Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
harakatlarini dalillarni to‘plashga, tekshirishga qaratilgan vazifasi
Download 4.02 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tergov harakatlari tizimini jinoyat ishi yuzasidan o‘tkaziladigan protsessual harakatlar
- Ushbu xolatda tergovchi tomonidan qanday tergov harakati o‘tkazilgan va qanday faoliyat olib borilgan Tergovchi ushbu holatda
- Ushbu arizaga prokuror nomidan protsessual tartibda javob tayyorlang. Agar Po‘latovning o‘rniga Soliyevning xonadoniga notanish
- VIII BOB. PROTSESSUAL MAJBURLOV CHORALARI (Muallif – yuridik fanlar doktori, dotsent G.Z.To‘laganova) Annotatsiya
- 8.1. Protsessual majburlov tushunchasi, mohiyati, vazifalari va turlari
- (Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Paktning 9-moddasi)
- ( O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19- moddasi)
- Jinoyat-protsessual majburlov choralari
- Protsessual majburlov choralarini qo ‘llash uchun asoslar: Tergov yoki sud harakatlarini amalga oshirishga to ‘sqinlik qilish;
- Huquq va erkinliklarning cheklanishi darajasiga ko‘ra
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 25-moddasi
- Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining 9-moddasi
harakatlarini dalillarni to‘plashga, tekshirishga qaratilgan vazifasi nuqtai nazaridan guruhlarga tasniflang va tahlil qiling. 2. Protsessual harakatlar o‘z mohiyatiga ko‘ra jinoyat protsessual faoliyat ishtirokchilarining real xatti-harakatlari uchun huquqiy
vositadir. Boshqacha aytganda, protsessual harakatlar – jinoyat-huquqiy va jinoyat- protsessual normalarni, shuningdek ayrim hollarda boshqa huquqiy tarmoqlar normalarini amalga oshirish vositasidir. Tergov harakatlari
2014-yil 26-iyul kuni taxminan soat 22:00 larda Hamza tuman IIB navbatchilik qismidan tushgan xabarga ko‘ra, fuqaro Bakiyev Hamza tumanida joylashgan “Hamza” dehqon bozori hududida mast holda bo‘la turib, fuqaro Ivanov bilan o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro janjal natijasida uni qasddan o‘ldirish maqsadida ko‘krak qafasi old devori qorin bo‘shlig‘iga bir marotaba o‘tkir tig‘li jism bilan urib, voqea joyidan yashiringan. Natijada fuqaro Ivanov olgan tan jarohati bilan 7-sonli SHKSHning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan va unda ko‘krak qafasi oldi devori qorin bo‘shlig‘ida va jigar qismida kesilib sanchilgan tan jarohatlari borligi aniqlangan. Yuqoridagilarga ko‘ra, fuqaro
A.S.Bakiyevning harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25-, 97-moddalarida ko‘rsatilgan jinoyat alomatlari mavjudligini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 321-322, 330-moddasi 1-bandi, 331-moddasiga asosan, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergovdagi bergan ko‘rsatmasida Ivanov unga gumon qilinuvchi ko‘rsatilsa, bir ko‘rishda tanib olishini bayon etgan. Ivanov gumon qilinuvchining alohida belgilarini bayon etgan. Tezkor- qidiruv natijasida voqea joyidan yashiringan gumon qilinuvchi qo‘lga olingan. O‘tkazilgan tergov harakatlari natijasida gumon qilinuvchi Bakiyev ekanligi aniqlandi. Ushbu xolatda tergovchi tomonidan qanday tergov harakati o‘tkazilgan va qanday faoliyat olib borilgan? Tergovchi ushbu holatda dalillarni qanday tekshirib ko‘radi? 2-kazus Bosqinchilik jinoyatini sodir etishda gumon qilinayotgan fuqaro Erkayevni fuqaro Soliyevning xonadonida yashiringanligi hamda jinoyat
276
qurollari ham shu joyda ekanligi haqida yetarli ma’lumotlarga asoslangan tergovchi, Soliyevning xonadonida tintuv o‘tkazish haqida qaror chiqaradi va uni o‘tkazishga prokurordan ruxsat oladi. Soliyevning xonadonida tintuv o‘tkazilayotgan paytda uyga noma’lum erkak kishi kirib keladi va ichki ishlar idoralari xodimlarini ko‘rib tezda qaytib ketishga harakat qiladi. Tergovchi ushbu kishini qaytarib, undan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini ko‘rsatishni talab qiladi, ushbu shaxs o‘zini Soliyevning qo‘shnisi Po‘latovman, deb tanishtiradi va yonida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari yo‘qligi, pasportini esa uyda saqlashini aytadi. Tergovchi uning Soliyevga qandaydir imo-ishora qilishga harakat qilayotganligini ko‘rgach, uning yonida ishga taalluqli narsalar bo‘lishi mumkin deb tusmol qilib, Po‘latovni shaxsiy tintuv qiladi, ammo uning yonidan hech narsa topilmagach, tergovchi unga ketish uchun ruxsat beradi. Ertasi kuni Po‘latov tergovchining ushbu harakatlarini noqonuniy deb hisoblab, unga nisbatan chora ko‘rishlarini so‘rab, prokurorga shikoyat arizasi bilan murojaat qiladi.
277
(Muallif – yuridik fanlar doktori, dotsent G.Z.To‘laganova)
tushunchasi, mohiyati va vazifalari, protsessual majburlov choralarining turlari, jinoyat protsessida shaxs huquqlarini cheklash asoslari va chegaralari, ushlab turish, ehtiyot choralari, lavozimdan chetlashtirish, majburiy keltirish, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish, jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash, surishtiruvda, dastlabki tergovda va sudda protsessual majburiyatlarni hamda tartibni buzganligi uchun javobgarlik to‘g‘risida atroflicha ma’lumot olishga imkon beradi.
vazifalari va turlari
Har qanday ushlangan yoki qamalgan shaxs qisqa vaqt mobaynida sudga keltirilishi va qamalishining asosli va qonuniy ekanligi sud tomonidan tekshirilishi lozim. (Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Paktning 9-moddasi)
Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq
va erkinliklari daxlsizdir, ulardan
sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emas.
Huquq va erkinlik – insonlarga berilgan eng ulug‘, daxlsiz ne’matlar hisoblanib, jinoyat sudlov ishlarini yuritishda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini turli darajada cheklovchi ba’zi majburlov choralari qo‘llanadi hamda mazkur choralarni qo‘llamasdan adolat tantanasiga erishish imkoniyati yo‘qligi tabiiy holdir. Sodir etilgan jinoyat uchun tayinlanadigan jazo choralari insonning tabiiy huquqlarini jiddiy darajada cheklaydi. Shaxsning aybdorligi o‘z isbotini topgan hollarda sud qaroriga asosan jinoiy jazo choralarini qo‘llash davlatning adolatli va asoslangan harakati hisoblanadi. Davlat bunday hollarda inson huquqlarini cheklashga nafaqat haqli, balki majbur hamdir. Jinoyat-protsessual majburlov choralari, shu jumladan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchiga, ya’ni
278
aybdorligi sudda hali isbotlanmagan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi. Ba’zi majburlov choralari esa boshqa ishtirokchilar, hatto jabrlanuvchi va guvohga (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 262- moddasi) nisbatan ham qo‘llanilishi mumkin. Shuning uchun mazkur choralarni qo‘llashda ishdagi barcha holatlar davlat organlari tomonidan sinchkovlik bilan va har tomonlama o‘rganilishi, qarorlar adolatli, beg‘araz va xolisona tarzda qabul qilinishi lozim. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Jinoyat-protsessual kodeksi barcha majburlov choralarini alohida to‘rtinchi bo‘limda «Protsessual majburlov» nomi
ostida tizimlashtirdi (213-274-moddalar). Bu bilan qonun ijodkorlari ba’zi bir jinoyat- protsessual institutlarni protsessual majburlov choralariga taalluqligi to‘g‘risidagi bahslarga barham berdi. Masalan, ushlab turishning protsessual majburlov chorasi ekanligi qonun orqali mustahkamlandi. O‘zbekiston Respublikasida inson huquq, erkinlik va manfaatlarini muhofaza qilish masalalariga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, 2008-yilning 1-yanvaridan e’tiboran mamlakatimizda, Xabeas korpus institutining tatbiq etilishi - qamoqqa olish uchun sanksiya berish huquqining sudlarga o‘tkazilganligi xalqaro hamjamiyat tomonidan ijobiy kutib olindi.
Milliy sud-huquq tizimini isloh etishning mantiqiy davomini anglatuvchi sud hokimiyati mustaqilligini mustahkamlash masalalari jinoyat ishlari yurituvining sudga qadar bosqichlarida sud nazoratini kengaytirishni, xususan, lavozimdan chetlashtirish va tibbiy muassasaga joylashtirish kabi protsessual majburlov choralarini qo‘llashda tatbiq etilishini taqozo etdi. Jumladan, 2012-yil 18-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat- protsessual kodeksining 29 va 31-boblariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, sudga qadar yurituv bosqichida qo‘llanadigan choralar, ya’ni lavozimdan chetlashtirish va tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov choralari faqat sudyaning sanksiyasi asosida qo‘llash tartibi qonunan mustahkamlandi. Jinoyat ishlarini ko‘rib chiqadigan davlat organlarining faoliyatida bu masalalar o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi, chunki shaxs jamiyat oldidagi protsessual majburiyatlarini ixtiyoriy ravishda bajarmasa, uning erkinligini majburlov choralari orqali cheklashga to‘g‘ri keladi.
279
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan jinoyat ishlarini yuritishda ba’zi toifadagi shaxslarga nisbatan majburlov choralari qo‘llanishi mumkin. Bu choralar shaxsning huquqlari va qonuniy manfaatlarini muayyan darajada cheklaydi, biroq ularni qo‘llamasdan jinoyat-protsessual faoliyatni yuritib bo‘lmaydi. Protsessual majburlov choralari shaxsning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan ko‘pgina huquq va erkinliklarini cheklash bilan bog‘liq: erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqlarini cheklovchi ushlab turish, qamoqqa olish, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish choralari (25-modda); respublika hududida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib o‘tish va O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketish huquqlarini Jinoyat-protsessual majburlov choralari Ushlab turish 27-bob Ehtiyot choralari 28-bob Boshqa jinoyat- protsessual majburlov choralari 29-31-boblar. Munosib xulq-atvorda bo'lish to'g‘risida tilxat Shaxsiy kafillik, jamoat birlashmasi yoki jamoaning kafilligi Garov
Harbiy xizmatchining xulq-atvori ustidan qo'mondonlik kuzatuvi Voyaga yetmaganlarni kuzatuv ostiga olish uchun topshirish Qamoqqa olish Uy qamog‘i Lavozimdan chetlashtirish Majburiy keltirish Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish Protsess ishtirokchilarining xavfsizligini ta'minlash
Surishtiruv, dastlabki tergov va sudda protsessual majburiyatlar hamda tartibni buzganlik uchun javobgarlik
280
cheklovchi munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxat chorasi (28- modda); xususiy mulkning daxlsizligi huquqlarini cheklovchi garov, mol- mulkni xatlash choralari (53-modda); mehnat qilish, erkin kasb tanlash huquqlarini cheklovchi lavozimdan chetlashtirish chorasi (37-modda) va boshqalar. Ayblanuvchi yoki sudlanuvchining dastlabki tergov, suddan bo‘yin tovlashining oldini olish uning ishtirokida tergov harakatlari va sud muhokamasi o‘tkazilishini va jinoyat natijasida yetkazilgan zararning qoplanishi ta’minlanishini nazarda tutadi. Shu bilan birga, ushbu maqsad ayblanuvchi zimmasiga tergov davri va sud muhokamasi chog‘ida qandaydir harakatlarni bajarish yoki ko‘rsatuvlar berish majburiyatini yuklamaydi. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida protsessual majburlov choralarini qo‘llash asoslari va bu boradagi umumiy qoidalar belgilanib, (26-bob), quyidagi muayyan majburlov choralar tizimi, ya’ni majburlov choralarining turlari aks ettirildi: ushlab turish (27-bob); ehtiyot choralari (28-bob); lavozimdan chetlashtirish (29-bob); majburiy keltirish (30-bob); tibbiy muassasaga joylashtirish (31-bob); protsess ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash va sudda protsessual majburiyatlar hamda tartibni buzganlik uchun javobgarlik (32-bob). Qonunda mazkur majburlov chorasini amalga oshirishning qonuniyligi va asosliligining bir qancha kafolatlari belgilangan bo‘lib, uni qo‘llash shartlari, asoslari, sabablari va muddatlari tartibga solingan. Protsessual majburlov choralari dastlabki tergov va sud muhokamasi jarayonida qo‘llanilishi mumkin, ularni qo‘llash surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning vakolatidir. Protsessual majburlov choralari faqat qonuniy asoslar mavjud bo‘lganda va qonunda belgilangan tartibda qo‘llaniladi. 8.2. Jinoyat protsessida shaxs huquqlarini cheklash asoslari va chegaralari
Jinoyat-protsessual majburlov choralarini qo‘llashning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari insonning erkinliklari va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat deb e’tirof etilganligi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasida mujassamlangan. Bundan tashqari, ushbu moddada demokratik huquq va erkinliklarning Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinishi ta’kidlangan. 281
Jinoyat ishlari yurituvi sohasida davlat yagona maqsadga yo‘naltirilgan ikki masalaga e’tibor qaratishi lozim: inson va fuqarolarning huquq va erkinliklarini jinoyatlardan muhofaza qilish; aybi bo‘lmagan shaxsning javobgarlikka tortilmasligi va hukm qilinmasligini ta’minlash (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 2-modda). Jinoyat-protsessual majburlov jinoyat ishlarining muvaffaqiyatli va to‘sqinliksiz yuritilishi maqsadida qo‘llaniladi, u jinoyatdan jabr ko‘rganlarning huquqlarini himoya qilishga yo‘naltiriladi. Aybi bo‘lmagan hech bir shaxs javobgarlikka tortilmasligi va hukm qilinmasligini ta’minlash uchun jinoyat-protsessual qonunchilikda protsessual majburlov choralarini qo‘llash asoslari, tartibi qat’iy tarzda belgilab qo‘yilgan. Jinoyat ishlari yurituvida jinoyat-protsessual majburlovning asoslanganligi aynan mana shu qoidalarda namoyon bo‘ladi. I. Majburlov xarakteriga ko‘ra: a) jismoniy xarakterdagi jinoyat-protsessual majburlov choralari: ushlab turish, qamoqqa olish, majburiy keltirish, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish; b) mulkiy xarakterdagi jinoyat-protsessual majburlov choralari: garov, mol-mulkni xatlash, pul undirish va jarima solish; d) axloqiy xarakterdagi jamoat birlashmasi va jamoaning kafilligi, munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxat, shaxsiy kafillik, jamoat birlashmasi va jamoaning kafilligi, harbiy xizmatchining xulq-atvori ustidan qo‘mondonlik kuzatuvi, voyaga yetmaganlarni kuzatuv ostiga olish uchun topshirish, lavozimdan chetlashtirish.
Tergov yoki sud harakatlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qilish; O‘ziga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaslik; Gumon qilinuvchi, ayblanuvchining kelgusi jinoiy faoliyatining oldini olish; Hukmning ijrosini ta‘minlash. 282
II. Qo‘llanish subyektlariga ko‘ra: a) faqat gumon qilinuvchi va ayblanuvchilarga nisbatan qo‘llaniladigan jinoyat-protsessual majburlov choralari: ushlab turish, ehtiyot choralarining barcha turlari, lavozimdan chetlashtirish, mol-mulkni xatlash; b) gumon qilinuvchi va ayblanuvchilarga nisbatan qo‘llaniladigan, lekin boshqa shaxslarning mulkiy manfaatlariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan jinoyat-protsessual majburlov choralari: garov, mol-mulkni xatlash; v) faqat gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, jabrlanuvchi, guvohlarga nisbatan qo‘llaniladigan jinoyat-protsessual majburlov choralari: majburiy keltirish; g) jinoyat sudlov ishlarining barcha ishtirokchilari hamda boshqa shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan jinoyat-protsessual majburlov choralari: pul undirish va jarima solish. III. Huquq va erkinliklarning cheklanishi darajasiga ko‘ra: a) insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini cheklash bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat-protsessual majburlov choralari: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25-moddasidagi erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqlarini cheklovchi ushlab turish, qamoqqa olish, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish choralari; O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28-moddasidagi respublika hududida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib o‘tish va O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketish huquqlarini cheklovchi munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxat chorasi; O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasidagi xususiy mulkning daxlsizligi huquqlarini cheklovchi garov, mol-mulkni xatlash choralari; O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37- moddasidagi mehnat qilish, erkin kasb tanlash huquqlarini cheklovchi lavozimdan chetlashtirish chorasi; b) insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini cheklashga bevosita bog‘liq bo‘lmagan jinoyat-protsessual majburlov choralari: boshqa barcha turdagi jinoyat-protsessual majburlov choralari.
va unda immunitet huquqidan foydalanuvchi shaxslar. O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan sud-huquq tizimi islohotining eng muhim vazifasi insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari, avvalo, shaxsiy daxlsizlik huquqlari ta’minlanishi hisoblanadi. 283
Hech kim qonunga
asoslanmagan holda
hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas.
Hech kim asossiz
qamalishi, ushlanishi va quvg‘in
qilinishi mumkin
emas. (Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining 9-moddasi) Ushlab turilganlar huquqlarining kafolatlari Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining 3-, 7-, 10-, 11-moddalarida o‘z ifodasini topgan. Bundan tashqari 1966-yil 19-dekabrda qabul qilingan “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Pakt”ning 6-, 9-, 14-moddalari, 1984- yil 10-dekabrda qabul qilingan “Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi Konvensiya”ning 2-16-moddalari, 1955-yil 30-avgustda qabul qilingan “Mahbuslar bilan muomala qilishning standart qoidalari”, 1990-yil 14-dekabrda qabul qilingan “Mahbuslar bilan muomala qilishning asosiy prinsiplari”, 1988-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Qanday shaklda bo‘lmasin, hibsga yoki qamoqqa olingan barcha shaxslarni himoya qilish prinsiplari” turkumi, 1982-yil 18-dekabrda qabul qilingan “Mahbuslar yoki hibsga olingan shaxslarni qiynoq hamda jazolashning qattiq, shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatini kamsituvchi turlaridan himoya qilish”da sog‘liqni saqlash xodimlarining, ayniqsa shifokorlarning o‘rniga taalluqli tibbiyot etikasi prinsiplari va boshqa xalqaro hujjatlarda ushlab turilgan shaxslarning huquq va erkinliklariga oid qoidalar keng bayon etilgan. Ushlab turilgan bironta shaxsga nisbatan qiynoqqa solish, zo‘rlik ishlatish, qo‘rqitish, aldash hamda insonga nisbatan boshqacha shafqatsiz yoki uning qadr-qimmatini kamsituvchi munosabatda bo‘lish, shuningdek qonunga xilof boshqa choralar qo‘llash mumkin emas. Ushlab turilgan gumon qilinuvchiga jismoniy yoki ruhiy xarakterdagi tazyiqlar o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ushlab turilgan shaxsning huquqiy holatidan foydalanib, uni jinoyat sodir etganlikda iqror bo‘lishga, o‘zini yoki boshqa shaxslarni fosh etish to‘g‘risidagi ko‘rsatuvlarni berishga majburlash taqiqlanadi. Jinoyat sodir etishda gumon qilingan shaxsni ushlab turish jinoyat sudlov vazifalarini hal etishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ko‘pincha kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda qo‘llanadigan, shaxsni qisqa muddat jamiyatdan ajratilgan holda saqlab turishdan iborat bo‘lgan preventiv protsessual majburlov choralaridan biridir.
284
Ushlab turish quyidagi maqsadlarda qo‘llanadi: jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxsning jinoiy faoliyatini oldini olish; dastlabki tergov va suddan bo‘yin tovlashning oldini olish; ushbu shaxsning haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qiladigan urinishlariga yo‘l qo‘ymaslik, ya’ni jinoyat ishi uchun ahamiyatli bo‘lgan dalillarni yashirish yoki yo‘q qilib yuborishning oldini olish; ushlangan shaxsning sodir etilgan jinoyatga aloqadorligini aniqlash. Ushlab turish jinoyat ishi qo‘zg‘atilishidan avval ham amalga oshirilishi mumkin. Bu holda ushlab turish nafaqat militsiya yoki boshqa surishtiruv organi xodimi, balki muomalaga layoqatli har qanday shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Ular ushbu harakatni amalga oshirish davomida yoki undan keyin darhol huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berish yoxud ushlab turishdan oldin shu joyda bo‘lgan huquqni muhofaza qilish organi xodimiga murojaat qilib, uning yordamidan foydalanishi lozim. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandan keyin ushlab turishga faqat tergovchi, surishtiruvchi, prokurorning qaroriga muvofiq yo‘l
qo‘yiladi. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga nisbatan ushlab turish tarzida protsessual majburlov chorasi qo‘llaganida bu haqda 24 soatdan kechiktirmasdan uning oila a’zolaridan biriga, ular bo‘lmagan taqdirda esa qarindoshlariga yoki yaqin kishilariga xabar berishi, shuningdek bu haqda ish yoki o‘qish joyiga ma’lum qilishi shart. Ushlab turilgan shaxs boshqa davlatning fuqarosi bo‘lsa, yuqorida ko‘rsatilgan muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xabar berilishi shart. Ushlab turish asoslarining ro‘yxati qonunda qat’iy belgilangan bo‘lib, uni kengaytirilgan tarzda talqin etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Shaxsni jinoyat sodir etishda gumon qilish uchun asos bo‘ladigan ma’lumotlar mavjud bo‘lgan hollarda, uning surishtiruv va dastlabki tergov organlaridan qochishga urinishi yoki doimiy yashaydigan joyining yo‘qligi yoxud aniqlanmaganligi ushbu shaxsni gumon qilinuvchi tariqasida ushlab
Download 4.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling