M. F. Ziyayeva, M. D. XoDjasheva QaRiyaLaRDa haMshiRaLik paRvaRishi Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Uchinchi nashr toshkent «niso poligraf»


Bemor dorilarni uzluksiz qabul qilishiga erishish


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet50/133
Sana03.12.2023
Hajmi2.82 Kb.
#1799528
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   133
Bog'liq
qariyalarda hamshiralik parvarishi

Bemor dorilarni uzluksiz qabul qilishiga erishish. Bemordan 
dori qabul qilganda gipoglikemiya yuzaga kelganda hamshiraga xabar 
berishini so‘rash. Hamshira darhol shifokorga xabar berib, ko‘riladigan 
choralar haqida maslahatlashishi kerak.
Qondagi qand miqdorini o‘zi o‘lchashi, insulin inyeksiyasini o‘zi 
bajarishi bo‘yicha ko‘nikmalar hosil qilish.
Qondagi qand miqdorini o‘zi o‘lchashi, insulin inyeksiyasini o‘zi 
bajarishi faqatgina ahvoli bunga to‘g‘ri keladigan bemorlarda amalga 


74
oshirilmoqda. Muolaja texnikasini o‘zlashtirish uchun bemorga 
vaqt kerak bo‘ladi, bir marta instruktajda bemor hammasini eslab 
qolmasligi mumkin va ba’zida bemor bugun bajarganini ertaga bajara 
olmasligi mumkin. O‘rganish uchun ko‘p marta takrorlanishi kerak. 
Baholashni alohida-alohida hollarda emas, balki vaqt o‘tishi bilan 
bo‘ladigan o‘zgarishlar asosida o‘tkazishi kerak. Hech bo‘lmaganda 
minimal o‘zlashtirishni talab qiladigan inyeksiya va qon olish bo‘yicha 
ko‘nikmalarni amalga oshirishni aniqlash kerak va bemorning 
tushunish darajasiga mos keladigan boshqarilish usullarini o‘ylab 
topish kerak.
Qondagi qand miqdori past va baland bo‘lganda ko‘riladigan 
choralar. Qari bemorlarda yuqorida ko‘rsatilgandek, qondagi qand 
miq dorining o‘zgaruvchan bo‘lishi sababli ularda gipoglikemiya va ri-
vojlanish ehtimoli ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun bemorga qanday holat-
larda gipo va giperglikemiya holatlari yuzaga kelishini, ularning 
belgilarini va ko‘riladigan choralar haqida oldindan ma’lumotlar berish 
kerak.
Butun tananing gigiyenasi (tirnoqlarni parvarish qilish, jinsiy 
a’zolarni parvarish qilish). Ko‘pgina qandli diabet bilan xastalangan 
qari bemorlarda periferik asablar funksiyasining buzilishi kabi asorat 
kuzatiladi. Bundan tashqari, yosh o‘tishi bilan gomeostatik faoliyatining 
pasayishi organizmga infeksiya tushishini yengillashtiradi. Natijada 
periferik qon aylanish, neyrosensor funksiyalar buziladi, bu sensor 
sezgining susayishi uvishishda namoyon bo‘lib, bu holat oyoqlardan 
boshlanadigan gangrena, yotoq yaralar kabi tez rivojlanadigan asorat-
larning boshlanishiga olib keladi. Bunday hollarda tana gigiyenasi
ayniqsa oyoqlar parvarishini amalga oshirish muhim o‘rin tutadi. 
Bundan tashqari, tashqi jarohatlarni erta aniqlash maqsadida oyoq-
qo‘llar terisi doimo kuzatilishi kerak.

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling