Lum taksonomiyasi toifalari
Download 21.7 Kb.
|
LUM TAKSONOMIYASI TOIFALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchidan
- Uchinchidan
- To’rtinchidan
Milliy g’oya nima?
27. kuchli, teran fikr 28. Milliy birdamlik 29. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarning uyg’unligi 30. YUrtga sadoqat 31. Vatanparvaplik 32. Fidoyilik 33. Mehr- muhabbat 34. O’zaro hurmat 35. Insoniy ehtirom 36. Qadr- qimmat 37. Urf- odatlarni e’zozlash 38. An’analarni e’zozlash 39. Tarixiy xotira va boshqalar 3.O’qituvchi birinchi masalaning bayonini boshlaydi: Milliy g’oya bir tomondan, yoshlarni o’zining ob’ekti sifatida qarasa, ikkinchi tomondan yoshlar milliy g’oyaning ilg’or rivojlantiruvchilar va kelajak avlodga etkazuvchilari hisoblanadilar. Uchinchidan, yoshlar qanchalik milliy g’oya bilan qurollangan va uni anglab olgan bo’lsa, jamiyat shunchalik taraqqiyotga erishadi. Bu holat, milliy g’oya va yoshlarning o’zaro bog’liqligini belgilaydi. Demak, jamiyat milliy mafkura orqali yoshlarga qanday g’oya va fikrlarni taklif etsa, shunga mos ravishda g’oyaviy jihatdan chiniqqan, vatanparvar, zamonaviy bilimlarni egallagan yoshlarga ega bo’ladi. Eng muhimi shundaki, har bir jamiyatda qanday maqsadda bo’lmasin yangi g’oya va kontseptsiyalarga nisbatan yoshlar o’z munosabatlarini bildiradi, aholining boshqa qatlamiga nisbatan tezroq qabul qiladi. SHuningdek, yoshlar o’zlarining ijtimoiy, ruhiy va boshqa jiqatlariga ko’ra salbiy hodisalarga tez beriluvchanlik, jamiyatdagi tez o’zgaruvchan sharoitga moslashish qobiliyatining yuqori ekanligi bilan ham ajralib turadi. SHuning uchun hozirgi kunda yoshlar orasida milliy g’oya, milliy g’urur va or- nomus bilan bog’liq, ma’naviy – ruhiy holatlar muhim ahamiyat kasb etadi. YOshlarning oldida haqiqatni aytishdan cho’chimaslik, soxtakorlikdan qochish, mavjud qiyinchiliklar, muammolarni ochiq- oydin bayon etish lozim. Hayot va davr talablariga mos kelmaydigan, real voqelikdan, borliqdan, xalq hayotidan, kundalik turmushdan ajralib qolgan suhbatlar, ma’ruzalar, uchrashuvlar qanchalik jozibador, obro’li bo’lmasin biri bir uning amaliy samarasi bo’lmaydi. YOshlarning milliy qadriyatlarga munosabati, milliy g’oya asosida erkin hayot, ozod va obod Vatan qurish yo’lidagi harakatlari, maqsad va manfaatlarini umumlashtiradigan, tahlil etadigan shu g’oyalarni boyitish va ishonch e’tiqodiga aylantirishi bilani bog’liq. (ikkinchi ilova). Bu ishni yo’lga qo’ymoq uchun 4 ta masalaga e’tibor bermoq zarur: Birinchidan, mavjud vaziyatni, ya’ni istiqbolimizning rivojlanish tamoyillarini, salbiy holatlar sabablarini xolis o’rganadigan nodavlat, mustaqil tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish, ularning imkoniyatlaridan to’la foydalanish zarur. Ikkinchidan,shiddatli o’zgarayotgan, yangilanayotgan O’zbekistonning ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, madaniy- ma’naviy zaminlarini umumiy maqsad yo’lida mustahkamlash, barqarorlashtirib borib bir maqsad sari safarbar etish kerak. Uchinchidan,milliy g’oyaning bir tomondan ma’rifiy- targ’ibot ishlari, uning samaradorligiga bog’liq bo’lsa, ikkinchi tomondan, yoshlarning kundalik hayotda duch kelayotgan muammolarni to’g’ri tushuntirishlari, fikrga- fikr, g’oyaga- g’oya asosida javob bera olishi bilan bevosita bog’liqdir. To’rtinchidan,bizga mutafakkirlarimiz tomonidan meros bo’lib qolgan umumbashariy qadriyatlar, SHarq falsafasi, yuksak axloqiy- estetik g’oyalar, milliy an’analar asosidagi tarbiya maktabini yo’lga qo’yish kerak. Download 21.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling