M. F. Ziyayeva, M. D. XoDjasheva QaRiyaLaRDa haMshiRaLik paRvaRishi Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Uchinchi nashr toshkent «niso poligraf»


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet55/133
Sana03.12.2023
Hajmi2.82 Kb.
#1799528
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   133
Bog'liq
qariyalarda hamshiralik parvarishi

yara larning oldini olish. Singan joyda yotoq rejimini ta’minlash tana 
harakatining cheklanishini talab qiladi va bu bevosita hayot tarziga 
ta’sir qiladi. Bemorning o‘zi ovqatlanish, fiziologik bo‘shalishlar va 
boshqa asosiy ehtiyojlarni qondira olmaydi va bunda unga yordam 
berish kerak.
Tortish, singan joyni kuzatish, asoratlarning oldini olish. Trak-
siyani samarali amalga oshirish uchun quyidagilarni kuzatish kerak:
Tortish to‘g‘ri yo‘nalishda olib borilayaptimi?

Qo‘rg‘oshinli yuk shifokor ko‘rsatmasiga to‘g‘ri keladimi

krovatga tegmayaptimi?
Tortish trosi to‘shakka tegmayaptimi, blokdan chiqib 

ketmaganmi?
Boylamning bintlari bo‘shab ketmaganmi?

Og‘riq, uyushish belgilari borligi.

Singan joyda og‘riq borligi.

Oyoqlarning harakatchanligi.

Infeksiya, qon ketishlar, terining qizarishi, shish, og‘riq, ajral-

malar borligi.
Tortish davrida quyidagi asoratlar yuzaga keladi:
Qon aylanishining buzilishi: operatsiyadan keyin tortish 
o‘tkazilganda suyak bo‘laklari siljiganda ko‘pincha shish, oyoqlarning 
shishi kuzatiladi. Periferik arteriyalar pulsatsiyasi, terining rangi, 
sovuqni his qilishni kuzatib borish kerak.


82
Yotoq yaralar: yotoq yaralar paydo bo‘lishiga moyillik bo‘lgan 
suyak bo‘rtmalari sohasiga maxsus yostiqchalar qo‘yish va boshqalar 
yordamida profilaktika qilinadi.
Bo‘g‘imlar kontrakturasi, suyaklar atrofiyasi va muskullar sustligi: 
uzoq vaqt tortilganda ushbu asoratlar rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘-
ladi, shuning uchun jismoniy mashqlar bajarib, haddan tashqari yotoq 
rejimining oldini olish kerak.
Osoyishtalikni ta’minlash: ikkilamchi zararlanishning oldini olish.
Nevrologik simptomlar: periferiyada uyushish, sezgi, harakat funk-
siyalarining buzilishi borligiga e’tibor berish. Ayniqsa, tashqi rotatsiya 
holatida kichik boldir asabining bosilib qolishida. Shuning uchun 
oyoqqa o‘rtacha holat berib, to‘piq uchun mashqlar o‘tkazish kerak.

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling