Lug‘aviy ma’no, uning tarkibiy qismlari va turlari


Download 81.4 Kb.
bet13/17
Sana13.04.2023
Hajmi81.4 Kb.
#1355324
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Ravishning lug‘aviy mano guruhlari tahlili

Ravishlarda daraja
Ayrim ravishlar sifat kabi darajani ham bildiradi. Ravishlar harakat va belgining belgisini darajalab ko’rsatishi mumkin: Zaynab ilgariroq, Kumush keyinroq ichkariga kirishdi. Avaz suruvning ketini tezroq bexatar joyga chiqarishga shoshilar edi. U do’sti bilan samimiy o’rtoqlarcha salomlashdi.
1) Bosh daraja: U sekin kela boshladi.
2) Qiyosiy daraja: Mashina tezroq yurdi. Sal oldinroq keldi.
3) Orttirma daraja: Bola juda ko’p badiiy asar o’qidi.
4) Kuchaytirma daraja: Ishlayverib juda-juda charchadi.
Ravishlarda modal ma’no yasalishi ham mavjud. Bunday shaklda kelgan ravishlar harakat belgisining kuchsizligi, ta’kid, noaniqlik kabi ma’nolar anglatadi. Bu modal ma’no sintetik shakl orqali hosil qilinadi, ya’ni ravishga -roq, -gina (-kina, -qina) affikslarini qo`shish orqali: ko`proq, endigina, sekingina, kechagina kabi hamda ravishlarni aynan takrorlash yo`li bilan hosil qilinadi: asta-asta, tez-tez, sal-pal kabi.
Men ko`proq uni ko`rish niyatida yurar edim, lekin o`ylaganim bo`lmadi (P.Qodirov). Hasanali sekingina daricha ostig`a yotib hujra ichiga quloq soldi (A.Qodiriy). Chiqsak ham Sulton amaki bilan chiqardik. Sekin-sekin unga o`rgana boshlagandik (H.Nazir).
Ravishlarning yasalishi
O`zbek tilida ravishlar, asosan, 2 xil usul – affiksatsiya va kompozitsiya usuli bilan yasaladi.
Affiksatsiya usuli bilan ravish yasashda so`z negiziga maxsus ravish yasovchi affikslarni qo`shish bilan ravish yasaladi. Ravishning bu usul bilan yasalishida ko`pincha ot, ba’zan sifat, son, olmosh, fe’lning sifatdosh va harakat nomi shakllari, shuningdek, ravishning o`zi asos bo`ladi.
Ravish yasovchi affikslar quyidagilar:
-an: taxminan, rasman, tasodifan, majburan kabi. Bu affiks ot, sifat asosidan ravish yasaydi.
-cha: o`zbekcha, yangicha, boshqacha, o`zicha, istagancha, hozircha kabi. Bu affiks ot, sifat, olmosh, sifatdosh, ravish asosidan ravish yasaydi.

Download 81.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling