M. F. Ziyayeva, M. D. XoDjasheva QaRiyaLaRDa haMshiRaLik paRvaRishi Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Uchinchi nashr toshkent «niso poligraf»


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet53/133
Sana03.12.2023
Hajmi2.82 Kb.
#1799528
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   133
Bog'liq
qariyalarda hamshiralik parvarishi

Tayanch-harakat apparati. Suyak, tog‘ay va muskul to‘qima-
laridagi, boylam apparatidagi yoshga bog‘liq o‘zgarishlar geteroxron 
va geterotrop distrofik­destruktiv buzilishlar bilan namoyon bo‘ladi 
va osteoporotik va giperplastik jarayonlar ustunlik qiladi. Odam 
skeletining qarishi uning bo‘yining qisqarishi bilan mutanosib boradi, 
bo‘yning qisqarishi umurtqa egriliklarining oshishi, umurtqalararo 
disk va bog‘im tog‘aylari balandligining kamayishi hisobiga boradi. 
Tayanch-harakat apparati qarishi klinik jihatdan yurganda charchash, 
umurtqa va bog‘imlarda doimiy simillovchi og‘riqlar, yurish va gavda 
holatining buzilishi, umurtqa va bog‘imlarda harakat cheklanishi va 
og‘riq, osteoxondrozning neyroreflektor va neyrodistrofik belgilari 
bilan namoyon bo‘ladi.
Suyak to‘qimasining rivojlanib boruvchi yemirilishi eng xarak-
terlidir.
Qo‘llarda osteoporoz, yoshni taxminiy aniqlash mumkin bo‘lgan 
yelka suyagining katta do‘mbog‘i va panja barmoqlari falangasida 


80
kuzatiladi, shuningdek, oyoqlarda son suyagining katta do‘mbog‘i va 
do‘mboqlararo sohada kuzatiladi (75% qariyalarda).
Son suyagi bo‘yinchasi sinishining simptomlari va diagnostikasi. 
Bo‘g‘imlarda harakatlanganda og‘riq, harakat cheklanishi kuzati ladi. 
Tayanch qobiliyatining yo‘qolishi va oqsoqlanish kuzatiladi. Bemor 
ayniqsa oyoqlarini ko‘targanida kuzatiladigan og‘riqqa shikoyat qiladi. 
Rentgenologik tekshiruvda sinish chizig‘i aniqlanadi.
Son suyagi bo‘yinchasi sinishini davolash. Son suyagi bo‘yin-
chasi sinishini konservativ davolash usuli – skeletli tortish usuli 
hisoblanadi. Tortish uchun, odatda oyoqlarga qo‘rg‘oshinli yuk (3–5 kg) 
osiladi. Ottovonning (konskaya stopa) profilaktikasi maqsadida 
zararlangan oyoq bo‘g‘imlarini 90°C burchak ostida osiladi. Uzoq vaqt 
immobilizatsiya qilish kerak emas, chunki gipostatik pnevmoniya, 
yotoq yaralar, trom boemboliyaning xavfi bor.
Son suyagi bo‘yinchasi sinishini jarrohlik yo‘li bilan davolash 
osteosintez, endoprotezlash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Son suyagi 
bo‘yinchasi sekin bitishi tufayli (ayniqsa, qariyalarda), hozirgi vaqtda 
qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmaganda osteosintez operatsiyasi keng 
qo‘llanilmoqda. Suyak bo‘lakchalari maxsus metall mixlar bilan 
biriktiriladi. Osteosintez joyida osoyishtalikni ta’minlash suyak hosil 
bo‘lishini tezlashtiradi.

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling