M: Chlorophuta tipi, volvokslar. Koloniya bo’lib yashovchi xivchinlilar Reja


Download 56.27 Kb.
bet1/4
Sana22.06.2023
Hajmi56.27 Kb.
#1650479
  1   2   3   4
Bog'liq
Chlorophuta tipi, volvokslar. Koloniya bo’lib yashovchi xivchinlilar


M: Chlorophuta tipi, volvokslar. Koloniya bo’lib yashovchi xivchinlilar
Reja:

  1. Bir hujayralilarning umumiy tavsifi va klassifikatsiyasi.

  2. Xivchinlilar sinfining umumiy tavsifi va klassifikatsiyasi.

  3. Yashil evglena misolida o’simliksimon xivchinlilarning tuzilshi va hayot kechirishi

  4. Hayvonsimon xivchinlilar, parasit yashovchi turlarining tarqalishi va ahamiyati.

  5. Xulosa

  6. Foydalanilgan adabiyotlar




  1. Bir hujayralilar kenja dunyosining umumiy tavsifi.

Bir hujayralilar kenja dunyosiga mansub hayvonlar tanasi yagona hujayradan yoki bir-biriga o‘xshash bo‘lgan hujayralar to‘plamidan iborat. Bir hujayralilar ko‘p hujayralilarga o‘ xshash bo‘lsa ham ulardan fiziologik jihatdan keskin farq qiladi. Chunki bir hujayratilar mustaqil hayot kechiradigan organizmlar bo‘lib, ular modda almashinish, harakatlanish, ta‘sirlanish, ko‘payish va tirik organizmlar uchun xos bo‘lgan boshqa barcha xususiyatlarga ega. Bunday funktsiyalarni hujayradagi maxsus organoidlar bajaradi. Lekin bir yhujayralilarning organoidlari hujayraning bir qismi bo‘lishi bilan ko‘p hujayralilar organlaridan farq qiladi.
Ko‘pchilik erkin yashovchi bir hujayralilar ozig‘i hujayra ichida fagotsitoz usulda hazm bo‘ladi. Bir hujayralilar soxta oyoqlar, maxsus kiprikchalar va xivchinlar yordamida harakatlanadi. Ular tana yuzasi orqali nafas oliadi.
Bir hujayralilarning 70000 dan ortiq turi ma‘lum.
Bir hujayralilar klassifikatsiyasi. Bir hujayralilarnuing tiplarga bo’linishida ular yadriosi va organoidlarining tuzilishi, kopayish xillari va hayotiy sikllari inobatga olinadi. Bir hujayralilar quyidagi 7 tipga ajratiladi:
1. Sarkomastigoforalar (Sarcomastigophora) — 25 ming tur.
2. Apikomplekslar (Apicomplexa), yani spora hosil qiluvchilar (Sporozoa)— 4800 tur.
3.Mikrosporalilar (Microspora) — 800 tur.
4.Miksosporidiyalar (Myxozoa) — 875 tur.
5.Infuzoriyalar (Infuzoria, yani Ciliophora) — 7500 tur.
6.Labirintulalar (Labyrinthomorpha) — 35 tur.
7.Atsitosporalilar (Ascetospora) — 30 tur
Sarkomastigioforalar tipiga soxtaoyoq yoki xivchinlar yordamida harakatlanadigan bir hujayralilar kiradi. Ular nam tuproq va suvda hayot kechiradi, odam va hayvonlar organizmida parazitlik qiladigan 25000 ga yaqin turni o‘z ichiga oladi. Tip Sarkodalilar (Soxtaoyoqlilar) va Xivchinlilar sinflariga bo‘linadi.

Download 56.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling