103
Insultni davolash. Insultni davolash – nevropatolog,
reanimator,
ba’zida neyroxirurg shifokorning ishi. Insult holatida bemorning hayoti
davolash qanchalik tez boshlanishiga bog‘liq bo‘ladi. Insult holatida
shoshilinch tez yordam chaqiriladi.
Tez yordamning nevrologik
brigadasi qon aylanish va nafas a’zolarining ishini yaxshilashga
qaratilgan kompleks choralarni o‘tkazadi. Bemorning kasalxonaga
olib borish masalasi hal qilinadi. Insultdan keyingi 3–5
kunda bemor
neyroreanimatsiyasida bo‘lishi yaxshiroq. Bu yerda qon aylanish va nafas
a’zolarining holati nazorat qilinadi, shifokorlar suv-elektrolit balansini
korreksiya qilishadi, insult o‘chog‘i atrofida paydo bo‘ladigan miya shishi
bilan kurashadilar. Birinchi kunda qat’iy yotoq rejimi tavsiya qilinadi.
Yotoq yaralarning oldini olish uchun matras yumshoq, tekis, burmalarsiz
bo‘lishi kerak. Bemorning tanasi va teri burmalarini
poroshokli dorilar
bilan artish kerak. Iloji boricha bemorni rezina chambarga yotqizib,
tovonlariga va dumg‘azaga paxtali boylamalar kiygiziladi.
Bemorning ovqatlanishini ta’minlash muhim. Es-hushi buzilganda
u zond bilan ovqatlantiriladi. Erta bosqichlarda esa ovqatni qabul qilish
va yutish bo‘yicha reabilitatsion
jarayon olib boriladi, og‘iz orqali
ovqatlantirishga o‘tishga qaratilgan parvarish amalga oshiriladi.Agar
bemor yuta olsa, birinchi kunlarda unga
mevali sharbatlar va shirin
choy beriladi. Ikkinchi kundan parhez kengaytiriladi, lekin yengil
hazm bo‘ladigan mahsulotlar (yogurt, bulyon,
meva va sabzavotli
pyure)dan iborat bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: