М аъ л у м отн о м а саттарова Мухаббат Мухторовна


Download 406.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana15.11.2017
Hajmi406.16 Kb.
#20199
1   2   3   4   5

                    

GULLI O'SIMLIKLAR BILAN UMUMIY TANISHISH 

TEXNOLOGIK XARITA

 

Mavzu 


GULLI O'SIMLIKLAR BILAN UMUMIY TANISHISH 

 

Maqsad, vazifalar 



Mаqsаd:  Ta’limiy  O‘quvchilarga  dars  jarayonida  mavzu 

yuzasidan ko’rgazmalar misolida  bilim va malaka berish, 

o‘rgatish. 

Tarbiyaviy  maqsad:  mavzu  axamiyatini  o’rganish 

.Rivojlantiruvchi Shaxsiy gigena tamoillariga 

 amal qilish va ko’nikma malakalarni xosil qilish 

Vazifalar:  O‘quvchilarda  mavzuga  nisbatan  qiziqish 

uyg‘otiladi,  ular  mavzu  asosida  kerakli  bilim  va 

ko‘nikmalarga  ega  bo‘ladilar.  Mavzuga  oid  tarqatilgan 

topshiriqlarni  yakka  va  guruh  holatida  o‘rganib, 

o‘zlashtirishga  erishadilar.  Suhbat-muhokama  orqali 

o‘quvchilarning 

angiq 

mavzuni 


qay 

darajada 

o‘zlashtirganligi 

nazorat 


qilinadi, 

ularning 

bilimi 

baholanadi.   



O‘quv 

jarayonining 

mazmuni 

Yer  yuzidagi  gulli  o'simliklar  533  oila,  13000  turkum  va  250 

mingdan ortiq xos belgilari bilan bir-biridan farq qiladi. 

Gulli  o'simliklarning  hammasi  ham  o'z  hayoti  davomida 

gullab meva tugadi.    

O‘quv 


jarayonini 

amalga 


oshirish 

texnologiyasi 

Uslub:  Og‘zaki  bayon  qilish,  “Hamkorlikda  kichik 

guruhlarda ishlash”. 

Shakl:  Suhbat-muhokama,  jamoa  va  kichik  guruhlarda 

ishlash.  

Vosita:  jarayonida  mavzu  yuzasidan  tasvirlangan  slayd  va 

plakatlar, mikropreparatlar. 

Usul: Tayyor slayd, plakatlar va mikropreparatlar asosida. 

Nazorat:  Og‘zaki  nazorat,  savol-javoblar,  muhokama, 

kuzatish, o‘z-o‘zini nazorat qilish. 

Baholash: Rag‘batlantirish, 5 balli tizim asosida baholash. 

Kutiladigan 

natijalar 

O‘qituvchi:  mavzu  qisqa  vaqt  ichida  barcha  o‘quvchilar 

tomonidan  o‘zlashtiriladi.  O‘quvchilarning  faolligi  oshadi. 

O‘quvchilarda 

darsga 


nisbatan 

qiziqish 

uyg‘onadi. 

Mavzuda  o‘quvchilar  egallashi  lozim  bo‘lgan  bilim, 

ko‘nikma va malakalardan kelib chiqqan holda o‘quvchilar 

bilimi  baholanadi.  O‘z  oldiga  qo‘ygan  maqsadlariga 



 

erishadi.  O‘quvchilar  og‘zaki  va  yozma  axborotlarni 



mustaqil  o‘rganish,  uni  xotirada  saqlash,  boshqalarga 

yetkazish,  savol  berish  va  savollarga  javob  berishga 

o‘rgatiladi. 

O‘quvchi:  yangi  bilimlarni  egallaydi.  Yakka  va  guruh 

bo‘lib  ishlash  malakasiga  ega  bo‘ladi.  Og‘zaki  va  yozma 

nutqi  rivojlanadi.  Eslab  qolish  qobiliyati  (xotirasi) 

mustahkamlanadi.O‘z-o‘zini  nazorat  qilish,  ijodiy  va 

tanqidiy fikrlash ko‘nikmasi shakllanadi. Qisqa vaqt ichida 

ko‘p  ma’lumotga  ega  bo‘ladi.  Jarayonni  baholay  oladi  va 

munosabat bildiradi.  

Kelgusi 

rejalar  

(tahlil, 

o‘zgarishlar) 

O‘qituvchi: 

Yangi  pedagogik  texnologiyalarni  o‘zlashtiradi  va  darsga 

tatbiq  etib,  takomillashtirishga  erishadi.  O‘z  ustida 

ishlaydi.  Mavzuni  hayotiy  voqealar  bilan  bog‘laydi  va 

solishtiradi. Pedagogik mahoratini oshiradi. 

O‘quvchi: 

Matn  bilan  mustaqil  ishlashni  o‘rganadi.O‘z  fikrini  ravon 

bayon  qila  oladi.  Shu  mavzu  asosida  qo‘shimcha 

materiallar  topadi,  ularni  o‘rganadi.O‘z  fikri  va  guruh 

fikrini  tahlil  qilib,  bir  yechimga  kelish  malakasini  hosil 

qiladi. 

Darsning borishi: 

I.Tashkiliy qism; a) salomlashish   b) davomat olish c) o’quvchi axboroti 

II.O`quvchilar  bilimini  1.  botanikadan  mustaqil  o`quv-ish  daftaridagi  test 

topshiriqlari yordamida aniqlash va baholash. 

O’TILGAN    MAVZUNI    SO’RASH: 

1.Qanday dorivor  o’simliklarni bilasiz? 

2.Daraxtlarni  nomlarini ayting? 

3.O’t osimliklariga misollar  keltiring? 

4.Yem- xashak o’simliklariga  misollar keltiring? 

 

YANGI   DARSNI   REJASI: 

 

1.Botanika so’zini  ma’nosini  ayting. 

2.O’rta Osiyoda, O’zbekistonda, Yer yuzidagi o’simliklarni turi.


 

3.O’simliklarni  ahamiyati, tabiatda  tutgan  o’rni. 



4.G’aroyib  o’simlikar. 

 YANGI DARSNI  BAYONI: 

Gullari turlicha shakl va rangli gulqo'rg'on (gulkosa, gultoj), uning ichida o'rnashgan 

changchi hamda urug'iga ega bo'lgan, urug'- langandan so'ng meva hosil qiladigan 

o'simliklarga gulli o'simliklar deyiladi (6-rasm). Ular ildiz, poya, barg, gul, meva va 

urug'lardan tashkil topgan. Yer yuzidagi gulli o'simliklar 533 oila, 13000 turkum va 250 

mingdan ortiq turni o'z ichiga olishi aniqlangan. Bu o'sim- liklarning har biri o'ziga xos 

belgilari bilan bir-biridan 

O'simliklar dunyosi million yillar davomida turlicha iqlim sharoitiga, tuproqqa va namlikka 

moslashib shakllangan. Uning organlari, ichki tuzilishi, ajoyib xossalari, xususan, hayotiy 

shakllari, yirik guli va mevasi, ildizi, salobatli shox-shab- basi, umrboqiyligi, hayvon- lar 

singari tirik mavjudotlar bilan oziqlanishi, kelgusi naslni o'z bag'rida voyaga yetkazib, 

mustaqil hayotga yo'llanma berishi kabi irsiy belgilari bilan necha asrlardan beri odamlarni 

o'ziga jalb etib keladi 

Har bir o'simlik turining o'ziga xos ajoyib xossalari bor. O'simliklarning xilma-xil- ligini 

aks ettiruvchi misollar juda ko'p. Bularga Seyshel orolidagi o'n yillar  

mobaynida pishib yetiladigan, og'irligi 25 kg 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

yetadigan seyshel palmasi yong'oqlari, tanasida 200 / gacha suv saqlaydigan Meksika 



kak- tuslari, Kanar orollarida 6000 yilgacha umr ko'ra- digan ajdar daraxtlari, Sumatra 

orolidagi diametri 1 m ga yetadigan rafleziya kabi ulkan gullar misol bo'ladi. Bunday 

ajoyibotlar o'lkamiz- dagi o'simliklar orasida ham ko'plab topiladi. Masalan, jazirama 

issiqqa bardosh berib, qum uyumlarida o'sadigan, barglari arang ko'rinadigan saksovul va 

qandim, poyasi suv tagida bo'lib, guli suv yuzasida ochiladigan nilufar, hasharotlar bilan 

oziqlanadigan suv qaroqchisi, tabiat ko'rki bo'lgan qizil lola, ko'zagul, sallagul, chinnigul 

va jumagullar (xolmon), noyob mevali o'simliklardan yong'oq, pista, bodom, safsanlar, 

tabobatimiz gavhari hisoblangan chakanda, isiriq, na'matak, suvqalampir va boshqalar 

o'simliklar dunyosining ajoyib vakillaridir. Barcha gulli o'simliklarda ildiz, poya, barg, gul. 

meva va urug'larning bo'lishi ularning o'ziga xos xususiyatidir. 

Gulning tashqi qavati, odatda yashil rangli gulkosachabarg- lar bilan o'ralgan bo'ladi. 

Ulardan so'ng rangli gultojbarglar joylashadi. Gulning o'rta qismida changchilar, markazida 

esa urug' chi joylashadi. 


 

Gulli o'simliklarning xilma-xilligi ekologik sharoitning o'zgarishi bilan bog'liq. Ular 



million yillar mobaynida o'zgarib, yangi muhitga, sharoitga moslasha borgan. Sharoit 

o'zgarishi bilan o'simliklarda yangi muhitga xos belgilar paydo bo'lgan va bu belgilar vaqt 

o'tishi bilan sekin-asta mustahkamlangan (irsiylashgan). Natijada maxsus sharoitlarga 

moslashgan yangi o'simliklar (turlar, turkumlar, oilalar) paydo bo'lgan. Yangi sharoitga 

moslasha olmagan o'simliklar yo'qolib ketgan. 

Gulli o'simliklar bundan 130 million yil avval ochiq urug'li o'simliklarning qadimgi 

vakillaridan kelib chiqqan va yer yuzida tezlik bilan tarqala boshlagan. 

Mustahkamlash: 

1.Yer  yuzida  o’simliklarni nechta oila , nechta  turkum,   nechta turi  mavjud? 

2.  Ajdar daraxtlari  necha yil  umir ko’radi?                           

3. Qaysi daraxt  tanasida 200 l gacha suv saqlaydi? 

4. Tabiat ko'rki bo'lgan gullarni ayting? 

5. Qaysi o’simliklar  hasharotlar bilan oziqlanadi? 

6. Chakanda, isiriq, na'matak, suvqalampir qanday o’simliklar? 

Rag’batlantirish va baholash: O’quvchilar to’plangan ballar asosida baholandi. 

Uyga  vazifa : Mavzu boyicha o’qish va qo’shimcha yangiliklar topish 

 

 



 

                  Qushlar  bayrami.  (Qushlar bayramining senariysi) 

  

Bayramni 2 nafar o’quvchi olib  boradi. 



1-o’quvchi- Assolomu alaykum,  hurmatli ustozlar. 

2- o’quvchi- Assolomu alaykum,  bugungi qushlar bayrami qatnashchilari. 

Shundan so’ng  tadbirni ochib berish   uchun so’z maktab direktoriga beriladi. 

 

Sahnaga qushlar rasmlarini ko’tarib olgan o’quvcilar kirib kelishadi. 



Qanotlarin samolarda silkitgan, 

Bahor nafasiga dimog’in tutgan. 

Sog’ingandan chanqog’ini unutgan, 

Qushlar bayramiga xush kelding do’stim. 

 

Suhbat ayla bugun har bir qush bilan, 



So’zlarini tingla aqlu xush  bilan. 

Xayrlashib kelgan qora qish bilan, 

Qushlar bayramiga xush kelding do’stim. 

 

Turnalar samoga solar arg’imchoq, 



Peshtoqdan joy olar bizning qaldirg’och. 

Bulbullar shox sayrar dimog’lari choq, 

Qushlar bayramiga xush kelding do’stim. 

 

Boyqush ham salom deb boshin egadi, 



Popishak boshiga tojin kiyadi. 

Oqqush xam kelinchakdek xo’p yasanadi, 

Qushlar bayramiga xush kelding do’stim. 

 

1-o’quvchi:      Bilsangiz  qushlar  sanitarlarimiz  hisoblanadi,chunki  o’laksaxo’r  qushlar 



o’lik qoldiqlarni yeb  

atmosfera havosini ifloslanishdan saqlaydi. 



2- o’quvchi: 

1. Qizilishton bir kunda bolalariga 300 marta xashoratlar keltiradi. 

2.Bir juft chittak 30-40 ta daraxtni zararkunandalardan saqlab qoladi. 

3.Bitta qaldirg’och yoz mavsumida bir millonga yaqin hashoratni yeydi. 

4.Bir juft mayna bir yilda 150000 chigirtkani yeydi. 

 

1-o’quvchi:      Olim  Zeverovni  aytishicha  ikkta  miqqiy  qush  bir  yilda  bolalariga  9ta 



yumronqoziq, 5ta chol sichqoni ,2ta dala sichqoni  va1ta   sichqon bolsini keltirar ekan. 

2-o’quvchi:-Endi  yurtimizga  uzoq  o’lkalardan  uchib  kelgan  “Qizl  kitob  “ga  kiritilgan 

voxamizdagi o’troq  , uchib ketuvchi va uchib o’tuvchi qushlar bugungi bayraamimizga 

tashrif buyurishgan . Navbatni ularga beramiz  

 

 

 



 

 

O’QUVCHI:  



Assalom dunyoni bezagan qushlar, 

Bugun bayram, sizni barcha olqishlar. 

Nomingizni ayting taniylik sizni, 

Davramizga qo’shilib shod eting bizni. 

(Saxnaga qushlar chiqishadi.) 

 

Qaldirg’och: 



Qaldirg’ochman baxordan darak berib turaman, 

Loy va xas cho’pi  tashlab shiftga uya quraman  

Ayvondan joy berdi,hatto menga odamzod  

Tong sahar chug’ururlashib qilaman ko’nglini shod 

Afrika,Hindistonda qishlab keldim,charchadim,  

Bugun bayram ekan-ku joy beringlar,do’stlarim 

 


 

QIZILISHTON: 

Uzun tumshuq menda bor,kavakda in quraman, 

Daraxt tanasini qurtlardan qutqaraman  

Panjam o’tkir,dumim qattiq’yerda tushmayman bir on, 

Dorbozchiga o’xshayman,nomimdir qizilishton  

Taq-taq ovozimni taniydi jumlai jaxon 

Safingizdan joy olishga shoshib keldim siz tomon  

 

 

SASSIQPO’PISHAK: 



Uzun tumshuq va zar kokil menda bor, 

Xashoratxo’r qushman mening foydam bor. 

Uyam oddiy yerga tuxum qo’yaman , 

Sassiqpo’pshak derlar meni tojimdan tanib  

Do’stlar,meni safingizga qo’shing deyman yolvorib  

 

HAMMA: 



Keling-keling davramizning to’riga 

Boshingizga o’tiravering so’riga 

 

BOYO’G’LI: 



Men boyqushman,patlarim chipor va sariq 

Boshimni egib mudom qilarman xonish  

Kuzataman dunyoni tepada turib  

O’z ozig’im poylayman tunda ov qilib . 

 Foydali qushman men ham safingizda turay-chi, 

O’troq qushman yumushim hov o’sha kemiruvchi  

 

 

 



 

 

HAMMA: 



Og’ir bosiq boyo’gli ,marhamat kelgin, 

Bizlarni ham o’zinga do’st deya bilgin  

 

JIBLAJIBON: 



Turimiz ko’p ahillikda bizdan o’tmas biror jon, 

Jajji qushmiz rang barang, nomimiz jiblajibon 

Zax joyga uya qurib olti bola ochamiz ,  

Xashoratlarni qirib bolamizni boqamiz . 

Yugurdakmiz juda chaqqon dumimizdan tanishar, 

Bizni ko’rib do’stlarimiz saflariga olishar. 

 

HAMMA: 


Kelgin marhamat, jajji qush jiblajibon, 

Davramizga qo’shilgin,bo’lgin sog’ omon  

 

VAXMAQUSH: 



Og’irligin 10 gramm,jada mitti qushchaman, 

Daraxtning shohlariga namatdan in quraman. 

Baxmachi demang aslo nomim mening baxmaqush 

O’zgartirib rangimni ishim doim ov qilish  

Qishlash joyim bilsang Eron, Hindiston 

Bag’ringdaman men bugun, xur vatan O’zbekiston 

 

HAMMA: 


Sizni dost deb bilamiz baxmaqush o’zimizga, 

Oldinroqdan joy olib,ko’rining ko’zimizga  

 

TURNA: 


Men tunaman gala bo’lib samolarda uchaman, 

Uchib o’tuvchi qushman extiyotkor bo’laman. 

Ozig’im yashil poya ,don,baqa va mo’lyuska, 

Hushovoz tovush bilan uchaman men olisga . 

Birpasgina davrangizga keldik biz, 

Umr bo’yi sho’h va shodon bo’ling siz. 

 

Hamma: 


Davrangizga xush kelding,go’zal turnaoy, 

Raqsga tushib berarsan bugun xoynaxoy. 

 

OQQUSH: 


Noyob qushlar safidan joy olgan oqqushdirman, 

Chiroyli qanotim bor hammadan soz qushdirman. 

Maskanim ochiq qo’llar va Orol dengizi, 

 

 



 

 

Boshimni egib goxo dam olaman kunduzi. 



Patlarim xammadan soz qush o’zimman bilsangiz, 

Men ham sizga do’stdirman qatordan joy bersangiz  

 

HAMMA: 


Hush kelibsan,oqqushjon, 

Bo’l bugun bizga mehmon. 

 

TUYAQUSH: 



Tuyaqushman baland bo’yli,xammangizdan yirikman  

Naqt bir yarim kilogramm tuxum qo’yib turibman  

Patlarim momiqqina ,aybim –qanotim kuchsiz , 


Uchish menga shart emas,yuguraman juda tez. 

Qushlar bayramiga keldim uzoq o’lkamdan’ 

Joy bolmasa mayliga kunim toping yelkaman 

 

HAMMA: 



Kelaqol, tuyaqushim, sig’asan safimizga, 

Do’stlarga ochiq eshik , quloq sol gaoimizga  

 

HAMMA QUSHLAR: 



Tabiatning ko’rkimiz barchamiz ahil inoq, 

Foydamiz tegar sizga biz bilan bo’ling o’rtoq  

Raxmat sizga,odamlar,bayram bilan kutdimgiz, 

Barcha qushlarni yig’ib ko’nglimiz shod etdingiz 

Hayr endi do’stlarim,in qurishga shoshaylik, 

Yurtni obod qilishga hissamizni qo’shaylik. 

 

1-va 2- o’quvchi baralla: 



Etiboringiz uchun rahmat!. 

 

                                    



  

                                                          

 

 

 

  Qiziqarli   zoologiya 

1.Maymunlar ko’zguda o’z  aksini taniy oladigan yagona hayvon. 

 

2.Ko’k kitning oshqazoniga 2 tonna ozuqa sig’adi. 



 

3.Chumolilar umuman uxlamas ekan. 

 


4.Jirafalar esa bir sutkada 20-30 daqiqa uxlaydi. 

 

5.Delfinlar uxlayotganda bir ko’zini yumib ikkinchi ko’zini ochib uxlaydi. 



 

6.Turnalar o’z tana issiqliklarini asosan oyoqlari orqali yo’qotishi mumkin, Shuning 

uchun ular ko’proq bir oyog’da turishadi. 

 

7.Inson aksa urganda havoning tezligi 160 km. soatni tashkil qilar ekan. 



 

8.Aksa urganda og’izdan  chiqadigan mikroblar  esa 4 metrgacha uchadi. 

 

9.Buqalamuning  tili butun tanasi va dumining uzunligiga teng . 



 

10. Baqalar qish faslida ,qattiq sovuq tasirida suv havzasida muzlab qoladi ,bahor 

kelganda hech narsa bo’lmaganday yashab ketishi mumkin. 

 

11.Kashalotning  bir dona tishi 1,5- 2 kg   tosh bosadi. 



 

12.Jirafaning  yangi tug’ilgan bolasining uzunligi  2 metrdan  kam bo’lmas ekan. 

 

13. Tiprotikan  suvdan qo’rqadi. 



 

14.Ko’rsichqon bir kechada o’zi uchun  76 metr “er osti yo’li “ qaziydi. 

 

15.Qalqontumshiq  ilon  chaqada odamning tanasi shishib ketadi.Kasal odam 10-  15 



kundan  so’ng   tuzala      boshlaydi. 

 

17.Eng katta maymun gorilla ,uning bo’yi 2m bo;lib ,og’irligi  260 kg.ga teng. 



18. Dunyoda eng uchuvchi hashorat ----  ninachi. 

 

19. Tez suzuvchi  qush ---- pingivindir. U soatiga  36 km  tezlik bilan suza oladi. 



 

20. Gul nektari bilan oziqlanadigan kolibri qushning og’irligi  1,5 gr. 

 

21.  Sudralib yuruvchlardan faqatgina  timsohning yuragi  4 kamerali. 



 

22. Qushlar tinch holatda  26 marta , uchayotganda  400 matra nafas oladi. 

 

23.Dunyodagi eng katta ilon anakonda , builon 100 taga yaqin tirik tuhum tug’adi. 



 

24.Eng katta ari yapon qovoq arisi bo’lib  uning uzunligi 7 sm ga teng. 

 

25. Har yili Yaponiyada   qovoq ari  hujumidan 40 ta odam vafot  etadi. 



 

 

 



 

 

 



               

                  

 

                        Tabiat  bayramining  senariysi.  



 

Bayramni 2 nafar o’quvchi olib  boradi. 

1-o’quvchi- Asssolomu alaykum,  hurmatli ustozlar. 

2- o’quvchi- Asssolomu alaykum,  bugungi “Tabiat bayrami “qatnashchilari. 

Shundan so’ng  tadbirni ochib berish   uchun so’z maktab direktoriga beriladi. 

 

1.Bahoriy musiqa yangraydi. 



 

2. Bahoriy  raqs     6 –a  sinf qizlari ijrosida. 

 

 

3. “Qiziqarli zoologiya”  yangiliklari     7-a  sinf oquvchilari  tomonidan  namoyish 

etiladi. 

 

4.” Tabiatni o’zi –tabib”  kompazitsiya   6-sinf oquvchilari  tomonidan  namoyish 

etiladi.  

 

5. “  Hayvonlar payrovi ”    7 -b sinf  oquvchilari  tomonidan ijro qilinadi. 

 

7.  “Raqamlar  so’zlaganda” musobaqasiga   8- sinf oquvchilari     tomonidan ijro 

qilinadi. 

               

 

                                           “  Hayvonlar payrovi ” 

      7 a-b sinf  oquvchilari  tomonidan ijro qilinadi.  10 ta o’quvchi sahnaga  

chiqadi. 

 

1-o’quvchi – “Bulbulmisiz, burgutmisiz , chumchuqmisiz” –deydi. 



 

2-o’quvchi- “aytganingizman” 

 

1-o’quvchi-  



qish faslida ,qattiq sovuq tasirida suv havzasida muzlab qolib  bahor kelganda hech 

narsa bo’lmaganday  suvni qirg’oqlariga chiqib olib ,  yopishqoq tilingiz bilan 

pashsha tutib eb , bahorda 5000-100000  tagacha  tuxum qo’yadigan  ko’l 

baqamisiz?. 

 

2-o’quvchi – “Bulbulmisiz, burgutmisiz , chumchuqmisiz” –deydi. 



 

1-o’quvchi- “aytganingizman” 



 

2-o’quvchi –   

yangi tug’ilgan bolasining uzunligi  2 metrdan  kam bo’lmaydigan, tilini uzunligi 

1metr keladigan , hatto tili bilan bemolol qulog’ini tozalaydigan jirafamisiz . 

 

 

 



 

 

3-o’quvchi – “Bulbulmisiz, burgutmisiz , chumchuqmisiz” –deydi. 



 

4-o’quvchi- “aytganingizman” 

 

3-o’quvchi-    



Sudralib yuruvchilar sinfiga kiradigan , zaharsiz, o’zidan yirik hayvonlarni ham 

yutib yuboradigan ,  100 taga yaqin tirik tuhum tug’adigan 

dunyodagi eng katta ilon anakondamisiz? 

 

4-o’quvchi – “Bulbulmisiz, burgutmisiz , chumchuqmisiz” –deydi. 



 

3-o’quvchi- “aytganingizman” 

 

4-o’quvchi: 



 Bo'yi 3 m ga, vazni 100 kg ga boradigan, soatiga 60-70 km tezlikda yugura 

oladigan. Afrika dashtlarida kichik gala bo'lib yashaydigan. Erkakgi  tumshug'i bilan 

yerni kovlab uya yasaydigan. Urg'ochisi uyaga 4-9 ta tuxum qo'yadigan. 

Tuxumlarining vazni 1,5 kg ga yetadigan. Tuxumlarni kunduzi urg'ochisi, kechasi 

erkagi bosib yotedigan. Afrika tuyaqushimisiz

 

5-o’quvchi – “Bulbulmisiz, burgutmisiz , chumchuqmisiz” –deydi. 



 

6-o’quvchi- “aytganingizman” 

 

5-o’quvchi: 



qanoti kalta va ingichka bo'lib, eshkakka ajralangan. Oyoqlari tanasining keyingi 

qismiga birikkanligi uchun quruqlikda yurganda tanasini tik tutadigan. Eshkak qanotlar 

yordamida  soatiga 36 km tezlikda sho'ng iy oladigan,  bo'yi 120 sm, vazn

;

 45 kg 



keladigan, koloniya bo'lib in quradigan, sovuqqa juda chidamli, qishda 60 - 70°C 

sovuqda tuxum qo'yib, bola ochadigan. Pingvinmisiz? 

 

6-o’quvchi – “Bulbulmisiz, burgutmisiz , chumchuqmisiz” –deydi. 



 

5-o’quvchi- “aytganingizman” 

 

6-o’quvchi: 



o'lkamizda uchraydigan qushlarning eng yirigi. Tanasining uzunligi 1,5 m ga, 

qanotlarini yozganda kengligi 3 m gacha yetadigan, og'irligi 6 - 1 2   kg, boshi va 

bo'ynidagi patlari juda siyrak bo'lgan, havoda uzoq vaqt qanot qoqmasdan ucha 

oladigan, lekin yerda beso'naqay qadam tashlaydigan,  hayvonlarning o'laksasi bilan 

oziqlanadigan. Sayhonlik ustida soatlab uchib, o'laksa izlaydigan, tirnoqlari kuchsiz 

bo'lganidan tirik hayvonlarga hujum qilolmaydigan,lekin juda kuchli, uchi qayrilgan 

tumshug'i bilan hayvonlar terisini yirta oladi. Tasqaramisiz? 

 

 



 

 

 



7-o’quvchi – “Bulbulmisiz, burgutmisiz , chumchuqmisiz” –deydi. 

 

8-o’quvchi- “aytganingizman” 



 

7-o’quvchi: 



Ayvon peshtoqi yoki shift ostidagi to'sinlarga, ba'zan devorga ham so'lagi bilan 

aralashtirilgan loydan uya quradigan. Uyaga 4 - 6 ta tuxum qo'yib, urg'ochisi 

bosadigan. Bolalarini hasharotlar bilan oziqlantiradigan, deyarli butun kunni havoda 

o'tkazadigan. O'ljasini ham havoda tutadigan. Uchib ketayotganda ham suv yuzasiga 

tegib o'tib, cho'miladigan va suv ichadigan. Qaldirg'ochmisiz? 

 

8-o’quvchi – “Bulbulmisiz, burgutmisiz , chumchuqmisiz” –deydi. 



 

 7-o’quvchi- “aytganingizman” 

 

      8-o’quvchi; 



      Chumchuqsimonlardan eng yirik turi hisoblanadigan, qishlash uchun shimoliy 

hududlardan o'lkamizga uchib keladigan, mart oylarida esa uchib ketadigan. Qish 

kezlari zog'chalar bilan birga katta gala hosil qiladigan. Bunday galalar baland 

daraxtlarning shoxida tunaydigan go'ngqarg'amisiz? 



 

 9-o’quvchi – “Bulbulmisiz, burgutmisiz , chumchuqmisiz” –deydi. 

 

10-o’quvchi- “aytganingizman” 



 

     9-o’quvchi  

 -  ko'zlari  ojiz  bo'lib,  yaxshi  ko'rolmaydigan.  Lekin    tunda  ham  biron  narsaga 

urilmasdan ucha oladigan, hasharotlarni og'zi bilan tutib oladigan, fazoda mo'ljal olish 

xususiyati  ultratovush tarqatishi va uni qabul qilishi bilan bog'liq bo’lgan. Uchayotgan 

havoda burni va og'zidan uzuq-yuluq ultratovush chiqaradigan. Uning qulog'i ana shu 

qaytgan tovush to'lqinlarini qabul qilganligi tufayli o'z o'ljasini topadigan yoki to'siqni 

sezadigan. ko'rshapalakmisiz? 

 

10-o’quvchi – “Bulbulmisiz, burgutmisiz , chumchuqmisiz” –deydi. 



 

9-o’quvchi- “aytganingizman” 



 

         10-o’quvchi ; 

          --xotirasi  kuchli  bo'lib,  sodda  mehnat  qurollarini  yasash  va  ulardan  foydalanishni 

biladigan, cho'plar yordamida asalarilar uyasiga kiradigan teshiklami kengaytiradigan; 

daraxtdan  sindirib  olingan  novda  yordamida  tor  teshiklardan  hasharotlarni  kovlab 

oladigan,  mayda  cho'plar  yordamida  tishlarini  tozalaydigan,  tovush  va  imo-ishoralar 

yordamida o'zaro muloqot qiladigan. 

          

 

          Ular  yuz  muskullari  yordamida  ichki  kechinmalarini,  ya'ni  qo'rquv,  hayajon, 



achchig'lanishi  yoki  xursandligini  ifodalay  oladigan.  Bu  jihatdan    odamlarga 

o'xshaydigan. Shimpanzemisiz? 

          1- o’quvchi: - rahmat  mazza  qilib  kulishib ham oldik. 

 

2- o’quvchi:  “Raqamlar  so’zlaganda” musobaqasiga  8- sinf oquvchilari     



tomonidan ijro qilinadi. 

 


Download 406.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling