Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


KASSATSIYA SHIKOYATINING (PROTЕSTINING)


Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/63
Sana10.11.2017
Hajmi4.58 Mb.
#19793
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   63

KASSATSIYA SHIKOYATINING (PROTЕSTINING) 

MAZMUNI 

 

Shikoyat bеrilayotgan yoki protеst kеltirilayotgan sudning nomi 



 

Shikoyat yoki protеst kеltirayotgan shaxsning nomi 

 

Hal qiluv qarori ning noto’g’riligi nimadan iborat ekanligi 



 

Shikoyat bеrayotgan yoki protеst kеltirayotgan shaxsning iltimosi 

 

Shikoyat yoki protеstga ilova qilingan yozma matеriallarning ro’yxati 



 

Shikoyat qilinayotgan hal qiluv qarori va uni chiqargan sud 

 


BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN 

KASSATSIYA SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA  

RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR  

 

213 


 

XIII BОB

 

Kassatsiya  shikoyatini  shikoyat  berayotgan  shaxs  yoki  uning  vakili 



imzolaydi.  Kassatsiya  protesti  ushbu  ishda  qatnashganligidan  qat’iy  nazar 

prokuror yoki uning o‘rinbosari tomonidan keltiriladi va imzolanadi. 

Kassatsiya  shikoyatida  yoki  protestida  shikoyat  bergan  shaxs  yoki 

protest  keltirgan  shaxsning  yoxud  uning  vakilining  telefonlari  va  fakslari 

raqamlari, elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin. 

 

2-§.  Kassatsiya  shikoyati  (protesti)ni  harakatsiz  qoldirish 

to‘g‘risidagi ajrim va uni protsessual rasmiylashtirish tartibi 

FPKning  348

3

-moddasiga  asosan  apellyatsiya  va  kassatsiya  tartibida 



berilgan  shikoyat  va  keltirilgan  protestlar  tegishli  instansiya  sudi  nomiga 

yozilsa  ham,  hal  qiluv  qarori  chiqarilgan  sudga  taqdim  qilinadi.  Aytish 

joizki,  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumi  qarorlarida 

ko‘rsatilishicha,  bevosita  ishni  ko‘rish  lozim  bo‘lgan  apellyatsiya  yoki 

kassatsiya  instansiyasiga  bu  shikoyatlarning  berilishi  yoki  protestlarning 

keltirilishi  ularni  ko‘rmay  qoldirish  yoki  qaytarishga  asos  bo‘la  olmaydi. 

Bunday tartibda kelib tushgan shikoyat va protestlar hal qiluv qarori yoki 

ajrim chiqargan sudga tegishli tartibda rasmiylashtirish uchun yuboriladi.  

Yuqori  instansiya  sudlari,  prokuratura  va  boshqa  idoralarga  bir  yillik 

muddat  davomida  taraflardan  kelib  tushgan  shikoyatlar  FPKning  348

3

-, 


348

4

-, 348



5

-, 348


6

-, 348


7

- hamda 348

8

-moddalari talablariga ko‘ra hal qiluv 



qarori  chiqargan  sudga  kassatsiya  tartibida  rasmiylashtirish  uchun 

yuboriladi. 

Birinchi bosqich sudi berilgan kassatsiya shikoyati yoki protesti asosida 

hal qiluv qarorining ijrosini zudlik bilan to‘xtatish haqida ajrim chiqaradi va 

FPKning  348

6

-moddalarida  belgilangan  protsessual  harakatlarni  amalga 



oshirib,  darhol  ishni  tegishli  instansiya  sudiga  rasmiylashtirib  yuborish 

choralarini ko‘rishi lozim. 

FPKning  348

5

-moddasiga  muvofiq,  agar  kassatsiya  shikoyati  berish 



yoki  protesti  keltirish  paytida  FPKning  348

3

-



 

va  348


4

-moddalari  talablari 

buzilishiga  yo‘l  qo‘yilgan  bo‘lsa  yoki  davlat  boji  to‘lashdan  ozod 

qilinmagan  shaxs  shikoyat  berganlik  uchun  boj  to‘lamagan  bo‘lsa, 

kassatsiya shikoyati yoki protesti harakatsiz qoldiriladi. Kassatsiya shikoyati 


BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN 

KASSATSIYA SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA  

RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR  

 

214 


 

XIII BОB

 

yoki  protestini  harakatsiz  qoldirish  to‘g‘risida  sudya  bu  shikoyat  yoki 



protestning  harakatsiz  qoldirilishiga  asos  bo‘lgan  kamchiliklarni  va  ularni 

tuzatish uchun berilgan muddatni ko‘rsatib ajrim chiqaradi. Agar shikoyat 

bergan  yoki  protest  keltirgan  shaxs  ajrimda  ko‘rsatilgan  kamchiliklarni 

belgilangan  muddatda  tuzatsa,  shikoyat  yoki protest  dastlab  sudga  taqdim 

etilgan  kunda  berilgan  hisoblanadi.  Aks  holda,  shikoyat  yoki  protest 

berilmagan  hisoblanib,  shikoyat  bergan  yoki  protest  keltirgan  shaxsga 

qaytariladi va bu haqda ajrim chiqariladi. 

 

FPKning  348



6

-moddasiga  ko‘ra,  sudya  yoki  sud  raisi  kassatsiya 

shikoyati yoki protestini olgandan so‘ng: 

1)  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslarga  shikoyat  yoki  protestning 

nusxalarini yuborishi; 

2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ishni kassatsiya instansiyasida 

ko‘rish vaqti va joyi to‘g‘risida ma’lum qilishi; 

3)  sud  qarori  ijrosini  (agar u  ijro etilmagan  bo‘lsa)  ish  kassatsiya 

tartibida  ko‘rilguniga  qadar  to‘xtatib  qo‘yishi  va  bu  xususda 

manfaatdor shaxslar, tashkilotlarni xabardor etishi; 

4) kassatsiya shikoyati yoki protesti kelib tushgan kundan e’tiboran 

yigirma kunlik muddat ichida ishni tushgan shikoyat yoki protest bilan 

birga kassatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart.

 

Ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslar  sudda  ish  materiallari  va  tushgan 

shikoyatlar yoki protestlar bilan tanishishga haqli. 

FPKning  348

7

-  moddasiga  binoan,  protsessda  kassatsiya  shikoyati 



bergan  taraf  tomonida  qatnashayotgan  sherik  ishtirokchilar  va  uchinchi 

shaxslar  berilgan  shikoyatga  qo‘shilishlari  mumkin.  Shikoyatga  qo‘shilish 

haqida ariza bergan vaqtda davlat boji undirilmaydi. 

FPKning  348

8

-  moddasiga  muvofiq,  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslar 



shikoyat  yoki  protest  yuzasidan  sudga  tushuntirish  berishga  (e’tiroz 

bildirishga) haqli, bu tushuntirishni (e’tirozni) tasdiqlaydigan hujjatlar ilova 

qilib topshiriladi. 


BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN 

KASSATSIYA SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA  

RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR  

 

215 


 

XIII BОB

 

Tushuntirish  (e’tiroz)  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslarning  soniga 



mutanosib miqdordagi nusxalari bilan sudga taqdim etiladi. Bu nusxalarni 

sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshiradi (yuboradi). 

FPKning  348

9

-  moddasiga  asosan,  kassatsiya  instansiyasi  sudi  zarur 



hollarda: 

1)  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslarga  shikoyat  yoki  protest  yuzasidan 

tushuntirish  berishni  (e’tiroz  bildirishni)  taklif  qiladi.  Tushuntirishlarning 

(e’tirozlarning), shuningdek, ularga ilova qilingan hujjatlarning nusxalarini 

sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshiradi; 

2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasi bo‘yicha dalillarni 

talab qilib olishga ko‘maklashadi. 

 

3-§. Kassatsiya instansiyasi sudining ish yuritishni tugatish 

to‘g‘risidagi ajrimlari va ularni rasmiylashtirish tartibi  

Kassatsiya  shikoyatidan  voz  kechish  bilan  kassatsiya  instansiyasida 

da’vodan voz kechish oqibatlarida farq mavjud. Xususan, shikoyatdan voz 

kechilganda  birinchi  instansiya  sudi  hal  qiluv  qarori  bekor  qilinmaydi. 

FPKning  348

10

-  moddasiga  binoan,  kassatsiya  shikoyati  bergan  shaxs  uni 



to‘ldirish, o‘zgartirish yoki undan voz kechishga haqli. Kassatsiya protesti 

keltirgan  prokuror,  shuningdek,  yuqori  turuvchi  prokuror  sud  majlisi 

boshlanguniga qadar protestni to‘ldirish, o‘zgartirish yoki qaytarib olishga 

haqli.  Agar  hal  qiluv  qarori  ustidan  boshqa  shaxslar  shikoyat  bermagan 

bo‘lsa,  shikoyatdan  voz  kechish  qabul  qilinganligi  to‘g‘risida  va  protest 

qaytarib  olingan  taqdirda,  kassatsiya  instansiyasi  sudi  ajrim  chiqarib, 

kassatsiya tartibida ish yuritishni tugatadi. Lekin bunda birinchi instansiya 

sudi hujjati o‘z kuchida qoladi. 

FPKning  348

11

-  moddasiga  ko‘ra,  kassatsiya  shikoyati  berilgan  yoki 



protest  keltirilgandan  keyin  da’vogarning  arz  qilgan  talablaridan  voz 

kechishi,  javobgarning  da’vogar  talablarini  tan  olishi  va  taraflarning 

kelishuv bitimi tuzishi yozma shaklda bayon etilib, kassatsiya instansiyasi 

sudiga  topshirilishi  lozim.  Agar  ishni  ko‘rish  vaqtida  da’vogar  arz  qilgan 

talablaridan  voz  kechsa,  javobgar  arz  qilingan  talablarni  tan  olsa  yoki 

taraflar kelishuv bitimi tuzsalar, bu haqda sud majlisining bayonnomasiga 



BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN 

KASSATSIYA SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA  

RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR  

 

216 


 

XIII BОB

 

yozib  qo‘yiladi  va  bayonnomani  tegishincha  da’vogar,  javobgar  yoki  har 



ikki  taraf  imzolaydi.  Sud  da’vodan  voz  kechishni  qabul  qilishdan  yoki 

kelishuv  bitimini  tasdiqlashdan  oldin  da’vogarga  yoki  taraflarga  bunday 

protsessual harakatlarning oqibatlarini tushuntiradi. 

Da’vogarning arz qilgan talablaridan voz kechishi qabul qilingan yoki 

taraflarning  kelishuv  bitimi  tasdiqlangan  taqdirda  kassatsiya  instansiyasi 

sudi  chiqarilgan  hal  qiluv  qarorini  bekor  qiladi  va  ish  yuritishni  tugatadi. 

Agar  da’vogarning  arz  qilgan  talablaridan  voz  kechishi  yoki  taraflarning 

kelishuv bitimi qonunga zid bo‘lsa yoxud kimningdir huquqlari va qonun 

bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan bo‘lsa, sud voz kechishni rad 

qiladi yoki tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlamaydi hamda ishni kassatsiya 

tartibida ko‘radi. 

 

 

4-§. Kassatsiya instansiyasining ajrimi va uni protsessual 

rasmiylashtirish tartibi  

FPKning  348

13

-  moddasiga  muvofiq,  ishni  kassatsiya  tartibida 



ko‘rayotganida  sud  birinchi  instansiya  sudi  hal  qiluv  qarorining  qonuniy, 

asosli  va  adolatli  ekanligini  kassatsiya  shikoyati  yoki  protestining  vajlari 

hamda  ular  yuzasidan  bildirilgan  e’tirozlar  doirasida  tekshiradi.  U  yangi 

dalillarni o‘rganib chiqishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin.  

FPKning  348

14

-moddasiga  asosan,  kassatsiya  instansiyasining  sud 



majlisi  FPKning  14-,  333–342-moddalarida  nazarda  tutilgan  tartibda 

o‘tkaziladi. 



 

FPKning 348

15

- moddasiga ko‘ra, sud ishni kassatsiya tartibida ko‘rib 



chiqqach, o‘z ajrimi bilan: 

1)  hal  qiluv  qarorini  o‘zgarishsiz  qoldirishga,  shikoyat  yoki  protestni 

esa qanoatlantirmaslikka; 

2) hal qiluv qarorini o‘zgartirishga yoxud butunlay yoki qisman bekor 

qilishga va yangi hal qiluv qarori chiqarishga; 

3)  FPKning  314-moddasi  ikkinchi  qismida  nazarda  tutilgan  asoslar 

mavjud  bo‘lgan  taqdirda  hal  qiluv  qarorini  butunlay  yoki  qisman  bekor 

qilishga  hamda  ishni  yangidan  ko‘rib  chiqish  uchun  birinchi  instansiya 

sudiga yuborishga haqli; 


BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN 

KASSATSIYA SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA  

RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR  

 

217 


 

XIII BОB

 

4)  hal  qiluv  qarorini  butunlay  yoki  qisman  bekor  qilishga  hamda 



FPKning  97-  va  100-moddalarida  ko‘rsatilgan  asoslarga  ko‘ra,  ish 

yuritishni tugatishga yoxud arizani ko‘rmasdan qoldirishga haqli. 

 

Kassatsiya sudining ajrimida quyidagilar ko‘rsatilishi lozim: 



1) ajrim chiqarilgan vaqt va joy; 

2) ajrim chiqargan sudning nomi va tarkibi; 

3)  taraflar  va  ishda  ishtirok  etuvchi  boshqa  shaxslarning  ishtiroki 

to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 

4) ish kimning shikoyati yoki protesti bo‘yicha ko‘rib chiqilganligi; 

5) shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan hal qiluv qarorining (ajrim 

yoki qarorning) nomi va uning qisqacha mazmuni; 

6) shikoyatda  yoki  protestda  bayon  etilgan  vajlar,  taqdim  etilgan 

materiallarning  qisqacha  mazmuni,  ishni  ko‘rishda  ishtirok  etgan 

shaxslarning tushuntirishlari va prokurorning fikri; 

7) Kassatsiya instansiyasi sudi xulosaga kelishiga asos bo‘lgan dalillar 

hamda sud amal qilgan moddiy va protsessual huquq normalari; 

8) qarorning xulosa qismi. 

Hal  qiluv  qarori,  ajrim,  qaror  bekor  qilingan  va  ish  yangidan  ko‘rib 

chiqish  uchun  yuborilgan  taqdirda,  sud  ishni  yangidan  ko‘rganda  qanday 

holatlar  aniqlanishi  zarurligini,  qanday  dalillar  talab  qilib  olinishi 

kerakligini,  shuningdek,  ish  topshirilayotgan  sud  boshqa  qanday 

harakatlarni bajarishi lozimligini ko‘rsatishi shart. 

FPKning  348

12

-  moddasiga  asosan,  ishni  kassatsiya  instansiyasida 



ko‘rish muddatlari quyidagicha belgilangan: 

Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Oliy  Sudi, 

fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  sudlari, 

O‘zbekiston  Respublikasi  Harbiy  sudi  kassatsiya  shikoyati  yoki  protesti 

bo‘yicha  tushgan  ishni  u  kelib  tushgan  kundan  e’tiboran  bir  oydan 

kechiktirmay ko‘rib chiqishi lozim. Ish o‘ta murakkab bo‘lgan yoki boshqa 

alohida hollarda tegishli sudning raisi bu muddatni ko‘pi bilan yana yigirma 

kunga uzaytirishi mumkin. 



BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN 

KASSATSIYA SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA  

RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR  

 

218 


 

XIII BОB

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi kassatsiya shikoyati yoki protesti 



bo‘yicha  tushgan  ishni  u  kelib  tushgan  kundan  e’tiboran  bir  oydan 

kechiktirmay  ko‘rib  chiqishi  lozim.  Alohida  hollarda  O‘zbekiston 

Respublikasi Oliy Sudining raisi yoki uning o‘rinbosari bu muddatni ko‘pi 

bilan yana bir oyga uzaytirishi mumkin. 

Ishni  kassatsiya  instansiyasida  ko‘rish  muddati  uzaytirilgan  taqdirda, 

ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ish ko‘riladigan kun oldindan xabar qilib 

qo‘yilishi lozim. 

 

5-§.  Birinchi  instansiya  sudining  ajrimi  ustidan  kassatsiya 



shikoyati (protesti) berish va uni  protsessual rasmiylashtirish tartibi  

FPKning  348

16

-  moddasiga  binoan,  birinchi  instansiya  sudining 



apellyatsiya  tartibida  ko‘rilmagan  ajrimlari  ustidan  sudning  hal  qiluv 

qaroridan alohida holda kassatsiya instansiyasi sudiga sud ajrimi chiqarilgan 

kundan  e’tiboran  bir  yil  ichida  taraflar  va  ishda  ishtirok  etuvchi  boshqa 

shaxslar  tomonidan  shikoyat  berilishi  hamda  prokuror  tomonidan  protest 

keltirilishi mumkin. 

FPKning 348

17

-moddasiga asosan, kassatsiya instansiyasi sudi xususiy 



shikoyat yoki xususiy protestni ko‘rib: 

1)  ajrimni  o‘zgarishsiz  qoldirishga,  shikoyat  yoki  protestni  esa 

qanoatlantirmaslikka; 

2)  ajrimni  bekor  qilishga  va  ishni  mohiyatan  ko‘rish  uchun  birinchi 

instansiya sudiga yuborishga; 

3)  ajrimni  butunlay  yoki  qisman  o‘zgartirishga  yoxud  bekor  qilishga 

hamda masalani mohiyatan hal qilishga haqli. 

 

NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 



 

1.  Kassatsiya  instansiya  sudida  yuritiladigan  protsessual  hujjatlarni 

tahlil eting.  

2. Kassatsiya protesti yoki shikoyatni rasmiylashtirishni tushuntiring.  

3.  Kassatsiya  shikoyatini  harakatsiz  qoldirish  to‘g‘risidagi  ajrimda 

nimalar ko‘rsatiladi. 

4.  Kassatsiya  tartibida  ish  yiritishda  amal  qilinadigan  protsessual 

muddatlarga to‘xtaling. 



BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HAL QILUV QARORLARI VA AJRIMLARI USTIDAN 

KASSATSIYA SHIKOYATI BERISH (PROTESTI KELTIRISH) BOSQICHIDA  

RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR  

 

219 


 

XIII BОB

 

 



NAZORAT UCHUN KAZUSLAR 

 

1.  A.To‘raqulova  bir  uyda  yashash  imkoni  yo‘qligi  sababli  o‘g‘li 

L.Boyzoqovni  uydan  ko‘chirishni  so‘ragan.  Sud  da’vo  arizani 

qanoatlantirgan. 

Kassatsiya  instansiyasi  sudi  hal  qiluv  qarorini  bekor  qilib,  ishni 

yangidan ko‘rish uchun yuborgan. 

Kassatsiya  instansiyasida  javobgar  tomonidan  nizoli  turar-joydan 

foydalanish tartibini belgilash haqida qarshi da’vo arizasi berildi.  

 

Vaziyatga huquqiy baho bering. 



 

Kassatsiya shikoyatini rasmiylashtiring. 

2.  Da’vogar  A.Ergashev  javobgar  –  Sirg‘ali  tuman  hokimiyati  va 

boshqalarga  nisbatan  hokim  qarorini  haqiqiy  emas  deb  topish  haqidagi 

da’vo  arizasi  bilan  sudga  murojaat  qilgan.  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha 

Yakkasaroy  tumanlararo  sudining  2012-yil  27-iyundagi  hal  qiluv  qarori 

bilan  da’vogar  A.Ergashevning  da’vo  talablari  qisman  qanoatlantirilgan. 

Ushbu  hal  qiluv  qaroridan  javobgar  D.Muminova  norozi  bo‘lib,  unga 

nisbatan  kassatsiya  tartibida  shikoyat  keltirgan.  D.Muminova  mazkur 

kassatsiya shikoyatini bir nusxada bergan.  Shuningdek, davlat bojini ham 

to‘lamagan.  Birinchi  instansiya  sudi  ajrim  chiqarib,  kamchiliklari 

bo‘lganligi  sababli,  kassatsiya  shikoyatini  qaytarish  to‘g‘risida  ajrim 

chiqargan. 

 



Vaziyatga huquqiy baho bering. 

 



Kassatsiya shikoyatini qaytarish to‘g‘risidagi ajrimni yozing. 

 

 

 

 

 

 

 

 

QONUNIY KUCHGA KIRGAN HAL QILUV QARORLARI, AJRIMLAR VA QARORLARNING  

QONUNIY, ASOSLI VA ADOLATLI EKANLIGINI NAZORAT TARTIBIDA TEKSHIRISH  

BOSQICHIDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR   

 

220 


 

XIV BОB

 

XIV BOB. QONUNIY KUCHGA KIRGAN HAL QILUV 



QARORLARI, AJRIMLAR VA QARORLARNING QONUNIY, 

ASOSLI VA ADOLATLI EKANLIGINI NAZORAT TARTIBIDA 

TEKSHIRISH BOSQICHIDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

1-§. Nazorat tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi ariza va uni 

protsessual rasmiylashtirish tartibi  

Apellyatsiya  va  kassatsiya  institutidan  farqli  ravishda  nazorat 

instansiyasi sudi esa birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi 

sudlari  tomonidan  qabul  qilingan  hal  qiluv  qarori,  ajrim  va  qarorlarni 

tekshirish bilan birga, quyi sudlar faoliyatini muvofiqlashtirib boruvchi sud 

instansiyasidir. 

Nazorat  tartibida  to‘g‘ridan  to‘g‘ri  ish  qo‘zg‘atish  huquqi  fuqarolarga 

berilmagan.  Nazorat  instansiyasida  ish  faqatgina  qonunda  belgilangan 

tegishli  sud  va  prokuratura  organlarining  vakolatli  mansabdor  shaxslari 

tomonidan  keltirilgan  protestlar  bo‘yicha  qo‘zg‘atiladi.  FPKning  350-

moddasiga  asosan,  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslar  hamda  ishning  keyingi 

holatidan  manfaatdor  bo‘lgan  shaxslar  nazorat  tartibida  protest  keltirish 

uchun  tegishli  sud  va  prokuratura  organlarining  vakolatli  mansabdor 

shaxslariga  murojaat  qiladilar.  Demak,  nazorat  instansiyasida  ish 

qo‘zg‘atish  uchun  faqatgina  FPKning  349-moddasida  keltirib  o‘tilgan 

vakolatli mansabdor shaxslarning bergan protestlari asos bo‘ladi.  

 

Nazorat  instansiyasi  sudi  quyi  sudlarning  faoliyati  ustidan 

nazoratni,  quyi  sudlar  tomonidan  noqonuniy,  asossiz  va  adolatsiz 

qarorlarning  chiqarilmasligi  ustidan  nazoratni,  ularning  faoliyatini 

va  bir-biri  bilan  munosabatini  muvofiqlashtiruvchi  funksiyalarni 

amalga oshiruvchi sudlov instansiyasidir. 

 

 

Nazorat  tartibida  ish  yuritish  deganda  birinchi  instansiya  sudi, 



apellyatsiya  yoki  kassatsiya  sudi  sudlov  hay’atlari  tomonidan 

chiqarilgan hal qiluv qarorlari, ajrim va qarorlarning qonuniy, asosli 

hamda  adolatli  ekanligini,  ushbu  qarorlarni  moddiy  hamda 

QONUNIY KUCHGA KIRGAN HAL QILUV QARORLARI, AJRIMLAR VA QARORLARNING  

QONUNIY, ASOSLI VA ADOLATLI EKANLIGINI NAZORAT TARTIBIDA TEKSHIRISH  

BOSQICHIDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR   

 

221 


 

XIV BОB

 

protsessual  huquq  normalarining  to‘g‘ri  qo‘llanilganligi  asosida 



qabul  qilinganligini  tekshiradigan,  quyi  sudlarning  faoliyatini 

nazorat  qilib,  muvofiqlashtirib  turadigan  sudlov  instansiyasida  ish 

yuritish tushuniladi.

 

Nazorat  tartibida  protest  keltirish  to‘g‘risidagi  ariza  tegishli  yuqori 

sudning  raisiga  yoki  protest  keltirish  huquqiga  ega  bo‘lgan  prokurorga 

beriladi. 

FPKning  350-moddasida  ko‘rsatilganidek,  nazorat  tartibida  protest 

keltirish  to‘g‘risidagi  ariza  mazmun  jihatidan  FPKning  323-moddasiga 

muvofiq  bo‘lishi  bilan  birga,  unga  sud  hal  qiluv  qarorining  nusxasi, 

apellyatsiya  yoki  kassatsiya  va  nazorat  instansiyasi  sudlari  ajrimi, 

qarorining nusxasi, nazorat tartibida protest keltirish rad etilganligi haqidagi 

vakolatli  shaxsning  javob  xati  hamda  davlat  boji  to‘langanligini 

tasdiqlovchi hujjat ilova qilingan holda tegishli yuqori sud yoki prokurorga 

berilishi mumkin. Bu talablarga rioya qilinmagan taqdirda, nazorat tartibida 

protest  keltirish  vakolatiga  ega  bo‘lgan  FPKning  349-moddasida 

ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan ariza harakatsiz qoldirilishi, arizachiga esa, 

kamchiliklarni bartaraf etish tartibi va muddati tushuntirilishi zarur. 

Sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran uch 

yil o‘tgandan keyin berilgan arizalar ko‘rilmaydi. 

Protest  keltirish  to‘g‘risidagi  ariza  bir  oylik  muddatda,  ish  talab  qilib 

olinadigan  va  tekshiriladigan  hollarda  ikki  oygacha  bo‘lgan  muddatda 

ko‘rib chiqilishi kerak. Protest keltirish uchun asos bo‘lmasa, ariza bergan 

shaxsga  arizani  qanoatlantirmasdan  qoldirish  sabablari  ko‘rsatilib,  yozma 

javob  berilishi  lozim.  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  fuqarolik  ishlari 

bo‘yicha Oliy Sudi raisi, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat, Toshkent shahar 

sudlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisi protest keltirishni 

rad  qilganligi  ustidan  arizachi  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudining 

Raisi 


yoki 

uning 


o‘rinbosarlariga  shikoyat  berishi  mumkin. 

Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  prokurori,  viloyat,  Toshkent  shahar 

prokurori  hamda  O‘zbekiston  Respublikasi  Harbiy  prokurori  protest 

keltirishni rad qilganligi ustidan  O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori 

va  uning  o‘rinbosarlariga  shikoyat  berish  mumkin.  Fuqarolik  protsessual 


Download 4.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling