M. F. Ziyayeva, M. D. XoDjasheva QaRiyaLaRDa haMshiRaLik paRvaRishi Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Uchinchi nashr toshkent «niso poligraf»


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet74/133
Sana03.12.2023
Hajmi2.82 Kb.
#1799528
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   133
Bog'liq
qariyalarda hamshiralik parvarishi

Tuzalish davrida parvarish. Paralich, afaziya va boshqa 
simptomlar tufayli kelib chiqqan o‘zini hurmat qilishning pasayishida 
qo‘llab­quv vatlash.
Reabilitatsion davo erta boshlanganda bemor o‘zini parvarish qilish 
qobiliyatini zararlangan bo‘g‘imlar faolligini oshiradigan funksional 
ko‘nikmalarga ega bo‘ladi. Agar reabilitatsion davo kechiktirilsa, 
bemorning tiklanish jarayoni amaliy ko‘nikmalarini egallash qobi liyati 
pasayadi va bu tuzalishni yomonlashtiradi.
Jismoniy mashg‘ulotlarning asosiy qoidasi – yuklamalarni sekin-
lik bilan oshirib borish. 2–3 haftalarda shifokorning qarshi ko‘rsatmasi 
bo‘lmasa, bemorga massaj qilinadi; muskullar tonusi oshganda yengil 
silash, chuqur bo‘lgan harakatlar bajariladi. Oxirgi vaqtlarda bosh miya 
insultidan keyingi bemorlar reabilitatsiyasi maxsus apparatlar bilan 
mus kullarni stimulatsiya qilish qo‘llanmoqda. Lekin harakat faoliyati-
ni tiklaydigan asosiy va eng samarali usul – davolash gimnastikasidir. 
Umumiy quvvatni oshiruvchi va nafas mashqlari tavsiya qilinadi.
Nutqni tiklovchi mashqlar ham shifokorning ruxsati bilan 1-, 2- 
haftalarda bemor qo‘shimcha emotsional va jismoniy zo‘riqishlarni ko‘tara 
oladigan davrda boshlanadi. Bemorga uning qilayotgan harakatlariga 
ishonchini mustahkamlash uchun uni qo‘llab-quvvatlash kerak. O‘zining 
oldingi hayot tarzini yo‘qotishi tufayli depressiyaga tushgan, paralich, 
afaziya va boshqa jismoniy nuqsonlar tufayli o‘ziga ishonchi va hurmatini 
yo‘qotgan bemorlarni qo‘llab-quvvatlash juda muhim.
Muloqot usullari
Insultda ko‘pincha nuqt buzilishlari, masalan, afaziya kuzatiladi. 
Bunda bemorlar nutqini tushunishda yoki gapirishida qiyinliklar, 
ko‘pincha sanoqlarda, kun yo sanalarni bilish yoki esda tutishda 
qiyinchiliklar tug‘iladi.
Zararlanishning bosh miya lokalizatsiyasiga ko‘ra afaziya turlicha 
bo‘ladi. Shuningdek, muloqot usullari ham har xil bo‘ladi. Bundan 
tashqari, muloqot usullariga ko‘rish va eshitishdagi o‘zgarishlar, 
kasallik xususiyatlari va boshqa qarilikka xos omillar ta’sir qiladi.


106
Shuning uchun bemor bilan muloqot qilganda quyidagilarni hisobga 
olish kerak:

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling