Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Murdani eksgumatsiya qilish
Download 4.02 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Murdani eksgumatsiya qilish natijalarini protsessual qayd etish.
Murdani eksgumatsiya qilish tergov harakati tergov amaliyotida kam uchraydigan, zururat tug‘ilgan holatlarda o’tkaziladigan harakatlaridan biri bo’lib hisoblanadi.
tuproq so’zlaridan olingan bo’lib, ya’ni yerga ko’milgan joydan qazib olish degan ma’noni anglatadi.
239
yuborilganligi qayd etilishi kerak. Bundan tashqari eksgumatsiyaga: ikkita xolis, sud-tibbiyot eksperti, qabriston vakili, texnik yordamchilar (ikki kishidan kam bo‘lmagan holda), eksgumatsiyani videoyozuvga olish bo‘yicha mutaxassis, ekspert-kriminalist va zarur bo‘lsa, yana boshqa sohadagi mutaxassislar qatnashishi kerak. Eksgumatsiyaga gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi hamda murdani tanib oluvchi shaxslar taklif etilishi mumkin. Murdani eksgumatsiya qilish tergov harakatini o‘tkazishda ishtirok etayotgan barcha shaxslarga ularning protsessual huquq va majburiyatlari tushuntirilishi va mazkur tergov harakatining maqsad va vazifalari to‘g‘risida ayon qilinishi lozim. Eksgumatsiya qilinadigan joyga etib borilgach, ushbu harakatda ishtirok etuvchi barcha qatnashchilar nazoratida tergovchi eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi qarorni o‘qib eshittiradi. Qabriston vakili qaror bilan tanishganligi to‘g‘risida imzo chekadi. Shundan so‘ng, tergovchi bayonnomada eksgumatsiyada ishtirok etuvchi barcha shaxslarning kimligi, qayerda istiqomat qilishi, qaysi muassasada ishlashi to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlarni kiritib, ularni tegishli huquq va majburiyatlari bilan tanishtirganligi to‘g‘risida belgi
qo‘yib, tasdiqlovchi imzolarni bayonnomada qayd etadi va texnik yordamchilarga qabrni kovlash to‘g‘risida buyruq beradi. Qabrni kovlashdan avval qabrda dafn etilgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, qachon tug‘ilganligi va vafot etgan yili, oyi va kuni bayonnomada aks ettirilishi lozim (bu ma’lumotlar tegishli eksgumatsiya qilish qarorda ham bo‘lishi shart). Texnik yordamchilar qabrni kovlab bo‘lganlaridan so‘ng, tergovchi tobutga olish to‘g‘risida buyruq beradi (agarda bu harakat xristianlarning (qabristonida o‘tkaziladigan bo‘lsa), agar bu harakatlar musulmonlar qabristonida o‘tkaziladigan bo‘lsa, u holda xilxonadan kafanga o‘ralgan murda foto yoki videoga olinadi (xristian qabristonida tobutning dastlabki holati fotoga yoki videoga muttasil olib turilishi lozim). Tobut tepaga chiqarilgandan keyin tobutni texnik yordamchilar ochadilar va shu lahza foto yoki videovositalar bilan murda holatini qayd etish kerak va uning holati tergovchi, xolislar va sud-tibbiyot mutaxassisi tomonidan ko‘zdan kechiriladi. Musulmon qabristonida kafanga o‘ralgan murda tepaga chiqarilgandan keyin fotosuratga (videoyozuvga) olinadi, so‘ng matoni murda bilan maxsus tayyorlangan joyga o‘tkazib, kafandan murda ochiladi. Bu joyda maxsus tayyorlangan oq choyshabga murda yotqiziladi va murdani tergovchi, xolislar va sud-tibbiyot eksperti ko‘zdan 240
kechiradi. Ushbu harakatda ekspert-kriminalist va boshqa sohadagi mutaxassislar ishtirok etishi mumkin. Eksgumatsiya qilingan murdani tashqi ko‘zdan kechirish va uning ichki organlarini tadqiq qilish o‘lim sababini aniqlashdan tashqari, uni vujudga keltiruvchi hollarni tiklashga imkon beradi, bu esa jinoyat ishi bo‘yicha haqiqatni aniqlashda katta ahamiyatga ega. Murda eksgumatsiya qilingandan so‘ng ushbu tergov harakati bo‘yicha asos bo‘lgan maqsad amalga oshiriladi: 1) murda ko‘zdan kechiriladi; 2) murdani tanib olish uchun ko‘rsatiladi; 3) ekspertiza zaruriyati bo‘lsa uni ekspertizaga yuboriladi; 4) taqqoslash uchun tadqiqot o‘tkazish kerak bo‘lsa, undan tegishli namunalar olinadi. Bu harakatlar protsessual qonunda qayd etilgan qoidalarga asosan amalga oshirilishi lozim. Eksgumatsiya qilingan murdaning ekspertizasi har doim to‘liq bo‘lishi kerak va sud-tibbiyot eksperti murdaning uchta qismidan – miya qobig‘idan, ko‘krak qafasidan va ichakdan (qorindan) tegishli ravishda foydalanib, ochishi va ko‘zdan kechirish, ularning holatini qayd etishi, zarur bo‘lsa namunalar (qon, ichakda bo‘lgan chiqindilar, soch tolalari, tirnoq tagidagi qoldiqlar, jinsiy organlarning ichida bo‘lgan biologik mikrocharralar v.h.larni) olish kerak. Murdani sud-tibbiy jihatdan yorib ochish yaqin bo‘lgan sud-tibbiyot o‘likxonasi yoki qabristonda amalga oshiriladi. Ekspertiza qilishdan avval tergovchi bu to‘g‘rida tegishli qaror chiqarishi kerak va u ekspert muassasasiga yuboriladi. Murdani eksgumatsiya qilish natijalarini protsessual qayd etish. Eksgumatsiyani amalga oshirgandan keyin tergovchi, surishtiruvchi murdani dafn etish to‘g‘risida buyruq beradi va texnik yordamchilar murdani qayta qabrga dafn etadilar. Ushbu tergov jarayoni muttasil videoyozuvga yozib boriladi yoki ushbu vositalar bo‘lmasa suratga olib boriladi. Videoyozuv tergov harakati ishtirokchilariga ushbu tergov harakati yakunlanganidan so‘ng namoyish qilinadi va bu bayonnomada qayd etilib, tergov harakati qatnashchilari tomonidan imzolar bilan tasdiqlanadi. Agar eksgumatsiya paytida ushbu tergov harakatida ishtirok etuvchi shaxslarda shu tergov harakatiga nisbatan biron bir qo‘shimcha, aniqlashtirish, e’tiroz, ariza yoki shikoyat keltiradigan bo‘lsalar, u holda tergovchi keltirilgan barcha qo‘shimcha, aniqlashtirish, e’tiroz, ariza yoki shikoyatlarni bayonnomada qayd ettirilishi lozim. 241
Eksgumatsiya paytida murdadan olingan namunalar yoki biron bir obyektlar to‘g‘risida tergovchi bayonnomada qayd etishi va shu namunalar, obyektlar nimaga o‘ralgani, muhrlangani, imzolangani, muhrning raqami to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishi kerak. Eksgumatsiyani boshlash va yakunlash vaqti bayonnomada ko‘rsatiladi. Bayonnoma o‘tkazilgan tergov harakatiga iltimos bo‘lib, u to‘g‘ri qayd etilganligi to‘g‘risida ishonch hosil qilgan tergov harakatining qatnashchilari uni imzolari bilan tasdiqlaydilar, tergovchi oxirida imzo chekadi. Eksgumatsiya harakatini bayonnomada qayd etganda ushbu bayonnomaning har bir sahifasi tergovchi va xolislar hamda sud-tibbiyot mutaxassisi tomonidan imzolanishi shart. Murdani ekspertiza qilib bo‘lgandan keyin uni qabristonga jo‘natiladi va qayta dafn etiladi. Tergovchi murdani eksgumatsiya qilish maqsadi, ekspertiza qilish masalasi asosida bu tergov harakatini o‘tkazganda murdani eksgumatsiya qilinganligi va sud-tibbiyot muassasasiga yuborilganligi to‘g‘risida tegishli bayonnoma tuzadi, xolislar va shu tergov harakatida ishtirok etgan boshqa shaxslar bilan ushbu bayonnomani o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi. Agar shu tergov harakatini o‘tkazish davomida foto, kino yoki video vositalar qo‘llanilgan bo‘lsa, bu ham bayonnomada o‘z ifodasini topish lozim. (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 149- modda). Surishtiruvchi yoki tergovchi murdaning tashqi ko‘rinishini u topilgan joyda xolislar va sud-tibbiyot sohasidagi mutaxassis shifokor ishtirokida ko‘zdan kechiradi. Bunday mutaxassis shifokor ishtirok etishiga imkoniyat bo‘lmagan taqdirda, boshqa shifokor ishtirok etadi. Zarur hollarda murdani ko‘zdan kechirish uchun boshqa mutaxassislar, shuningdek ekspertlar jalb qilinadi. (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 138- modda).
Murda topilgan joyda uni tanib olish uchun ko‘rsatish chog‘ida tanib oluvchi tanib olish lozim bo‘lgan shaxs yoki narsaning belgilari, alomatlari, xususiyatlari to‘g‘risida oldindan so‘roq qilinishi lozim. (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 126-modda). Surishtiruv yoki dastlabki tergov vaqtida o‘tkazilgan tanib olish uchun ko‘rsatish to‘g‘risida bayonnoma tuziladi. Sud muhokamasida o‘tkazilgan tanib olish uchun ko‘rsatish sud majlisi bayonnomasida qayd qilinadi. Barcha hollarda bayonnomaga: tanib oluvchi, tanib olish uchun ko‘rsatish sharoiti, jarayoni va natijalari, tanib olish uchun ko‘rsatilgan shaxslar, ularning yoshi, bo‘yi, millati, turar joyi, ko‘zga tashlanuvchi belgilari, kiyimlari; tanib olish uchun ko‘rsatilgan narsalar tavsifi, tanib olish uchun ko‘chmas obyektlar ko‘rsatilganda esa, shuningdek tanib 242
oluvchi ko‘rsatgan yo‘nalishlar va izlanayotgan obyektga biror aniq joydan borish yo‘llari to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilishi lozim. Tanib olish uchun fotosuratlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, bayonnomaga fotojadval ilova qilinishi lozim. Tanib oluvchining ko‘rsatuvlari, shuningdek unga tergovchi, sud, taraflar yoki boshqa shaxslar tomonidan berilgan savollar va qaytarilgan javoblar bayonnomaga yozib boriladi. (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 131-modda). Tanib olinmagan murdalarning barmoq izlari olinishi shart, murdadan tekshirish uchun boshqa xil namunalar ham olinishi mumkin. Tanib olinmagan murdani faqat prokuror ruxsati bilangina ko‘miladi. (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 138-modda). Murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risida surishtiruvchi yoki tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa eksgumatsiya jarayoni va natijalarini sud majlisining bayonnomasida qayd etadi. Bayonnomaga qabr, tobut va murdaning fotosuratlari, kinotasvir hamda videoyozuvlari ilova qilinishi mumkin. (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 151- modda).
Agar eksgumatsiya paytida foto, kino, ovoz yozish, videotasvirni qo‘llash harakatlari yoki murdadan qoliplar va namunalar olish harakatlari amalga oshirilgan bo‘lsa, u holda texnik vositalarning to‘liq nomlanishi, ularning texnik parametrlari, ishlatish qoidalari va sharoitlari, murdaga nisbatan ular qanday jihatdan qo‘llanilganligi va olingan natijalarni, olingan qoliplar va namunalar qanday obyektlarga yoki narsalarga o‘ralganligi, imzolar bilan tasdiqlanganligi bayonnomada qayd etilishi kerak. Eksgumatsiyadan va boshqa protsessual harakatlardan so‘ng murdani ko‘mish murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risida qaror yoki ajrim chiqargan shaxsning ishtirokida amalga oshiriladi. Murda ko‘milganligi to‘g‘risida bayonnoma tuziladi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 152-modda). Murda eksgumatsiya qilinganidan va boshqa protsessual harakatlar (ko‘zdan kechirish, tanib olish yoki ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish) o‘tkazilganidan keyin murda qazib olingan joyiga qayta dafn etilishi kerak. Agar eksgumatsiya harakatlari va murdani qayta dafn etish harakatlari aynan bir kunning o‘zida amalga oshiriladigan bo‘lsa, bu holda yagona bir bayonnomada bu harakatlarni qayd etish maqsadga muvofiq bo‘ladi, agar murdani eksgumatsiya qilish va uni qayta dafn qilish orasidagi vaqt bir kundan ko‘proq muddatni talab qilsa, bu holda murdani eksgumatsiya qilish uchun qayta dafn etish haqida alohida bayonnoma tuziladi. 243
Eksgumatsiyaning maqsadi amalga oshirilganidan keyin tergovchi, surishtiruvchi murdani dafn etish to‘g‘risida buyruq beradi va texnik yordamchilar murdani qabrga qayta dafn etadilar va ushbu tergov jarayoni muttasil videotasmaga yozib boriladi yoki ushbu vositalar bo‘lmasa fotosuratga qayd etib boriladi. Qayta dafn etish jarayonida tergovchi, surishtiruvchi eksgumatsiya to‘g‘risida bayonnoma tuzadi va uni ushbu tergov harakatida ishtirok etgan shaxslarga ovoz chiqarib o‘qib beradi va ishtirokchilardan shu tergov harakati hamda bayonnomani tergov harakatiga muvofiq bo‘lishi bo‘yicha ular qanday qo‘shimchalar, e’tirozlar, arizalar yoki tergovchining harakatiga nisbatan shikoyatlari bor yoki yo‘qligini so‘raydi. Agar tergov harakatida ishtirok etgan shaxslar biron bir e’tiroz, shikoyat, ariza yoki qo‘shimchalarga ega bo‘lsalar, u holda tergovchi bu e’tiroz, shikoyat, ariza yoki qo‘shimchalarning hammasini bayonnomada qayd etishi lozim. Bayonnoma ushbu harakatda ishtirok etgan barcha shaxslar tomonidan imzolanib tasdiqlanadi. 7.10. Eksperiment (Muallif - yuridik fanlar nomzodi A.B. Rajabov) Eksperiment so‘zi lotincha “exprimentum” so‘zidan olingan bo‘lib, “sinash”, “tekshirib ko‘rish” degan ma’nolarni anglatadi. Ushbu ta’rif orqali eksperiment oddiy ko‘rinsa-da, uni chuqurroq mulohaza qiladigan bo‘lsak, ancha o‘ziga xos jihatlariga ega ekanligini anglash mumkin. Chunki, jinoyat ishi bo‘yicha to‘plangan ba’zi dalillarni tekshirish orqali undagi ma’lumotlarni ishonchliligi va haqqoniyligini aniqlashda samarali qo‘llanilishi mumkin. ya’ni, eksperiment shaxsning bergan ko‘rsatuvlaridagi voqea, holat, vaziyat va jarayonlar haqidagi ma’lumotlarning haqiqatga qanchalik mosligini, o‘sha voqea, holat, vaziyat va jarayonlarni tajriba o‘tkazish orqali qayta tiklab o‘tkazishdan iboratdir. Eksperiment tergov harakati tekshiruvning xususiyatlariga ko‘ra bir necha turlarga ajratiladi. Bularga:
ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lum voqeaning holatini qayta tiklash yo‘li bilan tajriba harakatlarini o‘tkazish, biror hodisaning sodir bo‘lish imkoniyatini tekshirish, shuningdek hodisaning voqelikda qanday yuz berishi va izlarning qolish yo‘sinlarini aniqlash, shaxsning qobiliyatlari (ko‘rish, eshitish yoki jismoniy) va tergov tusmollarini tekshirish maqsadida o‘tkaziladigan protsessual harakat tushuniladi.
244
- eshitish qobiliyatini tekshirish; -
-
muayyan xatti-harakatlarni bajara olish yoki bajara olmaslik qobiliyatini tekshirish; -
ma’lum bir harakatlarni muayyan vaqt oralig‘ida sodir eta olish qobiliyatini tekshirish; -
Bundan tashqari, eksperiment tergov harakati jinoyat sodir etilishida izlarni qolish yo‘sinlarini aniqlash uchun ham o‘tkazililishi mumkin. Eksperiment surishtiruvchi yoki tergovchining qarori yoxud sudning ajrimiga asosan o‘tkaziladi. Eksperiment tergov harakatini o‘tkazish jarayonida uning samarali bo‘lishini ta’minlash maqsadida jinoyat yoki ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilgan paytdagi holat qayta tiklanishi zarur. Eksperimentni uni o‘tkazish vaziyatini hisobga olgan holda quyidagicha tasniflash mumkin: -
eksperiment o‘tkazishga faqat tergovchining qarori yetarli bo‘ladigan holatlar; -
holatlar; -
eksperiment o‘tkazish taqiqlanadigan holatlar. Ushbu qayd etilgan holatlar eksperiment o‘tkazishda jiddiy e’tibor talab etuvchi holatlar bo‘lib, bunday vaziyatda tergovchi yetuk bilim, tajriba va mahoratga ega bo‘lishi lozim bo‘ladi. Eksperiment o‘tkazishga prokurorning ruxsati talab etilmagan va qonun bo‘yicha uni o‘tkazishga to‘sqinlik qiladigan holatlar bo‘lmagan taqdirda eksperiment o‘tkazishga faqat tergovchining qarori yetarli bo‘ladi. Eksperiment natijasida fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga mulkiy zarar yetkazilishi, ishlab chiqarish tartibotining, transport vositalari harakati jadvalining buzilishi va boshqa noxush oqibatlarning kelib
chiqishi ehtimol
bo‘lsa, surishtiruvchining, tergovchining bunday eksperiment o‘tkazish to‘g‘risidagi qaroriga prokuror sanksiya berishi lozim. Agarda eksperimentning o‘tkazilishi natijasida jamoat tartibi yoki axloq normalarining buzilishi ehtimoli bo‘ladigan yoki shunday oqibatlar yuz berishi muqarrar bo‘lsa, uni o‘tkazish taqiqlanadi. Eksperiment tergov harakati o‘tkazishga amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi bo‘yicha faqatgina jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandan keyingina ruxsat beriladi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilmasdan 245
oldin o‘tkazilgan eksperiment natijasida olingan ma’lumotlar daliliy ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Eksperiment tadqiqotini o‘tkazish ekspertga topshirilgan taqdirda uning harakatlari sud ekspertizasining tarkibiy qismiga kiritiladi va u eksperiment tergov harakati sifatida baholanmaydi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat- protsessual kodeksi 154-modda). Chunki eksperiment tergov harakati ekspertizadan farqli o‘laroq shaxsan tergovchining o‘zi tomonidan o‘tkazilishi lozim. Ekspertiza esa tergov harakatlari sirasiga kiritilsada bunda tergovchining harakatlari faqatgina ekspertiza tayinlash to‘g‘risida qaror chiqarish va uning bajarilishini (tadqiqot qismini) ekspertga topshirish bilan tamomlanadi, ya’ni tergovchi ekspertizani shaxsan o‘zi o‘tkazmaydi. Surishtiruvchi yoki tergovchi eksperimentni xolislar, sud esa taraflar ishtirokida o‘tkazadi. Murakkab eksperimentlar kamida ikki nafar xolis va bir necha mutaxassis ishtirokida o‘tkazilishi mumkin. Jinoyat protsessining ishtirokchisi sifatida tergovchi ushbu tergov harakatini o‘tkazilishida markaziy o‘rinni egallaydi. U eksperiment o‘tkazilishini rejalashtiradi, tashkillashtiradi, majburiy va ixtiyoriy ishtirok etuvchi shaxslar doirasini belgilaydi hamda tergov harakati o‘tkazilishining boshidan oxiriga qadar bevosita rahbarlik qiladi. Eksperimentni o‘tkazish o‘z ichiga asosan uchta bosqichni qamrab oladi: uni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish, o‘tkazish va natijalarini rasmiylashtirish bosqichlari. Eksperimentni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bosqichida tergovchi quyidagi harakatlarni amalga oshiradi: -
jinoyat ishi materiallarini va ish holatlarini sinchiklab o‘rganib chiqish va eksperiment o‘tkazish to‘g‘risida qaror chiqaradi (prokurorning sanksiyasini olish talab etilgan holatlarda prokurorning sanksiyasini oladi); -
tergov harakatining ishtirokchilariga o‘zini tanishtirib, ularning protsessual huquq va majburiyatlarini, shuningdek eksperimentning maqsadi, bajarish ketma-ketligini va mazmunini, har bir ishtirokchining vazifalarini hamda faqatgina tergovchining ko‘rsatmalari asosan harakat qilishlarini, shuningdek ishtirokchilar o‘rtasida ularning bir-birlari bilan qanday aloqa qilish tartibini va boshqalarni tushuntiradi; -
sodir etilgan vaqtdagi vaziyatni iloji boricha qayta tiklash mumkin bo‘lgan joy va vaqt tanlanishi lozim); -
qilinuvchiga, ayblanuvchiga va uning himoyachilariga tergovchi, tarjimon, mutaxassislarni rad etish xohishlari bor yoki yo‘qligini aniqlaydi hamda 246
mutaxassis va tarjimondan o‘z o‘zini rad qilish uchun asoslar ularda bor yoki yo‘qligini so‘raydi v.h.. Eksperiment tergov harakatining ishtirokchilari ham ikki guruhga ajratiladi. Birinchi guruhga mazkur tergov harakatida ishtirok etishi majburiy bo‘lgan ishtirokchilar bo‘lib, unga tergovchi va kamida ikki nafar xolis kiritiladi. Ikkinchi guruhga esa tergov harakatida ishtirok etishi majburiy bo‘lmagan ishtirokchilar bo‘lib, unga guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, mutaxassis kabi ishtirokchilar kiradi. Eksperiment o‘tkazishga mutaxassis va ekspert, shuningdek tajriba harakatlarini olib boruvchi shaxslar jalb qilinishi mumkin. Ko‘rsatuvlari tekshirilishi lozim bo‘lgan shaxslar esa bu jarayonda ishtirok etishi shart bo‘ladi. Bunda guvohlar va jabrlanuvchilar ko‘rsatuv berishdan bo‘yin tovlaganlik va bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida ogohlantiriladilar. Eksperiment ishtirokchilariga uning maqsadi va o‘tkazilish tartibi tushuntiriladi. Eksperimentning ikkinchi bosqichida bevosita tajriba harakatlari amalga oshiriladi. Ya’ni bunda ma’lum hodisa, sharoit yoki hollatlarning qayta takrorlash harakatlari zarur bo‘lsa tajribalar bilan bog‘liq harakatlar o‘tkaziladi. Tajriba harakatlarini o‘tkazishdan oldin o‘rganilayotgan hodisa sharoitlari tekshirilayotgan ko‘rsatuv yoki tusmollarga to‘la muvofiq holda tiklangan bo‘lishi lozim. Buning uchun gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvohlarning har biriga alohida-alohida o‘zi qatnashgan yoki shohid bo‘lgan hodisaning sharoit v.h.latlarini tiklash taklif qilinishi mumkin. Shundan keyin surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tegishli tajriba harakatlarini o‘tkazadi, shu maqsadda o‘lchash, foto va videotasvirga olish, ovoz yozish, reja tuzish, chizmalar chizish, eksperimental qoliplar va izlarning nusxalarini tayyorlash mumkin. Eksperiment o‘tkazish sharoiti tiklanayotgan harakat yoki hodisalar jinoyat sodir etilgan sharoitga iloji boricha o‘xshash bo‘lishi lozim. Tajribalar imkon boricha bir necha marta o‘tkazilishi lozim. Tajribalarning sharoitlari ishning holatlaridan kelib chiqqan holda o‘zgartirilishi mumkin. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvoh, mutaxassis va ekspertga eksperiment yuzasidan savollar berilishi mumkin. Sudning ijozati bilan eksperimentda ishtirok etayotgan shaxslarga taraflar ham savol berishi mumkin. Taraflar va eksperimentda ishtirok etayotgan boshqa shaxslar surishtiruvchining, tergovchining va sudning e’tiborini, ularning fikricha ish holatini aniqlashga yordam berishi mumkin bo‘lgan 247
barcha holatlarga qaratishga, eksperiment sharoitiga aniqlik kiritishni va tajriba harakatlarini takrorlashni talab qilishga haqlidir. Ko‘rsatuvi tekshirilayotgan shaxs eksperiment munosabati bilan o‘zining qo‘shimcha so‘roq qilinishini talab qilishi mumkin (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat- protsessual kodeksi 155-modda). Amaliyotdan misol: O‘g‘rilik fakti yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergovchi, gumon qilinuvchining xonadonga oynaning tuynugi orqali kirishi mumkinligini tekshirish uchun eksperiment o‘tkazishga qaror qildi. Eksperiment joyiga olib kelingan gumon qilinuvchi tuynuk orqali turar joyga kirmasligi, o‘g‘irlik haqida hech narsani bilmasligi va avval berilgan ko‘rsatmalari yolg‘onligi hamda ular tergovchining ta’siri ostida berganligini ma’lum qilib eksperimentda ishtirok etishdan bosh tortdi. Eksperiment o‘tkazishning uchinchi bosqichi yakunlovchi bosqich hisoblanib, mazkur bosqich tergov harakati natijalarini bayonnoma orqali rasmiylashtirish va ushbu bayonnomani ishtirokchilarga tanishtirish bilan nihoyasiga yetadi. Eksperiment o‘tkazish bayonnomasi – bu asosiy protsessual hujjat bo‘lib unda eksperimentning o‘tkazish shartlari, jarayoni va natijalari to‘liq qayd qilinadi. Agarda eksperiment sud tergovi jarayonida o‘tkazilgan bo‘lsa, eksperimentning borishi va natijalari sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi. Eksperiment bayonnomasi kirish, tavsiflovchi va xulosa (yakunlovchi) qismlardan tarkib topishi, uning kirish qismida esa quyidagilar aks ettirilishi lozim: bayonnoma tuzilgan sana va joy, tergov harakatining boshlanish va tugash vaqti; eksperiment o‘tkazgan mansabdor shaxsning familiyasi, ismi, sharifi, lavozimi va unvoni, jinoyat ishining raqami va Jinoyat kodeksining qo‘zg‘atishga asos bo‘lgan moddasi, xolislarning familiyasi, ismi, sharifi, tug‘ilgan yili, yashash manzili, boshqa ishtirokchilarning familiyasi, ismi, sharifi, tajriba harakatlarini amalga oshiruvchi shaxsning protsessual maqomi, uning familiyasi, ismi, sharifi, eksperiment ishtirokchilariga ularning protsessual huquq va majburiyatlari, javobgarligi tushuntirilganligi to‘g‘risida belgilar, xolislarga ularning huquq va majburiyatlari va javobgarligi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 74- moddasi talablari asosida tushuntiriladi va ular bayonnomaga bu to‘g‘risida imzo qo‘yadilar. Shundan so‘ng mutaxassisga uning protsessual huquq, majburiyatlari va javobgarligi tushuntiriladi va mutaxassis bu belgini o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi. Bayonnomada eksperiment paytida qanday texnik vositalar kim tomonidan va qanday tartibda qo‘llanilganligi ko‘rsatiladi. Bayonnomaning tavsif qismida eksperimentning o‘tkazish sharoiti ya’ni kunning qaysi qismida o‘tkazilganligi va ob-havoning qanday
248
bo‘lganligi, eksperimentning o‘tkazish uslubi, eksperiment ishtirokchilari o‘rtasida majburiyatlar qanday taqsimlanganligi, eksperiment paytida qanday harakatlar, qanday ketma-ketlikda amalga oshirilganligi, uning natijasida qanday ma’lumotlar olinganligini, eksperiment o‘tkazish jarayoni va natijalarini qayd etishda qaysi turdagi texnik vositalardan (foto, video, ovoz yozish va boshqalar) foydalanilganligi ko‘rsatiladi hamda olingan fotosurat, videotasvir yoki ovozli ma’lumotlar va boshqa shunga o‘xshash ashyolar bayonnoma ilova qilinishi lozim. Bayonnomaning xulosa qismida tergov harakati ishtirokchilarining bayonnoma bilan tanishganliklari va uni imzolari orqali tasdiqlaganliklari hamda bayonnomaga nisbatan ularda taklif yoki shikoyatlarning bor yoki yo‘qligi qayd etiladi. Eksperiment bayonnomasini tergovchi imzolagandan so‘ng u o‘z nihoyasiga yetkaziladi. Download 4.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling