Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Shartli  hukm  qilingan  shaxslarning  majburiyatlari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/33
Sana20.10.2017
Hajmi5.01 Kb.
#18295
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33

Shartli  hukm  qilingan  shaxslarning  majburiyatlari.  Shartli  hukm 
qilinganda,  basharti,  bunga  asoslar  mavjud  bo’lsa,  sud  mahkumga  quyidagi 
majburiyatlarni yuklashi mumkin:  
muayyan vaqt mobaynida yetkazilgan zararni bartaraf qilish,  
ishga yoki o’qishga kirish,  
yashash  joyi,  ish yoki  o’qish  joyi  o’zgarib  qolsa,  bu holda  shartli  hukm 
qilingan  shaxsning  xulqi  ustidan  nazorat  olib  boruvchi  organlarga  xabar 
berib turish,  
vaqti-vaqti bilan kelib, bu organlardan ro’yxatdan o’tib turish,  
muayyan joylarda bo’lmaslik,  
muayyan vaqtda yashash joyida bo’lishi,  
alkogolizm,  giyohvandlik,  zaharvandlik  yoki  tanosil  kasalligidan 
davolanish.  
Hukm qilingan shaxsning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organning 
taqdimi 
bilan 
sud 
sinov 
muddati 
davomida 
unga 
yuklatilgan 
majburiyatlarning  hammasini  yoki  bir  qismini  olib  tashlashi  yoki  uning 
zimmasiga yangi majburiyatlar yuklashi ham mumkin.  
Sudga  taqdimnoma  kiritish.  Agar  shartli  hukm  qilingan  shaxs  sinov 
muddati  davomida  sud  unga  yuklagan  majburiyatlarni  bajarmasa  yoxud 
jamoat tartibi yoki mehnat intizomini buzganligi uchun unga ma’muriy yoki 
intizomiy ta’sir chorasi qo’llanilgan bo’lsa, sud uning xulqi ustidan nazorat 
olib  boruvchi  organ  taqdimnomasiga  binoan  jazoning  shartliligini  bekor 
qilib,  hukmda  tayinlangan  jazoni  ijro  etish  to’g’risida  ajrim  chiqarishi 
mumkin. 
Jazoni 
ijro 
etish 
inspeksiyasi 
mahkum 
tomonidan 
quyidagi 
huquqbuzarliklar sodir etilganda, sudga taqdimnoma kiritadi: 
a)  sinov  muddati  davomida  jamoat  tartibini  yoki  mehnat  intizomini 
buzganligi uchun ma’muriy yoki intizomiy jazo qo’llangan bo’lsa; 

294 
 
b)  shartli  hukm  qilingan  muayyan  muddat  mobaynida  ishga  yoki 
o’qishga  kirmagan,  yetkazilgan  zararni  bartaraf  yetmagan,  ichki  ishlar 
organining  ruhsatisiz  turar  joyini  o’zgartirgan,  ro’yxatdan  o’tish  uchun 
kelmayotgan,  hamda  hukmda  ko’rsatilgan  boshqa  majburiyatlarni 
bajarmayotgan bo’lsa; 
v) shartli hukm qilingan shaxsning nazoratdan bo’yin tovlash maqsadida 
yashiringaniga yetarli asos bo’lsa. 
Shartli  hukmni  bekor  qilish  to’g’risidagi  taqdimnomani  yetkazilgan 
zararni  bartaraf  qilish  uchun  sud  tomonidan  belgilangan  muddat  tamom 
bo’lishi bilan 10 kun ichida yoki yuqorida ko’rsatilgan buzilish hollari sodir 
etilsa yuboriladi. 
Shartli  hukmni  bekor  qilish  to’g’risidagi  taqdimnoma  sud  tomonidan 
qanoatlantirilmay  qaytarilganda  mahkum  tomonidan  yuqorida  ko’rsatilgan 
buzilish hollari qayta sodir etilgan taqdirda taqdimnoma yangidan yuboriladi. 
Mahkumlar  yashash  joyini  tashlab  ketsa  jazoni  ijro  etish  inspeksiyasi 
xodimlari  tomonidan  uning  qayerdaligini  aniqlash  choralari  ko’riladi  va  bu 
maqsadda: 
a)  mahkumning  qarindosh  va  tanishlari  uning  qayerda  bo’lishi 
mumkinligini aniqlash maqsadida surishtiriladi; 
b) manzillar ma’lumotxonasidan va boshqa tegishli davlat organlaridan 
hamda  uy  daftaridan  mahkumning  turar  joyidagi  ro’yxatdan  chiqmagani 
aniqlanadi; 
v)  o’qish  yoki  ish  joyidagi  kadrlar  bo’limidan  mahkumning  qayerda 
bo’lishi mumkinligi to’g’risidagi ma’lumotlarga ega bo’lgan shaxslar orqali 
aniqlash choralari ko’riladi; 
g)  yashiringan  shaxsni  aniqlash  maqsadida  uning  qarindoshlari  turar 
joylarida joylashgan hududdagi ichki ishlar bo’limiga so’rovlar yuboriladi; 
d)  tibbiy  muassasalarda  mahkumlar  to’g’risida  biror  ma’lumot  bor-
yo’qligi tekshiriladi
e) ichki ishlar bo’limlarida  ushlangan, hibsga olinganlar, sudlanganlar 
hamda qidiruvda bo’lganlar ro’yxati ko’rib chiqiladi; 
m)  mahkumlarni  aniqlash  maqsadida  ko’zda  tutilgan  boshqa  choralar 
ham qo’llaniladi; 
z)  to’plangan  hujjatlar  alohida  yig’ma  jildda  taxlanib,  nazorat  yig’ma 
jildiga qo’shiladi; 
i)  agarda  bir  oy  muddatda  qidirilayotgan  shaxsni  aniqlashni  iloji 
bo’lmasa, jazoni ijro etish inspeksiyasida to’plangan hujjatlar bilan xulosani 
va  sud  hukmining  nusxasini  unga  nisbatan  qidiruv  e’lon  qilishni  so’rab 
mahkumning  turar  joyi  bo’yicha  ichki  ishlar  bo’limi  boshlig’iga  to’shiradi. 
Mahkumning  nazoratdan  bo’yin  tovlash  maqsadida  yashiringani  uchun 

295 
 
yetarli asos bo’lsa, shartli hukmni bekor qilish to’g’risida sudga taqdimnoma 
kiritiladi. 
Sinov muddatini hisoblash. Shaxs shartli hukm qilinganda, sud sinov 
muddatini o’rnatadi va bu sinov muddati davomida mahkum o’z xulq-atvori 
orqali o’zining o’zgarganligini ko’rsatishi kerak bo’ladi. 
Sinov muddati hukm chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi, mahkum 
tomonidan  uning  zimmasiga  yuklatilgan  vazifalarni  bajarish  esa  -  jazolarni 
ijro  etish  inspeksiyasi  tomonidan  sud  hukmining  nusxasi  olingan  kundan 
boshlab  hisoblanadi,  shu  kunning  o’zidayoq  mahkum  jazolarni  ijro  etish 
inspeksiyasida ro’yxatga olinadi.  
Hukm  chiqargan  sud  va  mahkumning  ish  joyi  bo’yicha  ma’muriyat 
mahkum  ro’yxatga  olinganligi  to’g’risida  darhol  xabardor  qilinadi.  Agar 
mahkum  harbiy  chaqiruv  yoshiga  yetgan  bo’lsa,  harbiy  qo’mita  ham  bu 
haqda xabardor qilinadi.  
Mahkum ro’yxatga olingandan so’ng, u jazolarni ijro etish inspeksiyasi 
boshlig’ining  huzuriga  suhbatga  chaqiriladi.  Suhbat  davomida  mahkumga 
uning  sinov  muddati  davomidagi  huquqiy  maqomi,  uning  inspeksiyaga 
nisbatan  majburiyatlari,  sud  hukmidagi  cheklovlarning  ro’yxati  haqida 
tushuntiriladi. Voyaga yetmagan shaxs ro’yxatga olinganda, suhbatda uning 
ota-onalari yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar ishtirok etishlari mumkin.  
Ro’yxatdan  chiqarilgach,  sud  tomonidan  mahkum  zimmasiga 
yuklatilgan barcha majburiyat va cheklovlar, shuningdek, uning jazolarni ijro 
etish  inspeksiyasi  oldidagi  majburiyatlari  bekor  bo’ladi.  Mahkumni 
ro’yxatdan  chiqarishning  birgina  asosi  ko’rsatilgan  sinov  muddatining 
tugashidir.  Lekin  ro’yxatdan  chiqarishning  boshqa  asoslari  ham  mavjud: 
yangi  sodir  etilgan  jinoyat  uchun  ozodlikdan  mahrum  qilishga  hukm 
qilinganda;  shartli  hukm  muddatidan  avval-shartli  bekor  qilinganda;  shartli 
hukm shaxsning ozodlikdan mahrum qilish joylariga jo’natilishi munosabati 
bilan  bekor  qilinganda;  mahkum  yashash  joyini  o’zgartirganda;  mahkum 
vafot  etganda  yoki  u  sud  tomonidan  muomalaga  layoqatsiz  deb  topilganda. 
Mahkum  yashash  joyini  o’zgartirganda  uning  ustidan  o’rnatilgan  nazorat 
tugatilmaydi.  Mahkumning  hujjatlari  uning  yashash  joyi  bo’yicha  jazolarni 
ijro etish inspeksiyasiga yuboriladi. 
Shartli hukm qilingan shaxs xulq-atvori ustidan nazoratni tugatish. 
Barcha  shartli  hukm  qilingan  shaxslar  ustidan  nazoratni  faqatgina  yagona 
organ - jazolarni ijro etish inspeksiyasi amalga oshiradi. Lekin shartli hukm 
qilingan  voyaga  yetmaganlar  ustidan  nazoratni  amalga  oshirishda  nafaqat 
jazoni  ijro  etish  inspeksiyalari,  balki  voyaga  yetmaganlar  ishlari  bo’yicha 
komissiyalar ham ishtirok etishlari zarur. 

296 
 
Shartli  hukm  qilingan  harbiy  xizmatchilar  ustidan  nazoratni,  ushbu 
normaning  qoidalariga  asosan,  ularning  harbiy  qism  qo’mondonligi  amalga 
oshiradi.  Shu  bilan  birga,  bu  qo’mondonlik  O’zbekiston  Respublikasi 
Mudofaa vazirligining qonunosti normativ-huquqiy aktlariga asosan harakat 
qiladi. 
Nazorat  jarayonida  jazoni  ijro  etish  inspeksiyalari  yechishga  qodir 
bo’lmagan muammolar yuzaga kelishi mumkin. Bunday holatda ichki ishlar 
organlarining  boshqa  xizmatlari  yordamidan  foydalaniladi.  Shuning  uchun 
qonun  shartli  hukm  qilinganlar  ustidan  nazoratni  amalga  oshirishga  ichki 
ishlar uchastka nozirlarini jalb qilishga ruxsat beradi. Lekin ularning ishtiroki 
e’izodik harakterga ega bo’ladi  va jinoyat-ijroiya ins’ekslarini shartli hukm 
qilinganlarning xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshirish javobgarligidan 
ozod qilmaydi. 
Quyidagi  hollarda  mahkum  ustidan  nazorat  to’xtatilib,  hisobdan 
chiqariladi: 
a) shartli hukm qilinganlarning sinov muddati tugaganidan so’ng, sinov 
muddati tugagan kuni xodim bu haqda ichki ishlar bo’limi boshlig’i nomiga 
bildirgi orqali ma’lum qilib, uning yozma ko’rsatmasiga asosan; 
b)  shartli  hukm  bekor  qilinib,  hukm  bo’yicha  jazo  o’tash  uchun 
yuborilganda; 
v) amnistiya to’g’risidagi aktni qo’llanilishi bilan; 
g) afv etilish munosabati bilan; 
d) yangi jinoyat sodir qilgani uchun hukm qilinganda
e) mahkum vafot etganda. 
Yuqoridagi  asoslardan  tashqari  turar  joyini  o’zgartirgan  mahkumlar 
ham hisobdan chiqariladi. Bu holda  mahkumlarni  yangi turar joyi bo’yicha 
ichki  ishlar  bo’limiga  so’rov  yuboriladi.  Nazorat  yig’ma  jildi  hamda 
mahkum  hisobga  olinganligi  to’g’risida  nazorat  yig’ma  jildini  yuborgan 
ichki  ishlar  bo’limiga  darhol  yozma  ravishda  xabar  qilinishi  lozim. 
Mahkumni  hisobdan  chiqarish  vaqti  hamda  asosi  to’g’risida  mahkumlarni 
hisobga olish jurnalida va nazorat yig’ma jildida tegishli belgi qo’yiladi. 
Mahkum hisobdan chiqarilgandan so’ng 3 kun ichida tegishli mudofaa 
ishlari  bo’limiga  bu  to’g’rida  xabar  qilinadi.  Mahkumlarni  hisobga  olish 
jurnali  hamda  nazorat  yig’ma  jildi  axloq  tuzatish  ishlariga  hukm 
qilinganlarga belgilangan muddatlar bo’yicha saqlanadi. 
 
Tibbiy yo’sindagi majburlov choralarini ijro etish tushunchasi va 
turlari. Ruhiy kasallarga nisbatan tibbiy yo’sindagi majburlov 
choralarini qo’llash 

297 
 
 
 
 
 
Tibbiy yo’sindagi majburlov choralarini ijro etish tushunchasi va turlari 
haqida yuqoridagi birinchi paragrafda to’xtalib o’tildi.  
O’zbekiston  Respublikasi  ichki  ishlar  vazirining  2014-yil  3-maydagi  65-
sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Qamoq jazosiga va ozodlikdan mahrum 
etishga  hukm  qilingan,  alkogolizm,  giyohvandlik  va  zaharvandlikka 
yo’liqqan  shaxslarga  nisbatan  tibbiy  yo’sindagi  majburlov  choralarini 
qo’llash  tartibi  to’g’risida”gi  Nizomning  1-bandiga  ko’ra,  O’zbekiston 
Respublikasi  Jinoyat  kodeksining  96-moddasiga  asosan,  alkogolizm, 
giyohvandlik  yoki  zaharvandlikka  yo’liqqan  shaxslar  tomonidan  jinoyat 
sodir  etilgan  taqdirda,  agar  tibbiy  xulosa  mavjud  bo’lsa,  sud  jazo  tayinlash 
bilan  birga  ularga  tibbiy  yo’sindagi  majburlov  choralarni  ham  tayinlashi 
mumkin [www.lex.uz.]. 
Ruhiy  kasallarga  nisbatan  tibbiy  yo’sindagi  majburlov  choralarini 
qo’llash  jarayoni  O’zbekiston  Respublikasi  Sog’liqni  saqlash  vazirligi 
tomonidan  ishlab  chiqilgan  “Ijtimoiy  xavfli  qilmish  sodir  etgan  ruhiy 
kasallikka  chalingan  shaxslarga  nisbatan  tibbiy  yo’sindagi  majburlov 
choralarini  qo’llash  haqida”gi  Yo’riqnoma  bilan  tartibga  solinadi.  “Ichki 
ishlar  organlari  yordami  bilan  sog’liqni  saqlash  muassasalari  kasal  shaxsni 
majburiy 
davolashga  yuborish  to’g’risidagi  sud  ajrimi  ijrosini 
ta’minlaydilar” 
[Jinoyat-ijroiya 
huquqi. 
Darslik 

B.Axrorov, 
M.X.Rustamboev va boshqalar. - Toshkent: O’qituvchi, 2002. – B. 190.]. 
Ruhiy kasallarga nisbatan tibbiy 
yo’sindagi majburlov choralarini qo’llash tartibi 
 
Ruhiy 
kasallarga 
nisbatan 
tibbiy 
yo’sindagi  majburlov  choralari  sog’liqni 
saqlash  organlari  tomonidan  sud-psixiatriya 
ekspertizasi  xulosasiga  muvofiq  quyidagi 
tartibda qo’llaniladi: 
 
majburiy  ambulatoriya  kuzatuvi  va 
psixiatrda  davolash  -  bemorning  yashash 
joyidagi 
psixonevrologiya 
muassasalari 
tomonidan amalga oshiriladi; 
 
bemorni 
jamiyatdan 
batamom 
ajratib  majburiy  davolash  -  uning  ruhiy 
holatiga  qarab,  umumiy  tartibli  ruhiy 
kasalliklar  shifoxonalarida  yoki  umumiy 
tartibli  ruhiy  kasalliklar  shifoxonalarining 
sog’liqni  tiklash  bo’linmalarida  yoxud 
kuzatuv  kuchaytirilgan  ruhiy  kasalliklar 
shifoxonalari 
yoki 
bo’linmalarida 
o’tkaziladi. 
 

298 
 
 
Ruhiy  kasallarga  nisbatan  tibbiy  yo’sindagi  majburlov 
choralarini qo’llash tartibi. 
Ruhiy  kasallarga  nisbatan  tibbiy  yo’sindagi  majburlov  choralari 
sog’liqni saqlash organlari tomonidan sud-’sixiatriya ekspertizasi xulosasiga 
muvofiq quyidagi tartibda qo’llaniladi: 
majburiy ambulatoriya kuzatuvi va psixiatrda davolash — bemorning 
yashash  joyidagi  psixonevrologiya  muassasalari  tomonidan  amalga 
oshiriladi; 
bemorni  jamiyatdan  batamom  ajratgan  holda  majburiy  davolash  — 
uning ruhiy holatiga qarab, umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonalarida 
yoki  umumiy  tartibli  ruhiy  kasalliklar  shifoxonalarining  sog’liqni  tiklash 
bo’linmalarida  yoxud kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonalari 
yoki bo’linmalarida o’tkaziladi. 
“Kasalning  ijtimoiy  xavflilik  darajasini  aniqlashda  bir  qator  klinik-
ruhiy’atologik  va  ijtimoiy  ruhiy  holatlarni  inobatga  olishi  kerak.  Ruhiy 
‘atologiyaning  quyidagi  shakllari  ijtimoiy  xavfli  xatti-harakatning  klinik-
ruhiy’atologik  omillariga  kiritish  mumkin:  a)  xulq-atvor  yuqori  faollashgan 
ruhiy  tanqislik;  b)  keskin  harakat  bilan  izohlanadigan  va  aniq  bir  shaxsga 
yoki korxonaga qaratilgan, ma’lum ma’noga ega bo’lgan alahsirash g’oyalar; 
v)  tez-tez  qo’zg’alib  turuvga  ega  bo’lgan  va  tajovuz  bilan  izohlanadigan 
holat; g) o’zini ayblash vasvasasi bilan ruhiy azoblanish holati va boshqalar” 
[Jinoyat-ijroiya huquqi. Darslik / B.Axrorov, M.X.Rustamboev va boshqalar. 
- Toshkent: O’qituvchi, 2002. – B. 190-191.].
 
Ijtimoiy  xavfli  qilmish  sodir  etgan  ruhiy  kasal  shaxslarga  nisbatan 
tibbbiy  yo’sindagi  majburlov  choralarini  ijro  etish  jarayoni  O’zbekiston 
Respublikasining 2000-yil 30-avgustdagi “psixiatriya yordami to’g’risida”gi 
Qonuni va Sog’liqni saqlash vazirligining yo’riqnomasi hamda, O’zbekiston 
Respublikasi  ichki  ishlar  vazirining  2014-yil  3-maydagi  65-sonli  buyrug’i 
bilan  tasdiqlangan  “Qamoq  jazosiga  va  ozodlikdan  mahrum  etishga  hukm 
qilingan,  alkogolizm,  giyohvandlik  va  zaharvandlikka  yo’liqqan  shaxslarga 
nisbatan  tibbiy  yo’sindagi  majburlov  choralarini  qo’llash  tartibi 
to’g’risida”gi Nizom bilan tartibga solinadi.  
Bemorni  majburiy  davolashga  yuborish  to’g’risidagi  sud  ajrimi 
sog’liqni  saqlash  organlari  va  muassasalari  tomonidan,  zarur  bo’lgan 
hollarda ichki ishlar organlari yordamida ijro etiladi [Jinoyat-ijroiya huquqi. 
Ma’ruzalar  kursi.  /  Z.S.Zaripov,  Ch.A.Sattarov,  Yu.S.pulatov  va  boshq.  – 
Toshkent:  Toshkent  oliy  harbiy  texnika  bilim  yurti,  2013.  –  B.  383.]. 
Tibbiyot  xodimlariga  yordam  ko’rsatishlari  va  kasalxonaga  yotqizilayotgan 
shaxs bilan muloqotda bo’lish va uni ko’zdan kechirish uchun xavfsiz sharoit 
yaratiladi. Yotqizilayotgan shaxsning atrofidagilar hayoti va sog’lig’iga xavf 

299 
 
soluvchi  harakatlarini  bartaraf  etish  zarur  bo’lgan  hollarda,  shuningdek 
yotqizilishi  kerak  bo’lgan  shaxsni  qidirish  va  ushlash  zarurati  bo’lganda 
ichki  ishlar  organlarining  xodimlari  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda 
harakat  qiladilar.  Tibbiy  yo’sindagi  majburlov  choralari  sog’liqni  saqlash 
organlari  tasarrufidagi  bemorning  yashash  joyiga  yaqin  joylashgan 
psixiatriya  muassasalarida  amalga  oshiriladi.  Bu  qarindoshlariga  doimiy 
ravishda undan xabar olib turish imkoniyatini beradi. Barcha ruhiy kasallar, 
jumladan  tibbiy  yo’sindagi  majburlov  choralari  qo’llanilgan  shaxslar  ham, 
ularning ruhiy holatiga qarab davolash muolajalarni oladilar. Ular psixiatriya 
shifoxonalarining  ixtisosligi  bemorning  ruhiy  holatiga  mos  keladigan 
bo’limlariga  joylashtiriladilar.  Ijtimoiy  xavfliligi  ruhiy  holati  bilan  bog’liq 
bo’lgan umumiy  asoslarda davolash talab etiladigan ruhiy kasallar umumiy 
tartibli  ruhiy  kasalliklar  shifoxonasida  majburiy  davolanadilar.  Ruhiy  holati 
buzilgan  shaxsga  ambulatoriya  psixiatriya  yordami  tibbiy  ko’rsatuvlarga 
qarab,  maslahat  berish-davolash  muolajasi  yoki  dis’anser  kuzatuvi  tarzida 
bo’ladi. 
Ijtimoiy  xavfliligi  salomatligi  bilan  bog’liq  bo’lganlarni  majburiy 
davolash  umumiy  tartibli  ruhiy  kasalliklar  shifoxonasining  sog’liqni  tiklash 
maxsus  bo’limida  amalga oshiriladi.  Ijtimoiy xavfliligi yuqori bo’lgan yoki 
o’z  xulqiga  ko’ra  umumiy  tartibli  ruhiy  kasalliklar  shifoxonasi  sharoitida 
davolanishning  imkoni  bo’lmagan  ruhiy  kasallarga  nisbatan  bemorni 
jamiyatdan  batamom  ajratib,  kuzatuvi  kuchaytirilgan  ruhiy  kasalliklar 
shifoxonasi yoki bo’limida majburiy davolash amalga oshiriladi. 
Tibbiy  yo’sindagi  majburlov  choralari  qo’llanilgan  hukm  qilingan 
shaxslar jazoni ijro etish muassasalarining qabul bo’limida shifokor-narkolog 
yoki  shifokor-’sixiatr  tomonidan  ro’yxatga  olinadi  va  3  kun  ichida  tibbiy 
tekshiruvdan o’tkaziladi. 
 
Alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka yo’liqqan mahkumlarga 
nisbatan tibbiy yo’sindagi majburlov choralarini qo’llash tushunchasi 
va tartibi 
Surunkali  alkogolizm  yoki  giyohvandlikka  chalinganlarni  majburiy 
davolashga  ixtisoslashgan  davolash-profilaktika  muassasalariga  sog’liqni 
saqlash  muassasalarining  narkologiya  muassasalarida  davolanishdan  bo’yin 
tovlagan, jamoat tartibini, boshqa shaxslarning huquqini buzgan yoxud aholi 
salomatligiga  xavf  tug’diradigan  va  axloq-odob  normalariga  rioya 
qilinmaydigan  surankali  alkogolizm  yoki  giyohvandlik  bilan  kasallangan 
bemorlar yuboriladilar. 
“Alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik bilan kasallangan shaxslarga 
nisbatan qo’llanadigan tibbiy yo’sindagi majburlov choralarining maqsadlari 

300 
 
sifatida qonun mazkur bemorlarni davolashni qayd etadi. Jinoyat sodir etgan 
mazkur  toifadagi  shaxslarni  davolashni  amalga  oshirish  ayni  vaqtda 
belgilangan maqsadlarga erishishning zaruriy sharti hisoblanadi. Davolashni 
amalga oshirish mahkumlarning ahloqiy, irodaviy faoliyatiga ta’sir qiluvchi 
spirtli  ichimliklar,  psixotrop  moddalari  va  giyohvandlik  vositalariga 
qaramligini  bartaraf  etishdan  iboratdir”  [Saxaddinov  S.S.  Tibbiy  yo’sindagi 
majburlov  choralari:  ilmiy-nazariy,  jinoyat-huquqiy  va  protsessual  asoslari. 
Monografiya  /  Mas’ul  muharrirlar:  Akademik  N.Y.  To’raev,  yu.f.d., 
professor Z.F.Inog’omjonova. – Toshkent: 2013. – B. 98.]. 
Zikr  etilgan  toifadagi  shaxslarni  majburiy  davolashga  yuborish 
to’g’risidagi hujjatlar, tibbiy xulosa mavjud bo’lganida ichki ishlar organlari 
tomonidan,  ularning  shaxsiy  tashabbusi  bilan  yoki  bemorning  oila  a’zolari 
yoki  qarindoshlari,  jamoalar,  sog’liqni  saqlash  muassasalari,  ichkilikbozlik 
va  giyohvandlikka  qarshi  kurashish  komissiyalari  iltimosnomalariga  asosan 
tayyorlanadi va rasmiylashtiriladi. Majburiy davolashga yuborish to’g’risida 
masala  bemorning  yashash  joyidagi  sudda,  uning  ishtirokida,  20  kunlik 
muddatda hal qilinadi. Bemorlar uzrli sabablarsiz kelmagan hollarda u ichki 
ishlar  organlari  tomonidan  majburiy  keltirishi  lozim  bo’ladi.  Majburiy 
davolash  to’g’risidagi  sud  ajrim  ustidan  bemor,  uning  himoyachisi  yoki 
prokuror  tomonidan  yuqori  turuvchi  sudga  kassatsiya  tartibida  yetti  kunlik 
muddatda shikoyat keltirilishi mumkin.  
 
 
 
Alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka 
yo’liqqan mahkumlarga nisbatan tibbiy yo’sindagi 
majburlov choralarini qo’llash tartibi: 
 
Alkogolizm, 
giyohvandlik 
yoki 
zaharvandlikka  yo’liqqan  mahkumlarga 
nisbatan  tibbiy  yo’sindagi  majburlov 
choralari quyidagi tartibda qo’llaniladi: 
 
jamiyatdan  batamom  ajratib  qo’yish 
bilan  bog’liq  bo’lmagan  jazolarga  hukm 
qilingan  shaxslarga  -  sog’liqni  saqlash 
organlarining 
tibbiy 
muassasalari 
tomonidan umumiy asoslarda; 
 
Ozodlikdan 
mahrum 
etish 
tariqasidagi  jazoga  hukm  qilingan 
shaxslarga  -  jazoni  o’tash  joyida, 
ozod  etilganlaridan  so’ng  davolashni 
davom ettirish zarurati bo’lganda esa 
-  sog’liqni  saqlash  organlarining 
tibbiy 
muassasalari 
tomonidan 
umumiy asoslarda. 

301 
 
Ozodlikdan  mahrum  qilish  jazosiga  hukm  qilingan  alkogolizm, 
giyohvandlik yoki zaharvandlikka yo’liqqan mahkumlarni majburiy davolash 
sud hukmiga asosan tartibot turiga ko’ra, ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish 
koloniyalarida  yoki  O’zbekiston  Respublikasi  IIV  JIEBB  Respublika 
kasalxonasida  amalga  oshiriladi.  Maxsus  tartibli  koloniya  yoki  turmada 
saqlanayotgan  mahkumlarni  davolash,  ular  saqlanayotgan  joyda  amalga 
oshiriladi.  Jazoni  ijro  etish  bo’yicha  ixtisoslashtirilgan  jazoni  ijro  etish 
koloniyalari ma’muriyati ularning davolanishi uchun sharoit yaratadi.  
 
Ozodlikdan  mahrum  qilish  jazosiga  hukm  qilingan  mahkumlarga 
nisbatan  tibbiy  yo’sundagi  majburlov  choralari  qo’llash  tartibi  jazoni  ijro 
etish  muassasalarida  saqlanayotgan  mahkumlarni  giyohvandlikka  qarshi 
majburiy davolashni tashkil qilish bo’yicha yo’riqnoma;  
ichki  ishlar  va  sog’liqni  saqlash  idoralarining  spirtli  ichimliklar  yoki 
giyohvandlik  vasitalarini  suiiste’mol  qiladigan  shaxslar  bilan  profilaktika 
ishlarini  tashkil  qilish  va  surunkali  alkogolizm  yoki  giyohvandlik  bilan 
kasallangan  bemorlarni  majburiy  davolashga  yuborish  to’g’risidagi 
yo’riqnomalari bilan tartibga solinadi. 
O’zbekiston Respublikasi IIVning idoraviy hujjatlari sog’liqni saqlash 
va ichki ishlar organlari surunkali alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlikka 
yo’liqqan  bemorlarga  majburiy  davolashga  ixtisoslashtirilgan  davolash-
profilaktika,  narkologik  muassasalarining  bemorni  davolash  bo’yicha 
hamkorligining  uzluksizligi  ta’minlanishini  belgilaydi.  Ixtisoslashgan 
davolash-profilaktika  muassasalari  O’zbekiston  Respublikasi  viloyatlari 
bo’yicha  taqsimlangan.  Ichki  ishlar  organlari  o’rnatilgan  tartibda  O’zbe-
kiston  Respublikasi  Sog’liqni  saqlash  vazirligining  ixtisoslashgan  davolash-
profilaktika muassasalari va og’ir kasallikka chalingan bemorlarni majburiy 
davolash  uchun  maxsus  mo’ljallangan  narkologik  bo’limlar  sharoitida 
majburiy  davolanishga  muhtoj  bo’lgan  alkogolizm,  giyohvandlik, 
zaharvandlikka  yo’liqqan  bemorlar  hisoboti  yuritilishini,  shuningdek, 
maxsus  davolash-profilaktika  muassasalariga  yuborish  uchun  hujjatlar 
tayyorlanishini  hamda  ushbu  muassasalaridan  ozod  qilingan  shaxslar  hayot 
tarzini nazorat qilishni tashkillashtirilishini ta’minlaydi.    
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling