M a ‘ ruza №2 Qishloq xo’jaligi muxandisligi asoslari fanini o’rganishning maqsadi va vazifalari reja: Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda barcha texnologik jarayonlar


Download 29.62 Kb.
bet2/3
Sana28.03.2023
Hajmi29.62 Kb.
#1304102
1   2   3
Bog'liq
2-ma\'ruza

Fanning maqsadi - talabalarda o‘zlari tanlagan yo‘nalishning qanchalik qiziq, xalqimiz, davlatimiz uchun qanchalik muhim va zarur ekanligini tushuntirish. Ularga ta’lim olish davrida rejalashtirilgan fanlami o‘zlashtirishlari uchun qanday yo‘l tutish zarurligini o‘rgatishdan iborat. Talabalarga bilim, uquv, ko‘nikma hosil qilishi, bilim darajasining baholanish uslublari, malakasiga qo‘yilgan talablar, baholash mezonlari va a’lo bahoga o‘qish uchun qo‘yiladigan talablarni tushuntirish. Respublikamiz agrar sohasining barqaror rivojlanishida, qishloq xo‘jaligi texnikalarining ahamiyati, zaruriyati va muhimligi to‘g‘risida keng tushuncha va chuqur bilimlami shakllantirishdan iboratdir.
Fanning asosiy vazifalari:
Respublika iqtisodiyotida agrar sohaning o‘rni va uni barqa­ror rivojlantirishda qishloq xo‘jaligi muhandisining vazifasi va unga qo‘yiladigan talablar bilan birga, bakalavr ta’lim yo‘nalishida o‘rgatiladigan bilimlaming zarurligi va ularni o‘zlashtirish kelajakda yaxshi mutaxassis bo‘lishning asosi ekanligini talabalar ongiga singdirish;

  • qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan Prezident farmonlari va hukumat,qarorlarini o'rni hamda ahamiyatini talabalarga tushuntirib borish;

  • qishloq xo‘jalgi texnikalarining bugimgi holati, respublika qishloq xo'jaligining taraqqiyot yoli va kelajak istiqbollari haqida talabalaming bilim saviyas'mi oshirish;

  • agrar soha tarmoqlarida, qishloq xo'jaligi texnikalari va muhandislarning mahsulot ishlab chiqarishdagi o’rnining muhimligjni talabalarga tushuntirish.

Qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda muhandislik faoliyatining o‘rni va ahamiyati
Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish - mahsulot yetishtirish uchun zarur bo‘ladigan texnologik ish jarayonlari va olingan mahsulotni qayta ishlash, saqlash, tashish va xaridorga yetkazib berish nazarda tutilmoqda. Shu paytgacha “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish” ifodasi, faqat mahsulot yetishtirishni nazarda tutar edi. Buning natijasida mahsulot yetishtirgan dehqon daromadi, mahsulotni sotish orqali olingan foyda bilan cheklanar va sotuvchi mahsulot yetishtirganga nisbatan ko‘proq daromadga ega bo‘lardi. Bugungi kunda “Klaster” xo‘jaliklari vujudga kelishi orqali bu narsaga chek qo‘yilmoqda.
Klaster - mahsulot yetishtiradigan xo‘jalik hisoblanib, o‘zi yetishtirgan mahsulotni qayta ishlab, iste’mol mollari darajasiga yetkazib, ularni xaridorga sotishni ham o‘zi bajaradi. Paxta yetishtiruvchi xo‘jalik misolida qaraydigan bo’lsak, hosil terib olingandan so‘ng xo‘jalikning o‘zida u qayta ishlanib, tola, chigit va g‘o‘zapoyasidan mahsulot olish tashkil qilinadi. Jumladan, toladan ip, ipdan mato, matodan kiyim yoki xalq ehtiyoji mollari tayyorlanib, sotuvga chiqariladi. Chigitdan paxta yog‘i, kunjara va sheluxa, paxta yog‘i qoldiqlaridan esa sovun, bo’yoq, olif olinadi. G‘o‘zapoyadan mebelsozlik uchun DSP va DVP ishlab chiqariladi. Paxtadan 100 dan ortiq mahsulot olish mumkinligini e’tiborga olib, ularni tashkil etishga harakat qilsak, paxta yetishtirishning qanchalik serdaromad soha ekanligini tushunishimiz mumkin.
Qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulotga qayta ishlov berilib, unga bir ko’rinishdan boshqa ko’rinishga o‘tkazish sanoat mahsuloti hisoblanib kelingan. Bugungi kunda sanoatning qishloq ho'jaligi bilan uyg‘unlashishi tufayli, dehqonning daromadi bir necha o'n barobariga ortmoqda. Dehqonning mavsumiy ish faoliyati, sanoat xodimlarinikidek yillik ko'rinlshga ega bolmoqda, endi dehqon o‘zi yetishtirgan mahsulot manfaatldan to‘lig‘icha foydalanish imkoniga ega bo’ldi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun qo‘yiladigan agrotexnik talablar asosida quyidagi jarayonlar (paxta yetishtirish misolida ko’rib chiqamiz) amalga oshiriladi:

  • tuproqqa asosiy ishlov berishdan oldin mineral va mahalliy o‘g‘itlar tuproq yuzasiga sepilib, pluglar yordamida tuproqni ag‘darish jarayonida ko‘miladi;

  • bahorgi tuproqqa sayoz ishlov berishdan oldin maydonlar tekislanadi, dala nishabligi ta:minlanadi;

  • tuproqqa sayoz ishlov berishda chizellar, tirmalar, molalar yordamida dalalar chigitni ekish jarayonlariga tayyorlanadi;

  • tuproqni chigit ekishga tayyorligi agrotexnik talablarga mos bo’lgan tuproq strukturasi va namlik darajalariga erishilgach ekish jarayoni amalga oshiriladi;

  • g‘o‘za kasalliklari va zararkunandalarga qarshi kurashish yengil aviatsiya (planerlar) yoki dronlar yordamida bajariladi;

  • paxta hosili texnikalar yordamida terib olinadi va xirmonga topshiriladi;

  • g‘o‘zapoya yig‘ishtirib olinib, DVP yoki DSP ishlab chiqarish korxonasiga yetkazib beriladi.

Paxta yetishtirishda almashlab ekish texnologiyasini qo’llash orqali tuproq unumdorligini oshirish imkoni mavjud bo’lib, agrotexnik talablarga mos keladigan ekin turlarinining bu sxemaga kiritilishi ham iqtisodiy samaradorlikni oshiradi.
Yuqorida keltirilgan texnologik jarayonlarni bajaradigan qishloq xo‘jaligi mashinalari, ish qurollari va moslamalarini ishlatish uchun energetik moslamalardan foydalanamiz. Energetik manba sifatida traktor yoki elektrdvigatellar, ayrim holatlarda avtomobillar va aviatsiya qo‘llaniladi. Energetik moslama bilan ish bajarayotgan qishloq xo‘jaligi mashinasi birgalikda agregat deb nomlanadi.
Agregatni tanlash, o‘z vaqtida, agrotexnik talablarga mos ravishda, texnologik jarayonni bajarishda agregatdan unumli foydalana bilish muhandisning bilim saviyasi va mahoratiga bog‘liq bo’ladi. Qishloq xo‘jaligi muhandisi har qanday texnologik ish jarayonida qo‘llaniladigan agregatlarni agrotexnik talabda ko’rsatilgan muddatlardan oldinroq ishga shay qilib qo‘yishi shart. Texnologik ish jarayoni bajarilayotgan davrda esa, ishning sifatli bajarilishini nazorat qilishi va sifat ko‘rsatkichlari uchun javobgar bo‘ladi. Chunki, tanlangan agregat bajarayotgan texnologik ish jarayoni agrotexnik talablarga mos bo’lishi lozim. Ishni bajarish davomida shu texnologik jarayonga qo‘yilgan shartlarni buzilmasdan, tegishli parametrlarni ta’minlanayotganligini nazorat qilib borish muhandis zimmasiga yuklatiladi. Shuning uchun ham muhandisdan chuqur bilim, uquv va tajribaga ega bo‘lish talab qilinadi.
Qishloq xo‘jaligida mo‘l hosil yetishtirishning asosi - agro­texnik talablariga rioya qilingan holatda barcha texnologik ish jarayonlarni o‘z vaqtida sifatli qilib bajarish hisoblanadi. Мо'l-ko'I hosil yetishtirishning sabablari ko‘p, jumladan, sifatli urug‘ unumdor tuproq, yetarli suv, zarur og’itlar bilan ta’minlanganligidir..
Shu o‘rinda T.S.Malsevning shamol erroziyasiga qarshi, tuproqqa a'sosiy ishlov berishning "ag'dargichsiz korpusli plug” bilan ishlov berganligi natijasida bug‘doydan hosil olishga erishganligi (shu hududdagi boshqa xo‘jaliklar an’anaviy ag’dargichli korpusli pluglardan foydalanganligi sababli hosil olishmaganligi) misol bo’la oladi. Chunki, tuproqning ag’darilishi nati­jasida yuza qatlamga chiqib qolgan unumdor qatlam shamol bilan uchirib ketiladi (bu holat shamol erroziyasi deyiladi). T.S.Malsev taklifini amalga oshirishning eng osonyo‘li, tuproqni ag’darmasdan chuqur yumshatilganligi va natijada tuproqdagi unumdor qatlamni shamol uchirib ketmaganligi, mo‘l hosil olinganligi qanchalik kuchga ega ekanligiga misol bo‘ladi [12].
Demak, muhandisning bilim darajasi nafaqat texnikalaming o‘zlashtirganligi bilan balki, o‘zi faoliyat yuritayotgan hududning tuproq-iqlim sharoitini yaxshi o‘zlashtirganligiga ham bog‘liq bo’lar ekan.

Download 29.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling