M a ‘ ruza №2 Qishloq xo’jaligi muxandisligi asoslari fanini o’rganishning maqsadi va vazifalari reja: Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda barcha texnologik jarayonlar


Download 29.62 Kb.
bet1/3
Sana28.03.2023
Hajmi29.62 Kb.
#1304102
  1   2   3
Bog'liq
2-ma\'ruza


M A ‘ R U Z A №2
Qishloq xo’jaligi muxandisligi asoslari fanini o’rganishning maqsadi va vazifalari
REJA:
1. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda barcha texnologik jarayonlar.
2. Qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda muhandislik faoliyatining o‘rni va ahamiyati
3. Bakalavrlarning qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash yo‘nalishida ta’lim olish asoslari va umumiy talablar.

1. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda barcha texnologik jarayonlar
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda barcha texnologik jarayonlar asosan mexanizatsiyalashtirilgan, ya’ni. insonning qol mehnati bilan bajarishga sarflanadigan quvvati texnikalarning zimmasiga yuklatilgan. Qishloq xo’jaligi rnashinalari energetik vositalar (traktor va elektryuritmalar) yordamida hamkatga keltirilib, texnologik jarayon operator (mexanizator) yordamida amalga oshirilmoqda.
Respublikamizda foydalaniladigan traktorlar vazifasiga ko‘ra uch turga ajratiladi: chopiq, transport va universal traktorlar.
Qishloq xo‘jaligi mashinalari esa vazifasiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

  • tuproqqa asosiy ishlov berish mashinalari (hozirgi kunda pluglar deb aytiladi)

  • tuproqqa sayoz ishlov berish mashina va qurollari (chizellar, tirmalar, molalar);

  • ekish va o‘tqazish mashinalari (chigit, don ekish seyalkalari, tuganak yoki ко‘chat o‘tqazish rnashinalari);

  • mineral va organik o‘g‘itlami sepish rnashinalari;

-ekinlarni sug‘orish mashina va qurollari (egatlab, tomchilatib,yomg‘irlatib va gidroponika usulida sug‘orish);

  • ekinlarni parvarishlash, qator oralariga ishlov berish mashinalari (kultivator-o‘g‘itlagichlar);

  • ekin zararkundalari va kasalliklariga qarshi kurashish mashinalari (changitgichlar, purkagichlar);

  • hosilni yig‘ishtirib olish rnashinalari (paxta, g‘alla, makkajo‘xori yig‘ishtirish kombaynlari);

  • donga dastlabki ishlov berish mashina va uskunalari (donni saralash va tozalash rnashinalari);

  • melioratsiya mashinalari (tuproqning holatini yaxshilashga, dalalarni tekislashga, sug‘orishga mo‘ljallangan mashinalar)

  • chorvachilik mashinalari (yem-xashak yig‘ish, tayyorlash va tarqatish, omuxta yern tayyorlash, go‘ng chiqarish mashinalari va uskunalari kabilar)

  • meva, poliz-sabzavot va bogdorchiiikda qo'laniladigan mashinalar;

Yuqorida sanab o‘tilgan mashinalar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish tesnologik jarayonlarinmg bir qismini baja- rishini qamrab oisada, O'zbekiston Respublikasida mavjud dolzarb muammolarning texnik yechimini o‘z ichiga olgan.
Bilim olish mobaynida aynan shu sohadagi muammolarni mukammal texnik yechimlarini topishga harakat qilish bilan bir vaqtda, dunyo hamjamiyatidagi, ilg‘or texnologiya va texnikalarni o'rganib, yangi texnologiya va texnikalarni yaratadigan mutaxassis bo‘lishingizni tilab qolamiz!

Download 29.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling