Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/53
Sana23.09.2017
Hajmi4.02 Mb.
#16303
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   53

 

7.8. Guvohlantirish 

(Muallif – yu.f.n. Rajabov B.A.) 

 

Guvohlantirish  deganda,  shaxsning  badanidagi  alohida  belgilar, 

dog‘lar, tan jarohatlari, jismoniy rivojlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, 

mastlik  holati  yoki  jinoyat  ishi  uchun  ahamiyatli  boshqa  xususiyatlarni 

aniqlash  uchun  o‘tkaziladigan,  sud  ekspertizasini  talab  etmaydigan, 

jinoyatning  ochilishiga  yordam  beradigan  majburiy  tergov  harakatini 

tushunish lozim. 

Jinoyat-protsessual  huquqda  guvohlantirish  tergov  harakati  dastlabki 

tergov 


bosqichida 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Jinoyat-protsessual 

kodeksining 

142–147-moddalari 

va 

sud 


bosqichida 

O‘zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  445-moddasi  asosida 

o‘tkazilishi huquqiy jihatdan tartibga solingan.  

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Jinoyat-protsessual 

kodeksida 

guvohlantirishni  o‘tkazishning  o‘ziga  xos  xususiyatlari  aks  ettirilgan  ular 

quyidagilardan iborat: 

 

– guvohlantirishni o‘tkazish to‘g‘risida qaror chiqarish



 

–  guvohlantiriluvchi  shaxsga  uning  huquq  va  majburiyatlarining 

tushuntirilishi; 

 

– guvohlantirish majburiy tartibda o‘tkazilishi mumkinligi; 



 

–  tergovchiga  nisbatan  o‘zga  jinsga  mansub  bo‘lgan 

guvohlantiriluvchi shaxsning badani tekshirilganda, tergovchining ishtirok 

etishi mumkin emasligi; 

 

–  agar  guvohlantirish  shaxsni  yechintirib  yalang‘ochlash  bilan 



bog‘liq bo‘lsa, bir jinsdagi xolislar ishtirok etishi

 

– guvohlantirishning soat 6:00 dan 22:00 ga qadar o‘tkazilishi; 



232 

 

– guvohlantiriluvchi shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan 



yoki uning sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan harakatlarga yo‘l qo‘yilmasligi; 

–  guvohlantirish  jarayonida  shaxs  huquqlarining  ta’minlanishi 

zarurligi. 

Amaliyotdan  misol:

 

Nomusga  tegish  jinoyati  yuzasidan  berilgan  arizaga  asosan  tergovchi 



jinoyat ishini qo‘zg‘atib, jabrlanuvchi Yuldashevani so‘roq qilgach, unga ertasi kuni guvohlantirish 

uchun kelishini aytadi. Lekin ertasi kuni jabrlanuvchi Yuldasheva tergovchining chaqiruviga binoan 

kelmaydi  va  unga  yuborilgan  chaqiruv  xatini  olishdan  bosh  tortib,  guvohlantirish  tergov  harakati 

o‘tkazilishi jarayonida o‘zining sha’ni va qadr-qimmatini kamsitilishini xohlamaydi.  

Tergovchining qaroriga asosan Yuldasheva majburan keltiriladi va guvohlantirish to‘g‘risidagi 

qarorga muvofiq shifokor tomonidan ikki nafar ayol xolislar ishtirokida guvohlantiriladi. Tergovchi 

shifokorning so‘zi bo‘yicha tergov harakati bayonnomasini tuzadi. Bayonnoma tergovchi, shifokor 

va xolislar tomonidan imzolanadi va unda jabrlanuvchi majburiy ravishda guvohlantirilganligi hamda 

bayonnomani imzolashdan bosh tortganligi qayd etiladi. 

Yuqorida  ta’kidlanganidek,  guvohlantirishni  o‘tkazish  asoslari 

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 142-moddasida 

ko‘rsatilgan  bo‘lib,  unga  ko‘ra,  mazkur  tergov  harakati  orqali  bir  qator 

vazifalar hal qilinadi. Guvohlantirishning ushbu vazifalari nuqtai nazaridan 

kelib  chiqib,  uni  ikki  guruhga  ajratishimiz  mumkin.  Birinchi  guruh  odam 

badanida:  a)  ish  uchun  ahamiyatga  molik  xususiyat  yoki  alomatlar;  b) 

alohida  belgilar;  v)  shaxsning  jismoniy  rivojlanganligi  to‘g‘risidagi 

ma’lumotlar;  g)  tan  jarohatlarini;  ikkinchi  guruh:  a)  mastlik  holatini;  b) 

boshqa fiziologik holatini aniqlashga qaratilgan. 

Birinchi  guruh  vazifalarini  tahlil  qiladigan  bo‘lsak,  ish  uchun 

ahamiyatga  molik  xususiyat  yoki  alomatlar  deganda,  guvohlantiriluvchi 

shaxsning  kasbi  yoki  odatlariga  ishora  qiluvchi  xususiyat  va  belgilar, 

masalan,  biror-bir  ishni  bajarish  natijasida  vujudga  keladigan  qo‘ldagi 

qadoqlar, qo‘l va tirnoqlarning alohida tusi, teriga turli changlar yoki boshqa 

kirlarning  kirib  qolganligi,  nafas  olish  xususiyatlari,  biror  ishni  bajarish 

odatlari va shu kabilar tushuniladi. 

Birinchi  guruhga  kiritilgan  keyingi  vazifa  shaxsning  badanidagi  ish 

uchun ahamiyatga ega bo‘lgan alohida belgilarni aniqlashdan iboratdir. 

Guvohlantirishni o‘tkazish jarayonida alohida belgilar bilan bir qatorda 

umumiy jismoniy belgilar va mazkur shaxsning muayyan irq, millat, xalqqa 

mansubligidan dalolat beruvchi belgilar aniqlanishi mumkin. Bu belgilarni 

aniqlash  ko‘z  bilan  qarab  idrok  qilish  orqali  amalga  oshirilishi  mumkin 

bo‘lib, bu jarayonda bilishning boshqa shakllaridan, tekshirishning maxsus 

metodlari yoki usullaridan foydalanish talab etilmaydi. 

Guvohlantirishning  birinchi  guruh  vazifalariga  kiruvchi  navbatdagi 

vazifasi  shaxsning  jismoniy  rivojlanganligi  holatinini  aniqlashdir. 

Shaxsning jismoniy rivojlanganligi uning gavdasining tuzilishi, katta yoki 


233 

 

kichikligi, badanidagi a’zolarining normal yoki boshqacha hajmga egaligi, 



qo‘l  yoki  oyoq  mushaklarining  baquvvatligi  yoki  kuchsizligi  va  shu  kabi 

holatlar tushuniladi. 

Shaxsning  tanasidagi  tan  jarohatlarini,  ya’ni  tirnalgan,  shilingan, 

qontalash  joylarni  aniqlash  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual 

kodeksining  142-moddasida  guvohlantirishning  mustaqil  vazifasi  sifatida 

belgilangan.  

Ta’kidlash  lozimki,  guvohlantirish  asosan  odam  badanining  yuzasida 

joylashgan, aniqlash va qayd etish uchun maxsus tibbiy tekshiruvlarni talab 

etmaydigan  tan  jarohatlarini  aniqlashga  qaratilganligi  bois,  ko‘proq 

tirnalgan,  shilingan  va  qontalash  joylargan  e’tibor  qaratish  lozim.  Zero, 

sanab o‘tilgan jarohatlardan boshqa jarohatlarni (masalan ichki qon ketish) 

aniqlashda  albatta  tibbiy  bilimlar  talab  etiladi,  chunki  ularning  aksariyati 

shaxsning  sog‘lig‘i  va  hayoti  uchun  xavfli  oqibatlarga  sabab  bo‘lishi 

mumkin. Sud tibbiyotida tan jarohatlari deganda, mexanik, elektr, issiqlik 

va boshqa omillar ta’sirida organizmning anatomik yaxlitligining yoki tana 

a’zolari va to‘qimalari funksiyalarining buzilishi tushuniladi.  

Shilinishlar,  tirnalishlar,  qontalash  joylar  asosan  o‘tmas  qurollar 

(asbob, buyumlar) ta’siridan hosil bo‘ladi.  

Shilinishlar  deganda,  teri  yuqori  qatlami  (epidermis)  yoki  shilliq 

pardalar  epiteliysining  buzilishi  tushuniladi.  Uchli  yoki  g‘adir-budir  sirtli 

narsa  teri,  badan  yuzasi  bo‘ylab  sirg‘alishi  natijasida  yuzaga  kelgan 

chiziqsimon shilinishlar tirnalishlar deb nomlanadi. Yaqinda yuzaga kelgan 

tirnalish  pushti  yoki  och  qizil  rangli  bo‘ladi;  oradan  ma’lum  (bir  necha 

soatdan bir-ikki kungacha) vaqt o‘tgach, tirnalgan joy qotgan qon va yiringli 

ajralmalardan zich g‘adir-budir po‘st bilan qoplanadi, keyinchalik u qurib, 

to‘qilib ketadi. 



Qontalash joy yoki gematoma urilgan, siqilgan yoki lat yeganda, kichik 

qon tomirlar yorilishi natijasida qon quyilishi hisobiga yuzaga keladigan teri 

ostidagi  jarohatdir.  Qontalash  joy  rangi  u  qachon  hosil  bo‘lgani  haqida 

taxminiy  bo‘lsa  ham  xulosa  chiqarish  imkonini  beradi.  Yaqinda  hosil 

bo‘lgan qontalash joy to‘q qizil rangda bo‘ladi, u bir-ikki kun ichida avval 

ko‘kimtir-qizg‘ish,  so‘ngra  binafsha  rang  va  nihoyat,  ko‘k  yoki  kulrang-

ko‘k  tus  oladi.  Bu  rang  uch-olti  kun  saqlanadi.  Qontalash  joy  hosil 

bo‘lganidan keyin sakkiz-o‘n beshinchi kunlari u sarg‘ish tus oladi, so‘ngra 

qontalash joy yo‘qolib ketadi. 

Shaxsni  guvohlantirish  jarayonida  tan  jarohatlaridan  tashqari  boshqa 



moddalar ham aniqlanishi mumkin. Ular mazkur shaxs jinoyat predmetlari 

bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan  sochiluvchan  narsalarga  teginganidan  v.h.disa 



234 

 

sodir bo‘lgan joyda bo‘lganligidan dalolat berishi mumkin. 



Guvohlantirish  jarayonida  qattiq,  suyuq  yoki  gazsimon  moddalar 

ta’sirida yuzaga kelgan dog‘lar ko‘rinishidagi jinoyat izlari ham aniqlanishi 

mumkin. Qon va spermadan hosil bo‘lgan dog‘larning aniqlanishi ayniqsa 

muhim ahamiyat kasb etadi. 

Guvohlantirilayotgan  shaxs  badanida  qon  dog‘lari  uning  qo‘llarida, 

ayniqsa  qo‘l  barmoqlarida,  bilaklarida,  bo‘ynida,  sochlarining  ostida, 

badanining bukiladigan joylari (qo‘ltiq osti, chot)da, shuningdek sut bezlari 

ostida,  tirnoq  osti  yoki  sirtida  joylashishi  mumkin.  Qon  izlarining  tirnoq 

ostida saqlanish ehtimoli ko‘proq bo‘ladi. 

Guvohlantiriluvchi  shaxsning  mastlik  holatini  aniqlash  O‘zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  142-moddasiga  asosan, 

guvohlantirishning ikkinchi guruhiga kiruvchi vazifalardan biri hisoblanadi. 

Ma’lumki,  mastlik  spirtli  ichimliklar,  ayrim  turdagi  dorilar, 

giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar iste'mol qilish natijasida yoki 

zaharli  moddalar  va  patologik  omillar  ta’sirida  vujudga  kelishi  mumkin. 

Mastlikning  asl  sababini  faqat  mutaxassis,  avvalo  shifokor  aniqlashi 

mumkin. 

Ayni  vaqtda  mastlik  darajasini  aniqlash  ham  muhim  bo‘lib,  buning 

uchun  maxsus  bilimlar  va  tibbiy  tekshiruvlar  talab  etiladi.  Mazkur  holat, 

avvalo, og‘izdan alkogol hidi kelishi, qaddini tutib tura olmaslik, nutqining 

o‘zgarishi,  qo‘l  barmoqlarining  titrashi,  yuz  terisining  rangi  keskin 

o‘zgarishi,  vaziyatga  xos  bo‘lmagan  xulq-atvor,  ko‘zlarning  holati, 

nutqning  uzuq-yuluqligi,  harakatlarni  boshqara  olmaslik  kabi  alomatlarda 

nomoyon bo‘ladi. 

Guvohlantirishning ikkinchi guruh vazifalari sirasiga kiruvchi keyingi 

vazifasi boshqa fiziologik holatlarni aniqlashdan iboratdir. 

Fiziologik  holatlar  tibbiyot  fanining  “fiziologiya”  deb  nomlangan 

bo‘limida  o‘rganiladi  va  odamning  organizmidagi  hayotiy  jarayonlar 

majmuini  tashkil  etadi.  Odamning  badanini  guvohlantirish  jarayonida  biz 

yuqorida qayd etib o‘tgan guvohlantirishning vazifalari ham organizmdagi 

hayotiy  jarayonlar,  o‘zgarishlarni  qayd  etishga  qaratilgandir.  Qonun 

chiqaruvchi  va  “boshqa  fiziologik  holatlar”  deganda,  O‘zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  142-moddasi  1-qismida 

ko‘rsatilganlardan boshqa fiziologik holatlarni qayd etish zaruriyati yuzaga 

kelganda shaxs guvohlantirilishi kerakligini nazarda tutgan. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  143-

moddasida  guvohlantiriladigan  shaxslar  doirasi  tartibga  solingan.  Unga 

ko‘ra,  gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchi,  sudlanuvchi  va  jabrlanuvchi 



235 

 

guvohlantirilishlari mumkinligi, guvoh esa, uning ko‘rsatuvlari to‘g‘riligini 



tekshirish uchungina guvohlantirilishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  144-

moddasida  esa,  guvohlantirish  o‘tkazish  uchun  bu  to‘g‘risidagi  qaror  va 

ajrim chiqarilishi lozimligi tartibga solingan. Unga ko‘ra, gumon qilinuvchi, 

ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki jabrlanuvchining badanida jinoyat izlari, ish 

uchun ahamiyatga molik boshqa belgilar yoki uning g‘ayritabiiy fiziologik 

holati  to‘g‘risida  yetarli  ma’lumotlar  bo‘lsa,  guvohlantirishni  o‘tkazish 

haqida  surishtiruvchi  yoki  tergovchi  qaror,  sud  esa  ajrim  chiqarishi 

mumkinligi bayon qilingan. Qaror uch qism: kirish, tavsiflovchi va xulosa 

qismlaridan  iborat  bo‘lishi  lozim.  Qarorning  kirish  qismida  qaror 

chiqarilgan  vaqt  va  joy;  qarorni  chiqargan  shaxsning  familiyasi,  ismi  va 

otasining ismi, lavozimi, darajasi yoki maxsus unvoni; jinoyat ishining soni 

ko‘rsatiladi.  Qarorning  asoslantiruvchi  qismida  guvohlantirishni  o‘tkazish 

to‘g‘risida qaror qabul qilinishiga asos bo‘lib xizmat qilgan ma’lumotlar aks 

ettiriladi. Shu joyda guvohlantirish qaysi vazifani hal qilishga qaratilganligi 

ko‘rsatiladi (alohida belgilar, jinoyat izlari, tan jarohatlarini, mastlik holati 

mavjud  yoki  mavjud  emasligini  v.h.).  Qarorning  xulosa  qismida 

guvohlantiriluvchi  shaxsning  familiyasi,  ismi  va  otasining  ismi; 

guvohlantirish o‘tkazilgan vaqt va joy, shuningdek yoritilishi lozim bo‘lgan 

holatlar  ko‘rsatiladi.  Tergovchi  guvohlantirishda  ishtirok  etish  uchun 

shifokor yoki boshqa mutaxassisni taklif qilishni nazarda tutgan bo‘lsa, bu 

holat  ham  qarorda  aks  ettiriladi.  Qarorda  guvohlantiriluvchi  shaxsning 

chiqarilgan  qaror  bilan  tanishtirilganligi  haqida  ham  ma’lumot  bo‘lishi 

kerak. Chiqarilgan qaror tergovchi tomonidan imzolanadi.  

Surishtiruvchining, 

tergovchining 

guvohlantirish 

o‘tkazish 

to‘g‘risidagi qarori yoki sudning shu haqdagi ajrimi qaysi  shaxs xususida 

chiqarilgan  bo‘lsa,  o‘sha  shaxsga  nisbatan  majburiydir  (O‘zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksi  145-modda).  Guvohlantirishdan 

bosh tortayotgan shaxslar majburiy keltirilishi va guvohlantirilishi mumkin. 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Jinoyat-protsessual 

kodeksining  

142-moddasida  ko‘rsatilganidek,  guvohlantirish  sud  ekspertizasini 

tayinlash  talab  etilmagan  hollarda  o‘tkaziladi.  Shuni  e’tiborga  olib, 

guvohlantirish  bilan  odamning  sud  tibbiyoti  ekspertizasi  o‘rtasidagi  farq 

masalasini  ko‘rib  chiqish  o‘rinlidir.  Chunki  ko‘rsatilgan  protsessual 

harakatlarning yagona obyekti – odamning badani. Ularni o‘tkazish uchun 

protsessual  asos  bo‘lib,  tergovchining  qarori  xizmat  qiladi.  Sud  tibbiyoti 

ekspertizasini  o‘tkazish  jarayonida  tergovchining  iltimosiga  binoan 

guvohlantirishning vazifalari ham hal qilinishi mumkin. 



236 

 

Ba’zan  guvohlantirish  sud  tibbiyoti  ekspertizasidan  oldin 



o‘tkaziladigan  harakat  hisoblanadi,  guvohlantirish  jarayonida  aniqlangan 

jinoyatning izlari ekspertiza o‘tkaziladigan paytga qadar butunlay o‘zgargan 

hollarda,  guvohlantirish  bayonnomasi  ekspertiza  o‘tkazish  uchun  asos 

bo‘ladigan material vazifasini bajaradi. 

Ammo  odamning  sud  tibbiyoti  ekspertizasi  va  guvohlantirish  o‘z 

tabiatiga  va  o‘tkazishning  protsessual  tartibiga  ko‘ra  ham  bir-biridan  farq 

qiladi.  Bu  protsessual  harakatlarning  vazifalari  har  xil.  Guvohlantirish 

shaxsning  badanida  alohida  belgilarni,  jinoyat  izlari  va  tan  jarohatlarini 

aniqlashga 

qaratilgan 

bo‘lsa, 

tirik 


odamlarning 

sud 


tibbiyoti 

ekspertizasining  vazifalari  ancha  kengdir.  Alohida  belgilar,  jinoyatning 

izlari va tan jarohatlarini aniqlash ekspertizaning dastlabki bosqichi bo‘lib, 

undan keyin ularni tibbiy usullar yordamida o‘rganish va tekshirish amalga 

oshiriladi hamda ularning natijalariga ko‘ra ekspert xulosasi chiqariladi. 

Sud tibbiyoti ekspertizasi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual 

kodeksining  68-moddasida  protsessual  huquq  va  burchlari  belgilangan 

ekspert  tomonidan  o‘tkaziladi.  Tergovchi  guvohlantirishni  o‘tkazishni 

shifokorga  topshirgan  hollarda,  shifokorning  huquq  va  burchlari  esa, 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  70-moddasida 

mustahkamlangan mutaxassisning protsessual maqomiga ega bo‘ladi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  142,  144-

moddalari guvohlantirish doirasida nafaqat odamning badanida jinoyatning 

izlari, alohida belgilar va tan jarohatlarini, balki odam organizmining ba'zi 

bir holatlarini, jumladan mastlik holatini, ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan 

boshqa  fiziologik  holatlar,  jismoniy  rivojlanganlik  holatini  aniqlash 

imkonini beradi.  

Guvohlantirish  natijasida  olingan  ma’lumotlar  tegishli  tartibda 

rasmiylashtirilishi 

lozim. 


Bunday 

rasmiylashtirish 

O‘zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  90–92  va  147-moddalari 

talablari  asosida  bayonnoma  shaklida  amalga  oshiriladi.  Guvohlantirish 

bayonnomasi  boshqa  tergov  harakati  bayonnomalari  kabi,  kirish, 

tavsiflovchi va yakunlovchi qismlardan tarkib topishi lozim. 

Guvohlantirish  jarayoni  videoapparatura  yordamida  tasvirga  olingan 

bo‘lsa, yoki fotoapparatura yordamida guvohlantiriluvchi shaxsning badani 

suratga  tushirilgan  bo‘lsa  yoki  badanda  aniqlangan  belgilar  tananing 

qayerida  joylashganligi  bo‘yicha  chizmalarda  aks  ettirilgan  bo‘lsa, 

bularning barchasi guvohlantirish bayonnomasiga ilova qilinishi lozim. 

Bayonnomada tergovchining barcha harakatlari qanday ketma-ketlikda 

amalga  oshirilgan  bo‘lsa,  shunday  ketma-ketlikda  qayd  etilishi  lozim. 



237 

 

Bayonnomaga  qo‘yiladigan  sanalar,  o‘z  navbatida,  guvohlantirish 



o‘tkazilgan kun va vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak. 

Sud  tergovida  o‘tkaziladigan  guvohlantirishni  sud  O‘zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksi  142-147-moddalarida  nazarda 

tutilgan talablarga amal qilgan holda o‘tkazadi. 

Guvohlantirish yechintirib yalang‘ochlash bilan bog‘liq bo‘lsa, alohida 

xonada shifokor yoki boshqa  mutaxassis tomonidan, guvohlantirilayotgan 

shaxsning jinsidagi xolislar ishtirokida o‘tkaziladi. Guvohlantirish o‘tkazib 

bo‘linganidan so‘ng protsessning mazkur ishtirokchilari sud majlisi zaliga 

qaytib  kiradilar  va  u  yerda  taraflarning,  guvohlantirilgan  shaxsning  va 

xolislarning  ishtirokida  shifokor  yoki  boshqa  mutaxassis  guvohlantirilgan 

shaxsning  badanida  izlar  yoki  belgilar  aniqlangan  bo‘lsa,  shu  xususda 

axborot  beradi  hamda  taraflarning,  sudyalarning  savollariga  javob  beradi. 

Bu 

ma’lumotlar, 



shuningdek 

guvohlantirilgan 

shaxsning 

hamda 


xolislarning  mulohaza  va  tushuntirishlari  sud  majlisining  bayonnomasiga 

yozib 


qo‘yiladi 

va 


ular 

shifokorning, 

boshqa 

mutaxassisning, 



guvohlantirilgan  shaxsning  va  xolislarning  imzolari  bilan  tasdiqlanadi 

(O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 445-modda). 



 

7.9. Murdani eksgumatsiya qilish 

(Muallif - yuridik fanlar nomzodi Sh.A.Kulmatov) 

 

Ushbu tergov harakati aksariyat hollarda dastlabki tergov va surishtiruv 

jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatolarni bartaraf etish uchun o‘tkaziladi. 

Ko‘zdan kechirish, tanib olish, tekshirish yoki ekspertizaga namunalar 

olish uchun murdani qabrdan chiqarib olish zarur bo‘lgan taqdirda tergovchi 

bu  haqda  qaror  chiqaradi  va  prokurorning  sanksiyasini  oladi.  Sud 

eksgumatsiyani  surishtiruv  organiga yoki  tergovchiga  topshirishi  mumkin 

bo‘lib,  bu  haqda  ajrim  chiqaradi  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-

protsessual kodeksi 148-modda). 

Murdani  eksgumatsiya  qilish  jarayonida  tibbiyot  nuqtayi  nazaridan 

ushbu  tergov  harakati  ishtirokchilarining  sog‘lig‘i  hayotiga  xavf 

tug‘diruvchi  omillardan  saqlanish  kerak,  tegishli  aseptika-antiseptika 

qoidalariga rioya qilib, tibbiyot niqoblari va qo‘lqoplarida, maxsus kiyimda 

va  poyabzalda  o‘tkazish  va  shundan  so‘ng  dezinfeksiya  harakatlarini 

o‘tkazish kerak bo‘ladi. Bu harakatlar murdadan tarqaluvchi zaharli hiddan 

saqlanish,  murdadan  kelib  chiqadigan  kasalliklarni  profilaktika  qilish 

harakatlarini  o‘z  ichiga  olishi  zarur.  Bu  talablarni  amalga  oshirmagan 

surishtiruvchi  yoki  tergovchi  u  bilan  ishtirok  etayotgan  tergov  harakati 



238 

 

qatnashchilarini  salomatligiga  zarar  yetkazishi  mumkin.  Shu  bois,  tergov 



harakatining  qatnashchilari  bu  haqda  tushuntirish  o‘tkazishi  va  yuqorida 

qayd  etilgan  qoidalarga  bo‘ysunishlari  kerak  (O‘zbekiston  Respublikasi 

Jinoyat-protsessual kodeksi 148-modda). 

 

 



 

 

 



 

 

 



Tergovchi  murdani  eksgumatsiya  qilishni  sog‘liqni  saqlash  organlari 

bilan kelishgan holda va murda ko‘milgan joy vakilining ishtirokida amalga 

oshiradi.  Eksgumatsiya  surishtiruv  yoki  dastlabki  tergov  vaqtida  amalga 

oshirilayotgan  bo‘lsa,  xolislarning  ishtirok  etishi  shart.  (O‘zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksi  149-modda).  Bu  tergov 

harakatida  xolislar  ishtirok  etishi  shart.  Murdani  eksgumatsiya  qilish 

to‘g‘risidagi  qarorni  (ajrimni)  tergovchi,  surishtiruvchi  qabriston 

ma’muriyati  va  sud-tibbiyot  ekspertizalari  muassasasiga  yuboradi  va 

eksgumatsiya  qilish  kunini  va  vaqtini  (aniq  vaqtini)  belgilaydi,  agar 

murdani  qabristondan  ekspertiza  muassasasiga  yuborish  kerak  bo‘lsa, 

sanitar-epidemiologik  stansiyaga  transport  vositasi  bilan  ta’minlash 

to‘g‘risida eksgumatsiya qilish qarorida bu muassasani qayd etib, u erga 

ham shu qarorni yuboradi va transportning qabristonga etib kelish vaqti 

qayd etiladi. 

Madomiki, murdani eksgumatsiya qilish tergov harakatini o‘tkazishda 

marhumning qarindoshlari norozilik bildirsalar, bu holat ichki ishlar organi 

yordamida  bartaraf  etilib,  murdani  eksgumatsiya  qilish  tergov  harakati 

majburan o‘tkaziladi.  



Murdani  eksgumatsiya  qilishning  protsessual  tartibi.  Eksgumatsiya 

tergov  harakatini  o‘tkazish  haqida  tergovchi  qaror  chiqaradi  va 

prokurorning sanksiyasini oladi. Prokurorning ruxsatini olib, eksgumatsiya 

to‘g‘risidagi  qarorni  tergovchi  qabriston  ma’muriyatiga,  sog‘liqni  saqlash 

organiga  hamda  zarur  bo‘lsa,  sanitariya–epidemiologiya  stansiyasi 

ma’muriyatiga va sud-tibbiyot ekspertiza o‘tkazish muassasasiga yuborish 

huquqiga  ega.  Ushbu  qarorda  eksgumatsiya  qilish  asoslari,  zaruriyati, 

qayerda eksgumatsiya o‘tkazilishi, qachon bu harakat o‘tkazilishi, kim bu 

qarorni chiqarganligi, qaysi mansabdor shaxsga bu qaror ijro etilishi uchun 


Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling