Loyihalash texnologiyasi
Ijodiy xarakterdagi loyihalar
Download 354 Kb. Pdf ko'rish
|
Loyihalash texnologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rolli oʻyin loyihalari.
Ijodiy xarakterdagi loyihalar. Mazkur loyihani hal etishda qatnashchilardan ijodiy
yondashish talab etiladi. Ijodiy loyihalarning tadqiqot xarakteridagi loyihalardan asosiy farqi, ularning mantiqiy strukturasi avvaldan belgilanmaydi, balki loyihaning yechimi davomida shakllantiriladi. Ijodiy loyihada qatnashchilarning qiziqishi, motivi, ehtiyojiga koʻra loyihaning yoʻnalishi, olinajak natija belgilanadi. Lekin loyihada koʻzda tutilgan natijani rasmiylashtirish va jihozlashda qat’iy talab qoʻyiladi. Biologiya oʻqituvchisi ushbu loyihalar turidan darslarda foydalanishi mumkin. Odam va uning salomatligi oʻquv kursida “Odamning sutkalik ovqat ratsionida oqsil, yogʻ, uglevodlar miqdori va ulardan ajralib chiqadigan energiya miqdorini aniqlash” laboratoriya mashgʻulotini kichik guruhlarda tashkil etib, ularga quyidagi topshiriqlar tavsiya etiladi: 1-guruh topshirigʻi. Oʻrta yoshli, aqliy va yengil jismoniy mehnat bilan shugʻullanuvchilar uchun bir kecha-kunduzda sarf qilinadigan energiya miqdoriga muvofiq holda ularning ovqat ratsionini tuzing. 2-guruh topshirigʻi. Oʻrta yoshli, ogʻir jismoniy mehnat bilan shugʻullanuvchilar uchun bir kecha-kunduzda sarf qilinadigan energiya miqdoriga muvofiq holda ularning ovqat ratsionini tuzing. 3-guruh topshirigʻi. Boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun bir kecha-kunduzda sarf qilinadigan energiya miqdoriga muvofiq holda ularning ovqat ratsionini tuzing. 4-guruh topshirigʻi. Oʻsmir yoshdagi oʻquvchilar uchun bir kecha-kunduzda sarf qilinadigan energiya miqdoriga muvofiq holda ularning ovqat ratsionini tuzing. Rolli oʻyin loyihalari. Ushbu loyihalarda struktura aniqlanmaydi va ish tugagunga qadar ochiq boʻladi. Loyiha qatnashchilari muayyan rollarni bajaradilar. Rollarga muvofiq holda ularning vazifalari aniqlanadi. Oʻyin syujetiga muvofiq ular rollarni bajarishi, tegishli hollarda “mansabdor shaxs” sifatida muloqotga kirishishi, bunda mavjud qobiliyat va iste’dodlari, oʻzlashtirgan bilim, koʻnikma va malakalarini safarbar etishlari lozim. Loyihani hal etish jarayonida koʻzlangan natijaga erishishlari uchun juda koʻp mehnat qilishlari, izlanishlari, mustaqil va ijodiy fikr yuritishlari, mustaqillik va onglilik talab etiladi. Bu yerda ijodiy izlanish mavjud, lekin oʻquvchilar ma’lum rollarni bajarish orqali loyiha hal etilganligi sababli rolli oʻyin loyihalar sanaladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling