M. F. Ziyayeva, M. D. XoDjasheva QaRiyaLaRDa haMshiRaLik paRvaRishi Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Uchinchi nashr toshkent «niso poligraf»


Doimiy siydik kateteri orqali infeksiya tushishining oldini olish


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet47/133
Sana03.12.2023
Hajmi2.82 Kb.
#1799528
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   133
Bog'liq
qariyalarda hamshiralik parvarishi

Doimiy siydik kateteri orqali infeksiya tushishining oldini olish 
choralari. Bemorlarda siydik kateteri qo‘yilgan davrda kateterizatsiya 
tufayli retrograde infitsirlanish va siydik kanali shilliq qavatining 
yallig‘lanishi yuzaga kelishi mumkin, bu siydik yo‘llariga infeksiya 
tushishiga olib keladi.
Shuning uchun kateterga alohida e’tibor bilan qarab, tananing 
kateter qo‘yilgan sohasining gigiyenasiga rioya qilish kerak.
Siydik kateteri nayning uchi siydik yig‘gichda to‘plangan siydik 
ichida turmasligi va kateter siydik yig‘gichdan teparoqda turishi kerak. 
Bemorning holatiga qarab oilasiga tushuntirish, ularni ham shunga 
rioya qilishga chaqirish.
To‘shakdan erta turishda ko‘maklashish va doimiy kateterni 
mustaqil nazorat qilish usullari. Bemorda siydik kateteri o‘rnatil-
ganligiga qaramay, asoratlarning oldini olish maqsadida to‘shakdan 
erta turg‘izish kerak. Bunday hollarda siydik kateteri bilan ishlash 
haqida instruktaj beriladi. Bemorga o‘rnidan turayotganda kateterning 
holatini (egilmaganmi, chiqib ketmaganmi) tekshirishni o‘rgatish kerak 
va bemor kateter nayi uchining siydik pufagidan pastda joylashishi 
muhimligini tushunib yetishi kerak. Bemorning holatiga qarab oilasiga 
tushuntirish, ularni ham birga harakat qilishga chaqirish.
Siydik kateteri olingandan keyin tashqi moddalar va boshqalar 
bilan fizik ta’sirlanishi natijasida siydik ajralish vaqtida og‘riq, to‘liq 


70
bo‘shalmaslik hissi, tez-tez siyish, siydikning to‘satdan tutilib qolishi 
kabi siydik pufagining irritativ simptomlari namoyon bo‘ladi. Kateter 
olingandan keyin bemorning krovati yonida qandaydir vaqtga siydik 
yig‘gich qo‘yish kerak, bu – chiqaruv bo‘lganda tezda bo‘shalish uchun 
zarur. Siydik ajralishlar oralig‘idagi intervallar aniq bo‘lgandan keyin 
bemorning o‘zini hojatxonaga borishga o‘rgatish kerak. Operatsiyadan 
keyin siydik tuta olmaslik bemor tomonidan qattiq hayajon bilan 
qabul qilinadi, bunday holatning oldini olish kerak. Bundan tashqari, 
bemorni o‘z-o‘zini parvarish qilishga o‘rgatish kerak. Simpatik 
asab tizimi siydik ajralishini boshqarishi sababli uning funksiyasini 
yaxshilash uchun tanani sovutish, havo salqin bo‘lganda ko‘chada uzoq 
vaqt bo‘lishi, alkogol iste’mol qilmaslik kabi choralarni amalga oshirish 
kerak. Qabziyat ham siydik tutilishiga ta’sir qiladi. Shuning uchun 
bemorni defekatsiyani nazorat qilishga ham o‘rgatish kerak. Agar 
defekatsiyaga chaqiruv bo‘lganda chidab, bo‘shalish to‘xtatib turilsa, 
siydik pufagi muskullari cho‘ziladi va siydik ajralishi boshlanmaydi. 
Shuning uchun bemorga chiqaruv bo‘lganda tezda bo‘shalish 
kerakligini tushuntirish kerak.

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling