M avzu: Korxona ishlab chiqarishini tashkil etish va boshqarish


Ishlab chiqarish korxonalarining ixtisoslashuvi va kooperatsiyasi


Download 67.39 Kb.
bet2/5
Sana24.03.2023
Hajmi67.39 Kb.
#1291664
1   2   3   4   5
Bog'liq
8,ишлаб чиыаришни таъминлаш ва бошкариш

Ishlab chiqarish korxonalarining ixtisoslashuvi va kooperatsiyasi.


Korxonalarni ixtisoslashuvi deb, bir turdagi ishlab chiqarishni o’zida mujassamlashtirgan korxonalar yig’indisiga aytiladi. Korxona ixtisoslashuvining uch shakli mavjud: predmet, detal va texnologik.
Ishlab chiqarishni tashkil etish va ijtimoiy mehnatning shakli bu ishlab chiqarish korxonasining ixtisoslashuvidir.
Sanoatda ixtisoslashuvning quyidagi shakllari mavjud:
Buyumlar bo’yicha ixtisoslash. Buning mohiyati shundaki ishlab chiqarish korxonasi tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashadi ya’ni ayrim korxonalarni texnologik jihatdan bir-biriga o’xshash bo’lgan va cheklangan miqdordagi mahsulot turlarini ishlab chiqarishga moslashtirishdir;
Qismlar (agregatlar) bo’yicha ixtisoslashish-korxonalarni texnologik jihatdan bir-biriga o’xshash bo’lgan cheklangan miqdorda qismlarni ishlab chiqarishdir;
Тexnologik ixtisoslashish-korxonaning ayrim texnologik jarayonlarni bajarishdir. Ayrim hollarda ular alohida korxonalar miqyosida uyg’unlashtiriladi. Korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulot turlarining kengayishi ixtisoslashishning doimo rivojlanishi va mukammallashuvining zarurligini ifodalaydi. Masalan, mashinasozlikda buyumlar bo’yicha ixtisoslashish – ma’lum ishlab chiqarish tarmoqlari yoki ish turlari (paxta terish, yul qurilishi) uchun mashinalar ishlab chiqarishni mujassamlashuvi yunalishida rivojlanmoqda. Bunday ixtisoslashish konstruktorlarga ayrim tarmoqlarda mashinalarning ishlash sharoitlarini chuqurroq o’rganish hamda mukammalroq texnika yaratish imkonini kengaytiradi. Bir korxona miqyosida tugallangan holatda mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etilishi unga doimo xizmat qilib, zarur qismlarni yetkazib beruvchi ixtisoslashgan korxonalarni tashkil etilishini taqazo etadi. Chunki barcha xil mahsulot ishlab chiqarishni bir korxonaga to’plash mumkin emas. Shu tufayli
qismlar yoki mahsulotning bo’laklarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy korxonalar tashkil etilgan.
Korxonalarning texnologik ixtisoslashuviga mashinasozlik zavodlari uchun tayyor qismlar ishlab chiqaruvchi, quyuvchi va temirchi-presslovchi zavodlar, to’qimachilik fabrikalari uchun ip-yigiruv fabrikalari misol bo’la oladi.
Ixtisoslashgan darajsining asosiy ko’rsatkichlari:

    • ixtisoslashgan korxonalarning ishlab chiqargan mahsulotini shu mahsulot turining umumiy hajmidagi salmog’i. Korxonalarning ixtisoslashish darajasining muhim ko’rsatkichlaridan yana biri-bu ishlab chiqaradigan, texnologik jihatdan o’xshash bo’lgan assotimentida buyumlarning gruppalari, turlaridir. Korxona ishlab chiqaradigan mahsulotlarning turlari qancha kam bo’lsa, uning ixtisoslashuv darajasi shuncha yuqori bo’ladi. Korxona tarkibidagi ixtisoslashuvni ta’riflash uchun quyidagi ko’rsatkichlardan foydalanish mumkin;

    • Dastgohlarning ilg’or turlarini maxsus, avtomatik va boshqa ushbu korxona yoki sex dastgohlarining umumiy miqdoridagi salmog’i.

    • Potok liniyalarida o’rnatilgan dastgohlarning salmog’i. Masalan, potok usulida ishlab chiqarishda band bo’lgan metall qirquvchi dastgohlarning hamma asbobuskunalarga nisbati(%).

    • Korxona ishlab chiqaradigan turli mahsulotlarda yoki bir shaklga keltirilgan detallar va qismlarning salmog’i.

Korxonalarni ixtisoslashuvini xarakterlovchi ko’rsatkichlar:

Korxonalarning kooperatsiyalashuvi - bu malum bir mahsulotlarni ishlab chiqarishda bir necha korxonalarning hamkorlikda ishtirok etishi. Kooperatsiyalashuv tarmoq-territorial tamoyilda amalga oshiriladi.
Kooperativlashtirish korxonalarning qaysi tarmoqqa taaluqliligi nuqtai nazardan tarmoq va tarmoqlararo ishlab chiqarish kooperatsiyasi shakllangan.
Sanoatda ixtisoslashishning shakllangan turlariga muvofiq kooperativlashtirishning quyidagi turlari mavjud:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling