Lum taksonomiyasi toifalari


Download 21.7 Kb.
bet5/6
Sana16.06.2023
Hajmi21.7 Kb.
#1512374
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
LUM TAKSONOMIYASI TOIFALARI

4.O’qituvchi birincha masalaning xulosasi sifatida I.Karimovning “XX1 asr bo’sag’asida”, “Barkamol avlod orzusi” mavzusidagi video tasmadan foydalanishi mumkin.
5. O’qituvchi ikkinchi masalaning bayonini boshlaydi. Mustaqillikning eng dastlabki oliy ne’mati o’zligimizni anglab etish masalasiga e’tibor qaratiladi. O’qtuvchi talabalarga “G’ayriinsoniy, yot g’oyalarning qanday ko’rinishlarini bilasiz?”, deb savol beradi. SHu tariqa talabalarni baxs- munozaraga tortadi, 3- ilovadagi sxema orqali bu savolni umumlashtiradi.
6. O’qituvchi talabalarning bilimi, dunyoqarashi va tafakkurini aniqlash maqsadida FSMU texnologtyasidan foydalangan holda “Milliy g’urur nima?” deb nomlangan baxs- munozara uchun har bir tinglovchiga FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan qog’ozlar tarqatiladi.
F- fikringizni bayon eting
S- Fikringizni bayoniga sabab ko’rsating
M- Ko’rsatgan sababni tushuntiruvchi misol keltiring
U- fikringizni umumlashtiring.
O’qituvchi talabalarning fikrlarini umumlashtiradi.
7.O’qituvchi uchinchi masalaning bayoniga to’xtaladi. Muayyan davrdagi milliy g’oya, milliy mafkura, ya’ni jamiyatning asosiy maqsadini ideallar, demokratik tamoyillar bilan uyg’unlashtirish masalasi ham juda muhimdir. O’qituvchi milliy qadriyatlarimiz tarkibidan mustahkam o’rin olgan , yozilmagan, lekin qonuniyatlar darajasidagi ma’naviy merosimizga murojaat qilib, ularni keng izohlashi, yoshlarni fikr- mulohazaga chorlashi lozim.
Or- nomunosib, yoki ep ko’rilmagan ishdan, narsadan hijolat tortish, uyalish, nomus qilish tuyg’usidir.
Andisha- oqibatini o’ylab yoki yuz- xotir qilib yuritilgan mulohaza, ehtiyotkorlik hissidir.
Nomus- Iffat, bokiralik ma’nolaridan tashqari, kishining o’z mavqeini saqlash, ulug’lash va ardoqlash, hijolat tortish tuyg’ularini, oila va ajdodlar sha’niga dog’ tushirmaslik ma’nosini ham ifodalaydi.
Vijdon- kishining kundalik faoliyati, qilmishi va fe’l- atvori uchun oila, jamoat va Vatan, millat oldida ma’naviy mas’uliyat his etishdir.
G’urur- ona tilimiz asrlar bo’yi xalqimiz tomonidan zargarona sayqal berilib, shunday mukammal qilib yaratilgan, u orqali har qanday ma’no va tushunchalarni ularning eng nozik va harir jihatlarigacha aniq va tiniq ifodalash mumkin.
Milliy g’urur- milliy iftixordir. Milliy iftixor millat o’zini yaxlit ijtimoiy birlik ekanligini ongli ravishda his etishdir.
8.O’qituvchi uchinchi masalani umumlashtirish maqsadida talabalarga “Muammoli vaziyat” texnologiyasidan foydalangan holda topshiriq beradi. Talabalar belgilangan muddatda jadvalni to’ldirishlari, o’z fikrlarini erkin ifoda etishlari lozim.
9. Uyga vazifa sifatida takrorlash uchun quyidagi savollar beriladi:
3. Milliy g’oya va yoshlarning o’zaro bog’liqligini bayon eting.
2. YOshlarda milliy qadriyatlarga qanday yo’llar bilan to’g’ri yo’naltirish mumkin?
3. O’zbekiston yoshlarining milliy tafakkur tarzini tushuntirib bering.
4. Milliy birdamlik milliy ongning negizi ekanligini tushuntirib bering.
5. Prezident I. Karimov asarlarida yoshlarni g’oyaviy tarbiyalash masalasi qanday yoritilgan?

Download 21.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling