Loyihani boshqarish asoslari va konsepsiyasi


Download 1.45 Mb.
bet2/3
Sana01.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1315260
1   2   3
Bog'liq
LB. 6-Mavzu

Taqsimlanmagan foyda. Bu hisobvarag’ bankning butun faoliyati davomida olgan foydasining taqsimlanmagan qismini hisobini yuritish uchun mo’ljallangan. O’z ichiga quyidagi hisobvaraqlarni oladi: yillik, sof foyda, boshlang’ich qiymatiga nisbatan qayta baholanganda qo’shimcha qiymat. Bank kapitalining 3 ta asosiy funksiyalarini ajratib ko’rsatishimiz mumkin. Bular: himoya, operativlik va tartibga solish funksiyalaridir. Bank omonatlari manfaatlarini himoya qilish bankning o’z kapitalining asosiy funksiyasi bo’lib xizmat qiladi. Chunki, bank aktivlarining asosiy qismi omonatchilar hisobiga tashkil topadi. Bundan tashqari bank kapitali aksionerlar risklarini kamaytiradi.
Kapital qiymatini baholash.
Kapital bahosini aniqlash
  • bu birinchidan, tijorat tashkilotining uzoq muddatli holatini xarakterlaydi, ya’ni kompaniyaning o’z kapital bahosi uning potensial investorlar tomonidan mablag’ jalb qilinishi darajasini ko’rsatadi; ba’zi bir qarz mablag’larining bahosi kapitalining uzoq muddatli kapital jalb qilish imkoniyatini ko’rsatadi.
  • Ikkinchidan, firma kapitalining o’rtacha tortilgan bahosi kapital mablag’lar byudjetini tuzishda asosiy ko’rsatkichlardan biri bo’lib hisoblanadi.

  • Keltirib o’tilgan mablag’lar manbasining bahosi turlichadir, shuning uchun
    tijorat tashkilotining kapital bahosi o’rtacha arifmetik tortilgan formula asosida topiladi. Ko’rsatkichlar yillik ma’lumotlar bo’yicha foizlar ko’rinishida hisoblanadi.

Amaliyotda har bir kompaniya o’z faoliyatini, shu bilan birga investitsiya faoliyatini turli manbalardan moliyalashtiradi. O’z faoliyatida foydalanilgan moliyaviy resurslar uchun foizlar, dividendlar va boshqalar to’laydi. Shu bilan birga o’z iqtisodiy salohiyatini ko’tarish uchun zarur xarajatlar qiladi. Har bir mablag’ manbasi joriy manbalarni ta’minlashdagi xarajatlar summasidagidek o’z bahosiga ega. Bu baholar orasidagi aniq bog’liqlikni ko’rsatish qiyindir.
k1a<kb <k ps<krp <kcs
bu yerda, k1a - bank ssuda fondi bahosi; kb - «obligatsion qarz» kapital manbasi bahosi; kps- «imtiyozli aksiya» mablag’ manbasi bahosi; krp- «taqsimlanmagan foyda» mablag’lar manbasi bahosi; kcs- «oddiy aksiya» mablag’ manbasi bahosi.
Kompaniya xarajatlarining umumiy summasini xarakterlovchi ko’rsatkichlardan biri kompaniya faoliyatiga avanslashtirilgan kapital bahosi ham xarakterlaydi va kapitalning o’rtacha tortilgan bahosi deyiladi.
Bunda, kj - j-mablag’ manbasi bahosi; dj - mablag’arning umumiy summasidagi j-manbaning ulushi.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling