Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/53
Sana23.09.2017
Hajmi4.02 Mb.
#16303
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   53
9.5.  Shaxsiy kafillik 

 

Kafillik  ishonchga  loyiq  shaxslardan  ayblanuvchi,  sudlanuvchini 



munosib  xulq-atvorda  bo‘lishi  va  tergov  hamda  sud  chaqirganda  hozir 

bo‘lishi  haqida  majburiyatdir.  Kafillikning  ehtiyot  chorasi  sifatidagi 

afzalligi shundan iboratki, ayblanuvchi (sudlanuvchi) erkinlikda qoladi, o‘z 

mehnat faoliyatini davom ettiradi, odatdagi yashash sharoitlari va oiladan 

ajralmaydi.  

Qonun  kafillikning  ikki  turini  nazarda  tutadi:  shaxsiy  kafillik; 

jamoat birlashmasi yoki jamoaning kafilligi. Ba’zi mamlakatlar Jinoyat-

protsessual kodekslarida kafillar kamida ikki kishidan iborat (Ukraina - 152, 

Qozog‘iston - 145, Qirg‘iziston - 106-modda), hatto 2-5 nafar (Moldova – 

179-modda) bo‘lishini talab qiladi. 

Ayblanuvchi  (sudlanuvchi)ga  faqat  o‘zini  tegishlicha  tutishga  majbur 

etadigan axloqiy omillar ta’sir qiladi. Kafillikka berilgan shaxsning tegishli 

xulq-atvori uchun kafillar mas’uldir, uning o‘ziga esa amaldagi qonun hech 

qanday  majburiyat  yuklamaydi.  Munosib  xulq-atvorda  bo‘lish  to‘g‘risida 

tilxat olishdagidek, kafillikka berilgan shaxsning zimmasiga ham quyidagi 

majburiyatlarni  yuklashni  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual 

kodeksining 252-moddasiga kiritish maqsadga muvofiq: tergov va suddan 

yashirinmaslik; haqiqatni aniqlashga xalaqit bermaslik; jinoiy faoliyat bilan 

shug‘ullanmaslik; hukm ijrosiga to‘sqinlik qilmaslik. Ayblanuvchi bundan 

tashqari,  tergovchi,  prokuror  va  sudning  chaqirig‘iga  ko‘ra  kelish  va 

yashash  joyining  o‘zgargani  to‘g‘risida  ma’lum  qilish  majburiyatlarini 

zimmasiga olishi kerak. 



335 

 

 Shaxs ana shu majburiyatlardan birini bo‘lsa-da, buzgan taqdirda 



unga  nisbatan  jiddiyroq  ehtiyot  chorasi  qo‘llanishi  mumkinligi 

to‘g‘risida  ogohlantirilishi  lozim.  Bunday  ogohlantirish  uning  tegishli 

xulq-atvorini ta’minlaydi. 

Ta’kidlash  joizki,  ayblanuvchi  (sudlanuvchi)  zimmasiga  olgan 

majburiyatlarning birortasi ham uning huquqini jiddiy tarzda cheklamaydi. 



Tegishli  xulq-atvor  deganda  shaxsning  protsessual  majburiyatlarini 

buzmaslik  tarzidagi  xulq-atvori  tushuniladi.  Umumiy  axloqiy 

me’yorlarni buzish ehtiyot chorasini yanada jiddiyrog‘i bilan o‘zgartirishga 

olib kelmasligi kerak. 

Ko‘pgina  davlatlarning  protsessual  qonunchiligida  kafillik  faqat 

ayblanuvchining chaqirganda hozir bo‘lishini ta’minlash bilan cheklanadi. 

Kafillik  maqsadini  bunday  tor  doirada  tushunish  esa  mazkur  ehtiyot 

chorasining samaradorligini pasaytirishga olib keladi. 

Qonun  kafillik  ehtiyot  chorasi  sifatida  tanlanganda  ayblanuvchi 

(sudlanuvchi)ning ish yoki o‘qish joyidagi ma’muriyat xabardor qilinishini 

nazarda  tutmaydi.  Kafillikka  berilgan  shaxsning  yashash  joyidagi 

ma’muriyati va pasport stolini xabardor qilish uchun ham asos yo‘q, chunki 

qonun  unga  yashash  joyidan  tashqariga  chiqishni  taqiqlamaydi. 

Ayblanuvchi (sudlanuvchi) tergovchi yoki sudni vaqtinchalik ko‘chish yoki 

yashash joyini o‘zgartirgani haqida xabardor qilishi kifoya. 



Jamoat  birlashmasi  yoki  jamoaning  kafilligi  ayblanuvchi 

(sudlanuvchi)ni  ish,  o‘qish,  yashash  joyida  qolishga,  shuningdek 

jamoat  birlashmasida  a’zolikni  davom  ettirishga  majbur  qilmaydi. 

Biroq, uning boshqa ishga o‘tishi, o‘qish yoki yashash joyini o‘zgartirishi 

mazkur jamoat birlashmasi yoki jamoani kafil bo‘lish majburiyatidan voz 

kechishiga  va  bu  to‘g‘risidagi  qarorni  (ajrimni)  bekor  qilishiga  sabab 

bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatda kafillikni kafillikdagi shaxs yashashga, 

ishga,  o‘qishga  o‘tgan  yangi  jamoat  birlashmasining  zimmasiga  yuklash 

(agar u bunga rozi bo‘lsa) to‘g‘risida qaror (ajrim) chiqarish, yoinki boshqa 

ehtiyot  chorasini  tanlash  zarur.  Ehtiyot  chorasi  dastlabkisidan  jiddiyroq 

bo‘lmasligi kerak, chunki faqat bir ishdan yoki o‘qishdan, yashash joyidan 

boshqasiga  o‘tish  ayblanuvchi  (sudlanuvchi)ning  protsessual  holatini 

yomonlashtirish uchun asos bo‘lolmaydi.  

Kafillikning  barcha  ko‘rinishlarida,  agar  kafillikdagi  shaxs  o‘zi 

tomonidan  berilgan  va’dalarni  bajarmasa,  intizomni  buzsa,  spirtli 

ichimliklarni iste’mol qilsa v.h. hollarda kafil undan voz kechish huquqiga 

egadir.  Shu  tariqa,  kafillikdan  voz  kechish  uchun  asoslar  axloqiy  tusda 

bo‘lishi  mumkin.  Kafillar  ayblanuvchi  uchun  tanlangan  ehtiyot  chorasiga 



336 

 

zid harakatlarni amalga oshirishini (yashirinishi, yangi jinoyat sodir etishi 



v.h.)  kutib  o‘tirishi  shart  emas.  Kafillikdan  voz  kechish  uchun  ishonch 

yo‘qolishi  va  protsessual  ma’noda  tegishli  bo‘lmagan  xulq-atvor 

ehtimolining  borligi  kifoyadir.  Tergovchi  va  sud  kafillikdan  voz 

kechishning asosliligini nazorat qiladi. Ammo, agar voz kechishning vajlari 

jiddiy  bo‘lmasa,  kafillik  samarali  bo‘lishi  qiyin.  Shuning  uchun  maqbul 

variant  –  agar  bundan  keyin  kafillik  imkoniyati  obyektiv  ravishda 

yo‘qolmagan  bo‘lsa,  kafilning  ayblanuvchi  bilan  kelishuvini  izlashdir. 

Kafillikni kafilning o‘zi emas, balki tergovchi yoki sud bekor qiladi. Lekin 

kafil o‘z ixtiyori bilan va har qanday vajlar sababli kafillikdan voz kechishga 

haqqi  bor.  Kafil  bo‘lish  –  fuqaroviy  majburiyat  emas.  Kafillikdan  voz 

kechish asoslarining jiddiyligiga qarab, tergovchi yoki sud kafillik o‘rniga 

boshqa ehtiyot chorasini tanlaydi. 

Shubhasiz, barcha ehtiyot choralari kabi kafillik ham shaxsni muayyan 

xulq-atvorga  majburlaydi.  Kafillik  nazoratga  olish  bilan  bog‘liq  chora 

sifatida ayblanuvchining ruhiyatiga ta’sir ko‘rsatib, undan noxush oqibatlar 

kelib  chiqishi  tahdidi  ostida  ma’lum  harakatlardan  tiyilishni  talab  etadi. 

Bunday oqibatlar ikki xil bo‘lishi mumkin: sud tomonidan ayblanuvchining 

kafillari  va  qonuniy  vakillariga  tatbiq  etiladigan  mulkiy  jazo  va  ba’zi  bir 

ma’naviy talofatlar. Jumladan, tergovchi, ayblanuvchi va kafil o‘rtasida uch 

tomonlama munosabat yuzaga keladi. Kafil ayblanuvchining tegishli xulq-

atvorini ta’minlashga majbur, lekin u ayblanuvchini qonunga itoat etuvchi 

xulq-atvorga  majbur  etish  uchun  yuridik  vakolatga  ega  emas. 

Ayblanuvchining nazarida kafil obro‘-e’tiborga ega, nufuzli shaxs. U bilan 

ayblanuvchi o‘rtasidagi munosabat huquqiy tusga ega, lekin faqat ishonchga 

asoslangan. Ayblanuvchi o‘zini kafillikka olgan shaxsga nisbatan mulkiy va 

ma’naviy tusdagi noxushliklar yuz berishini xohlamaydi va shu sababdan 

qonun va axloqqa zid xulq-atvordan o‘zini tiyadi. Ayblanuvchi o‘zini tuta 

olmasa,  tergovchi  bilan  kafil  o‘rtasidagi  regulyativ  huquqiy  munosabat 

keskin  tus  oladi.  Demak,  ayblanuvchining  nojo‘ya  xulq-atvori  mazkur 

huquqiy  munosabatda  yuridik  fakt  rolini  o‘ynaydi  va  bu  narsa  mazkur 

ehtiyot  choralarini  qo‘llash  yoki  o‘zgartirish  chog‘ida  e’tiborga  olinadi. 

Kafillik  o‘rnatish  to‘g‘risida  qaror  (ajrim)  chiqarish  lozim.  Qaror 

asoslangan  va  kafil  to‘g‘risidagi  ma’lumotlarni  o‘z  ichiga  olgan  bo‘lishi 

kerak.  Qaror  (ajrim)  chiqarishdan  oldin  tergovchi  (sud)  qonundan  kelib 

chiqadigan  harakatlarni  amalga  oshiradi.  Kafil  ishonchli  bo‘lishi  kerak. 

Kafilning shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plab va tekshirib, tergovchi 

(sud)  bunga  qanoat  hosil  qilishi  shart.  Kafilning  shaxsi  to‘g‘risidagi 

ma’lumotlarni tergovchi tezkor-qidiruv organlari yordamida ham to‘plashi 



337 

 

mumkin.  Jamoa  kafilligidan  foydalanish  maqsadi  bo‘lganda,  kafillikni 



samarali amalga oshira olishi mumkinligini belgilash uchun tegishli jamoat 

birlashmasi  yoxud  jamoadagi  mikromuhit  to‘g‘risida  ma’lumotlarni 

to‘plash zarur. 

Qonunni  kafillik  uchun  ayblanuvchining  o‘zidan  ham  rozilik  olish 

zarurligi to‘g‘risida qoida bilan to‘ldirish kerak. Bunday roziliksiz kafillik 

samara  bermaydi.  Kafillikni  amalga  oshirish  uchun  har  ikki  taraf  - 

ayblanuvchi  va  kafilning  ixtiyoriy  xohish  bildirishi  zarur.  Shu  bois 

ayblanuvchining 

kafil 

bilan 


o‘zaro  munosabatlari  to‘g‘risidagi 

ma’lumotlarni e’tiborga olish lozim bo‘ladi.  

 

Jamoat  birlashmasi  yoki  jamoaning  kafilligi  deyilganda, 

ayblanuvchining  istiqomat  joyi,  o‘qiydigan  yoxud  mehnat  qiladigan 

jamoa yoki u a’zo bo‘lgan kasaba uyushmasi va boshqa birlashmalarning 

kafilligi tushuniladi.  

 

Jamoat  birlashmasi  yoki  jamoaning  yig‘ilishida  kafillik  masalasini 



sinchiklab  ko‘rib  chiqishni  ta’minlash  mumkin.  Shu  sababdan  qonun 

kafillikni amalga oshiradigan subyektlarning ro‘yxatini belgilarkan, jamoat 

birlashmalari  va  jamoalarning  saylab  qo‘yiladigan  organlarini  nazarda 

tutmaydi. Kafillik masalasini jamoat birlashmasi yoxud jamoa ma’muriyati 

jamoa  bilan  maslahatlashmagan  holda  ko‘rib  chiqishi  odil  sudlovning 

manfaatlariga  mos  kelmaydi.  Shu  sababli  tergovchi  (sud)  kafillik  yoki 

undan  voz  kechish  masalasini  qayta  ko‘rib  chiqish  uchun  jamoat 

birlashmasi yoki jamoaning umumiy yig‘ilishini chaqirilishini talab qilishga 

haqlidir. Kafillikka berilayotgan shaxs jamoat birlashmasi yoki jamoaning 

yig‘ilishida qatnashishi maqsadga muvofiq. Ba’zan yig‘ilishda mazkur ishni 

yuritayotgan tergovchi so‘zga chiqadi. Agar kafillik to‘g‘risida asoslangan 

qaror  chiqarish  uchun  zarur  bo‘lsa,  jamoat  birlashmasi  yoki  jamoaga  o‘z 

vakili  orqali  ish  materiallari  bilan  tanishish  huquqi  berilishi  kerak. 

Tergovchi yoki sudga umumiy yig‘ilish o‘tkazilgani, unda ishtirok etganlar 

soni,  so‘zga  chiqqanlarning  mulohazalari  va  ovoz  berish  natijalari 

ko‘rsatilgan  holda  yig‘ilish  raisi  va  kotibi  tomonidan  imzolangan 

bayonnoma  va  shaxsning  tegishlicha  xulq-atvoriga  kafilligi  to‘g‘risida 

birlashma yoki jamoaning yozma majburiyati yuborilishi zarur. 

Birlashma  yoki  jamoaning  iltimosi  tergovchi  (sud)  uchun  majburiy 

emas,  kafillikka  berish  to‘g‘risidagi  iltimos  rad  qilinishi  mumkin. 

Shuningdek,  shaxs  uchun  kafil  bo‘lishni  xohlamagan,  birlashma  yoki 

jamoaga kafillikni zo‘rlab o‘tkazish mumkin emas. Birlashma yoki jamoa 



338 

 

faqat o‘z a’zolari uchun kafil bo‘lishi mumkin, o‘zi bilmaydigan va xulq-



atvorini nazorat qilmaydigan shaxs uchun kafil bo‘la olmaydi.  

Jamoat 


kafilligining 

xarakterli 

xususiyati 

– 

ayblanuvchi 



(sudlanuvchi)ning  tegishlicha  bo‘lmagan  xulq-atvori  uchun  kafilning 

huquqiy  javobgarligi  mavjud  emasligidir.  Biroq  bu  narsa  uni  samarasiz 

qilmaydi. Shaxs uchun jamoaning ishonchi shaxsiy kafillikdan ko‘ra ancha 

qimmatlidir.  Jamoaga  pand  bermaslik,  uning  ishonchini  oqlash  xohishi 

kafillikka  beriluvchining  tegishlicha  xulq-atvorining  jiddiy  omili  bo‘lib 

xizmat qiladi. 



Shaxsiy  kafillik  ishonchga  sazovor  bo‘lgan  shaxslarning  o‘z 

zimmalariga  ayblanuvchi,  sudlanuvchi  munosib  xulq-atvorda  bo‘lishiga 

kafil ekanliklari haqida yozma majburiyat olishidir.  

 

Kafillikni  amalga  oshirish  uchun  har  ikki  taraf  –  ayblanuvchi, 



sudlanuvchi  va  kafilning  ixtiyoriy  xohish  bildirishi  zarur.  Ayblanuvchi, 

sudlanuvchi surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari yoki sudga 

o‘zlarini kim shaxsiy kafilikka olishi mumkinligini ma’lum qilishlari yoxud 

kafillarning  o‘zi  jinoiy  javobgarlikka  tortilayotgan  shaxslar  erkinlikda 

qoldirilsa,  ularning  munosib  xulq-atvoriga  kafil  bo‘lish  istagi  to‘g‘risida 

yuqoridagi organlar va sudga murojaat qilishlari mumkin.  



Ayblanuvchi, sudlanuvchini ularning qarindoshlari, do‘stlari yoki 

yaqin  tanishlari  kafillikka  olishi  mumkin.  Kafillarning  soni 

surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror  yoki  sud  tomonidan  belgilanadi. 

Alohida  hollarda  yuksak  ishonchga  sazovor  bo‘lgan  bitta  shaxs  ham 

kafil bo‘lishi mumkin.  

Ishonchga  sazovor  shaxs  deganda  jamiyatda  muayyan  mavqega, 

obro‘-e’tiborga, ayblanuvchi, sudlanuvchining xulq-atvoriga ijobiy ta’sir 

ko‘rsatish uchun yetarli imkoniyatlarga ega bo‘lgan shaxslar tushuniladi. 

 

Kafil  ayblanuvchining  risoladagidek  xulq-atvorini  ta’minlashga 



majbur,  lekin  u  ayblanuvchini  qonunga  itoat  etuvchi  xulq-atvorga  majbur 

etish uchun yuridik vakolatga ega emas. Kafil bilan ayblanuvchi o‘rtasidagi 

munosabat  huquqiy  tusga  ega,  lekin  faqat  ishonchga  asoslangan. 

Ayblanuvchi o‘zini kafillikka olgan shaxsga nisbatan mulkiy va ma’naviy 

tusdagi noxushliklar yuz berishini xohlamaydi va shu sababdan risolaga zid 

xulq-atvordan o‘zini tiyadi.  

Ayblanuvchi,  sudlanuvchini  shaxsiy  kafillikka  berish  to‘g‘risida 

bayonnoma tuziladi yoki sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi. Kafillar 

ushbu  ehtiyot  chorasi  qo‘llanilishiga  sabab  bo‘lgan  ayblovning  mohiyati, 

ayblanuvchiga qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jazo, kafillarning javobgarligi 



339 

 

haqida  ogohlantirilganligi  ushbu  bayonnomada  qayd  qilinib,  u  ehtiyot 



chorasini  qo‘llayotgan  mansabdor  shaxs,  ayblanuvchi,  sudlanuvchi  va 

kafillar  tomonidan  imzolanadi.  Bundan  tashqari,  har  bir  kafillikka 

oluvchidan kafillik to‘g‘risida tilxat olinadi. 

Kafillar  ularni  javobgarlikka  tortish  uchun  sabab  bo‘ladigan  asoslar 

kelib  chiqqunga  qadar  o‘z  zimmalariga  olgan  majburiyatlaridan  voz 

kechishlari  mumkin.  Kafillikni  kafilning  o‘zi  emas,  balki  surishtiruvchi, 

tergovchi, prokuror va sud bekor qiladi, lekin kafil o‘z ixtiyori bilan va har 

qanday  vajlar  sababli  kafillikdan  voz  kechishga  haqli.  Kafillikdan  voz 

kechish uchun ayblanuvchi, sudlanuvchiga nisbatan ishonchning yo‘qolishi 

va  nomunosib  xulq-atvorda  bo‘lish  ehtimolining  mavjudligi  kifoya.  Kafil 

bo‘lish – fuqaroviy majburiyat emas. Kafillikdan voz kechish asoslarining 

jiddiyligiga qarab, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud kafillik o‘rniga 

boshqa ehtiyot chorasini tanlaydi. 

Kafillar ayblanuvchi, sudlanuvchining xulq-atvorini kuzatishga imkoni 

bo‘lmaganligini  bahona  qilishga  haqli  emaslar,  ular  bartaraf  etib 

bo‘lmaydigan  vaziyatning  ta’sirini  isbotlab  beradigan  hollar  bundan 

mustasno. 

Kafil  o‘z  zimmasiga  olgan  yozma  majburiyatlarini  bajarmasligi 

oqibatida  ayblanuvchi,  sudlanuvchi  oldi  olinishi  uchun  shaxsiy  kafillik 

qo‘llanilgan harakatlarni sodir etgan taqdirda, u O‘zbekiston Respublikasi 

Ma’muriy  javobgarlik  to‘g‘risidagi  kodeksning  208-moddasiga  binoan 

javobgarlikka  tortilishi  mumkin  (kafilga  eng  kam  ish  haqining  bir 

baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solinadi).  

Shu  tariqa,  ayblanuvchini  ruhan  majburlash  ochiqdan-ochiq  yoki 

bilvosita kafillik va nazoratga olish bilan bog‘liq barcha ehtiyot choralarini 

qo‘llash  chog‘ida,  hatto  ehtiyot  chorasi  tanlanmay,  ayblanuvchidan 

majburiyatlar  olish  va  noo‘rin  xulq-atvor  oqibatlari  to‘g‘risida  maxsus 

ogohlantirish hollarida ham yuz beradi. 

Qonun  kafillik  ehtiyot  chorasi  sifatida  tanlanganda  ayblanuvchi 

(sudlanuvchi)ning ish yoki o‘qish joyidagi ma’muriyat xabardor qilinishini 

nazarda  tutmaydi.  Kafillikka  berilgan  shaxsning  yashash  joyidagi 

ma’muriyati va pasport stolini xabardor qilish uchun ham asos yo‘q, chunki 

qonun  unga  yashash  joyidan  tashqariga  chiqishni  taqiqlamaydi. 

Ayblanuvchi (sudlanuvchi) tergovchi yoki sudni vaqtinchalik ko‘chish yoki 

yashash joyini o‘zgartirgani haqida xabardor qilishi kifoya.  

Jamoat 


birlashmasi 

yoki 


jamoaning 

kafilligi 

ayblanuvchi 

(sudlanuvchi)ni  ish,  o‘qish,  yashash  joyida  qolishga,  shuningdek  jamoat 

birlashmasida  a’zolikni  davom  ettirishga  majbur  qilmaydi.  Biroq,  uning 


340 

 

boshqa ishga o‘tishi, o‘qish yoki yashash joyini o‘zgartirishi mazkur jamoat 



birlashmasi yoki jamoani kafil bo‘lish majburiyatidan voz kechishiga va bu 

to‘g‘risidagi  qarorni  (ajrimni)  bekor  qilishiga  sabab  bo‘lishi  mumkin. 

Bunday  vaziyatda  kafillikni  kafillikdagi  shaxs  yashashga,  ishga,  o‘qishga 

o‘tgan yangi jamoat birlashmasining zimmasiga yuklash (agar u bunga rozi 

bo‘lsa) to‘g‘risida qaror (ajrim) chiqarish, yoinki boshqa ehtiyot chorasini 

tanlash  zarur.  Ehtiyot  chorasi  dastlabkisidan  jiddiyroq  bo‘lmasligi  kerak, 

chunki faqat bir ishdan yoki o‘qishdan, yashash joyidan boshqasiga o‘tish 

ayblanuvchi (sudlanuvchi)ning protsessual holatini yomonlashtirish uchun 

asos bo‘la olmaydi.  

Kafillik  o‘rnatish  to‘g‘risida  qaror  (ajrim)  chiqarish  lozim.  Qaror 

asoslangan  va  kafil  to‘g‘risidagi  ma’lumotlarni  o‘z  ichiga  olgan  bo‘lishi 

kerak.  Qaror  (ajrim)  chiqarishdan  oldin  tergovchi  (sud)  qonundan  kelib 

chiqadigan  harakatlarni  amalga  oshiradi.  Kafil  ishonchli  bo‘lishi  kerak. 

Kafilning shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plab va tekshirib, tergovchi 

(sud)  bunga  qanoat  hosil  qilishi  shart.  Kafilning  shaxsi  to‘g‘risidagi 

ma’lumotlarni tergovchi tezkor-qidiruv organlari yordamida ham to‘plashi 

mumkin.  Jamoa  kafilligidan  foydalanish  maqsadi  bo‘lganda,  kafillikni 

samarali amalga oshira olishi mumkinligini belgilash uchun tegishli jamoat 

birlashmasi  yoxud  jamoadagi  mikromuhit  to‘g‘risida  ma’lumotlarni 

to‘plash zarur. 

Kafillik  to‘g‘risida  tilxat  olish  uchun  tergovchi  yoki  sud  kafillikka 

olayotgan  shaxsni  chaqiradi.  Jamoat  birlashmasi  yoki  jamoaning  vakili 

tergovchi  yoki  sudga  ushbu  birlashma  yoxud  jamoa  ayblanuvchining 

tegishli  xulq-atvori  va  uning  chaqirish  bo‘yicha  hozir  bo‘lishiga  kafil 

bo‘lishi to‘g‘risida yozma majburiyat berishi shart. Kafil yoki uning vakili, 

shuningdek 

ayblanuvchi 

mazkur 


ehtiyot 

chorasining 

tanlangani 

to‘g‘risidagi qaror (ajrim) bilan tanishib, imzo chekishlari kerak. Ularning 

har biriga, agar ular iltimos qilsa, ushbu hujjatdan nusxa topshirilishi lozim 

bo‘ladi. Keyin tergovchi (sud) yana bir karra kafillikka berilayotgan bilan 

kafil  o‘rtasidagi  o‘zaro  munosabatlar  xususiyatini  aniqlaydi  va  kafilni 

ishning  mohiyatidan  (ayblovning  og‘irligi,  ehtimoliy  jazo  v.h.)  xabardor 

qiladi.  

Shuning  uchun  har  bir  ayblanuvchidan,  unga  nisbatan  ehtiyot 

chorasi  qo‘llanganidan  qat’i  nazar,  sud  va  tergovdan  yashirinmaslik, 

haqiqatni  aniqlashga,  hukmni  ijro  etishga  to‘sqinlik  qilmaslik,  jinoiy 

faoliyat bilan shug‘ullanmaslik, chaqirilganda hozir bo‘lish va yashash 

joyini o‘zgartirgani holda ma’lum qilish to‘g‘risida yozma majburiyat 

olinadi.  


341 

 

Bunda  ayblanuvchi  ko‘rsatilgan  majburiyatlarni  o‘z  zimmasiga 



olganligi  ko‘rsatilgan  bayonnoma  tuzilishi  va  unga  bu  majburiyatlarni 

bajarmaslik  qanday  oqibatlarga  olib  kelishi  tushuntirilishi  kerak  bo‘ladi. 

Bayonnoma tuzilayotganda kafillar hozir bo‘lishi va uni imzolashlari lozim. 

Ehtiyot  chorasini  sud  tanlaganda  tegishli  holatlar  sud  majlisi 

bayonnomasida qayd etiladi. 

Kafillikni ehtiyot choralaridan chiqarib tashlash haqida ba’zi amaliyot 

xodimlarining  taklifiga  qo‘shilish  uchun  arzigulik  asos  yo‘q.  Ushbu  nom 

bilan 


birlashtirilgan 

ehtiyot 


choralari 

jinoyat 


sudlov 

ishlarini 

demokratlashtirish,  majburlash  doirasini  toraytirish,  ijtimoiy  hayotning 

axloqiy  negizlarini  takomillashtirish,  davlat  va  shaxs  o‘rtasidagi 

munosabatlarda ishonchga suyanish bilan chambarchas bog‘langan. U shaxs 

va davlatning qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi.  

Ayblanuvchi kafillik shartlarini buzayotganiga ishonch hosil qilsa, kafil 

uni tergov organiga yoki sudga olib kela olmaydi. Chunki ayblanuvchi faqat 

yangi  jinoyat  sodir  etgan  hollarda  ushlanishi  va  huquqni  muhofaza  qilish 

organiga olib kelinishi mumkin. Kafil biror shaxsni ushlash uchun boshqa 

fuqarolar  qanday  huquqli  bo‘lsa,  ana  shunday  huquqqa  ega. 

Ayblanuvchining  tegishlicha  bo‘lmagan  nojo‘ya  xulq-atvori  haqida  kafil 

mazkur  ehtiyot  chorasini  tanlagan  organga  xabar  qilishga  haqli,  ammo  u 

kafillikka olinganni ushlashi va majburiy keltirishi uchun qonunda nazarda 

tutilgan asoslar yo‘q.  

Birlashma  yoki  jamoaning  iltimosi  tergovchi  (sud)  uchun  majburiy 

emas,  kafillikka  berish  to‘g‘risidagi  iltimos  rad  qilinishi  mumkin. 

Shuningdek,  shaxs  uchun  kafil  bo‘lishni  xohlamagan,  birlashma  yoki 

jamoaga kafillikni zo‘rlab o‘tkazish mumkin emas. Birlashma yoki jamoa 

faqat o‘z a’zolari uchun kafil bo‘lishi mumkin, o‘zi bilmaydigan va xulq-

atvorini nazorat qilmaydigan shaxs uchun kafil bo‘la olmaydi.  

Jamoat 


kafilligining 

xarakterli 

xususiyati 

– 

ayblanuvchi 



(sudlanuvchi)ning  tegishlicha  bo‘lmagan  xulq-atvori  uchun  kafilning 

huquqiy  javobgarligi  mavjud  emasligidir.  Biroq  bu  narsa  uni  samarasiz 

qilmaydi. Shaxs uchun jamoaning ishonchi shaxsiy kafillikdan ko‘ra ancha 

qimmatlidir.  Jamoaga  pand  bermaslik,  uning  ishonchini  oqlash  xohishi 

kafillikka  beriluvchining  tegishlicha  xulq-atvorining  jiddiy  omili  bo‘lib 

xizmat qiladi.

 

 

 



 

342 

 

9.6. 



Voyaga yetmaganlarni kuzatuv ostiga olish uchun 

topshirish 

 

Inson  huquqlari  tizimida  bola  huquqlari  alohida  o‘rin  tutadi,  zotan, 



bunday holat bir necha omillar bilan tavsiflanadi, jumladan, bir tomondan, 

bolalar  kattalar  ega  bo‘lgan  va foydalanadigan  huquqlarning  hammasidan 

ham  foydalana  olmaydilar,  ikkinchi  tomondan  esa,  aynan  ularning  hali 

voyaga  yetmaganliklari  bois  davlat  va  jamiyat  tomonidan  alohida 

g‘amxo‘rona  munosabat  ko‘rsatilishi  va  ayrim  imtiyozlar  berilishi  talab 

etiladi. 

O‘zbekiston  Jinoyat-protsessual  kodeksida  voyaga  yetmaganlarning 

jinoyatlari  haqidagi  ishlarni  yuritish  tartibi  alohida  60-bobda  ko‘rsatilgan 

bo‘lib,  hozirgi  zamon  rivojlangan  chet  mamlakatlarning  jinoyat 

qonunchiligiga mos keladi.  



Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling