Lutfiy ijodi. «Хон inon, хон inonma» radifli g’azal
Download 279 Kb.
|
G\'azallar tahlili
- Bu sahifa navigatsiya:
- «YO‘Q» RADIFLI G‘AZAL
Uchinchi baytda savol endi bag’irga beriladi, u esa: «Menga ко ‘ngildan о ‘t tushdi, chunki ко ‘ngilga ishq chaq- nog'ining ofati shu’la soldi», - deb javob aytadi.
To’rtinchi baytda mantiqan lirik qahramon ко’ngilga «g’azab qiladi», shu tariqa u gunohni ko’zga yuklaydi: «Agar ko’z ко ‘nnaganida edi, biz bu ishning tuhmatiga qolmagan bo'lar edik». Beshinchi baytda oshiq endi ko’zning «yoqasidan ola- di»: «Ey etagi ho ‘l-u yuzi qora, ко ‘nglimning balo-yu vahshati sen dan ekan-ku». Oltinchi baytda ko’zning yig’lab aytgan javobi beril- gan: «Menda ham ixtiyor yo ‘q edi, nogahon ul sho ‘xi Mahvash (Oysifat) tal’ati ko'rinib ketgan bo’Isa, men nima qilay?» Maqta’ga kelganda lirik qahramon shoirga muro’aat qilib: «Ey Navoiy, barcha о ‘z uzrini aytdi, sen о ‘Iganingcha kuy, chunki ishq о ‘ti senga azalning qismati ekan», - deydi. G’azalning har bir baytida o’ziga xos ohoriy (original) badiiy ifoda va tasvirlarga duch kelamiz. Muallif hech kim- ning xayoliga kelmagan tarzda baytlami baytlarga mantiqan bogMaydi. Jon (birinchi bayt), jism (ikkinchi bayt), bag’ir (uchinchi bayt), ko’ngil (to’rtinchi bayt), ko’z (beshinchi va oltinchi baytlar) bilan bo’lib o’tgan savol-javoblarda kuch- li izchillik va o’zaro ketma-ketlik bor. Jon aybni - jismga, jism - bag’irga, bag’ir - ko’ngilga, ko’ngil - ko’zga yuklaydi. Oxiri, lirik qahramon ishqda yonish uning azaliy qismati ekani- ni tan oladi. G’azal ramali musammani maqsur (yoki mahfuz) vaznida bitilgan. Uning ohangi foilotun - foilotun - foilotun - foihm (yoki foilon) bo’ladi. Taqte’si: - V /-V /-V / - V- (yoki - V ~). «YO‘Q» RADIFLI G‘AZAL Baytlardagi mantiqiy bog’liqlik nuqtayi nazaridan bu g’azal ham «Jong’a chun dermen: «Ne erdi o’lmakim kayfiyati?..» g’azaliga o’xshaydi. G’azal ramali musammani mahfuz (yoki maqsur), ya’ni foilotun - foilotun - foilotun - foilun (yoki foilon) vaznida bitilgan. Uning taqte’si quyidagicha bo’ladi: -V / - V /- V / - V - (yoki - V ~). Matla’ning o’zidayoq muallif awal yordan ayri ko’ngilni sultoni yo’q mamlakatga, keyin esa sultoni yo’q mamlakatni joni yo’q jismga o’xshatadi. Ikkinchi baytda mulohaza shu tarzda davom etadi: «Ey musulmonlar, jonsiz jismdan qanday hosil unadi, и gul-u rayhoni yo ‘q bir qora tuproqning о ‘zginasi-ки». Uchinchi baytda aytiladiki: «Agar gul-u rayhoni yo ‘q bir qora tuproq bo ‘Isa, и bir porlab turgan Oyi yo ‘q qorong 4 kecha ekan-da». To’rtinchi baytda aynan ana shu qorong’i kecha ta’rifi ketadi: «Porlab turgan Oyi yo ‘q qorong 4 kecha bo ‘Isa, и hayot sarchashmasi yo ‘q zulmat ekan-da» Beshinchi baytda aynan ana shu hayot sarchashmasi yo’q zulmat lirik qahramonni do’zaxiy kimsaning jannatdan noumidligi haqida so’zlashga undaydi, do’zax esa shunday bir xumordirki, unda mastlikning imkoni yo’q. (Mastlik deganda shoir ishqni, ya’ni Yaratganga intilishni ko’zda tutgan.) Download 279 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling