Lutfiy ijodi. «Хон inon, хон inonma» radifli g’azal


Download 279 Kb.
bet7/14
Sana11.08.2023
Hajmi279 Kb.
#1666370
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
G\'azallar tahlili

Maqta’da lirik qahramon Navoiyga muro’aat qilib: «Unga shunday uqubatlar yuborilganki, hajridan dardi, lekin vaslidan darmoniyo ‘q», - deydi.

«BO’LDUM SANGA1» RADIFLI G’AZAL


Navoiyning oldingi g’azallari tahlilida ko’rdingizki, shoir bu janrga oid asarlarida har bir baytga olam-olam ma’no yuklaydi, kutilmagan, ohoriy, jozibador ifoda, bayon va tasvir vositalari- dan foydalanadi, qalamining kuchini ko’rsatadi.
An’anaviy yetti baytdan iborat «Bo’ldum sanga» radif- li g’azal ham bundan mustasno emas. U turkiy she’riyat uchun eng an’anaviy bo’lgan ramali musammani mahzuf (yoki maqsur), ya’ni fo il о tim-fo il о tim-fo il о tim-fo il un (yoki foilon) vaznida yozilgan. Taqte’si: - V- -/ -V--/-V--/ - V - (yoki - V ~).
G’azal baytlari mazmunini bir-bir tahlil etishning asar umum mohiyatini bilishda alohida о’mi bor. Shuning uchun baytlar ma’no-mazmuni bilan tanishib, ulardagi badiiy ifoda va tasvir xususiyatlarini aniqlash mum kin.
M a t 1 a ’da: «Husningni ко ‘risk uchun senga zor-u asir bo ‘lib qoldim. Senga oshno bo ‘Igan kunim qanday balolik кип екап?» - deyilgan.
Bu yerda ko’ngilga ishq tushishi bilan oshiq uchun mashaqqatli jarayon boshlanishi ta’kidlangan.
Ikkinchi baytning ma’no-mazmuni quyidagicha: «Sendan ko'ngil uzay deb har qancha uringanim bilan (boTmadi), kundan kunga badtarroq senga mubtalo bo ‘lib qolaverdim».
Mantiqiy jihatdan bu baytda tazod (zidlantirish) san’ati ishga solingan.
Uchinchi baytda: «Men qachon senga: «Menga vafo qil», - deb aytgan bo ‘Isam (aksincha), menga ustma-ust zulm qilaverding, sen qachon menga: «Fido bo ‘Igin», - degan
bo ‘Isang, senga fido bo ‘ldim-ки», - degan fikr ilgari surilgan.
Bu qo’shmisrada tazod san’ati yana-da kuchliroq tus olgan: qachon oshiq yoridan vafo qilishni so’ragan boTsa, teskarisini qilgan, lekin, aksincha, qachon yor oshiqdan fido boMishni so’ragan bo’Isa, unga javoban yor, albatta, fido bo’lgan.
To’rtinchi baytda lirik qahramon aynan kimga oshiq- ligini aniqlashtirib oladi va bunda yorining o’zini «aybdor» qiladi: «Qaysi pariga о ‘xshash qomatli go ‘zalga bunday dara- jada oshiqi devona bo’lib qolding?» - deb so ‘rasang, ey pariqomatligim, menga nima qilsang, qilki, men seni sevib, devonang bo ‘lib qoldim».
Bu baytda shoir kam so’z qo’llab, ko’p ma’no chiqarish mahoratini ko’rsatgan. Chunki radifda kelgan «bo'ldum san- ga» so’zlari mantiqan «telba bo’ldum sanga» deb tushunishni taqozo etadi. Chunki baytning birinchi misrasidagi savolda gap kim telba bo’lgani haqida ketayotgan edi. Mumtoz adabiyotshu- nosligimizda mahoratning bunday usuli balog'at deyilgan.
Beshinchi baytda lirik qahramon to’g’ridan-to’g’ri o’z ko’ngliga muro’aatga o’tadi: «Ey kongil, men nasihatlarga quloq solmadim, (endi) sen ham ovora bo ‘ladigan bolding, (boshing- dagi) yuz balo yetmagandek, men ham senga bir balo bo Idim».
Ma’lumki, inson hayoti hech qachon mashaqqatsiz kechmaydi. Ammo u ishq yo’liga kirsa, mashaqqati yana-da ortadi. Bu yerda lirik qahramon ana shu mantiqqa suyanib, ko’ngliga ishq yo’liga kirgani uchun yuz balosiga yana bir balo orttir- ganini bayon etyapti.
Oltinchi baytda soqiyga muro’aat qilinadi: «Ey soqiy, mansab-lavozimlardan voz kechib, senga gado bo Igunga qadar ham doim jomi Jam bilan Xizr payg ‘ambar suvi inening na- sibim bo Idi».
Shuni ta’kidlash kerakki, bu qo’shmisra g’azaldagi begona bayt hisoblanadi. Albatta, begona baytni asardan butunlay uzi- lib qolgan parcha tarzida tushunmaslik kerak. Har holda, shoir oldingi baytlardagi ma’no-mantiqdan kelib chiqilganda, nisbatan kutilmagan bir fikmi ilgari suradi. Soqiy timsolida ham piri komil, ham yori aziz ko’zda tutilgan.
Baytda talmeh san’ati qo’llangan. «Jomi Jam» - afsona- viy Jamshid podshoh yasattirgan qadah. Tasawufiy adabiyot- da u vasl sarxushligi, ya’ni mastligini anglatadi. Bu timsolda ramzan ko’ngilda yor aks etishiga ishora ham mavjud. Sharqda, Xizr payg’ambar abadiylik suvini ichgani uchun hamisha tirik yashaydi, degan qarash hukmron. Shoir bu yerda shundan foy-
dalangan. Jomi Jamda ham, Xizr suyida ham ramzan piri komil qalbiga ishora bor. Aytilmoqchiki, Alloh ishqidan mast bo’lgan, abadiy, boqiy zot vasliga intilgan oshiq uchun mansab-lavo- zimlaming zarracha ahamiyati yo’q. Boshqacha ifodalaganda, Alloh vasliga erishaman, abadiylik baxtiga musharraf bo ‘laman, degan kishi mansab-lavozimlarga (ya’ni dunyoviy rag’batlarga) ko’ngil qo’ymasligi, ulardan voz kechishi, kamida, ustun turishi, ya’ni darvesh bo’lishi lozim.

Download 279 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling