102
Bosh miya va asab tizimi kasalliklari bilan xastalangan qari
bemorlarda hamshiralik parvarishi
Qari bemorlarda insult. Insultning klinik kechishida (ana tomo-
fiziologik o‘zgarishlar bilan birga)
asab tizimi. Odam
qarishi ning asosiy
belgilari MNS dagi yoshga bog‘liq o‘zgarishlarga bog‘liq. Lekin bunda
yuqori intellektual faoliyat, umumlashtirishlarga bo‘lgan
qobiliyati,
e’tibor konsenratsiyasi qobiliyatlari saqlangan bo‘ladi. Bundan tashqari,
intellektual faoliyatning uzoq vaqt saqlanishi boy hayotiy tajribalar asosida
turli vazifalarni hal qilish qobiliyatiga asoslangan bo‘ladi. Shartsiz refleks
xarakteri o‘zgaradi, reflektor reaksiya qoladi. Analizatorlar faoliyatida
o‘zgarishlar kuchayib bo radi,
vibratsion, taktil, harorat va og‘riq sezgisi,
hid bilish, ko‘rish o‘tkirligi, ko‘zning akkomodatsiya kuchi kamayadi,
presbiopiya ku chayadi, qorong‘ulikka adaptatsiyasi tezligi o‘zgaradi,
eshitishning yuqori chegarasi pasayadi. EEGda qator o‘zgarishlar
aniqlanadi, xususan, alfa-ritmining sekinlashishi. Organizmning ichki
muhitini boshqarishda o‘zgarishlar paydo bo‘ladi.
Nerv oxirlarining
destruksiya va ulardagi mediatorlari sintezining kamayishi to‘qimalar
trofikasining buzulishiga olib keladi. Bunday paytlarda mediatorlarga
nisbatan sezgir hujayralar o‘sishi muhim mexanizm hisoblanadi.
Insult – miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi natijasida bosh
miya hujayralarining shikastlanishi. Bosh miya tomirining yorilishida
qon quyilib, gemorragik insult rivojlanadi. Qon tomirining spazmi yoki
bekilib qolishi natijasida esa ishemik insult (miya infarkti) rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: