M. F. Ziyayeva, M. D. XoDjasheva QaRiyaLaRDa haMshiRaLik paRvaRishi Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Uchinchi nashr toshkent «niso poligraf»


Afaziyada qo‘llaniladigan muloqot usullari


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet75/133
Sana03.12.2023
Hajmi2.82 Kb.
#1799528
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   133
Bog'liq
qariyalarda hamshiralik parvarishi

Afaziyada qo‘llaniladigan muloqot usullari:
Bemorning fikrlari, ahvolini aniq tushunish: u gapirishni xohlay-

di, lekin gapira olmaydi; ichida turli fikrlar, xususan, aytishga 
qiyna layotgan fikrlar saqlaydi.
Muloqotning noverbal vositalarini qo‘llash (jestikulatsiya, suhbat 

uchun rasm, fotosuratlari bo‘lgan daftar).
Kommunikatsiyaga ta’sir qiladigan omillar bilan muomala qilish; 

tishlar va tish protezlari holati, ko‘rish, eshitish moslamalari va 
b.
Bemorning o‘z-o‘ziga hurmatiga ehtiyotsizlik qilishdan saq-

lanish.
Verbal muloqot qobiliyatining buzilishi; motor afaziya (Brok 
afaziyasi):
Nutqni sekinlashtirish, suhbatdosh kutish.

Suhbatni suhbatdoshi nutqi va gapirish manerasiga mos holda 

olib borish.
Suhbatni suhbatdoshining qiziqishlari; xobbi va b.larni hisobga 

olgan holda olib borish.
Suhbat mavzularining sonini cheklash.

Savollar mazmunini ishlab chiqish (aniq gapira olmaganda).

«Ha» va «yo‘q» deb javob beriladigan savollar.

Instrumentlarni qo‘llash: harfli, rasmli kartochkalar, yozma mu­

loqot va h.k.
Nutqni tushunish qobiliyatining buzilishi: sensor afaziya 
(Vernike afaziyasi):
Namoyishli tushuntirish (predmetlarni qo‘llab): holatni hisobga 

olib, aniqroq tushuntirish.
Usullarni o‘zgartirib tushunish darajasini bilish: bemordan tu-

shunti rilganlarni harakatlar bilan ko‘rsatishni so‘rash va kuzatib, 
uning tushunganlik darajasini bilish. Agar bemor oxirigacha tu-
shunmagan bo‘lsa, qayta tushuntirish.
Suhbat mavzusini tezda o‘zgartirmaslik.

Qisqa, oddiy so‘zlar bilan sekin gapirish.



107
Bemorning gapirmoqchi bo‘lgan gapining mohiyatini tushunish-

ga harakat qilish ( uni tushunmay qolmaslik uchun.) Masalan, 
bemor mandarin yeyishni ko‘zda tutib, adashib «olma yemoq-
chiman» deyishi mumkin. Bunday hollarda aniqlashtirish yo‘lla-
rini topish kerak, ushbu holatda bemordan predmetni tanlab 
ko‘rsatish so‘raladi.
Atrofdagilarni birga ishlashga chaqirib, hayot faoliyati ko‘rsatkich-
larida (HMK) muammolar kelib chiqishining oldini olish.

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling