M. F. Ziyayeva, M. D. XoDjasheva QaRiyaLaRDa haMshiRaLik paRvaRishi Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Uchinchi nashr toshkent «niso poligraf»


ToPshiR iQ: 1. Hamshira tashxisini qo‘ying. 2. Parvarish rejasini tuzing. 98 № 4


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet68/133
Sana03.12.2023
Hajmi2.82 Kb.
#1799528
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   133
Bog'liq
qariyalarda hamshiralik parvarishi

ToPshiR iQ:
1. Hamshira tashxisini qo‘ying.
2. Parvarish rejasini tuzing.


98
№ 4
Bemor M. 65 yoshda, ayol kishi. 
Bemor shifoxonaga ko‘ngil aynishi, to‘satdan umumiy lanjlik 
shikoyatlari bilan keldi.
Anamnez: bemor 10 yil oldin virusli gepatit B kasalligi bilan 
og‘rigan. Oxirgi 2 yilda ishtahasining pasayganligi, umumiy lanjlik 
aniqlangan. Burundan ham qon ketish hollari kuzatilgan. Yarim 
yildan beri qorni shishayotganini sezgan. Jismoniy harakatlar paytida 
hansirash , hafas siqishi kuzatilgan. Tez charchab qolgan. Keyingi 3 
yilda har yili 1 marta shifoxonada yotib davolangan. 
Avvalgi UTT – jigar sirrozi. Asosan quyidagi dorilarni qabul 
qilgan: sinepar, essensial, Liv-52, veroshpiron, furosemid, minokain, 
plazma quyilgan.
Obyektiv tekshirish natijalari: teri rangi oqargan, sarg‘ish 
tovlanish bilan, terida – «jigar yulduzchasi» simptomi aniqlandi. 
Puls minutiga 112 marotaba, kuchsiz to‘lish bilan. Arterial bosim 
100/70 mm. sim. ust.ga teng. Qorin devori kattalashgan, kindik 
oldidagi venalarning «meduza boshi» shaklida kattalashishi, qorin 
bo‘shlig‘idagi erkin suyuqlik hisobiga og‘riqsiz, jigar qovurg‘a 
ravog‘idan 4 sm pastda. Til qizg‘ish, so‘rg‘ichlari tekis. Bo‘yi 165 sm, 
vazni 75 kg.
Eri 66 yoshda, mahalla raisi. 6 ta farzandi bor, 2 qiz, 4 o‘g‘il. 
Ular hammasi oilali. Bemor kichik o‘g‘li, kelini va 3 ta nabirasi bilan 
yashaydi. Qovurilgan ovqatlarni xush ko‘radi. Parhezga rioya qilma-
gan. O‘zining kasalidan xavotirlanayapti.
Muloqotga yaxshi kirishadi. 
Uy ishlari bilan shig‘ullanishni yaxshi ko‘radi.
Bartel shkalasi bo‘yicha baholanganda: o‘zi ovqatlanadi, yuvinadi, 
kiyimlarini almashtiradi. Hojatga chiqishda, o‘rnidan turishda yor damga 
muhtoj emas. Zinadan ko‘tarilishda yordamga muhtoj. Bosh qalarning 
yordami bilan 500 m masofaga yura oladi.
Shifokor tashxisi: Jigar sirrozi.

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling