Lutfiy ijodi. «Хон inon, хон inonma» radifli g’azal


Download 279 Kb.
bet3/14
Sana11.08.2023
Hajmi279 Kb.
#1666370
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
G\'azallar tahlili

Uchinchi baytda lirik qahramonning tasawurot ola- mi kengayib, o’quvchi diqqat-e’tiborini kutilmagan tasvir sari yetaklaydi: «Ey yor, yo ‘rg ‘a oting oyoqlariga bag ‘rim qonidan hino bog ‘lab, g ‘amingda qiynalib, azob-uqubat chekayotgan jon ipini itingning bo ‘yniga arqon qilib bog ‘la».
Hino qo’yish - Sharq xalqlari, jumladan, o’zbeklarga ham xos qadimiy an’anaviy odatlardan biri. Bu xursandchilik kun- lari qo’yilgan. Hinoning rangi qon rangiga o’xshaydi. Shundan foydalanib, lirik qahramon yorining o’z oti oyog’iga uning bag’ir qonidan hino bog’lashini istaydi. Bu bilan ishq yo’lida uning har qanday qiynashlari, hatto, xo’rlashlariga tayyor ekani- ni bildiradi. Boringki (baytning ikkinchi misrasida), u yorining g’am chekayotgan joni ipidan o’z itiga arqon qilib olishiga ham rozi.
Lirik qahramonning hissiy-xayoliy tasawuroti kengaygandan- kengayib boraveradi. Agar, deydi u to’rtinchi baytda, ajralish («firoq») togida tuprog'im topilsa, uni loy («xamir») etib, у ana qaytadan tog’da tosh yo'nuvchi («ko’hkan») qilib yasa.
Bu yerda Odam Atoning loydan yaratilganiga ishora mav- jud. Shu tariqa shoir Haqqa bo’lgan ishq azaliy va abadiyli- gi, u Odam Atodan meros bo’lib qolganini bildirib o’tmoqchi. Shuningdek, baytda an’anaviy Farhod timsoliga ishora ham bor- ligi ayon bo’lib turibdi.
Farhod ham «коЪкап», ya’ni tosh yo’nuvchi edi. Shu mav- zudagi dostonlarda u Shirin dardida tog’da halok bo’ladi. Far­hod - adabiyotda ishqda sadoqat ko’rsatish, maqsadi yo’lida o’rtanish, g’am-anduh chekish, hijron dardlarini haddi a’losida boshdan o’tkazish timsoli sifatida mashhur. Bejiz emaski, Na- voiy «Farhod va Shirin» dostonida, uning ismi «firoq», «ranj», «hajr», «oh» va «dard» so ‘zlaridan (arab alifbosi asosidagi im- loda bu so’zdagi «а» tovushi yozuvda aks etmaydi) tashkil top- gan, deb bitadi.
Bu bilan lirik qahramon: «Mening ishqdagi dardim Far­hod dardidan kam etnas, hatto, ortiq ham, shiming uchun agar men та ’shuq ishqi yo ‘lida jon bersam, tuprog ‘imni boshqatdan qorib, qayta yaratsang, ey falak, yana o’sha ishq togida tog’ yonuvchi qilib yarat», - demoqchi.
Beshinchi baytga kelib lirik qahramon biroz «hovu- ridan tushganday»bo’ladi, endi yana bevosita yorga muro’aat yo’liga o’tadi. Bu yerda awalgi baytlardagi yalinib-yolvorish ohangi yo’q. Lirik qahramon: «Bordi-уи, ко ‘ngullar yuzingning
visoliga yetsin, desang, unda sochingni boshdan-oyoq о ‘rab- chirmab tashla», - deydi.
«Yuz» timsoli ilohiy go’zallik manbasi ramzi ekanini bilib oldik. Baytning tub mohiyatiga tushunib yetish uchun endi «soch», «chin» va «shikan» timsollarining ham dunyoviy, ham tasawufiy ma’nolaridan yaxshi xabardor bo’lish kerak.
«Soch» tasawufiy timsol-atama sifatida she’riyatda mavjud dunyo ramzi hisoblanadi. Albatta, mavjud dunyoni ham Alloh yaratib, uni harakatga keltirgan, unga o’z ilohiy nurini soch- gan (tajalii etgan). Biroq dunyo kasrat, ya’ni ko’plikni anglatadi. Soch - yuzga nisbatan qora. Shunga ko’ra, tasawufiy talqinda u Iloh manbasiga nisbatan qorongfi va bepoyon (chunki soch - uzun). Sochning chin-u shikanlari (jingala-yu halqalari) solik ruhi ovora va band bo’ladigan dunyo tashvishlarini anglatadi. Inson ham - tajalliyot mahsuli, aniqrog’i, uning oxiri. Shuning uchun u hayoti mobaynida ana o’sha asl manbaga qaytishga intilaveradi. U ana shu chin-u shikanlami (bu dunyo tash­vishlarini) yengmasa, Mutlaq ruh, ya’ni Alloh jamolini (yuzini) ko’rish baxtiga musharraf bo’la olmaydi.
Oltinchi bayt - nihoyatda ohoriy: kuz kelib, xazon sipohi yurish boshlasa, ey bog’bon, bu bog’ tomida ignadan tikan qilib qo ‘ysang ham, monelik qilolmaydi. Bu bilan zimdan umming o’tkinchiligiga, ishq yo’lida oshiqning imkoniyatlari ozligiga, vaqt g’animatligiga ishora qilinyapti. Chunki dunyoga, mol-u mulkka qancha mehr qo’yma, baribir, u o’tkinchi, bebaqo va bevafo. Faqat Allohgina boqiy, abadiy, yolg’iz uning yodi bilangina yasha.
Baytdagi tasvirda shoir o’sha paytlardagi bog’ va hovlilar devori ustini tikanakli butalar bilan o’rab chiqish odatidan badiiy vosita sifatida foydalangan.
Yettinchi baytga kelib shoir yana oldingi ishqiy tas- virga qaytadi. Yorimning yuzida terni ко ‘rib, о ‘Isam, deydi oshiq rafiqqa (do’stga, o’rtoqqa) muro’aat qilib, gulob bilan yuvib, gulning bargidan kafan qilgin! Gulob - jaydari oq atir- guldan (uni Toshkentda «qirqogayni», Buxoroda esa «gulbut- ta» deyishadi) tayyorlangan sharbat. Baytda «gul» timsoli zim­dan oldingi qo’shmisradagi «xazon»ga qarama-qarshi qo’yilgan. «Тег» timsoli zamirida ham teran ramziy ma’nolar yashirin. Shoir nazdida u pokizalik, fayz, taro vat, yor jamolining por- lashi, vafo alomati hisoblanadi va unda piri komil qalbining musaffoligi nazarda tutiladi. Gulob bilan gulga о’rash orqa- li esa oshiqning Alloh vasliga musharraf bo’lish bilan abadiy hayotga erishish istagi ilgari surilgan.

Download 279 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling