Lug‘aviy ma’no, uning tarkibiy qismlari va turlari
Ravishga ko’chish so’z turkumlarining ko’pida sodir bo’ladi
Download 81.4 Kb.
|
Ravishning lug‘aviy mano guruhlari tahlili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ravishlarning tuzilishi jihatdan turlari
Ravishga ko’chish so’z turkumlarining ko’pida sodir bo’ladi:
1. Ravishga ko’chgan otlar: erta, indin, kecha, kech, kechqurun, burun. 2. Ravishga ko’chgan sifatlar: yaqqol, baralla, tugal, bafurja, muttasil, vaqtli, rosa, baravar, omonsiz, beomon, o’zgarishsiz, beto’xtov, harakatsiz. 3. Ravishga ko’chgan ravishdoshlar: osha, o’ta, qiya, qiyo, qo’sha, qayta. 4. Ravishga ko’chgan taqlidiy so’zlar: sharta, taqqa, tappa, shig’a(g’uj-g’uj), chippa Juft ravishlar – umumlashtirish, taxmin kabi ma’nolarini ifodalaydi. Tub ravishlardan hosil bo’lgan juft ravishlar: asta-sekin, bugun - erta. O’rin-payt kelishigidagi ba’zi ot, olmosh ravishga ko’chib juft ravish hosil qiladi: oyda-yilda, unda - bunda. Juft ravishlar quyidagicha yasaladi: a) bir-biriga yaqin ma’noli so’zlardan: eson-omon, ochiq-oydin, sekin-asta; b) antonimlardan: erta-kech, kecha-kunduz, ochin-to’qin; v) takroriy ravishlar harakatning takroriyligi, davomiyligini bildiradi: zinhor-zinhor, hali-hali, endi-endi, asta-asta, sira-sira; kuppa-kunduz, bab-baravar, tikka-tik, chippa-chin, to’ppa-to’g’ri. Ravishlarning tuzilishi jihatdan turlari Ravish tuzilishiga ko`ra: 1) sodda, 2) qo`shma, 3) juft, 4) takroriy ravishlarga bo`linadi. Sodda ravishlar bir o`zak morfemadan tuziladi: yaqqol, ko`p, hozir, vijdonan, kamtarona kabi. Qo`shma ravishlar ikki so`z asosining birikishi orqali tuziladi: har gal, bir vaqt, tez fursatda, shu yoqqa kabi. Juft ravishlar ikki so`z asosining teng bog`lanishidan tuziladi: hali-beri, erta-kech, eson-omon kabi. Takroriy ravishlar esa bir so`z asosini aynan takrorlash bilan yoki ikkinchi takrorlangan ravishda tovush o`zgarishi yuz bergan holda tuziladi: endi-endi, asta-asta, oz-moz, sal-pal, zo`rg`a-zo`rg`a kabi. Takroriy ravishlar so`zning leksik ma’nosini o`zgartirmay, balki ortiqligi, kamligi, noaniqlik, ta’kid kabi qo`shimcha ma’nolarni ifodalab keladi. Xulosa Ishni bajarish mobaynida men yana bir bor o‘zbek tili naqadar boy va murakkab til ekanligiga amin bo‘ldim. Kurs ishibibg maqsadini Ravishning lug‘aviy ma’no guruhlari tahlili mavzusini nazariy jihatdan o`rganishni maqsad qilib olib, ushbu maqsadga erishish uchun kurs ishining vazifalari o‘rganish davomida men quyidagilarga amin bo`ldim; Leksemaning lug`aviy ma’nosi quyidagicha shakllanadi: inson o`z sezgi a’zolari orqali borliqdagi narsa, hodisa, belgi, harakat va boshqalar haqida tushuncha hosil qiladi. Bu tushuncha inson ongida muhrlanib qoladi. Xuddi shu tushunchaga atab qo`yilgan nom ham inson ongida saqlanib qoladi va natijada nom va tushuncha o`rtasida mustahkam aloqa yuzaga keladi. Ilmiy adabiyotlarda ko`p ma’noli leksemalar ifodalaydigan lug`aviy ma’nolar til taraqqiyotining qaysi davrida mavjudligiga qarab dastlab ikkita katta guruhga bo`linadi: I. Avvalgi lug`aviy ma’nolar til taraqqiyotining oldingi davrlariga tegishli bo`lgan ma’nolardir. Bu ma’nolar ham eskirish darajasiga qarab ikki turga bo`linadi: 1. Eski lug`aviy ma’no leksemaning hozirgi paytda arxaiklashgan ma’nosidir: qimron leksemasi aslida “qaynatilgan sut bilan suvning aralashmasi” degan ma’noni bildirgan. Bu ma’no shu leksemaning eski lug`aviy ma’nosidir. Uning hozirgi ma’nosi “tuya sutidan tayyorlanadigan qimiz” degan ma’nodir. 2. Etimologik lug`aviy ma’no leksemaning til tarixiga asoslanib, tuzilishidan kelib chiqib aniqlanadigan ma’nodir: chaqa (mayda pul) leksemasi “chaq” fe’lining “parchala”, “bo`lak-bo`lak qil” ma’nosidan –a qo`shimchasini qo`shish bilan yasalgan. II. Hozirgi lug`aviy ma’nolar til taraqqiyotining hozirgi davriga mansub ma’nolardir. Bu ma’nolar bir ma’nodan boshqa ma’noning o`sib chiqishi nuqtai nazaridan ikki turga bo`linadi: 1. Bosh ma’no ko`p ma’noli leksemalarning o`zaro bog`langan barcha ma’nolarini birlashtiruvchi ma’nodir. Bu ma’no odamning esiga keladigan birlamchi ma’nodir. Izohli lug`atda uzmoq leksemasining quyidagi ma’nolari berilgan: a) “kuch bilan tortib, yulqib butundan ajratmoq, butunni qismga bo`lmoq” (ipni uzmoq); b) palak, novda yoki tupidan ajratib olmoq (uzum uzmoq); d) kesib qirqib joyidan bo`lak qilmoq (boshini uzmoq); e) turgan, yopishgan joyidan ajratmoq (boshini yostiqdan uzmoq); f) davom qildirmaslik, to`xtatmoq (suhbatni uzmoq); g) qarzni to`lamoq (yegan oshlarini uzmoq); h) qattiq tishlamoq yoki chaqmoq (Itning ishi uzmoq…); i) qattiq ta’sir qilib, azob bermoq (gap bilan uzmoq); 1-ma’no (ipni uzmoq) mazkur leksemaning bosh ma’nosidir, chunki qolgan barcha ma’nolar shu ma’no bilan bog`langandir. Ravish ish-harakatning bajarilish tarzi (astoydil urindi), payti (hozir keldi), o`rni (yuqoriga intildi), miqdori (kam gapirdi), darajasi (nihoyatda achindi), sababi (noiloj ko`ndi) va maqsadi (jo`rttaga indamadi)ni anglatadi. Ayrim ravishlar ba’zan otga bog`lanib, predmetning noaniq miqdorini (ko`p kitob), sifat va ravishning o`ziga bog`lanib, belgining kuchini; darajasini, o`xshashligini (obdon pishiq, ancha ilgari, toshday qattiq) ifodalaydi. Shu ma’no xususiyatlariga ko`ra ravish qanday? qay tarzda? qachon? qayerga? qayerda? qayerdan? qancha? qay darajada? nega? nima maqsadda? kabi so`roqlariga javob bo`ladi. Ravish o`ziga xos grammatik xususiyatlarga ega: 1) ravish boshqa so`z bilan bog`lanib kelganda morfologik jihatdan o`zgarmaydi (so`z o`zgartiruvchi affikslarni olmaydi). Lekin ma’lum kelishik yoki egalik qoʻshimchasi shaklida (qotib qolgan holda) ravishga ko`chgan so`zlar mavjud: kunda, yiliga, kunduzi, chindan, rostdan, yaqinda, birdan, birga kabi. 2) ravish belgi bildiruvchi so`z bo`lgani uchun sifat kabi belgini (harakatning belgisini) darajalab, chog`ishtirib ko`rsatish xususiyatiga ega. Biroq ravishlarda daraja anglatish sifatlardagi kabi taraqqiy qilgan emas. Ravish ham uch daraja ko`rinishiga ega: oddiy daraja, qiyosiy daraja, orttirma daraja. Daraja ma’nosi sifat darajalaridagi vositalarning o`zi bilan ifodalanadi. Belgini darajalab ifodalash, asosan, holat ravishlari (ayrim payt va miqdor)ga xos. Ravishlar ma’no jihatdan olti guruhga bo`linadi: 1) holat ravishi, 2) payt ravishi, 3) o`rin ravishi, 4) miqdor-daraja ravishi, 5) sabab ravishi, 6) maqsad ravishi. Holat ravishi ish-harakatning qay tarzda, qay holatda bajarilishini bildirib, qanday? qay tarzda? qanday qilib? kabi so`roqlarga javob bo`ladi: asta, sekin, tez, piYoda, aYov, qo`qqisdan, tasodifan, xomlay, ochin-to`kin, butunligicha, jim, darrov, darhol, zo`rg`a, birdan, birga, majburan, yaqqol, harbiylarcha, o`zbekcha, yuzma-yuz, ochiq-oydin kabi. Holat ravishlari, asosan, ravish holi, otga bog`lanib kelganda sifatlovchi-aniqlovchi va kesim vazifalarida keladi: Bobur ota yurtidan ajralganini endi astoydil his qildi (P.Q.). Salqin shabadasi kelib olqishlar bizning g`olibona bayrog`imizni (A.M.). Auditoriya jimjit, hamma unga qarar (P.Q.). Payt ravishi ish-harakatning paytini bildirib, qachon? qachongacha? qachondan beri? kabi so`roqlarga javob beradi. Payt ravishlariga: hozir, boya, hali, endi, oldin, burun, avval, qadim, bultur, tunov kun, yaqinda, hamisha, hanuz, hamon, bugun, indin, keyin, so`ng, yiliga, dastlab, har kuni, erta-indin, erta-kech, qishin-Yozin kabilar kiradi. Payt ravishlari asosan, payt holi, ba’zan kesim vazifasida keladi. Masalan: Sen bir birodaringning ayblarini zikr qilmoqchi bo`lsang, avval o`z ayblaringni esla! (Imom Ismoil al Buxoriy). Bugun sening tug`ilgan kuning, Bugun uying to`ladi gulga (H.O.). O`rin ravishi ish-harakatning bajarilish o`rnini va harakat yo`nalgan tomonni anglatadi. O`rin ravishi qayerga? qayerda? qayerdan? kabi so`roqlarga javob berib, ularga nari, beri, oldinga, pastda, tubanda, yuqoridan, quyidan, u yoqqa, bu yoqqa, yaqinda, orqadan, to`g`riga, chapda, o`ngda kabilar kiradi. Download 81.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling