Luiza Xey Hayotingizni qanday tiklashingiz mumkin 2023 yil


Download 71.1 Kb.
bet27/31
Sana03.04.2023
Hajmi71.1 Kb.
#1323002
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
как исцелит

"Biz - ular" mashqi
Hayotingizda sizni eng ko'p asabiy qiladigan odamni toping. Bunday odamning siz eng yomon ko'radigan va unda o'zgartirishni xohlaydigan uchta fazilatini tasvirlab bering. Endi o'zingizga chuqur nazar soling va o'zingizdan so'rang: "Men nimada unga o'xshashman va qachon o'zimni aynan shunday tutaman?" Ko'zlaringizni yuming va o'ylash uchun o'zingizga vaqt bering.
Keyin o'zingizdan o'zgarishga tayyormisiz deb so'rang. Faqat shu tarzda siz odatiy fikrlaringiz, odatlaringiz va e'tiqodlaringizdan xalos bo'lasiz, bunday odamlar yo o'zgaradi yoki hayotingizni butinlay tark etadi.
Agar siz doimo tanqid qiladigan va kunglini topib bo'lmaydigan xo'jayiningizdan nafratlansangiz, yana o'zingizga chuqurroq qarang. Siz nimada unga o'xshaysiz? Siz doimo, barcha boshliqlar, doimo tanqid qiladi va ularni mamnun qilish mumkin emas deb uylaysizmi? Agar sizning xodimingiz qaysar bo'lsa va ishning o'ziga tegishli qismini bajarishni istamasa, uni hayotingizga qanday jalb qilganingiz haqida o'ylab ko'ring. Siz qanchalik qaysarsiz va u kabi dangasamisiz?
Agar siz sevgan insoningiz bilan muammolarga duch kelsangiz, yana o'zingizga chuqurroq qarang va uni sizga nima jalb qilganini ko'ring?
Agar eringiz sizni qo'llab-quvvatlamasa va doimiy ravishda hayotdan shikoyat qilsa, bolaligingizdanoq sizda ildiz otgan odatlaringizga yana bir bor qarang. Hayotdan noligan ota-onangiz bormi? Va siz doimo hayotdan shikoyat qilmaysizmi?
Agar bolangiz sizni g'ashingizga tegadigan odatlarga ega bo'lsa, men sizga kafolat beramanki aynan shu odatlar sizda ham bor. Ulardan qutuling va bola avtomatik ravishda ulardan xalos bo'ladi.
Boshqalarda biror narsani o'zgartirishning yagona yo'li bor - avval o'zingizni o'zgartiring. Fikr va odatlaringizni o'zgartiring - boshqalar avtomatik ravishda o'zgaradi. Boshqa birovni so'kish esa - foydasiz. Boshqalarni ayblash - kuchingizni behuda sarflashdir. Siz uni saqlashingiz kerak. O'zgarishingiz uchun hayotingizda sizga kerak bo'lishi aniq. Shunday ekan, keling, nochor qurbonlar o'ynashni to'xtatib, o'zimizga yordam berish uchun aniq ishlarni boshlaylik.

Download 71.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling