M. F. Ziyayeva, M. D. XoDjasheva QaRiyaLaRDa haMshiRaLik paRvaRishi Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Uchinchi nashr toshkent «niso poligraf»


Afaziyasi bo‘lgan insult bilan xastalangan qari bemorlarda


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet73/133
Sana03.12.2023
Hajmi2.82 Kb.
#1799528
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   133
Bog'liq
qariyalarda hamshiralik parvarishi

Afaziyasi bo‘lgan insult bilan xastalangan qari bemorlarda 
hamshiralik parvarishi
O‘tkir davrida parvarish. Simptomlarni kuzatish (es­hush darajasi, 
hayot faoliyati ko‘rsat kichlari, ayniqsa bosimni nazorat qilish).
Es-hushning buzilishi hamshira tomonidan amalga oshiriladigan 
alohida nazorat va parvarishni talab qiladi. O‘tkir davrda bemorga 
to‘la osoyishtalik, qat’iy yotoq rejimi zarur. Olinadigan tish protezlari 
olib qo‘yiladi. Palataning havosi kuniga bir necha marta almashtiriladi, 
xonaning harorati nazorat qilinadi. Har kuni ertalab hamshira 
bemorning og‘iz bo‘shlig‘ini tozalaydi, kerak bo‘lganda og‘izda 
to‘plangan so‘lak va traxeyaning sekretini olib tashlaydi. Shuningdek


104
siydik pufagini vaqtida bo‘shalishini nazorat qilib, kerak bo‘lganda 
siydik kateter orqali chiqariladi, shu bilan birga hamshira yotoq 
yaralarning oldini oladi.
Yotoqda davolash fizkulturasini olib borish.
Dastlabki 6 kunda qat’iy yotoq rejimiga rioya qilinadi. Hamshira 
yotgan bemorni parvarish qilish choralarini, keyinchalik shifokor ko‘r-
satmasiga binoan davolash fizkulturasini amalga oshiradi. Dastlab jis­
moniy qiyinchiliklar ko‘riladi. Kasallikning birinchi kunlaridan oldini 
olish uchun oddiy harakatlar bajariladi. Bemorning oila a’zolari va uni 
parvarish qiluvchi shaxslar maxsus davolash fizkulturasi va massaj 
ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari kerak.
Davolash fizkulturasi prinsiplari:
Passiv mashqlar (boshqa odam tomonidan bemor muskullariga 

ta’sir qilish) zararlangan tomondan 3–4­kundan boshlanadi.
O‘tkir davrda A/B ning ortiqcha oshishining oldini olish uchun 

faqat kichik bo‘g‘imlar harakatini davom ettirgan holda davolash 
katta bo‘g‘imlarda ham olib boriladi, bu muskul tonusining 
oshishi va kontraktura hosil bo‘lishining oldini oladi.
Aktiv harakatlar, birinchi navbatda, sog‘lom bo‘g‘imlarda 

bajariladi. Bunda zararlangan qo‘l yoki oyoq bilan bajariladigan 
mashqlarni xayolan bajarish (ideomotor mashqlar) faol harakatlar 
paydo bo‘lishiga olib keladi.
Maxsus mashqlar nafas mashqlari bilan almashtirilib bajariladi. 

Nafas muskul tonusiga ta’sir qiladi: nafas olganda muskul tonusi 
oshadi, nafas chiqarganda pasayadi.
Mashqlar qisqa vaqtda (15–20 min.), kuniga bir necha (3–4) 

marta bajariladi.
Hamma harakatlar silliq, og‘riqsiz bajariladi, chunki keskin 

hara kat lar va og‘riq muskul tonusining oshishiga olib keladi. 
Kasallik boshlanishidan 3–4 haftadan keyin umumiy ahvolni 
hisobga olgan holda yurish ko‘nikmalarini tiklashga o‘tiladi. Bu 
mashq kompleksi ham ma’lum tartibda bajariladi: dastlab yotgan 
holda yurish imita tsiyasi, keyin o‘tirgan, turgan holatda mashqlar 
(mashqlar har bir oyoq bilan) va oxirida qadam­baqadam yurish 
amalga oshiriladi. Bemorni parvarish qilish samaradorligini 


105
oshirish uchun uning oila a’zolari yoki uni parvarish qiladigan 
odam qisqa o‘qish kursini o‘tishi yoki shifokor yoki davolash 
fizkulturasi uslubchisidan kerakli tavsiyalarni olishi kerak.

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling