Duduqlanishni bartaraf etishda xarakatli va didaktik o‘yinlar
Didaktik o‘yinlar kattalar tomonidan tuziladi, o‘ziga xos ma’lum bir mazmun va qoidalarga ega bo‘lib, bolalarni yuqori darajadagi faollikka undaydi. Aniq qoidali va harakatli didaktik o‘yinlar barcha duduqlanuvchi bolalarni bir holatga qo‘yadi, bu esa ularda intizomlilikni tarbiyalashga imkon beradi. Didaktik o‘yinlarda logoped nutqi namuna sifatida katta ahamiyatga ega. Logopedning nutqi korreksiyalash kursining boshlarida bolalarning tinch aloqa qilishlariga yordam beradi.
Duduqlanuvchi bolalarning noto‘g‘ri nutqi ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo‘lsa ham o‘yin davomida namoyon bo‘ladi. O‘z kamchiligini bilish, o‘z nutqlaridan qo‘rqish kabilar bolalarni o‘yin faoliyatiga kirishishlariga qiyinchilik tug‘diradi. Bunday bolalar o‘yin davomida passiv kuzatuvchi bo‘lib qatnashadilar yoki umuman qatnashmaydilar. Ba’zida esa aksincha bolalar o‘yinda faol ishtirok etadilar. Didaktik o‘yinlar orqali bu kabi kamchiliklarni bartaraf etish mumkin. Turli yoshda didaktik o‘yinlar mazmuni, qoidasi o‘zgarib boradi. 5 yoshdagi bolalar didaktik o‘yinlarda predmetlar soni va sifati, ularni tashqi ko‘rinishi bo‘yicha taqqoslashni o‘rganadilar. Bu yoshda “Kim birinchi uychani quradi?”, “Ajoyib xaltacha”, “Doiralarni yig‘ishtir”, “Rangli idishlar” kabi o‘yinlar o‘ynaladi. 6 yoshdagi bolalar uchun o‘yinlar murakkabroq tusda bo‘ladi, ular “Do‘kon”, “Juftini top”, “Rasmlarni joylashtir”, “Kimga qancha”, “Domino”, “Kim nima qilyapti”, “Zoologik loto”, “Lego konstruktor”, “4 chisi ortiqcha” kabi o‘yinlardir.
Duduqlanishni bartaraf etishda reloksatsiya mashqlari Bo‘yin muskullarini bo‘shashtirishga oid mashqlar
Duduqlanuvchi bolada bo‘yin va yuqori yelka qatori muskullarning tonusi baland bo‘ladi. Bo‘yin muskullarini bo‘shashtirish reflektor tarzda til ildizining tonusini pasaytiradi, pastki jag‘ning xarakatlarini faollashtiradi.
Quyidagi uqalash xarakatlarini o‘tkazish tavsiya etiladi:
Ikki qo‘l kaftlari bilan yuqorida pastga qarab bo‘yinni sekin silash;
Qo‘llarni ensaga, bo‘yinning orqa qismiga qo‘yish;
Qo‘llarni bo‘yinni yoki qismi bo‘ylab pastga qo‘ltiq osti chuqurchasigacha sirpantirish.
“Kema» mashqi”
Maqsad: Bolaning o‘z tanasini to‘g‘ri ushlay olish, umumiy motorikani rivojlantirish.
Bolalar tasavvur qiling biz kemada sayohat qilyapmiz. Kema chayqalmoqda. Kemadan tushib ketmasligimiz uchun oyoqlarni keng qo‘yamiz, qo‘llarimizni orqaga bog‘laymiz . Kema chap tarafga chayqaldi. Tana og‘irligi chap oyoqqa o‘tdi; kema o‘ngga chayqaldi va og‘irligi o‘ng oyog‘imizga o‘tdi (chap oyog‘imiz esa bo‘shashdi). Endi nafas olib men bilan qaytaring (logoped ko‘rsatib mashqni bajaradi). Bolalar o‘ng va chap qo‘l va oyoqlarini navbatma-navbat bo‘shashtirish xarakatlarini bajarib boradilar.
“Bug‘u” mashqi
Maqsad: Qo‘l va yelka mushaklarini bo‘shashtirish. Bolalar tasavvur qiling, biz bug‘umiz. (Qo‘llarni boshimiz tomon ko‘taramiz, barmoqlarimizni keng ochamiz). Bug‘ularning shoxlari mana shunday. Hammamizning qo‘llarimiz bug‘u shoxidek qattiq bo‘ldi. Qo‘llarimizni bu xolatda ushlash qiyin, qo‘llar charchadi, qo‘llarimizni tezda tizzaga tushuramiz. Qo‘llarimiz bo‘shashadi va dam olyapti.
“Stulcha” mashqi
Мaqsad: Qo‘l mushaklarini bo‘shashtirish. Bolalar, stul chetiga o‘tirib stul suyanchig‘iga suyanamiz.
Q o‘llarimizni bo‘shashtirib tizzalarimizga qo‘yamiz. Oyoqlarni yelka kengligida qo‘yamiz. Ushbu mashqni logoped bolalarga tushuntirib, ko‘rsatib beradi. Bolalar mashqni bajarish davomida yelkalarini erkin tutish, qo‘llarni osiltirganda mushaklarni bo‘sh qo‘yishlari logoped tomonidan nazorat qilib borilishi lozim.
Adabiyotlar:
1.Axmedova Z., Ayupova M., Xamidova M. Logopedik o‘yin. Toshkent2013.
2. M.Ayupova. Logopediya. Toshkent-2007.
I.G. Veretennikova. Logopedicheskaya rabota s detmi doshkolnogo vozrosta. Toshkent – 1998.
Nurkeldiyeva D.A., Ayupova M.Y.,Axmedova Z.M. Barmoqlar mashqi va logopedik o‘yinlar. Toshkent “Yangi asr avlodi” 2007.
Do'stlaringiz bilan baham: |