Konstitutsiyaviy huquqiy munosabatlar – jamiyatdagi munosabatlarni Konstitutsiyaviy huquq normalari bilan tartibga solish natijasida kelib chiqadigan munosabatlarga Konstitutsiyaviy huquqiy munosabatlar deyiladi.
Konstitutsiyaviy huquqiy munosabatlarning hususiyatlarini yaxshi bilish uchun ularning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdat utgan o’rni va ahamiyatini anglash lozim. Ijtimoiy munosabatlarning turlari juda ko’p, ular kundalik iqitisodiy, siyosiy ma’naviy hayotda uchrab turadi.
Huquqiy munosabatlarning turlari, huquqiy munosabatlarni, huquqqa muvofiq va huquqqa xilof harakatlar natijasida vujudga keladishiga qarab, tartibga soluvchi va huquqni qo’riqlovchi munosabatlarga bo’linadi.
Konstitutsiyaviy huquqiy munosabatlar huquqiy munosabatlarning birinchi turiga, ya’ni tartibga soluvchi munosabatlarga kiradi. Konstitutsiyaviy huquqiy munosabatlar boshqa huquqiy munosabatlarda farq qilib turadigan o’ziga xos hususiyatlariga ega.
Ular quyidagilardan iborat:
Ularning Konstitutsiyaviy huquq predmetining hususiyatlaridan kelib chiqadigan alohida yuridik mazmuni;
Konstitutsiyaviy huquqiy munosabatlarning umuman huquqiy munosabatlar tizimidagi alohida o’rni va vazifasi;
Ushbu munosabatlarning o’ziga xos ishtirokchilarining mavjudligi. Konstitutsiyaviy huquq munosabatlarining ko’pchiligi yuridik odat sifatida umumiy harakterga ega.
Bu huquq munosabatining yana bir o’ziga xos jihati shundan iboratki, bu munosabat ishtirokchilarining ko’pchiligi faqat shu Konstitutsiyaviy – huquqiy munosabatning sub’ekti bo’la oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |