Lutfiy ijodi. «Хон inon, хон inonma» radifli g’azal
Download 279 Kb.
|
G\'azallar tahlili
Maqta’da lirik qahramon, Navoiyga muro’aat qila turib, agar jon aro shavq anjumanini tuzsang, uning boshoqlik о ‘qini shu anjumanning shami qilgin, deydi.
«Anjumani shavq» - zavqli-shavqli majlis-ma’rakani anglata- di. Bu oshiq qalbida yor vasliga musharraf bo’lish ishtiyoqining haddi a’losiga yetganini bildiradi. Zimdan u ichki qo’zg’alish yuzaga kelgani, ya’ni ruhiy hayajon kuchayganidan dalolat beradi. «Boshoqli o’q» - aslida, o’tkir uchli kamon o’qi. Ammo baytda u yoming kiprigini anglatib kelgan. U ham, xuddi boshoqli o’q kabi, to’ppa-to’g’ri yurakka borib qadaladi. G’azalning ikkinchi baytida «jon» so’zi o’rtasida keladigan «alif» harfi bilan yoming tik qomati qiyoslanganini ко’rib o’tgan edik. Maqta’da yana «jon» so’zi ishlatilgan. Bu yerda endi shoir «boshoqlik o’q», ya’ni kiprikning anjumanda jon aro sham (u ham «boshoqlik o’q»qa, ham «alif» harfiga o’xshaydi) bo’lishi tasviri orqali ikkinchi bor ana shunday o’xshashlikka asoslanadi. E’tibor bergan bo’lsangiz, matla’ ko’z atrofidagi tasawurlar bilan boshlangan edi. Maqta’da ham undan uzoqlashilmadi - kip- rik haqida so’z bordi. Bu mutanosiblik g’azalda tanosib san’atini yuzaga keltirgan. Maqta’dagi xulosa boshqa baytlardagi mantiqqa asoslanadi: modomiki, yor diydori orzusi yuragingni band etib, tobo- ra zo ‘raysa, shu ishq dardida to ‘lib-toshsang, lining kiprigini shu orzung avjga chiqqan anjumanning chirog ‘iga aylantir, ко ‘nglingni lining muhabbati shami bilan yorit, ana shun- da та ’shuq dardiga giriftor diling doim yoniq, mash ’a la dor bo ‘ladi. G’azalning boshidan oxirigacha har baytda kutilmagan tim- sol, ifoda va tasvir ishlatiladi. Baytdan baytga o’tgani sari lirik qahramonning oshiqlik o’ti balandlab borganini ko’ramiz. Oxirgi ikki baytda oshiq yor ishqida jondan kechishga tayyor turganini ham bildiradi. Bu ham ishqning kamolga yetganini ifodalash- ning bir yo’li edi. «DEYIN» RADIFLI G‘AZAL Bu shoiming mashhur g’azallaridan biri. Qo’shiq qilib kuylana- di ham. Chunki ohangdorligi - juda kuchli. Matla’da («yosinmu - qarosinmu - balosinmu»), shuningdek, maqta’dan boshqa barcha baytlaming birinchi misralarida ichki qofiya («qahrinmu - zahrinmu», «dardinmu - nabardinmu», «dominmu - kalominmu», «xolinmu - niholinmu», «ranjinmu - shikanjinmu»)ga ham qat’iy amal qilingan. 7 baytli bu g’azalda «deyin» so’zi faqat radifdagina takror- lanib kelmaydi. Bu so’z radifda 8 bor qo’llanishidan tashqari, yana 12 (jami 20) bor takroriy tarzda qo’llanadi. Radd ul-mat- la’ (matla’ni takrorlash) san’ati asosida birinchi misra g’azalning so’nggi satri sifatida yana bir karra qaytariladi. Bu takrorlar ham g’azal ohangi-yu jarangini, ham fikr ta’kidini, ham oshiq his-hayajoni ifodasini kuchaytirgan. 109 G’azaldagi ohangdorlik faqat qofiya va radif orqaligina ta’minlanmagan. Baytlaming birinchi misralarida ham ichki ohangdorlik («yosinmu - qarosinmu», «qahrinmu - zahrinmu...» va hokazo) mavjud. G’azalda boshdan-oxir qiyos usulidan foydalaniladi. Har bir qiyoslashda ikkitadan tushuncha ishtirok etadi. Birinchi baytda yoming «qoshi yosi» (yoyday egik qoshi) bilan «ко ‘zi qarosi» (ko’zining qoraligi), ikkinchi baytda uning «ko’zi qahri» bilan «kirpiki zahri», uchinchi baytda «ishqi dardi» bilan «hajri nabardi» (hajrining jangi), to’rtinchi baytda «zulfi domi» (so- chining domi) bilan «la’li kalomi» (la’ldek qizil labining so’zi), beshinchi baytda «turfa xoli» (har xil xoli) bilan «qaddi ni- holi» (yosh niholdek tik qomati), oltinchi baytda «charx ranji» (taqdir yetkazgan azob) bilan «dahri shikanji» (dunyo yetkazgan qiyinchilik), yettinchi baytda yana «qosh» bilan «ko’z» o’zaro yonma-yon tilga olinadi. Ammo bular baytlaming birinchi misralarida kelgan qiyoslar. Qiyos baytlaming ikkinchi misralarida ham o’ziga xos tarz- da davom etadi. Birinchi baytda «dard» bilan «balo», ikkinchi baytda «kudurat» (xafagarchilik) bilan yoming «ruxsori safosi» (toza yuzi), uchinchi baytda «qatiq dard- lar» bilan yoming «vasli davosi», to’rtinchi baytda Ът( «zulfi domi»)ning «qaydi» bilan yana biri(«7a li kalomi»)ning «adosi», beshinchi baytda «moviy ко ‘nglak» bilan «gul rangi qabo» (gulrang to’n), oltinchi baytda «javr» bilan «jafo», yettinchi baytda yana yoming «qoshi yosi» bilan «ko’zi qarosi» o’zaro baqamti qo’llanadi. Bir qarashda, g’azal boshqa ishqiy mavzudagi lirik she’rlardan keskin farq qilmagandek, oshiq ma’shuqaning, odatdagidek, chiroyini turli uzvlari, ya’ni qoshi, ko’zi, sochi, yuzi, labidan chiqqan so’zlar va kiyimi, ya’ni moviy ko’ylagi, gulrang to’ni ta’rifi orqali tasvirlab, ishqiy iztiroblarini bayon etayotgandek tuyuladi. Biroq, aslida, buyuk shoir qalamining qudrati bilan ana shu so’z va qiyoslar zamirida ajib bir badiiy go’zallik ya- shiringan. Bu o’quvchida ayricha zavq-shavq uyg’otadi. Download 279 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling