M: Dars tahlili va uning mazmuni Mundarija kirish


Didaktik tahlil – ta’lim turlari samaradorligi va uni belgilovchi qonunlar va qoidalarning darsda qanchalik to’g`ri hamda mukammal bajarilganligini tahlil qilish demakdir


Download 121 Kb.
bet11/15
Sana23.04.2023
Hajmi121 Kb.
#1389665
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Kurs ishi Qutfiddin Sirochiddinov

Didaktik tahlil – ta’lim turlari samaradorligi va uni belgilovchi qonunlar va qoidalarning darsda qanchalik to’g`ri hamda mukammal bajarilganligini tahlil qilish demakdir.




Darsni didaktik jihatdan tahlil qilishda quyidagilarga e’tibor berish o’rinli bo’ladi:

O’qituvchi bayonining sinf o’quvchilari jamoasiga to’la tushunarli bo’lishi va bu bayonning izchil ravishda o’quvchi ongiga yetib borishi.

O’qituvchi fikrining ma’naviy-ma’rifiy tarbiya talabiga mos bo’lganligi.

Barcha o’quvchilarning o’qituvchi berayotgan materialini ongli ravishda o’zlashtirishlari.

O’qituvchi bayonida rivojlantiruvchi va muammoli ta’limning mavjudligi.

O’qituvchi fikrining izchiligi.

6. Dars jarayonida yoki yangi mavzuni bayon qilishda ko’rsatmali qurollardan, tarqatma materiallar va texnika vositalaridan foydalanishning maqsadga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi.

7. Ekskursiya, tajriba, laboratoriya va amaliy ishlarning maqsadga yo’naltirilgan holda o’tishga erishilganligi.

8. Darslik bilan ishlashning to’g`ri bo’lishi. 

9. Misollarning ta’lim-tarbiya birligi mazmunida yo’nalishi.

Darsni ma’lum bir tizimda olib borilishi kabilar.




Umumiy pedagogik tahlil – darsdagi hamma jihatlarning qisqa va yengil ko’rinishidagi tahlilidir.

Darsni umumiy pedagogik jihatdan tahlil qilganda quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiqdir:

O’quv xonasi yoki sinf xonasining dars o’tishga tayyorgarlik holati (dars jihozlari).

O’quv xonasi yoki sinf xonasining sanitariya- gigiyena holati.

Dars mavzusi va uning ta’limiy, tarbiyaviy maqsadi.

4. O’qituvchining mazkur darsga ilmiy-metodik va pedagogik jihatdan tayyorlanganligi darajasi.

O’qituvchining darsni tashkil etish va dars bosqichlaridan to’g`ri foydalanishi.

O’qituvchining o’quvchilarga ta’lim –tarbiya berishida pedagogik jihatdan namunali shaxs darajasiga ko’tarila olganligi.


Download 121 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling