Shahsiy ijod va ijodiy fikrlash vositalari


Download 58.77 Kb.
Sana26.01.2023
Hajmi58.77 Kb.
#1128790
Bog'liq
kreativ fikrlash

SHAHSIY IJOD VA IJODIY FIKRLASH VOSITALARI

Reja:

1. Shaxsiy ijod: ta’rifi va ahamiyati

2. Shaxsiy ijodkorlikka to`siqlar

3. Shaxsiy ijodkorlikni rivojlantirish uchun samarali strategiyalar

4. Ijodiy fikrlash usullari

Shaxsiy ijod: ta’rifi va ahamiyati

Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, histuyg’ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo’ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o’tkirlikni belgilab beradi, “talabalar e’tiborini ta’lim jarayoniga faol jalb etishni ta’minlaydi”

Shaxsiy ijod nima?

Yangi g’oyalar eskilaridan kelib chiqadi degan kuzatish amaliy ahamiyatga ega, chunki bu bizga ijodkorlik uchun bilim zarurligini aytadi. Ijodkorlik “vakuum”da bo’lmaydi. Bizning tasavvurimiz qisman bilgan narsamizga bog’liq.

Shaxsiy ijodkorlikni rivojlantirish uchun samarali strategiyalar

Shaxsiy ijodkorlikni rivojlantirish uchun samarali, tahliliy fikrlashning olti quroli. Shaxsiy ijodkorlikni rivojlantirishda tahliliy fikrlashga aloqador tafakkur qurollarining soni faqat oltita emas, aslida ancha ko’p. Lekin biz eng muhimlarini tanlab olib, quyida ularni e’tiboringizga havola qilmoqchimiz.

1-qurol: Talqin

Talqin deganda sizga taqdim etilgan axborotni to’g’ri tushunib, uni boshqalarga to’g’ri yetkazib bera olish qobiliyati tushuniladi. Ishda yoki o’qishda siz turli holatlarda har xil ma’lumotlar bilan yuzlashasiz. Masalan, mijozlar uchun internet saytlarini yaratuvchi kompaniyada ishlasangiz, mijoz sizga qanday saytni xohlashi haqida o’z tushunchasi bilan ma’lumot beradi. Siz bu ma’lumotni to’g’ri tushunib, uni rahbariyatingizga yoki saytni yaratuvchi xodimlarga ular tushunadigan uslubda tushuntirib bera olishingiz kerak.

2-qurol: Tahlil

Tahlil deb turli qismlardan iborat axborotlarni jamlab, ularning xulosasini tushunishga aytiladi. Masalan, siz ishlovchi kompaniya keyingi 30 besh yillik ish rejasi haqida bayonot chiqardi. Unda kutilayotgan o’zgarishlar, kompaniya oldida turgan eng ustuvor vazifalar haqida umumiy ma’liumot berilgan.


Download 58.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling