9. MILLIY G'OYA VA MAFKURA FANINI O'QITISH METODIKASI.
Milliy g’oya va mafkura fanini o’qitishda ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot kommunikatsiya ( media ta’lim, amaliy dastur paketlar, prezentatsion, electron, didaktik) texnologiyalar, teledisklar va ko’rgazmali qurollardan hamda interfaol metodlardan foydalaniladi.
MAVZU: “ JAMIYATDA MAFKURA VA YANGI G’OYALAR TIZIMINING SHAKLLANISH JARAYONIDA MAFKURAVIY TARBIYA MASALALARI: YANGICHA USLUBLAR VA YONDASHUVLAR” mavzusi bo’yicha
ISHLANMA
Darsning maqsadi va vazifalari: Dars jarayonida o’rganilayotgan mavzuning talablaridan kelib chiqqan holda Prezident Islom Karimov asarlari, ma’ruza va nutqlari asosida talaba- yoshlar dunyoqarashi va ijtimoiy ongida “Milliy g’oya”, “Milliy mafkura”, “Milliy o’zlikni anglash”, “Milliy g’urur va or- nomus” kabi tushunchalarini yanada kengaytirishdan iborat. SHu bilan birga bahs va munozaralar davomida yoshlar qalbida mafkuraviy fuqarolik shaxsiy e’tiqodlarini shakllantirib, demokratik g’oya tuyg’usini hosil qilish va tarbiyalashdan iborat.
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasida muammoning qo’yilishi:
Uslubi. Og’zaki bayon qilish, suhbat –munozara, aqliy hujum,FSMU texnologiyasi va “Muammoli vaziyat” texnologiyalaridan iborat.
SHakli.Nazariy mashg’ulot, muammoli ta’lim elementlarini o’z ichiga olgan noan’anaviy dars.
Vosita. Tarqatma materiallar, ma’lumotli xabarnoma blankalari va “I. Karimov XXI asr bo’sag’asida”, “Barkamol avlod orzusi” mavzusidagi video- tasma asosida.
Usul.CHizmalar asosida tayyorlangan slaydlar.
Mavzuni bayon etish rejasi:
1. Milliy g’oya va yoshlarning o’zaro bog’liqligi, hamda qadriyatlarga doir e’tiqod, tafakkur ehtiyojlari.
2. YOshlar ma’naviyatiga yod tahdidlar va unga qarshi milliy- g’oyaviy tarbiya vositalari.
3. YOshlarda milliy g’urur, milliy or- nomus va milliy iftixor fazilatlarini shakllantirish.
Darsning asosiy tushuncha va atamalari:
I.3.Mafkuraviy tarbiya - Milliy ong -Andisha –Vijdon -Insof –Kosmopolitizm - E’tiqod - Milliy qadriyatlar -Milliy g’urur - Milliy iftixor - Milliy or- nomus – Milliylik – Milliy o’zlikni anglash ;
Do'stlaringiz bilan baham: |