Loyihalarni moliyalashtirish


Investitsiya loyihalari moliyalashtirish manbalari qiymatini


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/34
Sana10.11.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1763615
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34
Bog'liq
Investitsiyalarni moliyalashtirish

 
1.3. Investitsiya loyihalari moliyalashtirish manbalari qiymatini 
baholash 
Korxona uchun investitsion qarorlar qabul qilish murakkab vazifalardandir. 
Bunda asosiy mezon korxona qiymatlarini oshirish mezonlariga qaratiladi. 
Uning omillari bo’lib korxona daromadlari o’sishi, moliyaviy risk yoki ishlab 
chiqarish harajatlarining kamayishi, korxona ishlari samaradorligi darajasini 
oshirish hisoblanadi. 
Real investitsiya loyihalari bo’yicha bunday natijalarga erishish uchun, har 
qanday loyihaning samaradorligini baholash zarur bo’ladi. Shunday qilib 
ivestitsiya loyihalarining samaradorligini aniqlash muhim ilmiy va amaliy 
ahamiyatga ega. Chunki loyihaning samaradorligini baholash darajasidan 
qo’yilgan kapitalning qaytib kelish muddati, korxonaning rivojlanish sur’ati 
hamda boshqa ijtimoiy- iqtisodiy muommalarni hal qilish imkonini beradi. 
Chet el mamlakatlarining tajribasini, shu bilan birga YUNIDO
6
(United 
Nations Industrial Development Organization) tavsiyalarini hisobga olgan holda 
6
YUNIDO - Birlashgan Millatlar Tashkilotining tashkiliy bo’linmasi bo’lib, uning asosiy vazifasi BMTga a’zo 
mamlakatlar sanoati rivojlanishiga yordam berishdir. 


20 
investitsiya loyihalarining samaradorligini baholash ikki mezon asosida, ya’ni 
moliyaviy va iqtisodiy baholash orqali amalga oshiriladi. 
Investitsiya loyihasi samaradorligini baholashning bu ikkala mezoni ham 
bir-birini to’ldirib turadi.
Boshqacha aytganda, moliyaviy baholash vazifasi, loyihani belgilangan 
muddatlarda amalga oshirish uchun, uning jami moliyaviy majburiyatlarini 
bajarishga korxonaning etarli moliyaviy resurslari bo’lishini belgilashdir. 
Iqtisodiy baholash esa, investitsiya loyihasining potentsial qobiliyati, shu 
loyihaga qo’yilgan mablag’larning qiymatini saqlab qolishda va ularning o’sishi 
sur’atini etarli darajasini yaratib berishda foydalaniladi. 

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling