Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/53
Sana23.09.2017
Hajmi4.02 Mb.
#16303
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   53

Dalillar  maqbulligi  deganda,  dalilni  qonunda  belgilangan 

manbadan, faqat vakolatli shaxslar tomonidan olish usullari hamda qayd 

etish nuqtayi nazaridan tavsiflovchi sifat tushuniladi. 



176 

 

 



 

 

Jinoyat  ishlari  yurituvida  qonunni  buzgan  holda  olingan  dalillardan 



foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.  

Dalillarni maqbul deb e’tirof etish shartlari quyidagilardir: 

1)

 

dalil  tegishli  subyekt  tomonidan,  ya’ni  dalilni  olish  bilan  bog‘liq 



bo‘lgan  protsessual  harakatni  o‘tkazishga  vakolatli  mansabdor  shaxs 

tomonidan olingan bo‘lishi; 

2)

 

faktga  oid  ma’lumotlar  faqat  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-



protsessual  kodeksi  81-moddasining  ikkinchi  qismida  qayd  etilgan 

manbalardan olingan bo‘lishi; 

3)

 

dalil  uni  olish  bilan  bog‘liq  protsessual  harakatni  o‘tkazishga  oid 



qoidalar va tartibga rioya etilgan holda olingan bo‘lishi; 

4)

 



dalilni olishda tergov va sud harakati jarayoni va natijalarining qayd 

etilishiga doir qonunning barcha talablariga amal qilingan bo‘lishi shart.  

Surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror  va  sud  tomonidan  qonunni  aniq 

bajarishdan va unga rioya qilishdan har qanday chekinish, u qanday sababga 

ko‘ra  yuz  berganligidan  qat’i  nazar,  shu  yo‘l  bilan  olingan  dalillarning 

nomaqbul (yaroqsiz) deb topilishiga olib keladi. 

Nomaqbul  dalillar  yuridik  kuchga  ega  bo‘lmay,  ulardan  Jinoyat-

protsessual  kodeksining  82-84-moddalarida  nazarda  tutilgan  holatlarni 

isbotlash uchun foydalanish hamda ularni ayblov asosiga qo‘yish mumkin 

emas. 


Shuningdek,  ish  bo‘yicha  har  qanday  qaror  qabul  qilishda,  shu 

jumladan  ayblov  xulosasi  va  hukmda  nomaqbul  dalillarga  asoslanish 

mumkin emas

16

.



 

Dalillar, jumladan, quyidagi hollarda nomaqbul deb topiladi, agar: 

1)

 

dalil  surishtiruvchi  tomonidan  surishtiruv  tamom  bo‘lganidan 



so‘ng,  tergovchi,  prokurorning  yozma  topshirig‘isiz  o‘tkazilgan  tergov 

harakati davomida olingan bo‘lsa, tergov harakati belgilangan tartibda ishni 

o‘z yurituviga olmagan yoki tergov guruhi tarkibiga kiritilmagan tergovchi 

tomonidan  o‘tkazilgan  bo‘lsa,  tergov  harakati  O‘zbekiston  Respublikasi 

Jinoyat-protsessual kodeksi 76-moddasida belgilangan asoslarga ko‘ra rad 

etilishi shart bo‘lgan shaxs tomonidan o‘tkazilgan bo‘lsa; 

2)

 

ma’lumotlar  tergov  va  sud  harakati  o‘tkazilmasdan  yoki  qonunda 



                                                           

16

  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining  “Dalillar  maqbulligiga  oid  jinoyat-protsessual  qonuni  normalarini 



qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 2004-yil 24-sentyabrdagi 12-sonli Qarori //O‘zbekiston Respublikasi Oliy 

sudi Plenumi qarorlari to‘plami 1991-2006. T.2. –T.: 2007. –B.190. 



177 

 

nazarda  tutilmagan  manbadan,  masalan,  jinoyat-protsessual  qonunida 



belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan  tezkor-qidiruv tadbirlari vaqtida 

olingan bo‘lsa; 

3)

 

dalil qonunga xilof usul bilan, ya’ni uni to‘plash yuzasidan qonunda 



nazarda  tutilgan  qoidalarga  amal  qilinmagan  holda  olingan  bo‘lsa, 

jumladan: 

a) 

prokurorning  sanksiyasi  olinishi  shart  bo‘lgan  hollarda  tergov 



harakatining  sanksiya  olinmasdan  o‘tkazilishi  (kechiktirib  bo‘lmaydigan 

hollar bundan mustasno); 

b) 

tergov  harakatida  xolis  sifatida  ish  bo‘yicha  manfaatdor 



shaxsning,  shu  jumladan,  huquqni  himoya  qiluvchi  organ  xodimlari  yoki 

ularga jamoatchilik asosida ko‘maklashuvchi boshqa shaxslarning ishtiroki; 

 v)  ko‘rsatmalarning,  shu  jumladan,  aybiga  iqrorlik  to‘g‘risidagi 

ko‘rsatuvlarning qiynoqqa solish, zo‘rlik ishlatish hamda insonga nisbatan 

boshqa  shafqatsiz  yoki  uning  sha’ni,  qadr-qimmatini  kamsituvchi 

munosabatda  bo‘lish,  shuningdek  aldash  va  qonunga  xilof  boshqa  yo‘llar 

orqali olinishi

g) 


ekspert  xulosasining  ekspertiza  tayinlash  vaqtida  gumon 

qilinuvchi,  ayblanuvchi,  sudlanuvchining  huquqlari  buzilgan  holda, 

shuningdek ekspert rad etilishi shart bo‘lgan holda olinishi; 

d) 


himoyachining,  ishtiroki  shart  bo‘lgan  hollarda  uning 

ishtirokisiz  gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchi,  sudlanuvchidan  ko‘rsatma 

olinishi;  

e) 


gumon 

qilinuvchi, 

ayblanuvchi, 

sudlanuvchi 

yaqin 

qarindoshlarining  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksi 



116-moddasi  talablariga  xilof  ravishda  o‘z  roziligisiz  gumon  qilinuvchi, 

ayblanuvchi. sudlanuvchiga tegishli holatlar yuzasidan so‘roq qilinishi; 

4) dalillarni qayd etishning protsessual formasi buzilgan bo‘lsa: 

5)  tergov  va  sud  harakatlarida  ishtirok  etuvchi  shaxslarga  oid 

ma’lumotlar yo‘qligi;  

6)  tergov  va  sud  harakatlarida  ishtirok  etuvchi  shaxslarga  huquq  va 

majburiyatlarining tushuntirilmaganligi; 

7) 


tergov 

va 


sud 

boshlangan 

va 

tugallangan 



vaqtning 

ko‘rsatilmaganligi; 

8)  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksi  90-93-

moddalarida nazarda tutilgan boshqa talablarning bajarilmaganligi. 

Jinoyat-protsessual  qonuni  talablari  buzilgan  tarzda  olingan  boshqa 


178 

 

hollarda ham dalillar nomaqbul deb topilishi mumkin



17

Bu  borada  xorijiy  tajribaga  murojaat  qiladigan  bo‘lsak,  masalan, 



Gollandiya  Jinoyat  protsessual  kodeksiga  binoan,  dalillarni  dalillar 

ro‘yhatidan  chiqarib  tashlash  yoxud  uni  nomaqbul  deb  topishga  quyidagi 

holatlardagina yo‘l qo‘yiladi: 

1.

 



Dalillarni  to‘plash  jarayonida  Jinoyat-protsessual  qonunchilik 

bilan belgilangan qoidalarning qo‘pol buzilishi; 

2.

 

Dalillarni  to‘plashda  Jinoyat-protsessual  kodeksi  va  boshqa 



qonunchilik normalarida belgilangan principlarning qo‘pol buzilishi dalilni 

nomaqbul deb topishga asos bo‘ladi

18



AQSH  olimlari  esa  dalillning  maqbulligi  –  bu  dalilning  “huquqiy 



ruhsatnoma”si bo‘lib, u orqali dalillarni jinoyat ishiga qo‘shish va ulardan 

jinoyat ishida foydalanishga berilgan ruhsatdir deb ta’rif berishadi

19

.  


To‘g‘ri  protsessual  qaror  chiqarishning  zaruriy  sharti  -  ishonchli 

dalillarning mavjudligidir. 

 

 

 



 

 

 



Dalilning  ishonchliligini  aniqlash  uchun  nafaqat  uning  tashqi 

alomatlarini  bilish  va  baholash  kerak,  balki  har  bir  muayyan  holda  uning 

mohiyatini  chuqur  anglash,  uning  eng  muhim  va  jiddiy  alomatlarini, 

xususiyatlarini  va  ish  uchun  ahamiyatini  bilish  zarur.  Dalilning  mohiyati 

shundan  iboratki,  anglashda  hodisa  va  mohiyat  o‘rtasidagi  o‘zaro 

munosabatlar yotadi. 

Dalilning  ishonchliligi  haqidagi  savolga  haqiqiy  ma’lumotlar 

manbaini  hamda  dalilni  shakllantirishning  uyg‘un  ravishda  sinchkovlik 

bilan va har tomonlama o‘rganish natijasida javob berish mumkin (so‘roq 

qilinganning  axborotni  qabul  qilish,  eslab  qolish,  qayta  aks  ettirishga 

qodirligi,  bu  jarayonlarga  ta’sir  etuvchi,  sodir  etilgan  hodisaning  haqiqiy 

manzarasini uni idrok etgan shaxs ko‘z oldida o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan 

                                                           

17

  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining  “Dalillar  maqbulligiga  oid  jinoyat-protsessual  qonuni  normalarini 



qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 2004-yil 24-sentyabrdagi 12-sonli Qarori // O‘zbekiston Respublikasi Oliy 

sudi Plenumi qarorlari to‘plami 1991-2006. T.2. –T.: 2007. –B.189. 

18

 M.J. Borgers & L. Stevens. The Use of Illegally Gathered Evidence in the Dutch Criminal Trial. 2005.  



19

 Alex Stein. Criminal procedure-a criminal defendant is entitled to a specific jury instruction when supporting evidence 

exists: Foundations of evidence law. 2005. 

Dalil  ishonchliligi  (ya'ni,  undagi  haqiqiy  ma'lumotlarning 

voqelikka  muvofiqligi)  to‘liq,  so‘zsiz  ishonchga  egaligi  e'tirof  etilgan 

taqdirda u ishonchli hisoblanadi. 


179 

 

faktlar, guvohning ayblanuvchi va jabrlanuvchi bilan o‘zaro munosabatlari



moddiy  izlar  paydo  bo‘lishi  va  saqlanishi  sharoitlari  va  hokazo).  Alohida 

dalilning  ishonchliligi  haqidagi  yakuniy  qaror  uning  mazmunini  boshqa 

protsessual manbalardan olingan axborot bilan solishtirish natijasida qabul 

qilinishi lozim. 

Bu qoida barcha dalillarga taalluqlidir. Ayrim dalilning ishonchliligi 

ishdagi  barcha  dalillarni  emas,  balki  aynan  bitta  omilga  taalluqli 

bo‘lganlarni  baholash  orqali  batafsil  aniqlanadi.  Masalan,  trassologik 

ekspertizaning  gumon  qilinuvchidan  olib  qo‘yilgan  poyabzal  izlari  voqea 

joyida  qoldirilgan  iz  bilan  bir  xilligi  haqidagi  xulosasi  bir  tomondan  va 

guvohning  gumon  qilinuvchini  jinoyat  sodir  etilganidan  oldin  shu  joyda 

ko‘rganligi  to‘g‘risidagi  ko‘rsatmalari  ikkinchi  tomondan,  bir-birining 

ishonchliligini o‘zaro mustahkamlaydi. Lekin bular sirasiga, misol uchun, 

jinoyat  tufayli  yetkazilgan  zarar  xususiyati  va  miqdorini  belgilaydigan 

dalillar kirmaydi. Dalillarga baho berish va ularning ishonchliligini aniqlash 

jarayonining  muhim  tarkibiy  qismi  haqiqiy  ma’lumotlar  manbalarini 

ularning  sifati  jihatidan  baholashdir.  Protsessual  manbalarni  baholash 

tergov va sud organlarining jinoyat hodisasiga taalluqli holatlarni isbotlash 

bo‘yicha butun faoliyatida o‘ta muhim ahamiyatga ega, chunki ish bo‘yicha 

isbotlash  predmetini  tashkil  qiladigan  barcha  faktlar,  barcha  holatlar 

qonunda nazarda tutilgan protsessual manbalar yordamida aniqlanadi. Shu 

boisdan  ish  uchun  ahamiyatli  bo‘lgan  u  yoki  bu  faktni  aniqlash  uchun 

avvalambor, haqiqiy ma’lumotlar manbaini tadqiq etish va to‘g‘ri baholash, 

uning  sifatliligiga,  qidirilayotgan  fakt  haqida  u  xabar  berayotgan 

ma’lumotlarning ishonchliligiga: unda noto‘g‘ri, xolisona bo‘lmagan yoki 

xato  bo‘lgan  yoki  yolg‘on  ma’lumotlar  yo‘qligiga  ishonch  hosil  qilish 

kerak. 


Lekin protsessual manbaning sifatliligi o‘z-o‘zidan undan olingan fakt 

to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ishonchliligini anglatmaydi. Bu ma’lumotlar 

jinoyat  sodir  etganlik  to‘g‘risidagi  obyektiv  holatlarga  mos  bo‘lishi  yoki 

mos  bo‘lmasligi  mumkin.  Masalan,  guvoh  unga  ish  bo‘yicha  ma’lum 

bo‘lgan holatlar to‘g‘risida haqiqatni so‘zlab bergan taqdirda u xato qilishi, 

yanglishishi,  u  yoki  bu  muhim  jihatlarni  noaniq  aytishi  mumkin.  Demak, 

fakt  to‘g‘risida  u  yoki  bu  dalillar  manbasi  xabar  beradigan  ma’lumotlar 

ishonchliligiga  ishonch  hosil  qilish  uchun  bu  ma’lumotlarni  sinchkovlik 

bilan  o‘rganish,  ularning  haqiqiy  mazmunini  tahlil  qilish,  ularni  boshqa 

dalillar  bilan  solishtirish,  ularning  o‘zaro  bog‘liqligini  va  bir-biriga 

to‘g‘riligini  aniqlash,  ular  bir-biriga  to‘g‘ri  kelmagan  taqdirda  ziddiyat 

sababini  aniqlash  kerak.  Har  bir  protsessual  manbani  aynan  ana  shunday 



180 

 

baholash tergov organlari va sudga isbotlanayotgan fakt yuzasidan olingan 



ma’lumotlarning  ishonchli  yoki  ishonchsiz  ekanligi  haqida  to‘g‘ri  xulosa 

chiqarish imkonini beradi. 

Shu  o‘rinda  amaliyotdan  misol:  Mahkum  Sanjarovning  himoyachisi  shikoyat  bilan 

apellyatsiya  tartibida  ish  qo‘zg‘atib,  uning  himoyasi  ostidagi  shaxsning  jinoyat  ishi  yuzasidan 

dastlabki tergov bir tomonlama olib borilganligini, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-

moddasi  1-qismi  bilan  noto‘g‘ri  ayblanganligini  bayon  qiladi.  Himoyachi  o‘z  shikoyatida  ish 

bo‘yicha bir necha shaxs guvoh sifatida ko‘rsatma bergan bo‘lsa ham voqeani to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘z 

ko‘zi bilan ko‘rgan guvohning yo‘qligi, ekspertiza xulosasida o‘limning sababi aniq aytilmaganligi 

ya’ni,  jabrlanuvchi  yetkazilgan  jarohat  natijasida  o‘lganmi  yoki  yetarli  darajada  malakali  tibbiy 

yordam  ko‘rsatilmaganligidan  vafot  etganligini  ekspertiza  xulosasining  mazmunidan  anglab 

bo‘lmaydi.  

Apellyatsiya  instansiyasi  himoyachining  shikoyati  asosida  ushbu  jinoyat  ishini  ko‘rib 

shikoyatda  nomlari  ko‘rsatilgan  guvohlarni  chaqirib  so‘raydi.  Ekspertiza  xulosasining  qanchalik 

haqiqatga  to‘g‘riligi  xususida  fikr  olish  uchun  1-shahar  klinik  kasalxonasining  jarrohlik  bo‘limi 

mudiri Inoyatov chaqirilib, undan og‘zaki ijobiy fikr olinadi.  

Jabrlanuvchining  xotini  himoyachining  shikoyatiga  qarshi  mahkumning  salbiy  jihatlarini 

ko‘rsatib yozma arizani taqdim qilib, mahalladoshlari uning axloqsizligi, bezoriligi, doimiy ravishda 

spirtli ichimlik iste'mol qilib, yoshlarni tarbiyasiga yomon  ta’sir qilganligi xususidagi jamoatchilik 

fikrini bayon qiladi.  

Natijada yuqori instansiya sudi qo‘shimcha taqdim qilingan materiallarini o‘rganib chiqib, 

hukmni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi normalarini noto‘g‘ri qo‘llanilganligi munosabati 

bilan o‘zgartirdi va jinoyat kvalifikatsiyasini yengilrog‘iga almashtirdi.

  

Jinoyat  ishi  bo‘yicha  egri  (bilvosita)  dalillarga  baho  berish  jinoyat 



hodisasiga  taalluqli  barcha  holatlarni,  barcha  xususiyat  va  jihatlarni 

sinchkovlik bilan, har tomonlama tadqiq etishni va aniqlashni, har bir dalil 

mohiyatini  chuqur  anglash  va  tahlil  qilishni,  uning  boshqa  dalillar  bilan 

uzviy  bog‘liqligini  aniqlashni  jiddiy  talab  etadi.  Ayblov  to‘g‘ri  dalillarga 

asoslangan  hollarda  so‘roq  qilinayotganning  shaxsini  o‘rganish,  ayniqsa, 

katta ahamiyat kasb etadi. Guvoh, jabrlanuvchi va ayblanuvchining shaxsini 

o‘rganish uchun ularning aqliy rivojlanishi umumiy darajasini va ma’naviy 

qiyofasini  nafaqat  aniqlash  kerak,  balki  so‘roq  qilinayotganning  ruhiy 

holatini,  uning  xotirasi  xususiyatlarini,  ya’ni  faktlar  va  holatlarni  qabul 

qilish hamda eslab qolishga qodirligini, fantaziyaga berilish, mubolag‘aga 

moyilligi va boshqa muhim holatlarni har tomonlama tadqiq etish zarur. 

 

 



 

 

 



 

 

 



Ish  bo‘yicha  protsessual  qaror  qabul  qilish  uchun  dalillar 

yetarliligini  belgilash  dalillarni  baholashning  mustaqil  vazifasi 

hisoblanadi.  Isbotlanishi  kerak  bo‘lgan  barcha  va  har  bir  holatning 

haqiqiyligini  so‘zsiz  tasdiqlovchi  ishga  oid  barcha  ishonchli  dalillar 

to‘plangan  bo‘lsa,  ularning  jami  ishni  hal  qilish  uchun  yetarli  deb 

hisoblanadi  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining 

95-moddasi 5-qismi). 



181 

 

Ish bo‘yicha to‘plangan dalillar o‘z mazmuniga ko‘ra ishga aloqador, 



maqbul  va  ishonchli  bo‘lishi  mumkin,  ammo  isbotlash  yakunida 

aniqlanganligini  e’tirof  etish  uchun  ular  yetarli  bo‘lmasligi  ham  mumkin. 

Shunday holat ham yuzaga kelishi mumkinki, dalillar isbotlash predmetini 

tashkil  etadigan  ayrim  holatlarga  nisbatangina  yetarli  bo‘lib,  boshqa 

aniqlanayotgan  faktlarning  mavjudligi  borasida  ishonchli  bo‘lishi  uchun 

yetarli bo‘lmasligi mumkin. 

Jinoyat ishi bo‘yicha boshqa faktlar bilan bog‘liqlikdan ajratib olingan 

dalil  shaxs  aybdorligi  haqida  xulosa  chiqarish  uchun  asos  bo‘lib  xizmat 

qilishi mumkin emas. Shu munosabat bilan ayblanuvchining o‘z aybini tan 

olishi  faqat  mavjud  dalillar  yig‘indisi  bilan  tasdiqlangandagina  ayblov 

asosiga  olinishi  mumkinligi  aynan  to‘g‘ridir  (O‘zbekiston  Respublikasi 

Jinoyat-protsessual 

kodeksining 

112-moddasi). 

Dalillar 

yetarliligi 

tushunchasi ish bo‘yicha dalillar yig‘indisini nazarda tutadi.  

Dalillar  yig‘indisi  deganda,  hodisalar  va  faktlarning  haqiqiy 

bog‘liqligini  to‘g‘ri  aks  ettiradigan,  o‘zaro  kelishgan  va  ichki 

bog‘langan dalillar tizimi tushuniladi. 

Xususan,  dalillarni  baholash  quyidagilarni  aniqlash  uchun  amalga 

oshiriladi: 

1)  mazkur  faktdan  ish  bo‘yicha  sudda  dalil  sifatida  foydalanish 

mumkinmi, bu protsessual qonunga, isbotlash prinsiplariga zid emasmi

2) mazkur dalil yoki dalillar yig‘indisi ishga taalluqlimi; 

3) mazkur dalil ish bo‘yicha to‘plangan boshqa dalillar bilan qanday 

bog‘liqlikda, bu bog‘liqlikning xususiyati va ahamiyati qanday; 

4) mazkur dalilning va dalillar yig‘indisining haqiqatni aniqlash uchun 

ahamiyati  qanday,  dalillar  yig‘indisi  ish  taqdirini  belgilash  u  yoki  bu 

protsessual qaror qabul qilish uchun yetarli asos hisoblanadimi

5)  mazkur  dalildan  kelgusi  sud  jarayonidagi  isbotlashda  qanday 

foydalanish mumkin. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Dalillarni  baholash  jinoyat-protsessual  isbotlashning  tuzilmaviy 

elementlaridan  biridir.  Jinoyat-protsessual  isbotlash  esa,  o‘z  navbatida, 

Dalillarni  baholash  –  ularning  har  biri  qay  darajada  aniq 

belgilanganligini, jinoyat hodisasi va boshqa dalillar bilan qanday o‘zaro 

bog‘liqlikda ekanligini, ish uchun ahamiyatli bo‘lgan aynan qaysi faktni 

aniqlayotganligini  yoki  rad  etayotganligini  hamda  ish  bo‘yicha 

to‘plangan  barcha  dalillar  nimadan  dalolat  berayotganini  aniqlash 

demakdir. 

 


182 

 

jinoyat-protsessual  faoliyatning  o‘ziga  xos  shakllaridan  biridir.  Demak, 



dalillarni  baholash  jinoyat  protsessining  barcha  prinsiplariga  tayanadi. 

Dalillarni  baholash  isbot  qilish  jarayonining  boshidan  to  oxirigacha 

kuzatiladigan faoliyatdir. Dalillarni to‘plash va tekshirish bosqichida ham 

dalillarga  shartli  ravishda  baho  berib  boriladi,  yakuniy  baholash  ish 

yuzasidan  yaxlit  xulosaga  kelib  uni  protsessual  qarorda  aks  ettirishda 

namoyon bo‘ladi. 

Qonunga  binoan,  surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror  va  sud  ishdagi 

barcha holatlarni sinchkovlik bilan, to‘la, har tomonlama va xolisona ko‘rib 

chiqishga  asoslangan  holda  qonunga  hamda  huquqiy  ongga  amal  qilib 

o‘zlarining ichki ishonchlari bo‘yicha dalillarga baho beradilar. 

Ichki  ishonch  baholash  natijasi,  yakuni  sifatida  –  kishining  shunday 

holatiki, u mavjud dalillar yig‘indisidan, tizimidan kelib chiqadigan yagona 

xulosa mavjudligini bildiradi.  

 

 



 

 

 



Baholash  jarayonida  hech  bir  dalil  oldindan  o‘rnatilgan  qonuniy 

kuchga va imtiyozlarga ega bo‘lishi mumkin emas.  

Ichki  ishonch  bo‘yicha  dalillarni  baholash  prinsipi  (O‘zbekiston 

Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 95-modda 1-qism) dalillarni 

baholashda  ularning  jami  yig‘indisi  bo‘lishi,  ishning  barcha  holatlari  har 

tomonlama,  to‘la  va  xolisona  ko‘rilishi  haqidagi  qonun  talabi  bilan 

mustahkamlangan. 

Xususan, dalillarni baholash prinsiplari quyidagilar: 

-

 

baholayotgan shaxsning ichki ishonchi; 



-

 

jami dalillarni har tomonlama, to‘la va xolisona baholanishi



-

 

moddiy va protsessual qonun talablariga amal qilish; 



-

 

huquqiy ongga amal qilish. 



Huquqiy ongga amal qilish prinsipi borasida aytish joizki, O‘zbekiston 

Respublikasining 

Jinoyat-protsessual 

qonunida 

aynan 

ana 


shu 

kategoriyaning 

qo‘llanilishi 

optimal 


holatdir. 

Masalan, 

Rossiya 

Federatsiyasining  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksi 

17-moddasida dalillarga erkin baho berish prinsipi mustahkamlangan bo‘lib 

unga binoan, isbotlash subyekti ish bo‘yicha to‘plangan dalillarga tayangan 



Ichki  ishonch  bo‘yicha  hal  qilish  ta'kidlanayotgan  yoki  rad 

etilayotgan  dalillarning  birdan-bir  to‘g‘riligini  anglash,  o‘z  fikrlari 

haqiqiyligiga qat'iy asoslangan ishonchga ega bo‘lish demakdir. 

 


183 

 

ichki ishonchi, qonun va vijdoniga asoslanib dalillarga baho beradi



20

. Lekin 


dalilga baho berish prinsipi sifatida  vijdon kategoriyasini belgilash to‘g‘ri 

emas.  Zero  vijdon  nihoyatda  ma’naviy  kategoriya,  uni  huquqiy  me'yorlar 

doirasi bilan chegaralashning imkoni bo‘lmay, etik tasavvurlar va qoidalar 

foydasiga  qonundan  jiddiy  chekinishga  sabab  bo‘lishi  mumkin.  Vijdon 

kategoriyasiga  nisbatan  huquqiy  ongning  ustunligi  uni  isbotlash 

subyektining aynan huquq normalarini bilishi va ularga bo‘lgan munosabati 

asosida shakllanishidadir.  

 

6.4. Dalillarni bayonnomalarda qayd etish 

 

Isbotlash  jarayonining  asosiy  sharti  –  bu  albatta,  protsessual  shaklga 



rioya qilishdir. 

 

 



 

 

 



 

 

 



Jinoyat-protsessual  qonuni  jinoyat  ishi  bo‘yicha  to‘planayotgan 

ma’lumotlarni  tasdiqlash  va  qayd  etishning  umumiy  usullarini  o‘rnatadi: 

bayonnomalar tuzish, dalillarni mustahkamlash va hokazo.  

Aynan  protsessual  shaklga  rioya  qilish  isbotlash  jarayonining 

markaziy  sharti  hisoblanadi.  Mazkur  shakldan  har  qanday  chekinish  ish 

yuzasidan  to‘plangan  ma’lumotning  nomaqbulligiga  va  natijada  uning 

yaroqsizligiga olib keladi.  

Xususan,  ma’lumotlar  va  narsalardan,  ular  tergov  harakati 

bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasida qayd etilganidan keyingina, 

dalil sifatida foydalanish mumkin. Bayonnomalar yuritish uchun mas’uliyat 

surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida surishtiruvchi va tergovchi, sudda 

esa raislik qiluvchi va sud majlisi kotibi zimmasiga yuklatiladi (O‘zbekiston 

Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 90-moddasi). 

Bayonnomalarga:  tergov  yoki  sud  harakatining  ishtirokchilari 

to‘g‘risidagi ma’lumotlar, bu shaxslarga ularning huquq va majburiyatlari 

tushuntirilgani; tergov yoki sud harakatining o‘tkazilish joyi va vaqti, shart-

                                                           

20

  Комментарий  к  Уголовно-процессуальному  кодексу  Российской  Федерации  (постатейный)  /  Коллектив 



авторов; отв.ред. И.Л. Петрухин, И.Б. Михайловская. – 7-е изд., перераб. И доп. – М.: Проспект, 2010. С.44. 


Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling