O’zbek tilining imlo lug’ati


Download 197.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana02.04.2023
Hajmi197.5 Kb.
#1322003
  1   2
Bog'liq
o-zbek-tilining-imlo-lug-ati-kitobining-o-zi-imloga-muhtoj



“O’ZBEK TILINING IMLO LUG’ATI” KITOBINING O’ZI
IMLOGA MUHTOJ!
Allabergenova Oygul Komiljanovna
Namangan tumani 10-sonli umumta’lim maktabi 
Annotatsiya: Ushbu maqolada “O’zbek tilining imlo lug’ati“ kitobidagi
xatoliklar va lug’atni takomillashtirish zarurligi haqidagi fikrlar olg’a surilgan.
Filolog-pedagoglarning ish faoliyatiga yengillik olib kirish maqsad qilib olingan. 
Kalit so’zlar: “O’zbek tilining imlo lug’ati”, imlo savodxonligi, nashriyot,
leksika, o’zbek adabiy tili
THE BOOK "THE SPELLING DICTIONARY OF THE UZBEK
LANGUAGE" ITSELF NEEDS SPELL CHECK!
Allabergenova Oygul Komiljanovna
Namangan district secondary school №10
Abstract: This article shows the errors of the book "Uzbek Explanatory
Dictionary " and the importance of the development of the Dictionary. The aim of the
article is to help philologist-pedagogues.
Key words: "Uzbek Explanatory Dictionary", spelling comprehension,
publishing house, vocabulary, Uzbek literary language.
Agar gap atrofimizdagilarning savodlilik darajasi va bu darajaning pastligi
haqida ketadigan bo’lsa, aylantirib olib borib buni bozor iqtisodiyotiga bog’laymiz:
erkinlik, raqobat, xususiylashtirish,.. To’g’ri, bu inkor etib bo’lmas haqiqat. Bu
holatni bir tizginga solib ushlab turishning o’zi mushkul. Jumladan, bugungi kunda
nashriyot ishlari bilan shug’ullanuvchi xususiy tadbirkorlik sub’yektlari (subyekt) shu
qadar ko’paydi-ki
(ko’paydiki), hatto davlat nashriyot korxonalari ham astoydil ular
bilan musobaqalashishga tushib ketdi. Bu ham tushunarlidir, bozor iqtisodiyoti
sharoitida “tirik” qolish va rivojlanish moliyaviy masalani o’rtaga qo’yadi. Bu
jihatdan mustahkam bo’lish uchun esa shiddatli tezkorlik, tadbirkorlik, ishbilarmonlik
xusussiyatlariga ega bo’lish talab etiladi. Bunday sharoitda har doim ham sifatli
xizmat ko’rsatish haqida hamma ham o’ylayvermaydi. Shuning uchun ayrim kitob
mahsulotlarini tanlab, uni o’qib chiqish jarayonida imloviy, ishoraviy, hatto uslubiy
xatolarni sanab, jig’ibiyronimiz chiqib yuradi. Badiiy adabiyotlar-ku, mayli.
Savodimiz bor ekan, xatolarni ilg’ayapmiz. Ammo bizning imloviy
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
304
http://oac.dsmi-qf.uz


savodxonligimizni oshirishga xizmat qiluvchi kitobda imloviy xatoliklarga yo’l
qo’yilgan bo’lsa-chi? 
Hozirgi kunda kitob do’konlarining peshtaxtalarini bezab turgan “ O’zbek
tilining imlo lug’ati” kitobini xarid qilgan o’quvchi uni nima maqsadda sotib oladi
deb o’ylaysiz? So’zlarning to’g’ri yozilishini o’rganish uchun, albatta. 
Toshkentning “Nurafshon business” nashriyoti tomonidan 2019-yilda Gulchehra
Ibragimova (Lug’at tuzish va uni ommaga taqdim etish chakana ish emas, mehnati
zalvorli, shuning uchun lug’atshunos olimlarga hurmatim baland. Men, avvalo,
kitobni takomillashtirishni nazarda tutganman) tomonidan tuzilib, chop etilgan
“O’zbek tilining imlo lug’ati” kitobini yaqinda xarid qilgandim. Chunki yil
ko’rsatklichi bo’yicha ham, kitobning tashqi dizayni tomonidan ham eng so’nggi
nashr ishi ekanligi sezilib turardi. Shularga ishonib, nisbatan tuzatishlar kiritilib,
yangilangani shu bo’lsa kerak,deb faraz qilgandim. Bu kitobdan foydalanish
jarayonida hafsalamni pir qiladigan o’rinlarga ko’p bor duch keldim. Quyida shu
kitobda keltirilgan ayrim so’zlarni havola qilaman:
Kitobda berilgan so’zlar
Shu so’zlarning imloga muvofiq yozilishi
acrobat
akrobat
elector
elektr
elikboshi
ellikboshi
elipsoid
ellipsoid
hardamhayol
hardamxayol
parallelelepiped
parallelepiped
patr-putur
patir-putur
qo’zg’alon
qo’zg’olon
samon
Bunaqa so’z yo’q, menimcha
stent
stend
udmurd
udmurt
umsinmoq
umsunmoq
qurishiq
qurushiq
qurishqoq
qurushqoq
Bilmadim, balki, men ko’targan mavzu doirasida bu kitobda bunday so’zlarning
uchrashi juda katta fojia yasamas. Biroq shuni ham unutmasligimiz kerakki, biz har
bir amalimizga, kerak bo’lsa har bir fikrimizga darhol asos va dalil keltirmasak, hech
kimni haqiqatimizga ishontira olmaydigan zamonda yashayapmiz. Mabodo,
o’quvchimizga xatosi evaziga past baho qo’ysag-u, izoh va asos talab qilsa yoki shu
lug’atni ro’kach qilsa, biz o’zimizning haq ekanligimizni qanday isbotlaymiz? Aslida
o’zi bitta-yu, lekin turli nashriyotlar tomonidan tayyorlangan, bir-birini inkor
etadigan lug’at qo’llanmalarni qalashtirib tashlaymizmi? O’zimiz bir to’xtamga
kelolmas ekanmiz, o’quvchini qanday ishontiramiz?
Bundan tashqari lug’at tarkibidagi quyidagi so’zlarning yozilishida ham bitta,
yakdil fikrga kelish kerak deb o’ylayman:
Kitobdagi holat
Usti qizil lug’at kitobidagi holat
agglutinative
agglyutinativ
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
305
http://oac.dsmi-qf.uz


askkumulator
akkumulyatror
dirijor
dirijyor
flaga
flyaga
plaj
plyaj
regulator
regulyator
rejissor
rejissyor
suflor
suflyor
sujet
syujet
schot
schyot
Aslida, so’zlarning yozilishini talaffuzga yaqinlashtirish tarafdoriman. Sababi,
imlo va talaffuz o’rtasidagi tafovutning kattalashishi imloviy savodxonlik darajasini
tushirishdan boshqa narsaga yaramaydi. Shundoq ham o’zbek tili leksikasi
qatlamining rang-barangligi, ya’ni eskirgan, o’zlashma, yangi, zamonaviy va boshqa
turdagi so’zlarning nutqimizda qo’llanishi, shaklan boshqacha, talaffuzda butunlay
boshqacha aks etishi shundoq ham yetarlicha muammolarni yuzaga keltiradi. Shuning
uchun ham men yuqoridagi so’zlarning ikkinchi yozilish holatini ma’qullayman.
Shu haqda to’xtalgim yo’q edi-yu, mavzumga aynan to’g’ri kelib qolgani uchun
ham yozmasam bo’lmas. Kuz kelib, o’qish boshlanishi bilan filolog-o’qituvchilar
o’rtasida g’alayon boshlanadi. Deyarli har bir dars o’tadigan o’qituvchida har kungi
bir savol: sentabrmi, sentyabrmi; oktabrmi, oktyabrmi? Shu savolga har duch
kelganimda, tovuq oldin paydo bo’lganmi, tuxum oldin paydo bo’lganmi, degan
hazilomuz savol xayolimga keladi. To’g’ri-da. Javob topa olmayapmiz-ku. Butun
respublika tilchilari ikkita katta to’lqindek: dam unisi baland keladi, dam bunisi. Bu
bo’ron ikki oy tinimsiz huruj qiladi. Chunki har ikki tomon haq. Lug’at deysizmi,
ilmiy deb qaralgan darslik deysizmi - har ikki fikrga asos-u isbot topiladi.
Xulosa sifatida shuni aytmoqchiman va shuni so’ramoqchiman, o’zbek adabiy
tili hamma uchun bittami, iltimos, imlo lug’atimiz ham bitta bo’lsin. Boshqa kitob
mahsulotlari o’z yo’liga, lekin imlo kitobimiz qattiq nazorat ostida nashr etilishi
kerak. Bu kitobni yozishda ijod qilinmaydi-ku, yangi so’zlar yaratish talab etilmaydi-
ku muallif yoki muharrirdan. Faqat so’zlarning to’g’ri yozilishini chuqurroq tahlil
qilib, aniq faktlar asosida lug’atga kiritishsin. O’z ona tilisini chuqurroq
o’rganmoqchi bo’lgan o’zbek bolasi yoki shu tilga ixlos qo’ygan o’zga millat
farzandi, umuman, hamma bitta, xatolari maksimal darajada kam bo’lgan “O’zbek
tilining imlo lug’ati” kitobidan foydalansin. Zero, til – millat ko’rki. Uni yanada
ko’rkamlashtirish – har birimizning vazifamizdir. 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
306
http://oac.dsmi-qf.uz


Download 197.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling