Lutfiy ijodi. «Хон inon, хон inonma» radifli g’azal


Download 279 Kb.
bet10/14
Sana11.08.2023
Hajmi279 Kb.
#1666370
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
G\'azallar tahlili

oim foilim (yoki foiloii) vaznida bitilgan. Taqte’si: -V-- /-V--/-V--/-V - (yoki - V ~).
G’azaldagi beshinchi baytning birinchi misrasi «begonalig'» so’zi bilan tugagani, ya’ni oxirgi bo’g’in o’ta cho’ziq hijodan tashkil topgani uchun ramali musaddasi maqsur (- V - - / - V — —/ — V — — /— V ~) vaznida bitilgan.
G’azalda turkiy so’z («eshit») radifga olingan. Qofiyadagi so’zlaming barchasi o’zbekcha egalik qo’shimchasi bilan kelgan forscha-to’ikcha so’zlardan tashkil topgan (dodim - faryodim - ozodim - shamshodim - obodim - yodim - parizodim - no- shodirn).
Lirik qahramon gapni to’g’ridan-to’g’ri yorga muro’aatdan boshlaydi. Ammo g’azalning boshidan-oxirigacha biror joy da «уог» so’zi ishlatilmaydi. Chunki oshiq ma’shuqqa «ey sa- lotin sarvari» («ey podshohlar podshohi», 1-bayt), «ey sarvi ozodim» («ey sarv daraxtidek tik qomatligim», 2-bayt), «sarvi nozim» («mag'rur turadigan tik qomatligim», 3-bayt), «ey pari­zodim» («ey parilar avlodidan bo ‘Iganim», 6-bayt), «tab 7 no- shodim» («ta ’bi xursand bo ‘Imaganim», 7-bayt) undalmalari bi­lan muro’aat qiladi. Besh baytda bunday undalmalaming kelishi g’azalning o’ziga xos uslubidan dalolat beradi.
Bulardan tashqari, lirik qahramon yomi «shah»ga, o’zini «benavo»ga o’xshatadi ham (matla’).
Shu ifodalardan ham ko’rinib turibdiki, g’azal zimdan Nodira- ning yostiqdoshi - Amir Umarxon(Amiriy)ga bag’ishlangan. Lekin bu ochiq-oydin oshkor qilinmagan. Bunda adabiyotning adabi- yotligi, shoiraning badiiy farosati namoyon bo’lgan. Ya’ni she’r an’anaviy, ya’ni oshiqning yor sog’inchi ifodalangan ishqiy g’azal tarzida qabul qilinaveradi.
G’azalda tazod san’atining go’zal namunalari ham uchraydi. Matla’dagi «shah» bilan «benavo» (muhto’, bechora), 3-bayt- dagi «sarvi noz» bilan «хат» (egilgan), 4-baytdagi «vayron» (buzilgan) bilan «obod», 5-baytdagi «oshno» (tanish) bilan «begona», 5- va 6-baytlarda kelgan «necha kunlar» bilan «bir soat» o’rtasida yuzaga kelgan ajib bir qarama-qarshilik fikmi kuchaytirishga, oshiq holatini yanada aniqroq tasvirlashga xiz- mat qilgan.





G’azaldagi baytlar ma’no-mazmunini quyidagicha ifodalash mum kin:
Ey podshohlarpodshohi, arz qilib, (oldingga) keldim, arzimni eshit,
Sen shahsan-u, men bechoraman, mehr ко ‘rsatib, fmyodimni eshit (matla’).
Ohimning cho ‘zilgan shu ’Iasi hustling devonxonasi(mirzoxonasi)da (bir) munosib misra (bo’ldi), ey san’dek tik qomatli (yorim), eshit (2-bayt).
Mag'rur tik qomatli sarvdekyorim, sendan uzoqda xurmo daraxtidek tik ohim xam bo Idi,
Qomating hajrida shamshod shoxidek shoxim sindi, eshit (3-bayt).
Sabrimni har qancha ta ’mirlamayin,
Ko'z yoshlarim selidan (bu) obodim vayron bo'laverdi, eshit (4-bayt).
(Ishqing bilan) barcha yor-u oshnodan begona aylading,
Necha kunlar bo ‘Idi, hech meni yodga olmaysan, eshit (5-bayt).
Kelki, bir soat seni ко ‘rmoq iichun mushtoqman,
Seni ко ‘rmayotganimdan telba bo ‘Idim, ey parizodim, eshit (6-bayt).
Nodira sharqdan esadigan yoqimli shamoldan sanga yuborish iichun
Bn g ‘azalni yozdi, ta ’bi xursand bo ‘Imaganim, eshit (maqta’).
G’azal ma’no-mazmuni bilan tanishib, uning yana bir xususi- yatini sezish mum kin. Unda shoira yorining tik qomatini yoki, aksincha, ishqiy iztiroblari oqibatida o’zining tik qomati bukil- gani holatlarini tasvirlash maqsadida mumtoz she’riyatimizda an’anaviy bo’lgan daraxtlar («sarvi ozod», «sarvi noz», «naxli oh», «shoxi shamshod») timsollaridan mahorat bilan foydalanadi.
«VASL UYIN OBOD QILDIM...» G’AZALI
Bu g’azal - to’qqiz baytdan iborat. Vazni - oldingi g’azaldagi kabi, o’zbek mumtoz she’riyati uchun an’anaviy bo’lgan ramali musammani mahzuf (yoki maqsur), ya’ni foilotun foilotun foiloun foihm (yoki foilon). Taqte’si: - V — / -V — / -V — / - V - (yoki - V ~). G’azaldagi ikkinchi baytning birinchi mis- rasi «oshkor» so’zi bilan tugagani, ya’ni oxirgi bo’g’in o’ta



cho’ziq hijodan tashkil topgani uchun ramali musaddasi maqsur (-V--/-V--/-V--/-V~) vaznida bitilgan.


G’azalda «oqibat» so’zi radifga olingan. Bu so’z har bir bayt mazmunini boshqarib turadi.
G’azal ishqiy mavzuda bitilgan. Unda hijron iztiroblari tas- viri asosiy o’rin tutadi. Lirik qahramon yor vasliga yetolmagani oqibatida chekkan dard-u g’amlarini turli-turli badiiy tasvirlar orqali bayon etadi.
Baytlar ma’no-mazmunini quyidagicha ifodalash mumkin:
Vasl uyini obod qildim, (ammo) hijron oqibatda (uni) buzdi, Oxir-oqibatda g’am selidan bu imorat vayron bo ‘Idi (matla’).
Ко ‘ylagimning choki dilimning dog ‘ini oshkor qildi,
Oqibatda ко ‘nglimdagi ishqyarasi pinhon qolmadi (2-bayt).

Download 279 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling