yoxud sud tarkibi va taraflar tanib oluvchi bilan birgalikda u aytgan joyga keladilar. Tanib olish uchun ko‘rsatish ishtirokchilari shu joydan boshlab tanib oluvchining ko‘rsatuvi bo‘yicha yura boshlaydilar. Bunda tanib oluvchiga tanib olish uchun ko‘rsatishning boshqa ishtirokchilari yoki yot shaxslar tarafidan yo‘nalish aytib qo‘yilishining oldini olish choralari ko‘rilishi lozim.
kodeksining 130-moddasiga ko‘ra, tanib olish uchun bir guruh shaxslar yoki bir nechta narsani ko‘rsatilganidan keyin tanib oluvchiga u ilgari tasvirlagan shaxs yoki narsani ko‘rsatish taklif etiladi. Tanib oluvchi ko‘rsatilgan shaxslardan yoki narsalardan birini ko‘rsatsa, unga ko‘rsatilgan boshqa shaxslar yoki narsalar orasidan bu shaxsni yoki narsani qaysi belgilari yoki xususiyatlariga ko‘ra taniganligini tushuntirib berish taklif qilinadi. Tanib oluvchi tanib olish uchun unga ko‘rsatilgan shaxslar yoki narsalarni ilgari ko‘rmaganligini aytsa, unga qidirilayotgan shaxs yoki qidirilayotgan narsa ulardan nimasi bilan farq qilishini tushuntirib berish taklif qilinadi. Tanib olish uchun ko‘rsatish holatini mustahkamlash. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 131-moddasiga asosan surishtiruv yoki dastlabki tergov vaqtida o‘tkazilgan tanib olish uchun ko‘rsatish to‘g‘risida bayonnoma tuziladi. Sud muhokamasida o‘tkazilgan tanib olish uchun ko‘rsatish sud majlisi bayonnomasida qayd qilinadi. Bayonnomada tanib oluvchining shaxsi haqidagi ma’lumotlar, tanib olish uchun ko‘rsatilgan obyektlar haqidagi qisqacha ma’lumotlar va imkon darajasida tanib oluvchining ko‘rsatuvlari so‘zma-so‘z bayon qilinadi. Surishtiruv yoki dastlabki tergov vaqtida o‘tkazilgan tanib olish uchun ko‘rsatish to‘g‘risidagi bayonnomada va sud majlisi bayonnomasida: tanib oluvchi, tanib olish uchun ko‘rsatish sharoiti, jarayoni va natijalari, tanib olish uchun ko‘rsatilgan shaxslar, ularning yoshi, bo‘yi, millati, turar joyi, ko‘zga tashlanuvchi belgilari, kiyimlari; tanib olish uchun ko‘rsatilgan narsalar tavsifi; tanib olish uchun ko‘chmas obyektlar ko‘rsatilganda esa, shuningdek tanib oluvchi ko‘rsatgan yo‘nalishlar va izlanayotgan obyektga biror aniq joydan borish yo‘llari to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilishi lozim. Tanib olish uchun fotosuratlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, bayonnomaga fotojadval ilova qilinishi lozim. 221
Tanib oluvchining ko‘rsatuvlari, shuningdek unga surishtiruvchi, tergovchi, sud, taraflar yoki boshqa shaxslar tomonidan berilgan savollar va qaytarilgan javoblar so‘roq qilishning umumiy qoidalariga rioya qilingan holda bayonnomaga yozib boriladi.
Download 4.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling