Lutfiy ijodi. «Хон inon, хон inonma» radifli g’azal
Download 279 Kb.
|
G\'azallar tahlili
'Dagildim- emasdim.
Z о у i 1 - yo’q, bekor. T a’ n - ta’na. 4o’tonmoq - uyalmoq. 5 R i n d - mayparast, ichuvchi. Ushbu g’azalning 2-baytida “jonon” - “ehson” - “dar- mon 3-baytida “man ” - “ravshan ” - “bilman 4-baytida “jonim” - “giryonim” - “afg'onim”; 5-baytida “qarshu” - “su(v) ” - “bu”; 6-baytida “moyil” -“zoyil” - “g’ofil”\ maqta- da “shaydodir” - “rasvodir” - “savdodir” so’zlari o’zaro ohangdosh bo’lib kelgan. Bu g’azalning jarangini kuchaytirgan. Unga o’zgacha ohangdorlik va alohida joziba baxsh etib, o’ziga xos tarzda o’ynoqilikni yuzaga keltirgan. Shu tariqa g’azalda ma’no-mazmun yanada kuchliroq, ta’sirchanroq ifodalangan. G’azal badiiyatiga xos yana bir jihat shundan iboratki, uning asosiy qofiya tizimida faqat turkiy, aniqrog’i, ozarboy- joncha so’zlar qo’llanadi. Ulaming bari (jami 7 ta so’z, chunki “osonmazmi” ham matla, ham maqtada radd ul-qofiya, ya’ni takroriy qofiya tarzida qo’llangan) - fe’l so’z hirkumiga oid. Aslida, ma’no-mazmun taqozosiga ko’ra, bulami “osonmaydi” - “yonmaydi” - “sonmaydi” - “inonmaydi” - “uyonmaydi” - “bulanmaydi”- “o ‘tonmaydi” - “o’sonmaydi” tarzida qo’llash ham mum kin edi. Biroq g’azal qofiyasidagi fe’llaming so’roq maylida kelishi hissiyotni kuchliroq ifodalashga xizmat qildiril- gan. Baytlaming ma’no-mazmunini quyidagicha talqin etish mum- kin: Matla’: Meni jondan bezdirdi, jafo(ko’rsatish)dan yor(ning o’zi) bezmaydimi? (Chekkan) ohimdan falak yondi, maqsadim shami yonmaydimi? bayt: Jonon barcha bemorlari dardiga davo ehson etadi, Nima uchun meni davolamaydi, (yoki) meni kasal hisoblamaydimi? bayt: Men dardimni yashirin tutar edim, menga: “Buni yorga oshkor qil”, - deyishdi, (Dardimni) aytsam, bilmaymanki, u bevafo (bu gapimga) isho- nadimi, ishonmaydimi? bayt: Hijron (ayriliq) kechasida jonim yonadi, yig’lagan ko’zlarim qon to’kadi, (Chekkan) fig’onlarim xalqni uyg’otadi, qora baxtim uy g ‘ onmay dimi? bayt: Yuzing guli qarshisida ko’zimdan suv oqadi, Do’stim, gul fasli bu, oqar suvlar loyqalanmaydimi? bayt: Men senga moyil emas edim, sen aqlimni zoyil etting (yo’qotding), Menga ta’na qilgan g’ofil (bexabar) seni ko’rganda uyalmaydimi? Maqta: Fuzuliy - mayparast shaydolardan, (u) hamisha xalq ichra shar- manda bo’lib yuribdi, Undan: “Bu qanday savdo?” - deb so’ranglarkim, bu savdo (uning) joniga tegmaydimi? G’azalda bir nechta badiiy san’atdan mohirona foydalanil- gan. Tazod san ’ati deyarli har bir baytda uchraydi. Matlaning 1-misrasidagi “o'sondirdi” bilan “o'sonmazmi”, 2-misrasidagi “yondi” bilan “yonmazmi”; 2-baytning 1-misrasidagi “davoyi dard etar ehson” bilan 2-misrasi (“Nechun qilmaz mango dar- mon, mani bemor sonmazmi?”); 3-baytning 1-misrasidagi “pin- hon” bilan “ravshan”; 2-misrasidagi “inonurmi” bilan “inon- mazmi”; 3-baytning 2-misrasidagi “uyodar” bilan “uyonmazmi” ifodalari o’rtasida ma’no jihatidan o’zaro qarama-qarshilik mav- jud. 6-baytda ham tazod yashiringan. Mantiqan: “Men senga moyil emas edim ” - deyish bilan: “Sen aqlimni zoyil etting (yo’qotding)”, - deyish o’rtasida zidlik bor. Chunki: “Sen aqlimni zoyil etting (yo ‘qotding) ”, - degani amalda: “Senga moyil (oshiq) bo ‘Idim ”, - degan ma’noni anglatadi. Bu tazodlar fikriy ta’sirchanlikni oshirishga xizmat qildirilgan. 5-baytda tanosib san’ati qo’llangan. Bu san’at muayyan matnda o’zaro bir-biriga mutanosib, biri ikkinchisini mantiqan taqozo etadigan so’z va ifodalami qo’llashni talab qiladi. Maz- kur baytda yoming yuzi qarshisida oshiq ko’zlaridan qonli yosh to’kilishi gul fasli, ya’ni bahorda soylarda suvlar loyqalanib oqishiga mutanosib tarzda tasvirlangan. Bu yerda ko’z yoshiga qon aralashishi tiniq suvning loyqalanishiga o’xshatilgan. Sharq mumtoz she’riyatida bir badiiy san’at zamirida ik- kinchi bir badiiy san’at ham qo’llanaveradi. Bu yerdagi ta- nosib san ’ati asosida tashbeh, ya’ni о ‘xshatish san ’ati ham vu- judga kelganini ko’ramiz. Bu g’azalda alohida sujet ham, hattoki, kichikroq voqea yo’q, albatta. Lekin ohang kuchaygandan-kuchayib boraveradi. Unda oshiq tarzida namoyon bo’lgan lirik qahramonning kayfiyatidagi turfa holatlar aks ettirilgan. Lirikaning kuchi va so’zlarda yashi- rin ifodaviy-tasviriy go’zalliklar orqali shoir bevosita o’quvchining tuyg’ulariga ta’sir o’tkazadi. Chunki bu so’z va ifodalar jilosi yuzaga keltirgan hissiyot o’quvchiga tez yuqadi. Bu tuyg’ular g’azalxon xayolida yangi-yangi, timsoliy tasawurlar uyg’ota bo- radi. Shoir so’z va ifodalaming ma’nolari hamda ohangdorligi asosida ajib bir badiiy go’zallik namunasini yaratadi. Shu tariqa ko’nglimizda nozik bir zavq jo’sh uradi. Shoiming sohir qalami sehriga mubtalo bo’lib, uning yuksak badiiy mahoratiga qoyil qolamiz. Unda qandaydir sirli-sinoatli joziba yashirin ekanini, bu buyuk badiiy mahorat egasi bo’lgan shoir qalamining qudrati bilan yuzaga kelganini teran tushunib olamiz. Ana shunda nima uchun Muhammad Fuzuliy asarlari, xusu- san, uning jozibador g’azallari besh asr osha el aro mashhur bo’lib kelayotganining mohiyatiga yetgandek ham bo’lamiz. 1 Bu g‘azal ko‘plab navoiyshunoslar tarafidan atroflicha sharhlangan. Ular orasida atoqli sharqshunos, filologiya fanlari doktori, professor Najmiddin Kornilov yozgan sharh ilmiyligi, asaming dunyoviy va tasawufiy ma’no-mazmuni keng talqin etilgani va teran xulosalarga boyligi bilan ajralib turadi. Tahlilda biz ana shu sharhdan ijodiy foydalandik. Qarang: К о m i 1 о v N. Ma’nolar olami- ga safar (Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar). T.: «Tamaddun» nashriyoti. 2012. 174—188-betlar. 2 Download 279 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling